Kompyuter o’zi nima? Kompyuter bu insoniyatning eng ajoyib kashfiyotlaridan biridir. Xozirgi kunda kompyuter
xayotimizning barcha soxalariga shiddat bilan kirib bormoqda. Agar boshida personal kompyuter asosan
mahlumotlarni saqlash va ularni qayta ishlash uchun foydalangan bo’lsa, xozirgi kunda esa kompyuterlar audio, video
va chizmachilik mahlumotlar bilan ishlash uchun keng foydalanadi. Kelajakni uningsiz tassavur qilish mumkin emas.
Kompyuterning asosiy qismlari:
Sistema bloki.
Monitor
Klaviatura Sichqoncha
SISTEMA BLOKI. Kompyuterning asosiy qismi bo’lib, uning ichida ona platasi, mikroprotsessor, qattiq disk
(vinchester), tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, har hil tashqi qurilmalar ishini boshqaradigan elektron sxemalar
(kontrollerlar yoki adabterlar), elektr tahminlovchi blok va disk yurituvchilar bor.
MONITOR - displey yoki ekran. Mahlumotlarni ekran orqali foydalanuvchiga chiqarish qismi. Monitorlar diogonal
uzunligi 14 - 27 dyuymgacha va nuqtalar o’rtadagi masofa (0,25 - 0,39 milimetrgacha) bilan farqlanadi. Bundan
tashqari monitorlar rangli va monoxrom (2 rangli) bo’ladi. Qancha monitorda diogonalg’ uzunligi katta bo’lsa,
shuncha shu monitor ko’proq mahlumotlarni ko’rsata oladi. Qancha nuqtalar o’rtasidagi masofa kichkina bo’lsa,
shuncha ekrandagi mahlumotlar aniq holda ko’rinadi.
KLAVIATURA. Mahlumotlarni kiritish qismi. Klaviaturalar tugmalar soni (101-109 tugmali) bo’yicha farqlanadi.
SICHQONCHA. Amallarni tanlash qismi. Sichqonchalarda tugmalar soni (2 va 3 tugmali) va ishlash holatlari
(trekbol va sensor panel) bo’yicha farqlanadi.
SISTEMA BLOKI.
OPERATSION TIZIM - bu maxsus bir dastur. Bu dasturni asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish,
kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan
muloqotni o’rnatish, har hil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini tahminlash. Operatsion tizimlardan
eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, A’’le firmasining Macintosh dasturi, Unix
va Linux operatsion tizimlaridir. Sistema bloki bu kompyuterning eng asosiy qismi. Uning ichida ona platasi,
mikroprotsessor, qattiq disk yoki vinchester, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, elektron sxemalar yoki
kontrollerlar yoki adabterlar, elektr tahminlovchi blok va disk yurituvchilari joylashadi. Bu sistema blokiga hamma
tashqi qurilmalar bog’lanadi va ularning ishini tahminlaydi.
MIKROPROTSESSOR YoKI PROTSESSOR- Kompyuterning miyasi. Kompyuter ishini boshqarish, barcha
xisob-kitoblar va buyruqlarni bajarilishini tahminlaydi. U kichkina, to’rtburchak elektron sxema sekundiga bir necha
yuz million amallarni bajaradi. Uning tezligi Megagertslarda xisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi,
masalan ‘entium 700.
QATTIQ DISK YoKI VINCHESTER - Doimiy xotira. Mahlumotlarni doimo saqlash uchun foydalanadi. U
vinchester deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi qattiq disk nomidan kelib chiqqan (1973 yilda IBM firma
tomonidan yaratilgan qattiq disk nomi "30/30" bo’lgan va bu mashxur Winchester miltiqning kalibrga o’xshar edi).
Ular xajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi.
Tezkor xotira mikrosxemalari - Kompyuterning vaqtinchalik xotirasi. U dasturlar ishlash jarayonida zarur bo’lgan
mahlumotlarni saqlash uchun foydala-nadi. Kompyuter o’chirilgandan keyin shu xotirad agi mahlumotlar yo’qotiladi.
Kesh xotira mikrosxemalari - Kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko’p ishlatilgan mahlumotlarni
saqlash uchun foydalanadi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o’rtasida joylashadi.
Kontroller yoki adabterlar - Ular har hil tashqi qurilmalar ishini tahminlaydilar. Ishlash holatlari bilan farqlanadi
(video plata, tovush plata, tarmoq platasi va ...).
Ona platasi Mother board - Asosiy elektrosxema bo’lib unga protsessor, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari,
kontroller va adabter elektrosxemalari o’rnatiladi, qattiq disk va disk yurituvchilari ulanadi
Disk yurituvchilari - Bu egiluvchan va kompakt disklardagi mahlumotlarni o’qish va ularga saqlash ishlarni
bajaradigan qismi.
Elektr tahminlovchi blok - Har bir qisimning o’ziga mos elektr-quvvat extiyojini tahminlovchi blok.
Sichqoncha va klaviaturada bajariladigan amallar.
Kompyuterning asosiy qisimlaridan biri bu sichqoncha. U 3 hil bo’ladi: standart, trekbol va sensor panel. Standart
sichqonchalar stol ustida ishlatish zarur bo’lgan, sensor panel bilan trekbollar esa noutbuklar uchun yaratilgan va ular
pastki paneli ichiga o’rnatilgan bo’ladi.
Sichqoncha ichida rezina ichiga joylashgan temir sharik bor, u stol bo’yicha harakat qilganda maxsus roliklar va
indikatorlar orqali ushbu harakat kompyuterga jo’natiladi va ekrandagi sichqoncha ko’rsatkichi (strelkasi) biz
belgilagan yo’nalishda harakatlanadi.
Sichqonchaning ikkita tugmasidan chap tugmasi asosiy, o’ng tugmasi esa yordamchi bo’ladi. Asosiy tugma bilan
biz tugmalarni bosamiz, amallarni tanlaymiz, rasm chizamiz va har hil obhektlarni cho’zib joyini o’zgartiramiz. O’ng
tugma esa bizga yordamchi menyuni ekranga chiqarishda yordam beradi.
Kompyuterning yana bir asosiy qismidan biri bu klaviatura. Klaviatura yordamida biz asosan mahlumotlarni
kiritamiz. Klaviatura harflar joylanishi bo’yicha ingliz (QWERTY) va frantsuz (AZERTY) standartlariga bo’linadi.
Klaviatura 5 qismdan iborat:
Asosiy yoki alfavit tugmalari: Bu qismi 57ta tugmadan iborat: 37 lotin harf va belgilar, 10 raqam va 10 maxsus
tugmalar. Ko’p tugmalarda bir nechta belgilar yozilgan. Har hil rangda yozilgan harflar, belgilar har hil til standartiga
mos. Til standartini o’zgartirish klaviaturalarda har hil (o’ng Alt va Shift yoki ikkita Shift yoki o’ng Ctrl va Shift
tugmalarni birga bosish). Maxsus tugmalar bilan yaqinroq tanishaylik. Shift - Agar siz harflar tugmasini bosgangiz u
holda kichik harf kiritiladi, agar sizga katta harf kerak bo’lsa u holda maxsus Shift tugmani bosib, qo’yvormasdan shu
harf tugmasini bosishiz kerak. Agar bitta rang bilan bir nechta belgilar yozilgan bo’lsa u holda ulardan pastkidagi
asosiy, yuqoridagi passiv deb nomlanadi. Tugmani bosganizda asosiy belgi kiritiladi. Agar sizga passiv belgi kerak
bo’lsa u holda siz maxsus tugmani bosib, qo’yvormasdan belgi tugmasini bosishiz kerak. Ctrl va Alt - shu tugmalarni
bosib turib boshqa tugmani bosganimizda har hil amallar bajariladi. Ca’s Lock - Bu tugma yordamida Shift bosilib
turgan holatini (faqat harflar uchun) yoqamiz yoki o’chiramiz. Tab - Keyingi bo’limga yoki qismga o’tish. Backs’ace
- Oldin (chapda) joylashgan bitta belgini o’chirish. Enter - Yangi satrga o’tish yoki mahlumotlarni kiritish. Esc -
Oxirgi harakatdan voz kechish.
Funktsional tugmalar: Maxsus buyruqlar va amallarni bajarish tugmalari F1 - F12. Har hil programmalar bu
tugmalarga har hil amallarni o’rnatadi.
Yo’nalish tugmalari: Kursor joylanishini o’zgartiradi. Kursorni bitta belgi chapga, yuqoriga, o’ngga va pastga
siljitish.
Yordamchi tugmalar: Home - Satr boshiga o’tish. End - Satr oxiriga o’tish. ‘gU’ - Bir saxifa yuqoriga o’tish. ‘gDn
- Bir saxifa pastga o’tish. Insert - Belgilarni o’chirib ustiga yozish yoki ularni siljitib o’rtasiga yozish holatini
urtnatish. Delete - Keyin (o’ngda) joylashgan bitta belgini o’chirish.
Raqamlar tugmalari: Raqamlarni kiritish uchun klaviatura. 0-9 gacha raqamlar va /,*,-,+ belgilari
KLAVIATURA
Foydalanuvchi shaxsiy kompyuter bilan muloqotni klaviatura vositasida amalga oshiradi. Buyruqlar va
turli mahlumotlar shaxsiy kompyuterga klaviatura orqali kiritiladi. IBM kompyuteri klaviaturasi shartli
ravishda beshta qismga ajratilgan:
1) Funktsional tugmachalar
Klaviaturaning yuqori qismidagi katorda funktsional tugmachalar
(F1 - F12) joylashgan. Ushbu
tugmachalari orqali bahzi-bir amallarni bajarish mumkin. Masalan, Mіsgosoft Word dasturida "Pravka" -
Do'stlaringiz bilan baham: