Model tushunchasi. Tibbiyot tizimlarini modellashtirish
Inson doimo olamning tuzilishi, undagi narsa va hodisalarining namoyon bo’lishi va rivojlanish
qonuniyatlarini bilishga urinib kelgan. Bu olamning rivojlanish qonuniyatlarini bilish bilan bir qatorda, ularni ongli
boshqarish va turli faoliyatlarning o’rganilgan qonuniyatlariga mos yuritish maqsadida ilmiy va amaliy faoliyatga
yunaltiradi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish insonning bilish subhekti sifatida bilishning har xil vositalarini ishlab
chiqishi bilan bevosita bog’liqdir. SHu bilan birga maqsadga yetishishda shunga mos, adekvat vositani tanlay bilish
ham maqsadga muvofiqdir. Bizning fikrimizcha, maqsad va vositaning birligi, insonning maqsadi bo’lmish ilmiy
bilishning adekvatlilik darajasini belgilovchi mezondir.
Hozirgi zamon ilmiy bilishida mazkur maqsadlarga erishish vositasi xizmatini bajarib kelgan va bajarayotgan
usullarning biri-modellashtirishdir. Mazkur usul zamonaviy fanning hamma sohalarida, yahni matematika, fizika,
biologiya, iqtisod, meditsina, ekologiya va shunga o’xshash fanlardan tortib ijtimoiy fanlarda ham bilish usuli sifatida
qo’llaniladi. Yahni, hozirgi vaqtda modellashtirish metodining inson faoliyatining har qanday sohasida u yoki bu
darajada qo’llanilmasligini tasavvur qilish qiyin. Mazkur usul obhektiv dunyodagi narsa va hodisalarni bevosita
o’rganish mumkin bo’lmagan va o’rganish obhekti murakkab bo’lgan paytlarda samarali ilmiy vosita hisoblanadi.
Masalan, inson Yerdagi hayotning kelib chiqishi va rivojlanishi, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi, hujayralarning
ko’payishi, mikro va megadunyo hodisalarini bilish, ijtimoiy hodisalarning mohiyati va rivojlanish qonuniyatlarini
bevosita idrok etish orqali bila olmaydi. SHu sababdan ham mazkur hodisa va jarayonlarni qo’lay idrok etish va
o’rganish uchun ular suhniy shaklda qayta ishlab chiqiladi. Mazkur jarayon modellashtirish jarayoni hisoblanib,
tabiatdagi turli obhektlarning modellarini tuzish va o’rganish bilan bog’liqdir.
Modellarni tasniflash masalasi hozirgi zamon ilmiy bilishida gnoseologik jihatdan falsafiy tahlil qilish
predmeti sifatida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Modellarni tasniflashning falsafiy tahlil va tafakkur etish predmeti
sifatida kam o’rganilgan bo’lib, faqat anhanaviy metodologik tamoyillar, ko’rsatmalar nuqtai nazardan yoritilib
berilgan. Demak, mazkur masala ilmiy bilishda yangi tadqiqot masalasi bo’lmasa ham hozirgi kungacha ham
nazariy, ham metodologik jihatdan murakkab va ko’p komponentli hisoblanib, bizning fikrimizcha, uni tadqiq
qilishda yolg’iz metodologik tamoyil yordamida o’rganish kutilgan natijani bermaydi. Sababi, yangi fanlarning,
yangi obhektlarning yuzaga kelishi, va modellarda aks ettirilgan obhekt strukturasining murakkabligi, belgilarning
xilma-xilligi, modellarni tasniflash masalasini yanada chuqurroq tadqiq etish imkoniyatini yaratadi va mazkur
muammoni adekvatli yoritishda yangicha metodologik yondashuvni, yangicha mezonlarni ishlab chiqarish
zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mazkur bobda modellarni tasniflashning yangicha mezonlari ishlab chiqilgan. Yahni
modellarni tasniflashda chiziqli va nochiziqli yondashuv turlarining falsafiy tahlili berilgan.
Voqelik narsa va hodisalarini bilish jarayonida inson ularni bevosita his etishi, ularning tashqi tomonini
tashkil qiladigan, yuzida namoyon bo’lib turgan tomonlarini payqaydi. Ammo, mazkur narsa va hodisalar ortida
yashirinib yotuvchi va bevosita bilish mumkin bo’lmagan ichki, nisbatan barqaror, hal etuvchi tomoni hisoblangan
mohiyatni bilish mumkin emas. Lekin narsa, hodisalar va ularning mohiyati mahlum bir qonuniyatlar bilan
bog’langan, shuning uchun mohiyatni ham bilish mumkin. Bilishning oxirgi maqsadi ham ushbu mohiyatni ochish
va haqiqatga erishishdir. Mohiyat oddiy hissiyot bilan emas, balki abstrakt mantiqiy (ratsional) bilish yo’li (bilvosita
bilish) bilan amalga oshiriladi.
Hozirgi zamon ilmiy bilish usuli hisoblangan modellashtirish voqelikdagi narsa va hodisalarning mohiyatini
bilishda keng qo’llaniladigan usullardan biridir. Modellashtirish metodi voqelikni bilvosita o’rganishga moslangan
ilmiy usuldir.
Modellashtirish deyilganida, moddiy va mahnaviy real mavjud tizimlarni bilishda, mazkur tizimlarning
tashkillanishi va funktsionallashuvi tamoyillarini qayta ishlab chiqish orqali yaratilgan, muayyan
konstruktsiyalangan analogi (modeli) tushiniladi. Bunda o’rganilayotgan obhekt - original yoki prototip deyiladi,
qayta ishlab chiqilgan obhekt - modelg’ hisoblanadi. Yahni, biror obhektning (originalning) boshqa obhekt
(modelg’) yordamida xossa va xususiyatlarini tadqiq etish jarayoni modellashtirish jarayoni bilan bog’liqdir.
Hozirgi zamon ilmiy bilishida modellarga turlicha tahriflar berish tendentsiyalarining kuchayishi, zamonaviy
bilimning taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan tabiiy va qonuniy jarayondir. Modelg’ haqida yagona fikrning
bo’lmaganligi, shuningdek fan va texnikada mazkur tushunchaning turlicha ishlatilishi bilan ham bog’liq. Mahlum
bir fan sohasidagi tadqiqotlar uchun zarur bo’lgan modelni aniqlashda turlicha yondashishlar mazkur tushunchaga
har xil mahno yuklaydi.
Modelga tahrif berishda, turli xil fikrlar mavjud. Masalan, «modelg’ – o’zining xususiyatlari bilan originalga
o’xshash bo’lib, inson tomonidan maqsadlarga erishish uchun quriladi va (yoki) qo’llaniladi» , yoki «obhektni
modellashtirishda tadqiqotchini qiziqtirgan obhekt (obhekt A), «modelg’» deb hisoblanuvchi obhekt (obhekt V)
bilan almashtiriladi. Obhekt V obhekt A ning o’rnini bosadi» (B.A. Glinskiy). Boshqa misol, modelg’ deganda, -
deydi muallif, tadqiqot obhektini aks ettirish yoki qayta hosil qilish va uni tadqiq etish bizga ushbu obhekt haqida
yangi axborot beradigan, aqliy tasavvur qilinadigan yoki moddiy reallashgan tizim tushuniladi (V.A. SHtoff).
Boshqa joyda u, modelg’-obhektga nisbatan gnoseologik ikkilamchi obhekt sifatida (V.A. SHtoff) qarasalar, boshqa
manbalarda uni – obhektni qayta hosil qilish sifatida (B.A. Glinskiy), fikrlar tizimi sifatida , belgili konstruktsiya
sifatida (O.I. Genisaretskiy), tizim, yoki prototipga analogiya sifatida (G. Klaus), prototip holatining tuzilishi va
qonuniyatlarining tasviri, ilmiy gipoteza, prototipning nusxasi sifatida (V.M. Glushkov), prototipning ongda hissiy
obrazlar, tushunchalar va mulohazalar shaklidagi aksi sifatida (A.A. Zinovg’ev), real obhekt, idealizatsiya sifatida
(Yu.A. Jdanov), tizim, faoliyat tuzilishi yoki dasturi, boshqa tizimni u yoki bu darajada aks ettirilishi (N.M.
Amosov), prototip bilan bahzi - bir obhektiv moslik o’rnatilgan tizim (I.B. Novik), prototipni almashtirish
hisoblanib, u haqida yangi bilim berish imkoniyati, yoki ideal obraz, nazariya sifatida (A.N. Kochergin) va hokazo
tahriflarni keltirish mumkin.
Tadqiqot obhektlari modellarini qurish ko’p variantlilik tamoyiliga asoslanishni taqozo etadi. Masalan, fan
taraqqiyoti uning o’rganish obhektlari modellarini qurishning ko’pvariantliligi bilan bog’liq. Bu, o’z navbatida,
yangi bilimlarni talqin qilish yo’lini tug’diradi. Boshqa tadqiqotlarning tahlili fan taraqqiyotining ikkita modelini
(K. Popper, T. Kun) ajratib ko’rsatadi . SHuningdek, tahlim sohasini zamonaviylashtirishning mahmuriy va liberal
modellari , aholi sonining o’sishi modeli va h.k. modellar mavjud.
Bahzi mualliflar, masalan, A.N. Kochergin, A. Brillyunlar modelni nazariya sifatida tushunadilar. Biroq,
buning o’zi, yetarli emas. Masalan, A.Brillyun, fizikaviy nazariya – tashqi olamning o’ziga mos modelidan boshqa
narsa emas, degan fikrni ilgari suradi. Bizning fikrimizcha, mazkur fikrning bir tomonligi shu bilan xarakterlanadiki,
birinchidan, modelg’ bilish usuli sifatida nazariyani qurish vositalaridan biri hisoblanadi, ikkinchidan, modelg’
voqelikni nazariyaga nisbatan teranroq, har tomonlama aks ettirib bera olmaydi. Ammo bundan modelg’ bilan
nazariyaning qarama-qarshi qo’yilishi kelib chiqmaydi. Modelg’ bilan nazariya o’zaro dialektik munosabatda
bo’ladi. Modelg’ tajriba, kuzatish, eksperimental mahlumotlar bilan bir qatorda mavjud nazariyalarning rivojlanishi
va yangi nazariyalar yaratishning asosini tashkil etadi, shuningdek, ikkinchi tomondan, har bir ilmiy nazariya yangi
modelg’ yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Yahni modellashtirish usulining bilish jarayonida yangi
nazariyaning negizi, impulsi hisoblanadi, ayrim hollarda nazariya dastlab modelg’ ko’rinishida vujudga kelib, ilk
ishchi gipoteza rolini o’ynaydi. Bunda nazariya voqelikdagi narsa va hodisalarning tashqi ko’rinishidan
mavhumlashib, ularning mohiyatini tobora chuqurroq va kengroq qamrab olishga intiladi. Lekin, tafakkur asosini
tashkil qiluvchi abstraktsiyalar yordamida nazariya narsa va hodisalarning umumiy tomonlarini o’rganadi. Mazkur
abstraktsiyalarni mahlum darajada konkretlashtirishga hissiy yaqqol obrazlar - modellar xizmat qilishi mumkin.
Hissiy-yaqqol obrazlarni yaratish bevosita modellar tuzish bilan bog’liqdir. Masalan, fizikaviy, kimyoviy
nazariyalardagi abstraktsiyalarning (tushunchalar, kategoriyalar, qonunlar) hissiy-yaqqol obrazlari quriladi, yahni,
obhektning fazoviy xossalarini qayta hosil qiluvchi modellar tuzilib, ular, masalan, molekulalar, kristallarning
fazoviy modellari va hokazolarni tashkil etadi.
Modelni analogiya deb hisoblovchi nuqtai nazardan yondashilganda, modelg’ tushunchasi keng mahnoda
qo’llaniladi. Sababi, analogiya modelga nisbatan kengroq mahno kasb etib, voqelikdagi har qanday ikkita (yoki
undan ortiq) narsa va hodisalar bir-biriga o’xshashi mumkin, ammo, bir narsa yoki hodisa ikkinchi bir narsa yoki
hodisaning modeli bo’la olmaydi. SHuningdek, analogiya bilan xulosa chiqarish har doim ham modellashtirishning
mantiqiy asosini tashkil qilmaydi.
Modellarni abstraktsiya sifatida ehtirof etuvchilar, faqat mavhum modellar haqida gap ketganda qo’llaniladi.
Mavhum modelg’ nuqtai nazarning to’g’riligi shundaki, modelg’ obhektiv sabablarga ko’ra voqelikdagi narsa va
hodisalarni bevosita o’rganish mumkin bo’lmagan holatlardagina o’rinlidir. Bunda mavhum modelning
moddiylashgan shakli sifatida, narsa va hodisalarning bahzi bir mavhum ideallashtirilgan obhekti, yahni
«o’rinbosari» tuziladi. Bizning fikrimizcha, modelg’ analogiya, idealizatsiya, abstraktsiya yoki nazariya bo’la
olmaydi. Mazkur vositalar bilan faqat model tuzish jarayoni chambarchas bog’liqdir. Bizning fikrimizcha, mazkur
vositalar modellashtirish jarayonida ajralmas aqliy operatsiyalar bo’ladi. Yahni, bu vositalar modellashtirish
jarayonida faqat gnoseologik rolnigina bajaradi. Sababi, inson o’zining amaliy faoliyatida, obhektiv dunyodagi
cheksiz xossa va munosabatlarga ega har xil narsa va hodisalarni kuzatadi. Ammo, inson mazkur narsa va hodisalarni
hamma xossa va munosabatlarini bevosita kuzatish, ko’rish imkoniyatiga ega emas, yahni uning fiziologik
imkoniyatlari chegaralangandir. SHu sababdan ham, his etilgan narsa va hodisalarning namoyon bo’lishi va
rivojlanish qonuniyatlarini bilish aqliy bilish bosqichida amalga oshiradi. Bu albatta, narsa va hodisalarni
mavhumlashtirish jarayoni bilan bog’liq. Demak, abstraktsiya vositasida modelni shakllantirishda foydalaniladi.
Modellashtirish jarayonida ideallashtirish operatsiyasining gnoseologik roli tadqiqot jarayonida ideallashtirish
natijasida «ideal gaz», «uchburchak» «moddiy nuqta», «ideal tip» va shunga o’xshash tushunchalardan iborat.
Modellashtirish jarayonida ideallashtirish operatsiyasini mavhumlashtirish operatsiyasidan farqlash mumkin.
Yahni, mavhumlashtirish natijasining voqelikdagi aniq proobrazini ko’rsatish mumkin. Masalan, mavhumlashtirish
natijasida olingan «kitob» tushunchasini kishi konkret his qilishi mumkin, ammo ideallashtirilgan obhektni konkret
xis qilish mumkin emas. Masalan, «kesma» tushunchasini voqelikda konkret his etolmaymiz, yahni mazkur
ideallashtirilgan obhektni topish mumkin emas.
Bilish jarayonida obhektlarning modelini qurish haqidagi muallif fikriga qo’shilamiz, chunki bu bilishning
tushuncha va kategoriyalariga aniq tarhrif berish bilan bog’liq.
SHuni tahkidlash joizki, mavhumlashtirish va idealizatsiya operatsiyalari modellashtirish jarayonining
ajralmas tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Ammo, har qanday abstraktsiya yoki idealizatsiya mahlum bir modelni
bermaydi. Bizning fikrimizcha, har qanday abstraktsiya yoki idealizatsiya mahlum modelni berishini tadqiq etish,
modellashtirish jarayonining tuzilishini tahlil etish va bilish zaruriyatidan kelib chiqadi.
Modellashtirish jarayonining tuzilishini falsafiy tahlil etish, yahni uning asosiy bosqichlarini, ularning har
birining modellashtirish jarayonida bajaradigan rolini tadqiq qilish masalasi, modellashtirish usulining gnoseologik
tabiatini va metodologik ahamiyatini o’rganishda katta ahamiyatga ega. Mazkur masalani tadqiq etish nafaqat
falsafa, shuningdek, hozirgi zamon fani va amaliyotning turli sohalari (masalan, menedjment, iqtisod, ekologiya,
loyhalashtirish va h.) uchun zarur. Masalan, B.A.Glinskiy modellashtirish jarayoni tuzilishini to’rtta guruhga
(bosqichga) ajratadi: yahni, masalaning qo’yilishi; modelni qo’rish (tanlash); modelni tadqiq etish; bilimni uzatish .
Ammo, mazkur struktura to’liq emas va bahzi bir noaniqliklarga ega. Bizningcha modellashtirish jarayonining
bosqichlari va unga qo’yiladigan talablarni ko’yidagicha belgilash mumkin. Modellashtirish jarayoni ko’yidagi
bosqichlardan iborat:
■ tadqiqot masalasining qo’yilishi;
■ obhektni (hodisa, jarayon) o’rganish va uning eng muhim mavjud xarakteristikalarini ajratib olish;
■ obhektning ajratilib olingan xarakteristikalarini baholash;
■ ularni idealashtirish, abstraktsiyalash, formalashtirish;
■ modelni o’rganish, yahni modelda mantiqiy ziddiyat yo’qligini tekshirish, bir so’z bilan aytganda, modelg’
bilan obhekt-originalning adekvatliligini tekshirish.
Mazkur jarayonlarni tahlil etganimizda, birinchidan, modellashtirish jarayoni tadqiqot masalasini qo’yilishi
bilan boshlanadi. Hammaga mahlum, obhekt murakkab, ko’p komponentlidir. Tadqiqotchi bir vaqtning o’zida
obhektning cheksiz hamma xossa va xususiyatlarini o’rgana olmaydi. SHunga mos ravishda tadqiqotchi tadqiqot
obhektining bahzi bir xossa va xususiyatlarini bo’lib oladi. Yahni, tadqiq qilinayotgan obhekti mahlum bir
intervalda, tor doirada qaraladi. Uning natijasida, o’rganish predmeti kelib chiqadi. Yahni, bahzi bir belgilar model
uchun zarur hisoblansa, bahzi birlari zarur emasdir. Masalan, demografik model tuzishda, xalqning yoshi, jinsi va
shunga o’xshash belgilar zarur hisoblanib, kishilarning mahlumoti, ijtimoiy kelib chiqishi, bilimlari va shunga xos
belgilarni (xarakteristikalar) hisobga olish shart emas. Keyin ajratilib olingan xarakteristikalar, yaxlit tizimning
komponentlari sifatida bohalanadi, tahlil etiladi. Olingan faktlar ideallashtirish, mavhumlashtirish, formalashtirish,
sxematizatsiyalash usullari yordamida belgilar qayta ishlab chiqiladi, yahni «ikkilamchi tizim»ga aylantiriladi.
Masalan, obhektning matematik modelini tuzishda, obhekt-originalning ko’plab xarakteristikalari, matematik
tushunchalarga, yahni matematik simvollarga olib kelinadi va ideallashtirish, abstraktsiyalash, formallashtirish
jarayonlarining yakuni sifatida yuzaga keladi.
Tadqiqot predmeti aniqlanib olingandan u haqdagi bilimlarni kengaytirish zaruriyati paydo bo’ladi va mazkur
predmetga doir mahlumotlar yig’iladi. Bu jarayon kuzatish, tajriba, tahlil, nazariy tafakkur va shunga o’xshash
usullar bilan amalga oshirilib, obhektni o’rganadi. Olingan mahlumotlar, yahni empirik va nazariy natijalarni bahzan
bir tilda (formal yoki formal emas) bayon qilinadi. Hosil bo’lgan normalashgan modelni obhekt-original bilan
taqqoslash va chetlama sabablarni aniqlash lozim. Olingan modellarning eng muvofiqlari baholanadi, yahni
optimallashtiriladi hamda vaqt va fazoning konkret sharoiti uchun eng qo’lay, adekvatli model tanlab olinadi. Tanlab
olingan modelning obhektivligini, yahni voqelikka adekvatliligi tekshiriladi. Yahni, narsa va hodisalarni
modellashtirishda, modellashtirish obhekti bilan uning «o’rinbosari» - modelg’ o’rtasida adekvatlilik,
modellashtirish jarayonining eng muhim mezoni hisoblanadi. Bu o’rganilayotgan obhekt haqida to’liq, ishonchli
bilim olish bilan bog’liq bo’lib, obhekt-original bilan obhekt-modelning ayniyatliligi tushiniladi. Ayrim hollarda,
yuqorida bayon etganimizdek, nazariyalardagi abstraktsiyalarni konkretlashtirishda hissiy-yaqqol obrazlar yoki
aslini kengaytirilgan nusxasi bo’lmish moddiy modellarga nisbatan ham ishlatiladi. Demak, modellar o’z asl
nusxasiga, yahni prototipiga ayniyatli emas, balki shartli ravishda o’xshash, analogli, mos kelishi mumkin. Bu
jarayon modelni nazariy, amaliy, eksperimental tahlil etish va tadbiq etish bilan kechadi. Yahni, tadqiqotchiga
modelning o’zi emas, balki, tadqiqot jarayonida modelga almashtirilgan obhekt-originalning xossa va xususiyatlari,
uning funktsionallashish va rivojlanish qonuniyatlari qiziqtiradi. SHu sababdan modelg’ haqidagi bilimlarni obhekt-
originalga ko’chirish zaruriyati masalasi paydo bo’ladi. Ko’chirish jarayoni haqida mualliflar shunday xulosaga
keladi. Yahni, modelg’ bilan obhekt-originalni talqin qilish lozimligini tahkidlaydilar . Bunga qo’shimcha, modelg’
haqidagi mulohazalarni, original haqidagi mulohazalarga aylantirish, yahni, modeldagi axborotni obhekt-original
haqidagi axborotga ko’chirish orqali, obhekt-originalni talqin etish lozim.
SHuningdek, modellashtirishda mahlum bir talablar bajarilishi tadqiqotchining obhekt-originalning adekvatli
modelini qurishda metodologik qurol sifatida xizmat qiladi.
Modellashtirishda quyidagi talablar bajarilishi lozim:
● obhekt-originalni aniq aks ettirish;
● obhekt-originalni modellashtirishda kam (minimum) chiqim ketish talab etiladi;
● modelda olingan parametrlar tizimining murakkabligiga adekvatli bo’lishi lozim;
● jarayon tuzilishini o’rganish;
● hodisa va jarayonning dinamikasini tahlil etish;
● tizimning ochiqligini ehtiborga olish;
● ehtimoliy (tasodifiy) parametrlarni anglab yetish va ularni hisobga olish;
● obhekt-originalning ichki parametrlari (belgilari) bilan bir qatorda uning tashqi (tasodifiy) parametrlarini
ham hisobga olish.
Modellashtirish jarayonining strukturasini falsafiy tahlil etish masalasi, fikrimizcha, modellashtirish
metodining gnoseologik tabiatini va metodologik ahamiyatini o’rganishda katta ahamiyatga ega. Mazkur masalani
tadqiq etish nafaqat falsafada, shuningdek, hozirgi zamon fani va amaliyoti har xil sohalarda (masalan, menejment,
iqtisod, ekologiya, loyhalashtirish va h.) ko’rsatishda tadqiqotchiga metodologik vosita sifatida yo’nalish va
ko’rsatma beradi. Modelg’ qurishning sxematik ko’rinishini quydagicha belgilaymiz:
Bunda, O-obhekt, A-obhektning ajratilib olingan xossa va aloqalari, A (a1, a2, a3, ...,) , V- ular orasidagi
o’rnatilgan sababli-bog’lanishlar, V (v1, v2, v3,....), M - qurilgan modelg’.
Biroq, jarayon to’xtab qolmaydi. Tuzilgan modelda o’rganilayotgan jarayonning mohiyati aniqlanadi. Lekin
mohiyatni batamom anglab bo’lmaydi, chunki u benihoyadir. Modelda tadqiq qilinayotgan obhekt mohiyatining
muayyan tomoninigina bilish bilan to’xtab qolmaslik kerak. Yahni, aytaylik, birinchi tartibli mohiyatdan chuqurroq
bo’lgan ikkinchi tartibdagi mohiyatga va shu tariqa uzluksiz davom etuvchi jarayon bo’lishini taqozo etadi.
Modellashtirishda uzluksizlik tamoyiliga rioya qilinib, voqelik narsa va hodisalarining xossa va xususiyatlarini,
aniqroq aytganda, ularning qonuniyatlari aks ettiriladi. Demak, modellashtirish jarayon hisoblanib, obhektning ichki
qarama-qarshi aloqadorliklarini, uning borlig’i va rivojlanishini belgilovchi tomoni hisoblangan mohiyatni
to’xtovsiz, uzluksiz ochishdan va bilishdan iborat. Masalan, mazkur jarayonning ifodasi fan tarixidan bizga mahlum,
Kuyosh tizimi strukturasini o’rganishda, olamning geotsentrik modeli olamning mohiyatini noto’g’ri aks ettirgan
edi. Kopernik tomonidan olamning geliotsentrik modeli kashf qilinib, birinchi tartibdagi mohiyat aniqlandi. Mazkur
bilish jarayoning davomi sifatida Kepler tomonidan sayyoralarning harakat qilish qonunining va I.Ng’yuton
tomonidan butun olam tortishish qonunining modellari qurilib, ikkinchi tartibdagi mohiyat ochib berildi. Mazkur
jarayon uzluksiz davom etadi. Bu joyda muallif fikricha «olamning modeli voqelikni namoyish etadi, uni to’liq aks
ettirmaydi. Reprezentatsiya deyilganida, insonning idroki qanchalik aniq, to’liq va «to’g’ri» bo’lmasin, tashqi olam
bilan mos emas» . Demak, olamning narsa va hodisalarining mohiyatini bilishda modellashtirish jarayoni uzluksiz
davom etuvchi nazariy protsedura bo’lib hisoblanadi.
Modellashtirish jarayonining strukturasini falsafiy tahlil etishning yana bir muhim tomoni shundan iboratki,
model qurish jarayonida alohidalik, hususiylik va umumiylikning birligini hisobga olish taqozo etiladi. Sababi,
voqelikdagi narsa va hodisalarning har biriga alohidalik, xususiylik va umumiylikning birligi xosdir.
Adabiyotlarda mahlumki, alohidalik bu – faqat yakka narsa va hodisalarga xos bo’lgan belgilar, xossalar
majmuasidir. Yahni, olamdagi har bir alohida olingan narsa va hodisalarning boshqa narsa va hodisalardan ajratib
turuvchi, o’ziga xos belgilari mavjud.
Xususiylik – ayrim narsa va hodisalar guruhiga xos, o’xshash, bir xil, belgilar, xossalar tizimidir.
Umumiylik – hamma narsa va hodisalarga xos, o’xshash, bir xil, takrorlanuvchi belgilar tizimi.
Obhektning modelini qurishda, undagi yuqorida qayd etilgan alohidaligi, xususiylik va umumiylik
tomonlarining aloqadorligini va munosabatini to’g’ri hal etishni taqozo etadi. Aniqroq aytganda, modellashtirishda
obhektning alohidalik tomonlariga ahamiyatni kuchaytirib, uning umumiylik tomonlariga ehtibor qaratmaslik,
nazariy va amaliy jihatdan noto’g’ri holatlarga olib keladi. Masalan, tadqiqot obhekti modelini qurishda, uning faqat
o’ziga xos belgi va xossalarini ehtiborga olib, uning boshqa narsa va hodisalar bilan aloqadorligini va munosabatini,
ular bilan o’xshash belgilar va xossalarini ko’ra bilmaslik, obhekt haqida yaxlit tizimli bilimga ega bo’lishi mumkin
emas. Mazkur modellashtirish ko’proq analogli modellar ko’rish jarayonida qullaniladi.
Aksincha, obhekt modelini qurishda, uning umumiylik tomonlarining rolini ko’chaytirib, alohidalikni
ahamiyatsiz qoldirish ham kutilgan natijalarni bermaydi. Masalan, bizga fan tarixidan mahlumki, klassik fan
paradigmasida har xil tabiatli narsa va hodisalarni yagona, umumiy sxemaga (mexanik tizimga) solib o’rganildi.
Obhektning yakka, alohidalik belgilari va xossalariga ehtibor qaratilmadi.
Olamdagi narsa va hodisalarning modelini qurishda, faqat ushbu davr fan paradigmasi hisoblangan mexanik
qonunlarga mos keladigan umumiy belgilari va xossalari ehtirof etdi. Masalan, mexanik jismlar, tirik
organizmlardan tortib ijtimoiy tizimlarni modellashtirishda, ularning o’ziga xos alohidalik belgilari, fan uchun
universal hisoblangan mexanik qonunlarning soyasida qoldirildi.
Demak, mazkur usulda modellashtirish, yahni alohidalik va umumiylik munosabatini noto’g’ri hal etish,
obhekt bilan modelning bir-biriga adekvatli emasligini ko’rsatadi. Bu o’z navbatida, amaliy jihatdan noto’g’ri
holatlarga olib keladi.
Modellashtirish jarayonida narsa va hodisalarning alohidalik, hususiylik va umumiylik tomonlarining
birligini, ularning o’zaro bog’liqligi nuqtai nazaridan ehtirof etish, o’rganilayotgan obhekt modelini adekvatli
qurishda muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida ehtirof etganimizdek, modelni qurish va uni o’rganish obhektning mohiyatini ochib beradi. Mazkur
jarayonda voqelikdagi narsa va hodisalarning mohiyati, rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiruvchi model ularning
umumiylik tomonini aniqlaydi. Yahni, umumiylik obhektning mohiyatidan kelib chiqadi. Umumiylikni yaqqol
bilish mumkin emas. U alohidalik orqali bilinadi. Dastlab, tadqiqotchi obhektning modelini qurishda, hissiy bilish
shakllarida uning alohidalik, takrorlanmas, individual belgilarini, alohida xossa va har xil xususiyatlarini anglab
yetadi. So’ngra, mantiqiy bilish usullari bo’lmish taqqoslash, tahlil, sintez, mavhumlashtirish va umumlashtirish
orqali mazkur hodisalarning hususiy va umumiy tomonlari aniqlanadi. SHu tariqa tadqiq qilinayotgan obhektning
mohiyatini aks ettiruvchi modelni qurish alohidalikdan hususiylikka u orqali umumiylikka va yuksak umumiylikka
qarab boruvchi jarayon ifodalaydi.
Xulosa qilish natijasida qo’yidagi mulohazalarga kelindi: yuqorida keltirilgan tahriflarni umumlashtirgan
holda, bizning fikrimizcha, modelg’ o’rganilayotgan obhekt-originalga nisbatan «ikkilamchi tizim» hisoblanib,
mazkur obhektning ish berishi va rivojlanishi soddalashtirilgan «ikkilamchi tizim»ga qo’shish yoki almashtirish
natijasida qayta hosil bo’lgan obhektdir.
Abstraktsiya, idealizatsiya, analogiya singari aqliy operatsiyalardan faqat modelning shakllanishida
foydalaniladi. Yahni, mazkur operatsiyalar modellashtirish jarayonida gnoseologik rolni bajaradi.
Modellashtirish obhekt mohiyatini chuqurroq bilishga qaratilgan uzluksiz xarakterga ega jarayon sifatida
hozirgi zamon ilmiy bilishda gnoseologik statusi katta. SHuningdek, obhektning alohidalik, xususiylik va
umumiylik tomonlari munosabatini noto’g’ri hal etilishi modelni to’g’ri qurishga yo’l qo’ymadi va bu o’z navbatida,
nazariy va amaliy xatolarni keltirib chikarishi mumkin. Demak, voqelikdagi narsa va xodisalarning modellarini
qurishda alohidalik, xususiylik va umumiylikning munosabatini to’g’ri ehtirof etish va ular orqali mohiyat va
hodisani ilmiy bilish, mazkur kategoriyalarning metodologik ahamiyatini ehtiborga olishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |