Texnogen mineral xom ashyolar
Reja:
1.Texnogen minerallar xaqida
2. Texnogen minerallardan foydalanish qonunlari
3. Texnogen mineral xom ashyolar
Ona zaminimizda tabiat inom etgan boyliklar ko‘p, ammo biz ularning aksariyatidan ehtiyojimizga yarasha foydalanamiz. Mana shu boyliklar ichida yer osti boyliklari benihoya katta ahamiyatga ega. Yer osti boyliklarining asosiy xususiyati shundan iboratki, ular tiklanmay- digan tabiiy resurslarga kiradi. Negaki, ularni o‘simlik, hayvonot dunyosi singari tiklab bo‘lmaydi. Shunday ekan, ularni huquqiy muhofaza qilish, ayniqsa ulardan oqilona foydalanish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach barcha ma’naviy va tabiiy boyliklar O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulkiga aylandi. Yer osti xazinalari – oltin, kumush, rangli va nodir metallar, eng qimmatbaho strategik xom ashyo bo‘lgan uran hamda yuzlab boshqa resurslar bundan buyon respublika xalqi manfaatlariga xizmat qiladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston yerlari turli foydali qazilma boyliklariga ega. Vatanimiz hududida 2500dan ziyod yer osti boyliklari nuqtalari mavjud. Respub- likamiz MDH davlatlari ichida oltin qazib olish bo‘yicha 2-o‘rinda, kumush, gaz bo‘yicha 3-o‘rinda turishi hammamizni quvontiradi.
Shunisi e’tiborliki, hozirgi paytda qazib olinayotgan 900 dan ziyod nuqtalarda 100 xil turdagi mineral xom ashyo borligi aniqlangan va 60 xili sanoat ishlab chiqarishida foydalaniladi.
Mustaqil Respublikamizda 142 ta neft, gaz, 6 ta ko‘mir, 34 ta asl metall, 7 ta qora metall, 54 ta rangli metall, 49 ta tog‘-kon, 19 ta sement ishlab chiqarish, 37 ta tog‘-kimyoviy, 372 ta qurilish materiallari korxona- lari, 172 ta yer osti suvlari zaxiralari mavjud.
O‘zbekistonning takrorlanmas boyliklari hamisha muhofazaga va oqi- lona foydalanish tartibiga muhtoj. Sir emas, mustaqillikka erishgunimizga qadar respublikamiz hududida joylashgan barcha oltin konlari sobiq tuzum- ning oltin xazinasini to‘ldiruvchi xom ashyo bazasi sifatida xizmat qildi.
O‘zbekiston mamlakatning asosiy valuta sexlaridan biriga aylandi. Biroq bu yurtda yashayotgan xalq bundan sariq chaqalik naf ko‘rmadi. Aksincha, juda katta tabiiy boyliklarga ega bo‘lgan mehnatsevar, sabr-toqatli xalq qarzdor degan ta’nalarni eshitib qoldi. Qazib olingan qimmatbaho mahsulot O‘zbekiston quyoshini ko‘rmasdan, peshma-pesh markazdagi maxsus zavodga jo‘natib turildi. Rossiya federatsiyasi hududida joylashgan va sobiq SSSRda yagona bo‘lgan bu korxonada yurtimizdan yuborilgan oltin xom ashyosi qayta ishlanib, sof oltin holida (99,9 foiz) ajratib olinardi.
Shuni mamnuniyat bilan qayd etish joizki, O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi va respublikamiz rahbariyatining tinimsiz hara- katlari evaziga o‘lkamiz hududidagi butun yer osti boyliklarining chetga olib chiqib ketilishiga batamom chek qo‘yildi. Natijada O‘zbekistonning oltin xazinasini yaratish uchun chinakam asos yaratildi. Endilikda respublikamizda sof oltin ajratib olish uchun imkoniyatlar yaratildi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasida 2002-yil 13-dekabrda
«Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi1 qonunning qabul qilinishi barcha tur- dagi yer osti boyliklariga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirish uchun asos bo‘ldi.
Jumladan, ushbu qonunning 4-moddasida ko‘rsatilganidek, yer osti boyliklari O‘zbekiston Respublikasining mulki bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Shuni qayd etish lozimki, mazkur talablar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi hamda boshqa ekologik qonunlarda ham o‘z ifodasini topdi.
Xususiyatli tomoni shundaki, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonunga asosan, konchilik munosabatlari ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida konchilik munosa- batlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Yer osti boyliklaridan foydalanish chog‘ida yuzaga keladigan, yerdan, yer usti suvlaridan, o‘simlik va hayvonot dunyosidan, atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq munosabatlar tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Yer qa’rining foydalanilayotgan va foydalanilmayotgan uchastkalari, shuningdek texnogen mineral hosilalar yer osti boyliklari davlat fondini tashkil etadi (5-modda).
Yer osti boyliklaridan foydalanish va uni muhofaza qilishga doir talablarni bajarish e’tiborga molik masaladir va u har qanday sharoitda yer osti boyliklaridan oqilona foydalanishni va ekologik huquqiy muhofaza qilishni ta’minlaydi.
Yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilishga doir asosiy talablar «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning IV bo‘lim, 35- moddasida aniq ko‘rsatilgan. Yer qa’ridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishga doir asosiy talablar:
yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish to‘la-to‘kis bo‘lishini va undan kompleks foydalanilishini ta’minlash;
foydali qazilmalarning o‘zboshimchalik bilan kavlab olinishiga va ular joylashgan maydonlarda imorat qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
foydali qazilmalar zaxiralarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshirish;
foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash va geologik materiallarning davlat ekspertizasini o‘tkazish;
yer qa’ridan asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlarning iqtisodiy jihatdan rentabelli zaxiralari mumkin qadar to‘liq chiqarib olinishini ta’minlash;
foydali qazilma konlarini suv bosishdan, suv chiqib ketib to‘lib qolishdan, yong‘indan hamda foydali qazilmalar sifatini va konlarning sanoat ko‘lamidagi ahamiyatini pasaytiruvchi yoki ularni ishga solishni murakkablashtiruvchi boshqa omillardan muhofaza qilish;
yer qa’rida konservatsiya qilib qo‘yiladigan foydali qazilmalar zaxiralarining, yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni olib borishda kon qazilmalari, quduqlar va yer osti inshootlarining saqlani- shini ta’minlash;
uglevodorodlar va ularni qayta ishlash asosida hosil qilingan mahsulotlarni, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlashda, chiqindilarni saqlash va ko‘mishda, oqova suvlarni chiqarib tashlashda yer qa’ri ifloslanishining oldini olish;
foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilishni belgilangan tartibda o‘tkazishdan iborat.
Shunisi e’tiborliki, yer osti boyliklaridan foydalanish va mineral xom ashyoni qayta ishlash bilan bog‘liq ishlarni bajarish loyihalari davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazilishi lozim.
Davlat ekologiya ekspertizasida talab qilinmaydigan ishlar ro‘yxati Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayotiy talab va ehtiyojlar shuni taqozo qilmoqdaki, foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda va unga yaqin joylarda imorat qurish holatlari sodir bo‘lmoqda. Shu munosabat bilan qonunchilikda mazkur maydonlarda imorat qurish bilan bog‘liq shartlar amaldagi yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonunda o‘z aksini topgan.
Jumladan, aholi punktlari, sanoat obyektlari va boshqa obyektlarni joylashtirish uchun uchastkalar tanlashda bo‘lg‘usi imorat quriladigan uchastkaning yer qa’rida foydali qazilmalar yo‘qligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining xulosasi kerak.
Alohida hollarda sanoat ko‘lamida o‘zlashtirishga topshirilmagan foydali qazilma konlari (keng tarqalgan foydali qazilmalarning konlari bundan mustasno) joylashgan maydonlarda imorat qurishga, shuningdek bunday konlar joylashgan yerlarda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini joylashtirishga, konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishuvga muvofiq, yer qa’ridan foydali qazilmalarni chiqarib olish imkoniyatlari ta’minlanishi hisobga olingan holda, yo‘l qo‘yiladi.
Foydali qazilmalar joylashgan (keng tarqalganlaridan tashqari) maydonlarda imorat qurishga va bunday joylarda qazilma qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini joylashtirishga alohida hollarda, konchilik munosabatlari sohasida maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda va yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish imkoniyatlari ta’minlangan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Keng tarqalgan foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda imorat qurishga, shuningdek bunday joylarda foydali qazilma qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini joylashtirishga konchilik munosabatlari sohasida maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organ- larining xulosasi bo‘lgan taqdirda hokimiyat mahalliy organlarining
ruxsati bilangina yo‘l qo‘yiladi.
Qurilish obyektlari imorat qurish va rejasi tasdiqlangan loyihalarida nazarda tutilgan chegaralardagi maydonlarda olib borilganda bunday xulosa talab qilinmaydi.
Shuningdek, qimmatbaho metallarning mayda tub konlarini qidirishni ularni yer osti usulida ishlatish bilan qo‘shib olib borishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi («Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning 38-moddasi).
Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ridan foyda- lanish belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik loyihalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlaridan foydalanishda chiqindilar va oqova suvlar zararsizlantirilishi yoki belgilangan chegara doirasidan chetga chiqmasligi ta’minlanishi, shuningdek ularning kon qazishmalariga, yer yuzasiga, atmosfera havosiga va suv obyektlariga kirib borishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilishi kerak («Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning 39-moddasi.)
Yer osti boyliklaridan foydalanishda noyob ochiq geologik jinslar va mineralogik hosilalar, meteoritlar, palenontologik, arxeologik hamda fan va madaniyat uchun ahamiyatga molik boshqa obyektlar topilib qolgan hol- larda yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tegishli uchastkadagi ishlarni to‘xtatib, bu haqda manfaatdor davlat organlariga xabar qilishlari shart.
Alohida ilmiy yoki madaniy qimmatga molik yer osti boyliklari uchastkalarini davlat qo‘riqxonalari yoxud tabiat yoki madaniyat yodgor- liklariga mo‘ljallab ajratib olish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni huquqiy muho- faza qilish ustidan davlat boshqaruvi Vazirlar Mahkamasining asosiy diqqat e’tiborida turadi hamda qonunga asosan bir qator vakolatlarga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunga binoan Vazirlar Mahkamasining quyidagi vakolatlari mavjud:
yer osti boyliklari davlat fondini tasarruf etish;
mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish, yer qa’rini muhofaza qilish davlat dasturlarini tasdiqlash hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilib borish;
yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga berish va yer qa’ri monitoringini amalga oshirish tartibini belgilash;
foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishini va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini tashkil qilish;
foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash hamda foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi, foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri yuritilishi tartibini belgilash;
keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxatini tasdiqlash;
yer qa’rini geologik jihatdan o‘rgangan, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil qilish;
Yer osti boyliklaridan foydalanishni turkumlashning asosi bo‘lib, ularni tabiat obyekti sifatidagi roli hisoblanadi.
«Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning 19-moddasida yer qa’ridan foydalanishning quyidagi turlari aniq ko‘rsatilgan:
geologik jihatdan o‘rganish;
foydali qazilmalarni kavlab olish;
texnogen mineral hosilalardan foydalanish;
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash;
alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo qilish;
nodir tosh xom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash.
Tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlari asosida geologik jihatdan o‘rganish uchun, foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlar uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzaga kelishining asosi litsenziya hisoblanadi.
Litsenziya tegishli davlat organining yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni olib borish uchun yer uchastkasi berilishini kafolatlovchi qarori mavjud bo‘lganda beriladi.
Litsenziya yuridik yoki jismoniy shaxsga litsenziya berishga vakolatli organ tomonidan beriladi.
Litsenziyalarni berish ochiq kim oshdi savdolari yoki yuridik va jismo- niy shaxslarning litsenziya berishga vakolatli organlar bilan to‘g‘ridan- to‘g‘ri muzokaralari natijalari asosida o‘ttiz kun ichida amalga oshiriladi.
Agar yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi yuridik shaxslarning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan birlashmasiga beriladigan bo‘lsa, litsenziya bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biriga berilib, unda mazkur ishtirokchi shu birlashma nomidan ish yuritayotganligi, shuningdek birlashmaning boshqa barcha ishtirokchilari ko‘rsatiladi.
Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlariga qurish va ulardan foydalanish, alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish hamda nodir tosh xom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi tomonidan beriladi. Chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan berilgan litsenziyaga muvofiq yer qa’ri foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilma- larni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish, alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlar barpo etish uchun maydoni va chuqurligi cheklangan uchastkalar ko‘rinishida foydalanishga beriladi.
Amaldagi qonunchilikka asosan, geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foy- dali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshoot- larini, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati, boshqa moddalar va mate- riallarni yer ostida saqlash inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash, alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo qilish, nodir tosh xom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash kabi, yer qa’ridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan (19-modda).
Mazkur turlarning huquqiy holati va ekologik ahamiyatini biz yuqoridagi paragraflarda ko‘rib chiqqan edik.
Amaldagi qonunchilikda yer osti boyliklaridan foydalanish huquqining paydo bo‘lishi bilan birgalikda, ayrim hollarda bekor bo‘lish holatlari, ya’ni yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini to‘xtatish ham ko‘zda tutilgan.
Yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar:
yer qa’ri uchastkasi qaysi maqsadda berilgan bo‘lsa, undan shu maqsadda foydalanishi;
yer qa’ridan foydalanish va mineral xom ashyoni qayta ishlash bilan bog‘liq ishlarni olib borish texnologiyasi normalari va qoidalariga rioya etishi;
konchilik ishlarini rivojlantirishning texnik loyihalari va rejalaridagi, shuningdek uglevodorod konlarini ishlatish va obodon- lashtirish loyihalaridagi talablarga rioya etishi;
foydali qazilma konlarini ishlatish, yer qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish jarayonida geologik, marksheyderlik va boshqa hujjatlarni yuritishi hamda ularning saqlanishini ta’minlashi;
chiqarib olinadigan va yer qa’rida qoldiriladigan asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qo‘shilib chiqadigan komponentlar zaxiralari, shuningdek mineral xom ashyoni va texnogen mineral hosilalarni qayta ishlash mahsulotlari miqdori va sifati hisobini yuritishi;
kavlab olinayotganda qo‘shilib chiqadigan, lekin vaqtincha foydalanilmayotgan foydali qazilmalar va foydali komponentlarni saqlashi;
foydali qazilmalarni kavlab olish va mineral xom ashyoni qayta ishlash chog‘ida nobudgarchilik normativlariga rioya etilishini ta’minlashi;
konlarning foydali qazilmalarga boy uchastkalari tanlab ishlatilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlar zaxiralarining holati va o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek foydali qazilma konlari, foydali qazilmalar belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastrini yuritish uchun ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga taqdim etishi;
kavlab olingan foydali qazilmalar hajmlari to‘g‘risidagi ma’- lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq ishlar ta’siri doirasidagi ishlovchilar (xodimlar) va aholining xavfsizligini ta’minlashi;
yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlar bexatar olib bori- lishini, favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari ko‘rilishini, falokatlarni bartaraf etish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlashi;
foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilishning belgilangan tartibiga rioya etishi;
to‘kindi uyumlarining yonbag‘irlarini va ochiq konlarning yon chekkalarini rejalash yoki pog‘onalash ishlari, shuningdek eroziyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlashi;
atrof-muhitni muhofaza qilishga, shuningdek yer qa’ridan foyda- lanishda ishdan chiqqan yer uchastkalarini va boshqa tabiiy obyektlarni keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |