- O’qish motivatsiyasini oshirish.
Ko’p sonli tajriba-sinovlar ma‘lumotlariga ko’ra boshlang’ich ta‘lim o’quv jarayonida kompyuterlardan foydalanishda o’qitish motivatsiyasining oshishi kuzatiladi. Jumladan, o’quvchilarning kompyuter dasturlari bilan qo’llab quvvatlanadigan fanga qiziqishlarini ahamiyatli oshirish kuzatilgan. Boshlang’ich sinflarda multimedia vositalarini qo’llash ta‘lim ol ishning intensivligini oshirishiradi: ortiqcha yozish operatsiyalarini bajarish zarurati yo’qoladi, zaruriy mashq qilish hajmini oshirish imkoni paydo bo’ladi, diqqat topshiriqning mohiyatiga jamlanadi.
- O’qitishning qulayligini oshirish.
Ko’pgina bolalar uchun o’z-o’zini baholashning muhim mezoni o’zlashtirish, o’qituvchilar, sinfdoshlari, ota-onalari tomonidan o’quv faoliyatidagi ularning muvaffaqiyatlari yoki muvaffaqiyatsizliklarini har kunlik baholash hisoblanadi. Bolalikdagi yuzaga kelgan o’z-o’ziga past bahoni o’zgartirish juda qiyindir. Shuning uchun bolada erta yoshlik davridan o’zi to’g’rida ijobiy tasavvur shakllanishi juda muhim.
- Materialni o’zlashtirish sifatini oshirish.
Multimediya texnologiyalari turli xil axborot turlaridan: matn, grafika, ovoz, animatsiyadan foydalanish imkonini beradi, bu esa kompyutersiz o’qitishda ta‘minlash mumkin bo’lmagan yangi materialni bayon etish uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi. Bu ayniqsa psixik jarayonlarning beixtiyoriyligi ulushi yuqori bo’lgan boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ayniqsa muhim. Ularning idroki barqaror emasligi ammo, shu bilan birga o’tkirligi, yoshligi va yorqin ifodalangan emotsionalligi bilan ajralib turadi. Kichik maktab yoshi davrining boshlanishida idrok amaliy faoliyat bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Diqqat beixtiyoriylikning ustunligi, past barqarorlik va kichik hajmi bilan tavsiflanadi. O’quv materiali ko’rgazmaliligi, yorqinligi bilan ajralib tursa, emotsionallik uyg’ota olsa, barqaror bo’lmagan diqqat ayniqsa jamlangan va barqaror bo’lib boradi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning xotiralari ko’proq ko’rgazmaliobrazli xarakterga ega bo’ladi, beixtiyoriy eslab qolish ahamiyatli rol o’ynashda davom etadi.
O’qituvchida alohida ahamiyatli elementlarni e‘tiborni kuchaytirish, ma‘lumotni ekranda ahamiyatli joylashtirish hisobiga obrazni shakllantirishda urg’uni ko’chirib borish, dinamik imkoniyatlardan foydalanish (miltillash, multiplikatsiya), alohida elementlarni rang, hajm bilan ajratish, ovozdan foydalanish bilan yo’naltirilgan idrokni shakllantirish imkoniyati yuzaga keladi.
Ma‘lumotni displey ekranida yorqin dinamik grafik shaklda ifodalash va mazkur ma‘lumotni boshqarish, o’yinli jihatlarni kiritish, jarayon va hodisalarni modellashtirish imkoniyati o’zlashtirilayotgan materialning mazmunini yanada yorqin va ahamiyatli qiladi, bu esa barqaror diqqatni ta‘minlaydi, materialni eslab qolishni tezlashtiradi va uni yanada ongli va uzoq muddatli bo’lishini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |