Xalq ta’limi tizimidagi psixologning vazifalari va muammolari
Xalq ta’limi tizimidagi psixologik xizmatning asosiy maqsadlaridan biri -
o‘quvchilarni har tomonlama mukammal inson qilib tarbiyalash ishlari samarasni
oshirish, o‘quv muassasalarida yosh avlodni normal psixologik taraqqiyotini
ta’minlovchi shart – sharoitlar, qulay vaziyat va muhit yaratishdan iboratdir.
Psixolog o‘quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqish,
mayl, iktidorligi kabilarni o‘rganadi, ularga meyoriy munosabatlar mezoni asosida
individual munosabat va yondashishni yo‘lga qo‘yadi, mutaxassis va yetuk shaxs
sifatida shakllanishiga muayyan yordam ko‘rsatadi, psixologik suhbat, treninglar
(maxsus mashq) o‘tkazadi.
Psixologik xizmatning mazmuniga psixoprofilaktika, psixologik maorif va
ma’rifat, psixodiagnostika, psixik rivojlantirish va psixokorreksiya, psixologik
maslahat ishlarini kiritish mumkin. Psixologik ishlar majmuasi o‘quvchilarni o‘quv
maskani, kollej va litseylarda o‘qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan
chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning individual xususiyatlarini
ta’lim va tarbiyasidagi nuqsonlarning sababini aniqlashga mo‘ljallangandir.
Psixoprofilaktika, Diagnostik ishlar guruhiy yoki yakka tartibda o‘tkaziladi. Bu
asnoda amaliy psixolog quyidagi yaqqol vazifalarni bajaradi:
Yosh davr taraqqiyotining muayyan mezonlariga muvofiqligini aniqlash
maqsadida
psixolog
o‘quvchilarningkamolot
darajalarini
belgilaydi.
O‘qituvchilarning kasbiy yaroqligi va layoqatini diagnostika qiladi, ularning shaxs
hislatlari, irodaviy sifatlari, his - tuyg‘ulari, o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatlari,
intellektual (aqliy) darajasi va pedagogik qobiliyatini tekshiradi. O‘quv
maskanigacha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar, akademik litsey va kasb-xunar kollej
tinglovchilari, oliy o‘quv yurti talabalarida uchraydigan kuv malakalari va
ko‘nikmalarini egallashdagi nuksonlar, xulq-atvordagi kamchiliklar, aqliy
taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzulishlar sabablarini diagnostika qiladi.
Tenqurlari bilan muomalasi xususiyatini tekshiradi. Ularning etnoqiyofasi va
etnomadaniyati xususiyatini hisobga olgan xolda psixofiziologik metodikalarni
muayyan sharoitga moslashtiradi.
Rhiy rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olib, tabaqalashgan,
differensial diagnostikani amalga oshiradi;
-
nuqsonlarning tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi;
-
deviant (qonunbo‘zarlik) aksil ijtimoiy xulq-atvor sabablari va ularning
shakllarini belgilaydi;
-
giyoxvandlik, taksikomanlik, alkogolizm, o‘g‘irlik, daydilikning ijitimoiy-
psixologik ildizlarini tekshiradi, ularning omilllarini tahlil qiladi va boshqalar.
raxbar kadrlar va o‘qituvchilarning kasbga yaroqliligini ilmiy asosda
tekshirish va aniq tavsiyanomalar ishlab chiqish.
Oliy o‘quv maskani xodimlari sinov muddatini (stajer, aspirant) o‘rganish va
amaliy ko‘rsatmalar berish.
Ish yuritish, saylov, saralash, tanlov, qabul bo‘yicha ilmiy-psixologik prognoz
qilish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ma’muriatni ogoh etish.
Attestatsiya, ijtimoiy talab va buyurtmalar yuzasidan ijtimoiy-psixologik
axborotlar to‘plash va ularni umumlashtirib, yaqqol tavsiyalar yaratish.
Chet el muassalari bilan aloqa qilish, kadrlarning malakasini oshirish,
ularning intellektual potensialini aniqlash, fan va texnikani rivojlantirish
imkoniyati, oliy o‘quv maskanining nufuzi to‘g‘risida materiallar yigish, ularni
psixologik jihatdan tahlil qilish va maslaxatlar berish.
O‘quv qo‘llanmalarning sifati, kitobonlilik muammosi, xodimlar,
talabalarning davlat mulkiga munosabati haqida ma’lumotlar to‘plash va ularni
umumlashtirish, ma’muriyatga axborot tayyorlash.
Ehtiyoji, talabi, qiziqishi, ijtimoiy qarashlari, turmushga nisbatan munosabati
to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash va ularning faolligini oshirish yuzasidan tavsiyalar
ishlab chiqish.
O‘quv maskani xodimlari, o‘qituvchilar, talabalarning ekologik, iqtisodiy,
siyosiy, etnopsixologik bilimlari saviyasini tekshirish va mustaqillikni
mustahkamlash imkoniyatini o‘rganish.
Iktidorli o‘quvchilar, talabalar, yosh mutaxassislar tanlashda ishtirok etish,
ilmiy - psixologik tavsiyalar ishlab chiqish.
O‘quvchilar, o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar ijodiy faoliyati maxsuldorligi,
tuguraqlar faolligini ko‘tarishning tadbirlarini ishlab chiqish, ularning
imkoniyatlarini tekshirish, kasb mahoratini egallash bo‘yicha musobaqalar,
munozaralar tashkil qilish va ularning maxsuli to‘g‘risida bashorat (prognoz)
qilish.
O‘quvchilar, o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar o‘rtasida bush vaqtni
taksimlash va undan omilkorlik bilan foydalanish muammosini ijtimoiy psixologik
nuqtai nazardan tekshirish va bush vaqtni maqsadga muvofiq tashkil qilish yo‘llari
hamda ulardan etnopsixologik bilimlar, ma’naviy qadriyatlarni egallashda
foydalanish imkoniyatini psixologik jihatdan tahlil qilish.
O‘quv maskani o‘quvchilari, o‘qituvchilari, xodimlari, talabalarida davlat
mablagini tejash tuyg‘usini aniqlash, tejamkorlik, molkmulkni asrash hissi, noxush
kechinmalarni jamoa orasida yoppasiga tekshirish, milliy gurur, millatlararo
munosabat madaniyatini tarkib toptirish majmuasisni ishlab chiqish.
O‘quvchilar, o‘qituvchilar, xodimlar, talabalarda ishbilarmonlik qobiliyatini
riovjlantirish yuzasidan ilmiy psixologik dastur yaratish hamda uning moddiy
boylik ishlab chiqarishdagi ulushini tahlil qilish.
Psixologik xizmatning mazkur yo‘nalishi psixologdan inson shaxsi va
individualligini tarkib toptirish jarayoniga faol ta’sir o‘tkazishni taqozo qiladi.
davr xususiyatlariga binoan (O‘quvchilar, talabalar) psixikaning rivojalanishi,
shaxsning shakllanishi qonuniyatlarni amaliyotga tadbik etish, o‘qituvchilar
jamoasiga talabalar ta’lim-tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish,
ularning qobiliyati, maylining darajasiga qarab o‘qituvchilarga korreksion
(tuzatish) ishlarini amalga oshirishda ko‘rsatmalar berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |