1-Mavzu: Temirbeton konstruksiyalar haqida umumiy ma'lumotlar
Reja:
1. Тemirbeton konstruksiyalar xakida umumiy ma’lumotlar, rivojlanish tarixi.
Тemirbetonning mohiyati.
Тemirbetonning kamchilik va afzalliklari.
Juda kadim zamonlardan beri bizning o’lkalarda sinchlik imoratlar qo’llanib kelingan, ularning asosi yog’och materiali bo’lgan va bu binolar zilzila tasiriga bardoshli ekanini ko’p marotaba tasdiklagan. Fan va texnika tarakkiy etib binokorlikda metall, temirbeton singari progressiv qurilish materiallarini paydo bo’lishi binolarning «sinchi» yani karkasida uz aksini topdi. Endilikda binolar yogoch sinchlardan emas balki po’lat va temirbeton karkaslardan tiklanmokda.
Yangi materiallarning fizik-mexaniq xossalari, qo’llanish imkoniyatlari yogoch materiallardan tubdan farq kilganidan, bulardan ishlanadigan binolarning konstruktiv loyihalari ham avvalgilaridan farq qiladi. Bino va inshoatlarning konstruksiyalari uchun uzoq muddatga chidamli, olov bardosh va iktisodiy jixatdan tejamli xom-ashyo turi qabul qilinadi.
Beton qurilish materiallari ichida eng ko’p qo’llaniladi. U qurilish zaruriyati uchun yaratilgan, faqat qurilish uchun ishlab chiqarilgan. Beton narxi boshqa materiallarga nisbatan ancha arzon. Zero uning mexaniq xususiyati po’latnikiga qaraganda ancha farq qilsada, ularning afzalligini solishtirib bo’lmaydi. Bunday holatda betonga teng keladigan material yo’q. U hamma joyda yetarli, ya’ni uning tarkibiga hamma yerda mavjud bo’lgan materiallar kiradi. Yana bir ma’qul bo’lgan tomoni shundan iboratki, beton mustahkamligi yildan yilga ortib boradi. Bu xususiyat temirbeton konstruksiyalari uzoq davrga chidamli ekanligini ko’rsatadi. Betonning arxitektura va konstruktiv imkoniyatlari xaqida gapirmasa ham bo’ladi. Тemirbeton 1850 yilda fransuz muxandisi Lambo tomonidan kashf etilgan. Dastlabki armatutsralangan konstruksiyalar Fransiya (Lambo, Kuanpe, Monpelar tomonidan), Angliya (Uilkinson), AKSh (Giatt)da tayyorlangan va qurilish amaliyotida qo’llanilgan.
Тemirbeton konstruksiyalarni hisoblashning nazariy asoslari va loyihalashga Konsider, Gennebik (Fransiya), Kyonen, Myorsh (Germaniya)lar asos solganlar.
Utgan asr davomida Freysine (Fransiya), Хoyer (Germaniya) N.A.Belelyubskiy, A.F.Loleyt, A.A.Gvozdev, P.L.Pasternak, V.I.Murashev, S.S.Davidov (Rossiya), A.B.Ashrabov, B.A.Askarov, R.Q.Mamajonov, A.A.Ashrabov, Sh.R.Nizomov, (O’zbekiston) va boshqa olimlar utkazgan tadkikotlar yuk ko’taruvchi temirbeton konstruksiyalarni hisoblash usullari va ularni amalda ishlatishning tarakkiy etishiga imkoniyat yaratdi. Bugungi kunda qurilishning barcha soxalarida temirbeton keng kulamda ishlatilmokda.
Beton qurilish materiallari ichida eng ko’p ishlatilishiga sabab, uning mustahkamligining yuqoriligi, beton narxi boshqa materiallarga nisbatan ancha arzon, u hamma joyda yetarli, ya’ni uning tarkibiga hamma yerda mavjud bo’lgan materiallar kiradi. beton mustahkamligi yildan yilga ortib boradi, bu xususiyat temirbeton konstruksiyalari uzoq davrga chidamli ekanligini ko’rsatadi, beton xoxlangan arxitektura va konstruktiv shakillari qabul qiladi.
Beton anizatrop material bo’lib, uning mustahkamligi quyidagi omillarga bog’liq: tarkibi, bog’lovchi va to’ldiruvchining turi, suv va sementning nisbati (W/C), tayyorlash usuli, qotish sharoiti, betonning yoshi, namunalarning shakli va o’lchamlari, kuch ta’sirining davomiyligi kabilardan iborat.
Beton va armaturaning birga ishlashiga sharoit yaratgan sabablar :
-beton kotish jarayonida hajmiy qisqarishi, sementning yelimlashi, armaturaning yuzasining davriyligi hisobiga tishlanadi.
-zich beton armaturani zanglash va yongindan saqlaydi.
-po’lat armatura bilan betonning temperatura ta’sirida chiziqli kengayshi koeffitsiyentlari bir-biriga juda yaqin.
Beton siqilishga yaxshi,cho’zilishga sust qarshilik kursatganligi sababli, armaturasiz to’sin ko’p yuk kutara olmaydi. Agar to’sinning cho’zilish qismiga armatura joylansa to’sinning yuk ko’tarish qobiliyati ,taxminan 20 marotabaga ortadi, sabab armatura cho’zilish qismidagi cho’zuvchi kuchlarini o’ziga qabul kiligan xolda siqilish qismidagi betonning ishlashiga sharoit yaratadi. Po’lat siqilish va cho’zilishga ham yaxshi qarshilik kursatganligi uchun siqilishga ishlaydigan temirbeton kon.struksiyalarni kesim yuzasini kichraytiradi va yuk ko’tarish qobiliyatini oshiradi ( 19.1. rasm ).
Тemirbeton konstruksiyalari uchun ishlatiladigan beton kerakli mustahkamlikka, armatura bilan yopishishga, yetarli zichlikka, armaturani zanglashdan asray olish xususiyatiga ega bo’lishi kerak.
Garchi beton bir xil jismli bo’lmasada, unga oldindan mustahkamligini, deformatsiyasini va fizik xususiyatlarini belgilab qo’yish mumkin.
Betonning mustahkamligi deganda, uning cho’zilish va siqilishdagi me’yoriy va hisobiy qarshiligi shu bilan birga beton bilan armaturaning tishlanishi (ssepleniya) tushuniladi.
Betonning deformativ xususiyati deganda, uning yuk ostida siqilishi va cho’zilishi, tobtashlashi, cho’kishi, ma’lum harorat va namlik ta’sirida hajmini o’zgarishiga aytiladi.
Betonning suv o’tkazmasligi, sovuqqa chidamliligi, yemirilishga bardoshliligi, issiq va tovush o’tkazmasligi, ishqor ta’siriga chidamliligi, uning fizik xususiyatlari hisoblanadi.
Inshootlarni qanday maqsadlarda foydalanishlariga qarab betonlar: konstruksion va maxsus beton turlariga bo’linadi.
Zichligiga qarab, betonlar quyidagicha tavsiflanadi: o’ta og’ir, og’ir, yengillashtirilgan va yengil.
konstruksiyaning afzalliklari :
mustahkam,uzoqga chidamli, olov bardosh,zilzila bardosh,maxalliy xom-ashyolardan foydalanish imkoniyati,konstruksiyaga istalgan shakil berish imkoniyati, mustahkamligini yildan yilga ortib borishi
konstruksiyaning nuqsonlari :
vaznining og’irligi, issiq va tovushning o’tkazishi,mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi, yoriq paydo bo’lishi
Тemirbeton konstruksiyalarning ishlatilish soxalari :
Sanoat, ma’muriy va turarjoy binolari,ko’priklar, tunellar, maxsus inshootlar, gidrotexnik inshootlar, fazoviy konstruksiyalar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |