Reja: Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/22
Sana01.01.2022
Hajmi0,62 Mb.
#303034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
1-maruza

axborot  - 

bu  eng  oxiridagi  foydalanuvchi 

tomonidan olingan tushunchalar va foydali deb baholangan yangi ma’lumotdir. 

Yuqorida qayd etilganlarni izohlagan holda, axborotga quyidagicha ta’rif 

keltirish  mumkin. 

Axborot  -

  bu,  yaratuvchisi  doirasida  qolib  ketmagan  va  xabarga 

aylangan,  bilimlar  noaniqligi,  to’liqsizligi  darajasini  kamaytiradigan  hamda  o’g’zaki, 

yozma  yoki  boshqa  usullar  (shartli  signallar,  texnik  vositalar,  hisoblash  vositalari  va 

hokazo)  orqali  ifodalash  mumkin  bo’lgan  atrof-muhit(obyektlar,  voqyea-xodisalar) 

to’g’risidagi ma’lumotlardir. 

Mazkur yo’nalishda quyidagilar muhim sanaladi: 

 



 axborot  -  bu  har  qanday  ma’lumot  emas,  balki  u  mavjud  noaniqliklarni 

kamaytiruvchi yangi bir ma’lumotdir; 

 

 axborot  uni  yaratuvchidan  tashqarida  mavjud  bo’ladi,  u  o’z  yaratuvchisidan 



uzoqlashgan, inson tafakkurida aks etgan bilimdir; 

 



 axborot  xabarga  aylandi,  chunki  u  belgilar  ko’rinishida  ma’lum  bir  tilda 

ifodalanadi; 

 

 xabar  moddiy  tashuvchiga  yozib  qo’yilishi  mumkin(xabar  axborotni  uzatish 



shaklidir); 

 



 xabar uning muallifi ishtirokisiz aks ettirilishi mumkin; 

 



 u jamoat kommunikasiyasi kanallari orqali uzatiladi; 


 

 Axborot tashkilot uchun quyidagi imkoniyatlarni beradi: 



 

 tashkilotning strategik, taktik va tezkor maqsad hamda vazifalarini belgilash; 



 

 tashkilotning, bo’linmalarning joriy holatini, ulardagi jarayonlarni nazorat qilish; 



 

 asosli va o’z vaqtidagi qarorlarni qabul qilish;   



 

 maqsadga erishishda bo’linmalar ishini muvofiqlashtirish. 



Axborot  tizimlari  va  texnologiyalari  yildan-yilga  kishilik  faoliyatining  turli 

sohalarida keng qo’llanimoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va hayotga keng tadbiq 

etishdan maqsad – jamiyat va inson butun hayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi 

muammolarini hal etishdir.  

Jamiyatni  axborotlashtirish  deganda  inson  faoliyatining  barcha  ijtimoiy 

ahamiyatga  ega  bo’lgan  sohalarda  boyitilgan  bilimlar,  ishonchli  axborotlar  bilan  to’liq 

va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni hamma 

joylarda  tatbiq  etish  tushuniladi.  Bundan  shu  narsa  nazarda  tutilmoqdaki,  zamonaviy 

axborot tizimlari va texnologiyalarini hamma joyga tatbiq etish qabul qilinajak qarorlar 

samarasini  oshiradi.  Bu  faqat  milliy  iqtisod  rivojlanishining  iqtisodiy  ko’rsatkichlari 

o’sishinigina emas, balki ayni paytda ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish joylarini 

tashkil  etish,  aholining  turmush  darajasini  oshirish,  atrof–muhitni  muhofaza  qilishga 

yo’naltirilgan  fundamental  va  amaliy  fanlarda  sifatli  ilmiy  yutuqlarga  erishishni  ham 

ta’minlaydi.  

Yangi  XXI  asrda  mamlakatlarning  milliy  iqtisodi  globallashib,  axborotlashgan 

iqtisod  shakliga  aylanmoqda.  Ya’ni  milliy  iqtisoddagi  axborot  va  bilimlarning    tutgan 

o’rni tobora yuksalib, ular stragegik resursga aylangan. Dunyoda jamg’arilgan axborot 

va  bilimlarning  90  %  so’nggi  30  yil  mobaynida  yaratilgan.  Axborot  va  bilimlar 

hajmining  kundan-kunga  ortib  borishi  milliy  iqtisodning  barcha  sohalarida,  jumladan, 

ta’limda  ham  axborot-kommunikasiya  texnologiyalaridan  keng  ko’lamda  samarali 

foydalanishni talab etmoqda.  

Axborot  xuddi  an’anaviy  resurslar  kabi  izlab  topish,  tarqatish  mumkin  bo’lgan 

resursga  aylandi.  Ushbu  resursning  foydalanadigan  umumiy  hajmi  kelgusida 

davlatlarning  strategik  imkoniyatini,  shuningdek  mudofaa  qobiliyatini  ham  belgilab 

beradi, deyishga jiddiy asos bor.  



Axborot  resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanish jarayonida  ular mehnat, 

moddiy  va  energetik  resurslar  ekvivalenti  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Ayni  paytda 

axborot boshqa barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni asrab-

avaylashga ko’maklashuvchi yagona resurs turidir.  

Shunday  qilib,  axborot  resurslari  zamonaviy  axborotlashgan  jamiyatda  ishlab 

chiqarishning  asosiy  qismi  bo’libgina  qolmay,  balki  milliy  daromad  manbai  sifatida 

tovar hamdir.  

XXI  asrga  kelib,  insoniyat  tarixida  ilk  bor  sanoati  rivojlangan  mamlakatlarning 

ishlab  chiqarishida  axborot  ish  quroliga  aylandi.  Moddiy  ishlab  chiqarish  sohasidan 

mehnat  resurslarining  og’ishmay  axborotlar  sohasiga  aylanib  borishi  tendensiyasi 

tobora  yaqqol  sezilmoqda.  Buning  asosiy  sababi  shundaki,  ishlab  chiqarish  sur’ati 

o’sishi  va  rivojlanishi  natijasida  qarorlar  qabul  qilish  hamda    boshqarish  uchun  zarur 

bo’lgan  axborot  hajmi  oshib  borayapti.  Bu  o’sishni  avvalo,  iqtisodiy,  texnik,  ilmiy, 

texnologik va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarida kuzatish mumkin.  

Axborot  tanqisligi  bilan  bog’liq  bo’lgan  boshqaruv  xatolari  juda  qimmatga 

tushadi.  Ayni  paytda,  boshqaruv  va  ishlab  chiqarish  samaradorligi,  ilg’or 

texnologiyalarni ishlab chiqish hamda foydalanish bo’yicha eng ko’p  xborotga ega 

bo’lgan tizim yutib chiqmoqda.  

Mutaxassislar,  birinchi  galda  iqtisodchilarning  axborotga  erkin  kirib  borishini, 

sanoat  rivojlanishi  sharoitida,  bozor  iqtisodi  samaradorligining  asosiy  shartlaridan  biri 

deb hisoblaydi. Ularning faoliyati va jamiyat ishlab chiqarishning asosiy sohalari u yoki 

bu  ma’noda  axborot  bilan  bog’liq  bo’lib  ish  bilan  band  bo’lganlarning  40-60  %  ni 

tashkil etadi. Axborot xizmatlari jahon yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadining 

10%  ni  tashkil  qilmoqda.  Uning  90%  AQSh,  Yaponiya  va  G’arbiy  Yevropa  hissasiga 

to’g’ri keladi. 

Axborot  intellektual  faoliyatning  muhim  mahsuloti  sanaladi.  Sanoati  rivojlangan 

barcha  mamlakatlarda  ushbu  mahsulotlarni  o’z  foydalanuvchilariga  yetkazishning 

usullari  va  vositalarini  ishlab  chiqish  hamda  joriy  etish  jadal  sur’atlarda  olib 

borilmoqda.  Bu  −  axborot  tizimlari  va  texnologiyalari  sanoatini  yaratishda  o’z 

aksinitopgan. 





Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish