Reja: Termiz V-VII asrlarda. Shahar joylashgan o‘rni va tuzilishi haqida Xitoy manbalari. Somoniylar davrida Termiz, rejalashtirish, asosiy qurilishlar. Arab mualliflari ma’lumotlari. Temuriylar davri tarixiy manbalarida Termiz shahri



Download 21,48 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi21,48 Kb.
#498748
Bog'liq
Amudaryo va Surxondaryo vohasi shaharlari


Amudaryo va Surxondaryo vohasi shaharlari

Reja:


  1. Termiz V-VII asrlarda. Shahar joylashgan o‘rni va tuzilishi haqida Xitoy manbalari.

  2. Somoniylar davrida Termiz, rejalashtirish, asosiy qurilishlar. Arab mualliflari ma’lumotlari.

  3. Temuriylar davri tarixiy manbalarida Termiz shahri, uning vazifasi va qurilishi tarixi.


Termiz V-VII asrlarda. Shahar joylashgan o‘rni va tuzilishi haqida Xitoy manbalari.
Milodiy 6-8 asrlarda O‘rta Osiyoda nechta shaxar bo’lganligini aniq aytish mushkuldir. Bu davr mualliflarining asarlarida O‘rta Osiyo ko’plab shaxarlarga ega o’lka deb eslatiladi. 1950 yilda chikgan V.A. Lavrov monografiyasida arxeologik ma'lumotlarga tayangan xolda 6-8 asrlarda O‘rta Osiyoda 20 taga yakin yirik shaxar mavjudligi aytib utiladi. 1961 yilda V.L. Voronina bu ruyxatni yana bir nechta shaxarga kengaytiradi. Ammo, shuni xam aloxida ta'kidlab utish joizki bu mualliflar tomonidan arxeologik nashrlarda chop etilgan barcha shaxarlar tugrisida ma'lumotlar keltirilmagan. Masalan, 1954 yilda G.I Patsevich janubiy Qozogistonning o’zida 20 dan ortik shaxarlar mavjudligi ta'kidlab utadi. U 7 asrga oid 35 shaxar va 7-9 asrlarga oid 65 shaxarlar ruyxatini keltiradi.
Buxoro vohasi Buxoro amirligining markaziy mintaqasi bo’lib, o’zok; vaqtgacha bu joyda arxeologik tekshirishlar o’tkazish mumkin bo’lmagan. Ayniqsa, Buxoro hukmdorlari, islom dini vakillari o’lkadagi yodgorliklarni qazib o’rganishni man qilganlar. Dunyo miqyosida XVII —XVIII asrlardan boshlab qadimiy madaniyat obidalarini arxeologik nuqtai—nazardan tadqiq qilish boshlangan bo’lsa, bizning o’lkamizda bu ishlar faqatgina XX —asrning boshlaridan boshlangan. Shungacha vohadagi moddiy — ashyoviy ma’lumotlar ko’proq rus sayyohlari tomonidan to’planib, ilmiy doiraga ma’lum qilingan. 1820 yilda rus elchisi bo’lib kelgan Negri bir qator ma’lumotlarni to’plab, ularni tadqiqotchilar Eversman va Meyendorfga bergan. Ularning ishlarida bu ma’lumotlar keltirilgan. Buxoro vohasi to’g’risidagi maxsus dastlabki arxeologik ma’lumotni ingliz hukumati agenti A.Borns bergan edi. Uning «Xodja Obon degan joy» nomli ma’lumoti, bu joy atrofidan topilgan tangalar tasnifi Uilson va Prinseplarning 1839 yilda Londonda e’lon qilingan ishlarida keltirilgan. Bu ishlar 1831 — 33 yillardagi «Osiyo sayoxatlari» (Buxoro, Qobul, Eron, Hindiston) ma’lumotlariga bag’ishlangan (II tom, 455 — 473 b).
Buxoro to’g’risidagi bir qator ma’lumotlarni naturamest Leman va sharqshunos Nikolay Xannikovlar 1840 yilni tog’ injeneri Butenev va Bogaslavskiylarning ekspedistiyasida ishtirok etib, ma’lumot to’plagan edilar. Nikolay Xannikov 1843 yilda Sankt —Peterburgda «Buxoro xonligining tavsifi» nomli asarini chiqardi. 1868 yilda Buxoro amirligi Rossiya tomonidan istilo qilingach, bu o’lkani o’rganuvchi, tadqiq qiluvchilar ko’paydi. XIX asrning 90 —yillari o’rtalarigacha arxeologik nuqtai nazardan tadqiqotlar salmog’i unchalik katta emasdi.
Arxeologik tadqiqotlarga biror joyga bevosita qazish ishlaridan tashqari, kollekstiyachilik, ashyolarni yig’ish, yodgorliklarni ko’zdan kechirib o’rganish, o’lchov ishlarini bajarish va ta’mirlash ishlari ham kiradi. Faqatgina Uilson va Prinstep hamda Buxorxudotlar tangalarini birinchi marta ajrata olgan numizmat olim Frend ishlarini alohida ko’rsatish mumkin. Bu olim 1840 yilda buxoroxudotlarning bir necha tangalarini ilmiy tahlil qilib, matbuotga chiqish qilgan. 1822 yilda akademik Keller buxorxudotlar tangalarni o’rganib, «Sibirskiy vestnik» to’plamida «Buxorodan keltirilgan qadimgi medallar» nomli maqolasini e’lon qildi (Sibirskiy vestnik I kiem 1824 yil 9—18 b.). Buxorxudotlar tangasini o’rganishda P. I.Lerx xam o’zining qimmatli ishini bag’ishlagan. Lerxning «Rus arxeologiyasi jamiyati» Sharq bo’limining to’plamida e’lon qilgan «Buxorxudotlar tangalari» nomli maqolasi ilmiy mulohazalarga boyligi bilan ajralib turdi (Rus arxeologiya jamiyati Sharq bo’limi ishlari Sankt-Peterburg 1875 y).
Rus va chet el olimlari ishlarida Buxoro tangalari arab afsonalari va rivoyatlari bilan qo’shib tasvir — langan. V.Tizengao’zenning ishida shunday ma’lumotlarni ko’rish mumkin (V.Tizingao’zen «Sharqiy xalifa tanga­lari». S —Peterburg, 1873).Bu muallif Buxorxudotlarning tangalarini arab xalifaligining tangalari deb sharhlab xato qiladi. Yoki Ermitajdagi numizmatika bo’limida Fren tomonidan «Afrosiyob urug’idan bo’lgan turk hoqonlari tangalari» deb guruxlashtiriladi. Turk hoqonlarining hech qachon Afrosiyob urug’idan bo’lmaganligi tushunilmagan.
XIX asrning oxirlarida xarbiy topograf N.F.Sitnyakovskiy Buxoroga kelib, bir qator suratga olish ishlarini bajardi. U Buxoro vohasida bevosita arxeologik ko’zatuvlar olib borgan birinchi tadqiqotchi edi. Bu tadqiqotchi arxeolog va tarixchi bo’lmay, harbiy injener bo’lgan. U joylarni xaritalash jarayonida butun voha bo’ylab uchraydigan obidalarga xam qiziqqan. Vohadagi qishloqlar, ariqlar, tepaliklar tarixiy arxitektura yodgorliklari — masjid, Madrasa, xonakoh, namozgoh, sardobalarning xaritaga tushirib borgan. Kampirak devori xaritaga to’g’ri kiritilgan. Buxoro voxasini ilk o’rta asrlarda o’rab turgan, uni atrofdagi ko’chmanchilardan himoya qilgan devorni birinchi marta topografik kartalarga tushirgan. Sitnyakovskiy ko’rgan va tekshirishlar olib borgan vaqtda devor albatta dastlabki ko’rinishda emasdi. Ayrim joylarda 80 sm dan 1 m va 1,20 sm cha bo’lgan o’zun tepalik holida edi. Buni xaritaga to’g’ri belgilash olimdan katta bilim va mahorat talab qilardi.
Kampir devorning xaritaga tushirilishi katta axamiyatga ega.bo’lib, devor Buxoro vohasining ilk o’rta asrdagi chegarasini belgilashda muxim o’rin tutgan. Devor Hazora qishlog’idan boshlanib, butun Buxoro vohasini Gijduvon cho’l qismidan Vobkent, Shofirkon, Romitan, Jondor, Buxoro rayoni, Kogon va Qiziltepagacha borgan. Devor milodiy IV —V asrlarda barpo qilingan. Bu davrda butun Evroosiyo hududida xalklarning buyuk ko’chish davri bo’lgan. Yakkatut qishlog’i Kampirakning eng chekka chegarasi hisoblangan. Kampirak devorining shaklini ot taqasiga qiyoslaydilar. Yaxyo G’ulomov, Xalilullo Muxammadov, A.Muxammadjonovlar bu devorni o’rganganlar. Bu devor Buxoroning 22 ta rustakidan 15 tasini o’z ichiga olgan (Rustak — tuman).Ayniqsa, devor qurilgan devordagi sug’orilgan erlar chegarasini aniqlash nihoyat qimmatli edi. Sitnyakovskiy bir qator shaharchalar, qadimgi mudofaa inshootlarini ko’rib chikdi. Uning alohida xizmati voha irrigastiya tizimining to’la tasvirlanishida bo’lgan. Hisobot 1896 yilda Rossiya Fanlar Akademiyasiga yuborilgan edi.Buxoro tarixi va arxeologiyasini o’rganishda B. V.Bartold taxriri ostida N.S.Likoshin tomonidan tarjima qilingan M.Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari katta ahamiyatga ega.
Bu kitobdagi izoxlardan birida V.V.Bartold ilmiy adabiyotlarda birinchi marta Varaxshani tilga olib, uning joylashgan o’rnini ko’rsatishga harakat qilgan. Bartoldning «Turkiston mo’g’ullar istylosi davrida» asarida Buxoro va uning atrofini ta’riflashga katta e’tibor bergan.XX asr boshlarida N.N.Veselovskiy, V.L.Vyatkin, V.V.Bartold va boshqalar tomonidan Samarqandda o’tkazilgan arxeologik qazishlar jarayonida ancha ashyoviy dalillar, eng muximi O’rta Osiyo sharoiti uchun arxeologik tekshirishlar uslubiyotining o’ziga xos tomonlari ao’g’risida dastlabki tajribalar to’plana boshlandi. V.L.Vyatkingacha arxeologiya sohasida unchalik Katta ishlar qilinmagan. 1911 — 12 yillarda Vyatkin Afrosiyobni o’rgangan. Biroq hali arxeologik tekshirishlar uslubiyoti ishlab chiqilmagan edi. Rasmiy jihatdan arxeologik davrlashtirish qilinmagan edi. Shunday bo’lsada, Afrosiyob va Ko’xna Marvdagi qazishmalar arxeologiyaning xususan, O’rta Osiyosting arxeologiyasini fan bo’lib ravnaq topishida shart —sharoitlar yaratdi.XX asrning boshlarida Buxoro vohasida xam dastlabki arxeologik qazishmalar amalga oshirilgan. 1913—15 yillarda tarixchi sharqshunos ma’lumotiga ega bo’lgan L.A.Zimin tomonidan o’tkazilgan tekshirishlar ilmiy — uslubiy jihatdan ancha tayyorgarlik asosida yuqori ilmiy mulohazalarga boyligi bilan ajralib turdi (Rus arxeologiya jamiyati Shark bo’limi ishlari Sankt-Peterburg 1875 y). Rus va chet el olimlari ishlarida Buxoro tangalari arab afsonalari va rivoyatlari bilan qo’shib tasvir — langan. V.Tizengao’zenning ishida shunday ma’lumotlarni ko’rish mumkin (V.Tizingao’zen «Sharqiy xalifa tanga­lari». S —Peterburg, 1873).Bu muallif Buxorxudotlarning tangalarini arab xalifaligining tangalari deb sharhlab xato qiladi. Yoki Ermitajdagi numizmatika bo’limida Fren tomonidan «Afrosiyob urug’idan bo’lgan turk hoqonlari tangalari» deb guruxlashtiriladi. Turk hoqonlarining hech qachon Afrosiyob urug’idan bo’lmaganligi tushunilmagan.
XIX asrning oxirlarida xarbiy topograf N.F.Sitnyakovskiy Buxoroga kelib, bir qator suratga olish ishlarini bajardi. U Buxoro vohasida bevosita arxeologik ko’zatuvlar olib borgan birinchi tadqiqotchi edi. Bu tadqiqotchi arxeolog va tarixchi bo’lmay, xarbiy injener bo’lgan.
U joylarni xaritalash jarayonida butun voha bo’ylab uchraydigan obidalarga ham qiziqqan. Vohadagi qishloqlar, ariqlar, tepaliklar tarixiy arxitektura yodgorliklari — masjid, Madrasa, xonakoh, namozgoh, sardobalarning xaritaga tushirib borgan. Kampirak devori xaritaga to’g’ri kiritilgai. Buxoro vohasini ilk o’rta asrlarda o’rab turgap, uii atrofdagi ko’chmanchilardan himoya qilgan devorni birinchi marta topografik kartalarga tushirgan. Sitnyakovskiy ko’rgan va tekshirishlar olib borgan vaqtda devor albatta dastlabki ko’rinishda emasdi. Ayrim joylarda 80 sm dan 1 m va 1,20 sm cha bo’lgan o’zun tepalik holida edi. Buni xaritaga to’g’ri belgilash olimdan katta bilim va mahorat talab qilardi.
Kampir devorning xaritaga tushirilishi katta ahamiyatga ega. bo’lib, devor Buxoro vohasining ilk o’rta asrdagi chegarasini belgilashda muxim o’rin tutgan. Devor Hazora qishlog’idan boshlanib, butun Buxoro vohasini Gijduvon cho’l qismidan Vobkent, Shofirkon, Romitan, Jondor, Buxoro rayoni, Kogon va Qiziltepagacha borgan. Devor milodiy IV — V asrlarda barpo qilingan. Bu davrda butun Evroosiyo hududida xalklarning buyuk ko’chish davri bo’lgan. Yakkatut qishlog’i Kampirakning eng chekka chegarasi hisoblangan. Kampirak devorining shaklini ot taqasiga qiyoslaydilar. Yaxyo G’ulomov, Xalilullo Muxammadov, A. Muxammadjonovlar bu devorni o’rganganlar. Bu devor Buxoroning 22 ta rustakidan 15 tasini o’z ichiga olgan (Rustak — tuman). Ayniqsa, devor qurilgan devordagi sug’orilgan erlar chegarasini aniqlash nihoyat qimmatli edi. Sitnyakovskiy bir qator shaharchalar, qadimgi mudofaa inshootlarini ko’rib chiqdi. Uning alohida xizmati voha irrigastiya tizimining to’la tasvirlanishida bo’lgan. Hisobot 1896 yilda Rossiya Fanlar Akademiyasiga yuborilgan edi.Buxoro tarixi va arxeologiyasini o’rganishda B. V.Bartold tahriri ostida N.S.Likoshin tomonidan tarjima qilingan M.Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari katta ahamiyatga ega. Bu kitobdagi izohlardan birida V.V.Bartold ilmiy adabiyotlarda birinchi marta Varaxshani tilga olib, uning joylashgan o’rnini ko’rsatishga harakat qilgan. Bartoldning «Turkiston mo’g’ullar istilosi davrida» asarida Buxoro va uning atrofini ta’riflashga katta e’tibor bergan.
XX asr boshlarida N.N.Veselovskiy, V.L.Vyatkin, V.V.Bartold va boshqalar tomonidan Samarqandda o’tkazilgan arxeologik qazishlar jarayonida ancha ashyoviy dalillar, eng muximi O’rta Osiyo sharoiti uchun arxeologik tekshirishlar uslubiyotining o’ziga xos tomonlari ao’g’risida dastlabki tajribalar to’plana boshlandi. V.L.Vyatkingacha arxeologiya sohasida unchalik katta ishlar qilinmagan. 1911 — 12 yillarda Vyatkin Afrosiyobni o’rgangan. Biroq hali arxeologik tekshirishlar uslubiyoti ishlab chiqilmagan edi. Rasmiy jihatdan arxeologik davrlashtirish qilinmagan edi. Shunday bo’lsada, Afrosiyob va Ko’xna Marvdagi qazishmalar arxeologiyaning xususan, O’rta Osiyoning arxeologiyasini fan bo’lib ravnaq topishida shart —sharoitlar yaratdi.XX asrning boshlarida Buxoro vohasida xam dastlabki arxeologik qazishmalar amalga oshirilgan. 1913—15 yillarda tarixchi sharqshunos ma’lumotiga ega bo’lgan L.A.Zimin tomonidan o’tkazilgan tekshirishlar ilmiy — uslubiy jixatdan ancha tayyorgarlik asosida yuqori saviyada amalga oshirilgan. Birok uning ishlarida xam taxminchilik pala — partishlik, ishning aniq maqsad va vazifalarini belgilamasdan, dala ishlari texnikasi bilan notanish holdagi faoliyat ko’rinib turardi.
Tarixiy o‘lkashunoslik fanining fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi. Avesto va qadimgi manbalarda o‘lkamizning nomlari. Arab manbalarida o‘lkamiz haqidagi ma’lumotlar va ularning ahamityai. IX-XII asrlarda o‘lkadagi siyosiy va iqtisodiy hayot. Amir Temur va temuriylar davrida o‘lkamiz. SHayboniylar davrida o‘lkadagi ijtimoiyiqtisodiy jarayonlar. Xonliklar davri o‘lkashunosligi.Tarixiy o‘lkashunoslikning tarix fani tizimida tutgan o‘rni. Tarixiy o‘lkashunoslik fanining tadqiqot ob’ektlari, Turkistonda dastlabki ilmiy jamiyatlarning tashkil etilishi, Tarixiy o‘lkashunoslik fanining rivojlanishida ilmiy jamiyatlarning o‘rni. Rossiyasiya imperiyasining o‘lkamizdagi mustamlakachilik siyosati va o‘lkani o‘rganish masalasi. Evropa tadqiqotchilari tomonidan o‘lkamizning o‘rganilishi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini o‘rganishga bo‘lgan e’tibor. O‘zbekistonning tarixiy geografik o‘rni va tabiiy iqlim sharoitlari O‘lkamizning tarixiy-madaniy viloyatlari Baqtriya, Maarg‘iyona, Sug‘diyona, Xorazm, Ustrushona, CHoch, Farg‘onaning geografik o‘rni. Antik davrida o‘lkamizning qadimgi davr tarixiy geografik o‘rni. Kushonlar davri tarixiy geografiyasi. Ilk o‘rta asrlar davrida o‘lkamiz tarixiy geografiyasi. IX-XIII asrlar tarixiy geografiyasi. Amir Temur, temuriylar va shayboniylar davri tarixiy geografiyasi. Xiva, Qo‘qon xonliklari va Buxoro amirligining geografik o‘rni. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishi va relefi. Iqlim sharoitlari. Suv resurslari. Tabiiy o‘simliklar qatlami va hayvonot olamining o‘ziga xosligi. Tabiiy iqlim sharoitlari va landshaftlar tipi. Arxeologik va me’moriy yodgorliklarning o‘lkashunoslikda tutgan o‘rni O‘lkamiz tarixini o‘rganishda arxeologiya fanining tutgan o‘rni va ahamiyati. Modidiy manbalar va tabiiy manbalar. Tosh davri xususiyatlari. Tosh xo‘jaligi va moddiy madaniyati. Tarixiy-madaniy jarayonlar. Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllariga (dehkonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik) o‘tish va ularning keyingi taraqqiyoti. Bronza va temir davrlari xususiyatlari. O‘troq dehkonchilik va ko‘chmanchi qabilalarning tarqalishi. Ularning xo‘jaligi va moddiy madaniyati. O‘lkamizda Antik davri me’morchiligi va san’ati, ilk o‘rta asrlar davri shaharlari va me’moriy obidalari. O‘zbekistonning XI-XIII asr boshlarime’moriy yodgorliklari va me’morchiligi. O‘zbekistonning Amir Temur, Temuriylar va SHayboniylar davri memorchiligi asrlar davri me’morchiligi. Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonligi me’morchiligi. Mustaqillik davrida O‘zbekistonda olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari va ularning asosiy natijalari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yilda qabul qilingan "Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunining o‘lka tarixini o‘rganishdagi o‘rni. Paleontropologik va etnografik ma’lumotlarning o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati O‘lkashunoslikni o‘rganishda paleontropologik ma’lumotlarning o‘rni. Antropologiya va etnologiya fanining tadqiqot obe’ktlari. O‘zbekistonning qadimgi odam tarqalgan hudud ekanligi (Teshiktosh, Samarqand topilmalari). O‘zbekiston hududida zamonaviy odamlarning paydo bo‘lishi va voha bo‘ylab tarqalishi. Qadimda o‘lkamizda majud bo‘lgan irqlar, mongoloid irqining o‘lkamizga kirib kelishi. O‘lkamiz qadimgi aholisining antropologik shakllari va tipi. Toshkent vohasining qadimgi aholisi. Kushon Baqtriya aholisi, Zarafshon vohasi aholisi, Farg‘ona vodiysining qadimgi aholisi. O‘lkamizdagi etnik guruhlar. (So‘g‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massagetlar) Antik davri migratsiyalari va etnik jarayonlari. O‘rta asrlarda turkiy tilli xalqlarning kirib kelishi masalalari va uning bosqichlari. Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarining etnik tarkibi. O‘lkamiz etnografiyasining o‘rganilishi. Dastlabki etnografik ma’lumotlar. Qadimgi va o‘rta asrlarda yaratilgan manbalarda etnografik ma’lumotlar. Rossiya va Evropa tadqiqodchilari tomonidan o‘lkamiz etnografiyasining o‘rganilishi. Qadimgi diniy tasavvurlar, urf-odat va irimlar. Tarixiy o‘lkashunoslikni o‘rganishda yozma va arxiv manbalarning tutgan o‘rni YOzma manbalarning ahamiyati va ularning turlari. O‘lkamiz tarixi to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar: «Avesto», qadimgi fors manbalari, yunon-rim mualliflarining asarlari. Xitoy manbalari. Qadimgi yozuv yodgorliklari so‘g‘d, baqtriya va xorazm yozuvlari. O‘rta asrlar davri arab va mahalliy mualliflarining asarlari, ularda o‘lkashunoslikga oid ma’lumotlar. Turkiy o‘zbek tilidagi tarixiy manbalar. XIV-XVII asrlarda yaratilgan manbalar va ularning tahlillari. Arxiv manbalarining o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati. Arxivshunoslik to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Qadimgi va o‘rta asrlar davri arxivlari. Arxiv hujjatlarini hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Tarixiy jarayonlarni yoritishda va o‘lkashunoslikni o‘rganishda arxiv hujjatlarining o‘rni. Mustaqillik davrida arxiv hujjatlarining o‘rganilishi. O‘zbekistonning mustaqilligi davrida arxiv ishlari tizimi. 2010 yil “O‘zbekiston Respublikasi arxivlar ishi to‘g‘risidagi” qonunning o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati. Toponimik manbalarning o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati Toponimika tushunchasi va uning maqsadi. Geografik joy nomlarini o‘rganishda toponimikaning o‘rni. Toponimikaning fan sifatida shakllanishi. Toponimikaga oid asosiy ilmiy terminlar mazmuni. Toponimikaning 2 qismga: mikro va makro toponimlarga bo‘linishi. Ularning farqli xususiyatlari. O‘zbekiston toponimikasiga oid atamalarning yozma manbalarda qayd etilishi. O‘zbekistonda toponimik tadqiqotlar tarixi. Toponimik ma’lumotlar to‘plash uslublari. Toponimikada antrotoponimlarning o‘rni. Respublika viloyatlari joylarining toponimikasi. Toponimikaning xronologik davrlarga bo‘lib o‘rganilishi. Toponimikaning bo‘limlari: gidronimika, oykonimika, oronimika, urbanomika, etnonimlar, patronimlar, xronimlar, zoonimlar, religonimlar, teonimlar va boshqalar. Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni Muzeylarning o‘lkamiz tarixini o‘rganishdagi ahamiyati. Fan tizimida muzeyshunoslik. O‘zbekiston Respublikasidagi muzeylar va ularning o‘lkamiz tarixini o‘rganishdagi ahamiyati. Moddiy va ma’naviy merosni asrash hamda targ‘ib etishda muzeylarning o‘rni. Muzey turlari, ilmiy tadqiqot, madaniy – ma’rifiy ishlar olib boriladigan muzeylar, faqat bir soha bo‘yicha ilmiy – tadqiqot ishlarni olib boriladigan muzeylar. Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni. Turkistonda tashkil etilgan dastlabki muzeylar. Turkistonda tashkil etilgan ilk muzeylar faoliyati. O‘zbekistonda 1917-90 yillarda tashkil etilgan muzeylar faoliyati. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan muzeylar va ularning faoliyati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvarda qabul qilingan «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni. «Muzeylar to‘g‘risida»gi Qonun va qarorlarning qabul qilinishi va uning ahamiyati.
Bu tadqiqotchi qazish ishlarini boshlaguncha, yodgorliklar to’g’risidagi tarixiy yozma manbalarni atroflicha o’rgangan va anik ilmiy tushunchalar va tasavvurlarga ega bo’lgan. Shundan keyingina u Buxoro vohasida dastlabki tadqiqotlarni boshlagan. 1913 —15 yillar davrida razvedka xarakteridagi bir necha sayohatlar qilgan. Jumladan, Qiziltepa va Hazora oralig’idagi qadimgi devor qoldiqlarini rasmga tushirgan. Bir necha qadimgi shahar va tepalari aylanib, ko’zatib, ko’zga tashlanadigan ashyoviy dalillarni yiggan. Jumladan, Poykend, Qo’rgon Romitanga borib, u joylarni aylanib, ko’zdan kechirgan. Varaxshani o’rnini aniq aytib o’z hisobotiga kiritgan. Birok u Varaxshagacha etib bormagan va ko’rmagan edi. Varaxshadan 3 — 4 km cha Sharada joylashgan Qal’ai Mallabek degan joygacha borib, shu erdan qaytgan. Ziminning Varaxsha hududigacha etib bormaganligi natijasida Devori Kampirakni Qal’ai Mallabek va Qal’ai Siminch yonidan o’tadi, deb xato ko’rsattan. 1914 yilning bahori va yozida bir muncha tayyorgarlikdan so’ng Poykendda arxeologik tekshirish o’tkazgan.
Adabiyotlar:


  1. Gulomov Ya.G. «Xorazmning sugorilish tarixi» T., 1959 y.

3. Istoriya O’zbekistana v istochnikax. To’zuvchi B. V. Lunin. T., 1984 y.
4. Jabborov I.M. «O’zbek xalki etnografiyasi». T., 1994 y.
5. Sa'dullaev A.S. «Kultura yuga Sredney Azii 7-4 vv. do n.e.» T., 1987 y.
Download 21,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish