Taklifga ta`sir etuvchi omillar.
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:
resurslar narxi;
ishlab chiqarish texnologiyasi;
soliq va subsidiyalar;
boshqa tovarlar narxi;
narx o‘zgarishining kutilishi;
bozordagi sotuvchilar soni.
Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining o‘zgarishini taqozo qiladi.
Taklifga ta’sir qiluvchi omillami alohida-alohida qarab chiqamiz.
Resurslar narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifui oshiradi. Aksin- cha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlaríni oshi- radi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o‘g‘itlar narxining pa- sayishi bug‘doy taklifini oshiradi, qurilish materiallari narxlarining oshishi uy-joy va ishlab chiqarish binolari taklifìni qisqartiradi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomil- lashuvi mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari ka- mayadi va taklif ko‘payadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qar- shi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi paxta tolasining miqdori va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.
Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Soliqlarning aksari- yat turlari ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to‘1ov1arining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya (subsidiya — davlat tomonidan aholi yoki korxonalarga o‘z zararlarini qoplash yoki boshqa maqsad- lar uchun qaytarilmaslik sharti bilan beriluvchi mablag‘) bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.
Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, boshqa o‘zgarmas sharoitlarda qo‘y go‘shti narxining pasayishi natijasida undan olinadigan foyda darajasi ham pasayib, qassoblar tomonidan mol go‘shti taklifining oshirilishiga olib keladi.
Narx o‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxi o‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kunda- gi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.
Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko‘p bo‘1sa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘1adi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko‘payadi.
Taklif hajmining o‘zgarishiga tovaming saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo‘1maydigan qishloq xo‘ja1ik
va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘1adi. Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xi1 mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘ja1igiga yaroqli bo‘1gan yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo‘lmaydi.
Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozu- vchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham noo‘zgaruvchan bo‘1adi.
Do'stlaringiz bilan baham: |