Reja: Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari


O‘qituvchi o‘quv maskanlaridagi psixologik xizmat tizimida



Download 75,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana15.05.2023
Hajmi75,83 Kb.
#938989
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Reja Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari

O‘qituvchi o‘quv maskanlaridagi psixologik xizmat tizimida.
1. O‘quv muassasalarida psixologik xizmatni to‘g‘ri tashkil etishning 
ahamiyati 
O‘quv maskanida tashkil etilgan psixologik xizmatning samarali yo‘llarini 
qidirish, shart-sharoitlar va muhitni har tomonlama, to‘liq o‘rganib chiqishni har 
bir o‘quvchining yosh xususiyatlarni hisobga olgan xolda individual va guruhiy 
ishlash uslublarini aniqlash lozim.
2. O‘quv maskani psixologi o‘quvchilar o‘rtasida uchrab turadigan psixik 
rivojlanishdan kechiqish xollarini to‘liq o‘rganishi, ularni keltirib chiqaruvchi 
omillar va ijtimoiy - psixologik shart-sharoitlarni tahlil qilishi lozim.
3. O‘quv maskani psixologi turli yoshdagi o‘quvchilarning qobiliyatlari, 
yo‘nalishi, layoqatlari va kasbiy qiziqishlariga doir aniq ilmiy tahlillar, test 
natijalari asosida tuzilgan ma’lumotlar bankiga ega bo‘lishi kerak. Bu 
ma’lumotlarga asoslanib, psixolog ularga alohida-alohida yondashish, ayrimlarga 
kushimcha darslar tashkil etish, o‘quv maskani, oila va jamoatchilik hamkorligida 
qobiliyatlarini o‘stirish bilan bog‘liq aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqishi lozim.
4. O‘quv maskani psixologi sinflardagi ruhiy holatlarni, o‘zaro munosabatlar 
bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik muhitni aniqlashi, rasmiy va norasmiy liderlar 
o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur o‘rganishi, o‘quv maskani ma’muriyati va 
tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga zarur yo‘l-yuriklar tavsiya qilishi 
joiz.
5. Bundan tashqari, o‘quv maskani psixologi turli mojarolar, ziddiyatlar, 
tartibbo‘zarliklarning olidini olish, ularning psixologik ildizini o‘rganish chora-
tadbirlari bo‘yicha konsultatsiyalar tashkil etishi shart. Bunday konsultatsiyalar 
ota-onalar va pedagoglar jamoasi uchun alohida tashkil qilinadi. Amaliy psixolog 
faoliyatining yana bir tomoni turli masalalar bo‘yicha o‘qituvchilar jamoasiga 
psixologik yordam berishdir. Bunda u jamoadagi sog‘lom muhitning asosi 
bo‘lmish o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan ijitimoiy psixologik 
trening mashg‘ulotlaridan samarali va o‘z vaqtida muttasil foydalanishi, o‘zluksiz 
ravishda diagnostik sinovlar o‘tkazib turishi, pedagogning kasbiy mahoratini va 
nutq qobiliyatini oshirishda ijtimoiy psixologiyaning barcha faol tayyorgarlik 
usullaridan foydalanishi zarur.
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan xolda, o‘quv maskani psixologi o‘z 
faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilashi mumkin. Ular diagnostik va tuzatish 
ishlari, psixoprofilaktik ishlar, psixologik konsultatsiyalar, o‘qituvchilar, ota-onalar 
va o‘quvchilarning psixologik savodxonligini ko‘tarish; psixologiya metodlarini 
aniq sharoitlarga moslashtirish, ulardan samarali foydalanish, to‘plangan ilmiy 
ma’lumotlarni izchil tarzda tahlil qilib borish; testlar tuzish, ularning sezgirligini 


ilmiy asoslash va har bir o‘quvchi qobiliyatini,qolaversa, o‘qituvchilar 
bilimdonligini testlar yordamida muntazam tekshirish, ilmiy xulosalar va 
ko‘rsatmalar tayyorlash kabilardan iborat.
Har bir o‘qituvchi quyidagilarni o‘ziga qamrab oluvchi “psixologik 
minimum” ni egallamogi darkor:
- o‘quvchilar tafakkuri, xotirasi, idroqi va diqqatining yosh xususiyatlari, 
ularning hissiy-irodaviy jarayonlarda yuzaga kelishi to‘g‘risidagi bilimlar;
o‘quvchilar o‘quv faoliyatining psixologik tuzilishi, uni tashkil qiluvchi aqliy 
harkatlar, usullar yuzasidan tushunchalar:
o‘quvchilar muomala qilish malakalari va ular bilan psixologik muloqot 
urnatish ko‘nikmalariga doir bilimlar;
shaxsni shakllantirishning psixologik qonuniyatlari bo‘yicha keng tasavvurlar;
o‘quvchilarni o‘rganish metlodikalardan foydalanish ko‘nikmalri va ularning 
faoliyatini “Kuzatish kartasi” ni to‘ldirish;
ta’lim va tarbiyaning psixologiyasiga doir adabiyotlarni o‘qishga nisbatan 
ehtiyojlari va qiziqishlarining mavjudligi.
Xalq ta’limining barcha toifadagi muassasalarida shaxsni o‘rganish uchun 
muayyain tizimdashi metodlarni qo‘llash joiz, toki ular o‘quvchida o‘zini o‘zi 
idrok qilish, o‘z o‘zini baholash, o‘zini o‘zi tahlil qilishni ta’minlasin.
Respublikada o‘quv maskanida psixologik xizmat ko‘rsatish ishlarini 
takomillashtirish o‘quvchilarni jamiyat olidida turgan ulkan va ilgor ishlarga 
tayyorlashda o‘zining munosib hissasini kushadi va O‘zbekiston Respublikasining 
“T’lim haqidagi qonuni” bandlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish kamda 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni hayotga jorish etishda o‘z o‘rnini topadi.

Download 75,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish