Regional tabiiy geografiyaga taaluqli muammolar
Reja:
1. Tabiiy geografiyada sistemali yondashuv
2. Atrof muhit muammolarining geografik jihatlari
Rayonlashtirish (fr. rayon - bo`lim, bo`linma) keng ma’noda geografik qobiq va uning qismlarining, shuningdek tabiat va jamiyat o`zaro ta’sirining tabiiy va sotsial-iqtisodiy jarayonlarning hududiy tabaqalashuvini (differensiatsiyasini) ochib berishga qaratilgan say’-harakatlar majmuasidir.Amerikalik olim D.Uittlsining fikricha (1957), rayon – hodisalarning murakkab komplekslarining hududiy birikmalarini tanlab olish va o`rganish vositasidir.
Geografiyada rayonlashtirish muammosini ko`pchilik tadqiqotchilar markaziy muammo deb hisoblashadi va bu muammoga juda ko`plab adabiyotlar bag`ishlangan. Geografik rayonlashtirish tipologik yondashuvni nafaqat Yer yuzasidagi bir xil qismlarini ajratish yo`li bilan, balki hududlarning alohida tiplari areallarinining tahlil natijalarini bir-biriga moslab bir butun hosil qilish yordamida individual qiyofaga ega bo`lgan turli xil qismlarini ajratish yo`li bilan ham amalga oshiradi.
Tabiat xossalarining ifodalanishi darajasiga ko`ra rayonlashtirishning quyidagi xillari ajratiladi: 1) tabiat va jamiyat o`zaro ta’sirinining sistemalarini integral rayonlashtirish; 2) kompleks tabiiy-geografik (landshaft) rayonlashtirish; 3) komponentlarni tabiiy-geografik rayonlashtirish (iqlimiy, geomorfologik,geobotanik va b.).
Tabiiy geografik rayonlashtirish deb, teng tabiiy regionlarni ajratish (belgilash) asosida hududiy bo`lish tizimiga aytiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tabiiy-geografik rayonlashtirish juz’iy tabiiy geografik belgilarga (komponentlar bo`yicha tabiiy geografik rayonlashtirish) va o`zaro bog`liq bo`lgan belgilarning kompleksiga ko`ra (komleks tabiiy-geografik yoki landshaft rayonlashtirish) o`tkazilishi mumkin.
Amaliy vazifalarga nisbatan esa rayonlashtirishning ikki turi – umumilmiy va amaliy rayonlashtitish turlariga ajratiladi. Ammo, ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko`ra, har qanday amaliy rayonlashtirish faqat umumilmiy rayonlashtirish asosida amalgam oshiriladi. Boshqa tadqiqotchilar esa universal rayonlashtirish yo`q va har qanday rayonlashtirish muayyan maqsad uchun bajariladi, deb hisoblaydilar. A.G.Isachenkoning (1990) fikricha, yagona umumilmiy rayonlashtirish amaliy tabiiy-geografik rayonlashtirishning turli variantlarini ishlab chiqish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Amaliy tabiiy-geografik rayonlashtirish - iqtisodiyot, madaniyat, sog`liqni saqlashning turli sohalarida rejalashtirish va loyihalashtirishda tabiiy-ilmiy asos bo`lib xizmat qiladigan kompleks tabiiy rayonlashtirishdir (masalan, yo`l qurish, yangi yerlarni o`zlashtirish, yerlarni melioratsiya qilish va b.).
TABIIY GEOGRAFIYADA SISTEMALI YONDASHUV
Fan barcha davrlarda sistemalarni o`rgangan va sistemali metodlardan foydalangan. Sistemali yondashuv g`oyasining asl mohiyati o`rganish ob`yektining juz’iyatlarini uning qismlaridagi juz’iyatlari asosida tadqiq qilishdan iboratdir. Hozirgi paytda ham murakkab ilmiy muammolarning yechimida tizimli yondashuv goyalari va metodlari keng foydalaniladi.
“Sistema” (yun. systёma qismlardan tashkil topgan bir butun, birikma) tushunchasi hozirgi fanda universal ahamiyatga ega. Ammo, ta`kidlash joizki, sistemalarning umume`tirof etilgan umumiy nazariyasi yaratilganicha yo`q. Shu sababli har bir muayyan tadqiqot uchun tamoyillar, qoidalar va metodlarni ishlab chiqish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
“Sistema” termini bir qancha mazmunga ega. Ular orasida eng ko`p tarqalgani – bu sistema – elementlar to`plami bo`lib, bu sistemalar orasidagi munosabatlar mantiqiy (turli qarashlar sistemasi) va moddiy (tuquv stanogi – sistema) munosabatlar bo`lishi mumkin. Ko`pchilik fiziklar va biologlar talqinidagi torroq mazmundagi sistema -o`zaro ta`sirdagi elementlar yig`indisi bo`lib, ular muayyan tuzilma (struktura) bilan ifodalanadi hamda bir butunlik belgilariga ega va tasgqi muhit tufayli mavjud bo`ladi.
Sistemaga ko`plab har xil ta`riflar mavjud. Bu ta`riflardagi umumiylik shundaki, ularda sistema o`zaro bog`liq bo`lgan muayyan bir butunni xosil qiladigan turli xil elementlarning mnojestvosidir.
O`z tabiiy ob`yektini sistema deb e`tirof etish va uni tadqiq qilishda sistemali yondashish g`oyasining tabiiy fanlarga kirib kelishi Bertalanfi tomonidan XX asrning 30-yillarida sistemalar umumiy nazariyasining ishlab chiqilishi bilan bog`liq bo`ldi. Bu nazariyaning yuzaga kelishi fanlarning bo`linib ketishi jarayoniga qarama-qarshi ularni bitta umumiy metod yordamida birlashtirish masalasi bilan bog`liq edi. Darhaqiqat, sistemalar umumiy nazariyasi alohida-alohida hodisalarni emas, balki ularning sistemasini boshqarish tamoyillarini belgilash va tadqiqot ob`yektlari bilan o`hshashliklarini aniqlashni talab qiladi.
S i s t e m a deb keng ma`noda bir butunlik xossasiga, muayyan tuzilishga, ichki uyushmaga, alohida funksiyalarga ega bo`lgan, bir-biri bilan qonuniy munosabatlar va aloqalarda bo`lgan ko`plab elementlar (jismlar, hodisalar, ob`yektlar,bilimlar va b.) xosil qiladigan muayyan majmua tushuniladi.Sistema bir butunlik va mavjudligining tashqi muhitiga ega. Har qanday sistema o`ziga nisbatan kichikroq bo`lgan sistemalardan tashkil topgan bo`lib, o`z navbatida uning o`zi ham o`zidan yirikroq sistema tarkibiga kiradi. Sistemani tashkil etuvchi kichik sistemalar k o m p o n e n t l a r (lot.komponens biror narsaning tarkibiy qismi) deyiladi. Kichik sistemalar o`zaro qonuniy munosabatlarda bo`ladi va sistemaning strukturasini xosil qiladi.Sistemalarning komponentlari orasida e l e m e n t l a r(lot. elementum dastlabki modda) iyerarxiyasi deb ataladigan asosiy kichik sistemalarni ajratish mumkin. Kichik sistemalar strukturalar iyerarxiyasini, sistema xosil qiluvchi butun majmuasi esa u y u s h m a ni xosil qiladi. Uyushuv deb kichik sistemalarning o`zaro taqoza qilishini ham o`z ichiga oladigan sistemaning bir butunligini taqoza etadigan omillarning sisema xosil qiluvchi barcha majmuasi tushuniladi. Ta`kidlash lozimki, yaxlit sistema uning qismlsrining – elementlarining yig`indisidan kattaroqdir.
Sistemaning barcha elementlari bir-biri bilan doimiy ravishda ozaro munosabatlarda boladi. Sistemaning elementlari bir-biri bilan ozaro munosabatlarga kirishishga yordam beradigan usul esa shu sistemaning sistema xosil qiluvchi tomonidir. Binobarin,elementlar yigindisi emas, balki ular bir-biri bilan ozaro munosabatlarga kirishishga yordam beradigan usul elementlarning muayyan yigindisining sistema xosil qiluvchi tomonidir.
Geografiyada sistemali yondashuv. Fanning umumy ob`yektini alohida qismlarga bo`lib tashlaydigan tabaqalashuvning asosiy kamchiliklarini bartaraf qilishga imkon beradigan sistemali yondashuv geografiyda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Sistema tushunchasining o`zi o`rganilayotgan faktlarning aloqasini, tabaqalashuv jarayonida integratsiyaning zarurligini, o`rganilayotgan hodisalarga turli yondashuvni, o`zaro bog`liq metodlarni qo`lashni taqoza etadi. XX asrning 60 – yillarida yangi umumilmiy yondashuv (paradigma) – sistemali yondashuv yuzaga keldi. Bu davrga kelib geografik ob`yektlarning katta qismini xilma-xil (heterogen) elementlardan tashkil topgan, ichki aloqaga, zanjirli reaksiyalar to`riga, barqarorlikning ichki mehanizmiga, o`z-o`zini tartibga soladigan sistema sifatida qaralishi mumkin va zarur ekanligi anglab yetildi. Sistemali yondashuv elementlarini turli xil hududiy komplekslar: kichikroq komplekslardan tashkil topgan landshaftlar, turli funksional zonalarni oz ichiga oladigan shaharlar, qishloq hojaligi va sanoat kichik rayonlarini ozida mujassamlashtiradigan iqtisodiy rayonlar va boshqa sitemalardan tashkil topgan geografik ob`yektlarni bir butun, ammo ayni paytda hududning turli qissmlaridan iborat bo`lgan bir xil jism sifatida o`rganish imkonini berdi. Shu sababli sistemali yondashuv asosida ilgari o`rganilgan tabiiy va ishlab chiqarish komplekskarining bir qator xossalari chuqurroq organila boshlandi. Shunday qilib, sistemali yondashuv nafaqat tushuntirib beruvchi, balki konstruktiv funksiyani ham bajaradi.
Geografiya uchun sistema tushunchasi o`z davridaV.V.Dokuchayev tomonidan qo`llanilgan “tabiiy - tarixiy zona” tushunchsidek ahamiyatga ega.
Butun tabiat sistemali uyushgan. Turli xil va darajadagi (fizikaviy, biologik, sotsial va b.) sistemalar mavjud. Tabiiy sistemalarning eng muhim juz’iyati ularning tuzilmasida – qismlarning munosabatlari va aloqalarida namoyon bo`lishidir.
Geograflar o`ziga xos murakkab sistemalar bilan ish ko`radilar. Geografik qobiq va uni tashkil etuvchi sistemalar yaxlit, bir butun sistemaladir. Bu sistemalar uchun ularni tashkil etuvchi qismlarning turli tumanligi, ularning o`zaro joylashishining murakkabligi va tartibliligi va butun sistemaning.
Sistemali yondashuvning asl mohiyati o`rganish ob`yektining juz’iyatlarini uning qismlaridagi hususiytlari asosida tadqiq qilishdan iborat. Shu nuqtai nazardan qaralganda, bir qator tabiatshunos olimlar (V.V. Dokuchayev, A.A. Grigoryev, L.S. Berg, S.V. Kalesnik, N.A.Solntsev va b.) “sistemali yondashish yoki tahlil” tushunchalarini qo`llamagan bo`lsalarda, ular ob`yektning bir butunligini, uning tarkibiy qismlari orasida o`zaro ta`sir va aloqadorlikning mavjudligini doimo ta`kidlab kelganlar. Masalan, N.A. Solntsev 1949-yildayoq “geografik landshaft qonuniiy tuzilishga ega bo`lgan kichikroq tabiiy hududiy komplekslar tizimidir”, deb fikr bildirgan.
Sistemali yondashuv boshqa tabiiy va ijtimoiy fanlar qatori geografiyaga ham kirib keldi. Chunki geografiya fanlarining o`rganish ob`ekti bo`lgan geografik qobiqning o`zi ham yagona moddiy sistema bo`lib, moddalar uyushuvi turli darajalaridagi moddiy sistemalarning murakkab iyerarxiyasidan () tashkil topgan.
Tabiiy geografiyada hozirgi paytda “geografik landshaft “ tushunchasi bilan bir qatorda “geosistema” tushunchasi ham keng qo`llanilmoqda. Bu tushunchlar ko`p jihatdan umumiy juz’iyatlarga ega, ammo ularning har biri o`ziga xos individuallikka ega. Ularning ilmiy salohiyati, argumentatsiyasi, nazariy va amaliy rivojlanishi turli xil. Shu sababli ularni qiyoslash ularning har birining juz’iyatlarini va nisbatini belgilash imkonini beradi.K.N. Dyakonovning (1973) fikricha bu tushunchalarni taqqoslashda quyidagi holatlardan kelib chiqmoq lozim:
1. Tabiiy jarayonlar va geografik muhitning xossalari to`g`risidagi empirik ma`lumotlar va bu ma`lumotlarni umumlashtirishtushunchalar, gipotezalar, modellar va nazariyalar tuzish imkonini beradi.
2. Regional kompleks tabiiy geogrfiyaga mansub bo`lgan landshaftshunoslik asosida tabiiy muhitning bir qancha turli mantiqiy va nazariy modellari turadi. Bu modellar tabiiy jarayonlarnng qonunlari va qonuniyatlari, ularning o`zaro aloqalari, tabiiy muhitni uyushtirish to`g`risidagi nisbiy ob`yektiv haqiqatni belgilash imkonini beradi.
XX asrning so`ngi choragida “geosistema” tushunchasi keng ahamiyatga va izohga ega bo`ldi. Tabiiy muhitning rivojlanishi va mavjudlik qonunlari to`g`risidagi masalaning yecimiga yo`naltirilgan yangi vazifalar bir butunlik belgilari bo`lgan xosilalarni o`rganishga qiziqishni kuchaytirdi
Hozirgi paytda sistemali yondashuv geografiyaning barcha sohalarida keng qo`llanilmoqda. Geograflar o`ziga xos sistemalar bilan ish ko`radilar va ular g e o s t e m a l a r deb nom olgan. “Geosistema” tushunchasining keng tarqalishining boshqa bir sababi barcha mamlakatlarda sistemali tadqiqotlarga e`tiborning kuchayishidir.
Sistemali yondashuvning tabiiy geografiyada qo`llanilishi va “qonuniylashuvi” V. B. Sochava (1963) nomi bilan bog`liq. U tabiiy geografiya o`rganadigan barcha ob`yektlarni “geosistema”, deb nomladi. Uning fikricha, geosistema landshaft – ekologik kategoriya bo`lib, tabiatning geografik qobiqda amal qiladigan qonuniyatlarga bo`ysunadigan o`zaro bog`liq komponentlari geografik sistemalarni (geosistemalarni) xosil qiladi., ya`ni “geosistema – planetar geosistema (geografik qobiq yoki butun geografik muhit)dan tortib elementar geosistema (tabiiy – geografik fatsiya)gacha bo`lgan barcha mumkin bo`lgan kategoriyadagi tabiiy birliklardir”. Geohoralar: urochishchalar, joylar, rayonlar okruglar yoki mikro-, mezzo-,makrogeohoralarning uyushuv darajalari ajratiladi.
V.B. Sochavaning fikricha, “geosistema alohida, o`ziga xos boshqariladigan sistemalar sinfidir, unda tabiatning barcha komponentlari bir-biri bilan o`zaro bog`liqlikka va o`zaro aloqadorlikka ega hamda muayyan darajada bir butun ob`yekt sifatida fazo bilan va kisxilik jamiyati bilan o`zaro ta`sirdadir” (1970).
V. B. Sochava (1970) geosistemalarning ikki toifasini- geomerlar va geoxorlarni farqlaydi. Geomerlar – bir xil elementar geosistemalar bo`lib, ular muayyan belgilarga ko`ra umumlashtirish yo`li bilan taksonomik qatorga tiziladi. Binobarin, geomerlar tabiiy komplekslarning tipologiyasiga mansub bo`lgan tasnifiy tushunchadir. Sistemali tahlil nuqtai nazaridan biogeotsenozlarning o`zaro ta`sirining qonuniy birikmasi sifatida namoyon bo`ladigan geohoralarnini qarab chiqish qiziqarlidir.
V.B. Sochava (1970) geosistemalarning quyidagi 3 ta asosiy darajasini ajratadi:
1) sayyoraviy darajadagi geosistema Yerda yagona nushadagi geografik qobiqdan iborat;
2) regional darajadagi geosistemalarga geografik qobiqning yirik va tuzilishiga ko`ra murakkab strukuraviy bo`linmalari – tabiiy-geografik zonalar, sektorlar, o`lkalar, provinsiyalar va boshqalar kiradi;
3) mahalliy yoki lokal (lot. lokalis mahalliy) darajadagi geosistemalarni nisbatan sodda tabiiy hududiy komplekslar yoki landshaftning morfologik birliklari (joy, urochisha fatsiya) tashkil etadi.
“Geosistema” termini geograflar tomonidan taklif qilingan bir qancha ta`riflar mavjud. V.S. Preobrajenskiy (1969) tomonidan tabiiy komplekslarning mono- va polisistemali modellari ajratiladi. Tabiiy komplekslarning monosistemali modeli o`zaro ta`sirdagi komponentlar va omillardan iborat. Monosistemali model tushunchasi tabiiy kompleksning sinonimi sifatida namoyon bo`ladi; geografik fatsiya va butun geografik qobiq monosistemali modellar bo`lishi mumkin. Monosistemali model uzluksiz tabiiy xosilani anglatadi.
V.S. Preobrajenskiyning polisistemali modeli “geografik qobiqqa nisbatan kichikroq birlikdagi kichik sistema sifatida namoyon bo`ladigan bir xil tipli, ko`p marta takrorlanadigan strukturaviy xosilalardan – tabiiy komplekslardan tuzilgan sistemadir” (1967). Bu modeldagi sistema regional talqindagi landshaft va B.B. Polinovning geokimyoviy landshaftiga yaqin turadi. Polisistemali model tushunchasi sistemali tahlil nuqtai nazaridan geografik landshaftga nisbatan universalroqdir, zero geografik landshaft harakatchan komponentlar (suv va havo massalari, hayvonot dunyosi) bo`yicha uni tashkil etuvchi elementlarning – morfologik qismlarning o`zaro ta`sir tamoyiliga to`liq to`g`ri kelmaydi.
A.Y.Retyum (1970) geosistemani dasavval fizikaviy sistema sifatida talqin qiladi.Bu talqinda asosiy e`tibor butun sistema shakllanishining asosida turadigan modda oqimining (harakatining) yo`nalishiga e`tibor qaratiladi.Suv oqimlari, qor ko`chkilari, sel, harakatlanuvchi qumlar eng tipik sistema xosil qiluvchi omillardir.
Bu borada R.J. Chorli va B.A. Kennedining tadqiqotlari (Physical geography: a systems approach. London,1971) muhim ahamiyatga ega bo`ldi. R.J. Chorli va B.A. Kennedi sistema deb ob`yktlar va ularning xossalarining struturaviylashgan to`plamini tushunadilar. Ular butun borliq o`zaro ta`sir va bog`liqlikda bo`lgan, kichiklari kattalarini xosil qiladigan turli katta-kichiklikdagi tizimlardan iborat ekanligini ta`kidlagan holda aynan sistemali yondashuv ko`pincha tabiatshunoslik fanlarining konglomerati deb hisoblanadigan tabiiy geografiyaning predmeti sohasining chegaralarini belgilash imkonini beradi. Ularning fikricha, tabiiy geografiya to`rt darajadagi: morfologik, kasqadli, reaktivli (process – response (jarayon-javob) va boshqariladigan sistemalar to`g`risidagi fandir.
Tabiat hodisalarining o`zaro bog`liq tavsiflarining uyg`un birligi morfologik tizimlarni xosil qiladi. Morfologik tizimlar morfologik yoki rasmiy juda tez fizikaviy xossalarga ega. Bu xossalar korrelyatsion (lot. correlatio o`zaro munosabat, bog`lanish) tahlil yo`li bilan ochib beriladigan bog`lanishning funksional qismini yaratish uchun birlashtiriladi. Morfologik sistemalarga daryo havzalari, yonbag`irlar, qirg`oqlar, uzanlar misol bo`ladi.
Kasqadli (fr. cascade pog`onali sharshara) sistemalar kichik tizimlarning zanjiridan tashkil topgan.bo`lib, ular modda va energiya harakati tufayli dinamik jihatdan bog`liq bo`lgan ob`yektlarning majmuasidan iborat. Kasqadning asosiy komponentlarini birining chiqishi ikkinchisining kirishini xosil qilishi bilan birlashgan kichik sistemalar xosil qiladi. Har bir kichik sistema bir xil xossalarga ega bo`lgan (o`simlik qoplamining bir qismi, atmosferaning muayyan hajmi va b.) fazoni (geotoriyani) band etadi. Kasqadda tartibga solish (regulyator) va to`plash (akkumulyator) katta ahamiyatga ega. Ob`yektlarning modda va energiyaning harakatiga ta`sir ko`rsata olish qobiliyatiga ega bo`lgan xossalari regulyatorlar bo`lib xizmat qiladi.
“Jarayon – reaksiya (javob)” tizimlari morfologik va kaskad tizimlarining kesishib o`tishi yo`li bilan xosil bo`ladi. Ularning og`irlik markazi jarayonlarda va bu jarayonlar yartadigan shakllarda bo`ladi.
K.N. Dyakanovning (1973) fikricha geosistema – konussimon yoyilma yoki daryo havzasidan tortib butun geografik qobiqqacha bo`lgan tabiiy birliklardir (ochiq bir butun xosilalarning belgilariga ega bo`lgan ob`yektlardir). Uning fikricha geosistemalar landshaft – ekologik kategoriya sifatida qaralmog`i lozim. Biroq, ekosistemalar geosistemalarda va geosistema va muhit orasidago modda va energiya almashuvida ikinchi darajali ahamiyatga ega. Geosistemalar uyushuvning strukturaviy darajalariga,mavjudlikning turli vaqtiga ega. Sistemali yondashuvni geografiyada qo`llashning mantiqiy tahlili unda tipologik-regional va funksional-butunlik yo`nalishlarining mavjudligini ko`rsatadi. K.N. Dyakonov (1976) fikricha tipologik-regional geosistemalarga modda va energiyaning oqimi bilan bog`liq bo`lgan eng kichik tabiiy-geografik komplekslar (fatsiyalar) hamda modda va energiyaning gorizontal oqimi bilan bog`liq bo`lgan geografik landshaftlar kiradi. Funksional-butunlik juz’iyatlariga ega geosistemalarning mavjudligi asosida esa modda va energiyaning bir tomonlama oqimi yotadi.
Chehiyalik olim Y. Demek (1977) ham sistemalarning to`rt turini e`tirof etgan holda, tabiatda funktsional aloqalar tavsifiga qarab, sistemalarning yana quyidagi 3 xilini ajratadi: 1) chegaralari modda va energiyaning kirib kelishi va chiqib ketishiga yo`l qo`ymaydigan alohida sistemalar (bunday tizimlar faqat laboratoriya sharoitlaridagina xosil qilininshi mumkin); 2) chegaralari faqat moddaning (energiyaning emas) kirib kelishiga va chiqib ketishiga to`sqinlik qila oladigan berk sistemalar; 3) atrof muhit bilan modda va energiya almashinib turadigan ochiq sistemalar.
Xosil bo`lishiga ko`ra insonning ho`jalik faoliyati bilan bog`liq bo`lgan hamda bir butunlik belgilariga ega bo`lgan hosilalarni A.Y.Retyum, L.F. Kunitsin va A. Y. Retyum (1972) geotexnikaviy sistemalar deb atashni taklif etishgan. Ularga ko`ra - geotexnikaviy sistema – unung barcha strukturaviy elementlari (kichik sistemalari) orqali modda, energiya va ahborot oqimlari bilan birlashgan, muayyan birlikka ega bo`lgan, muhandislik – tehnikaviy elementlardan, sun`iy yaratilgan tabiiy va tabiiy hududiy komplekslardan (eko- va geosistemalardan) tuzilgan xosilalardir.
A.G. Isachenko (1991) fikricha “geosistema” tushunhasi geografik qobiqdan tortib uning eng kichik bo`linmalarigacha bo`lgan tabiiy-geografik birliklarining barcha iyerarhik qatorini o`z ichiga oladi. Ko`pchilik tabiiy geograflar “geosistema” terminini “tabiiy hududiy kompleks“,“tabiiy-geografik kompleks”,“landshaft” terminlarining sinonimi yoki mohiyatiga ko`ra bir-biriga yaqin tushunchalar, deb hisoblaydilar. Masalan, A.G. Isachenko “geokompleks” termini o`rniga “geosistema” terminini qo`llash maqsadga muvofiq ekanligini ta`kidlaydi. Geosistema – tabiiy hududiy kompleks tushunchasiga nisbatan kengroq tushuncha. “Tabiiy hududiy kompleks” tushunchasi geografik qobiqning faqat ayrim qismlariga, uning hududiy bo`linmalariga nisbatan qo`llash mumkin. Biroq bir butun sifatidagi geografik qobiqning o`ziga nisbatan qo`llab bo`lmaydi. A.G. Isachenko (1991) fikricha har qanday tabiiy-geografik kompleks sistemadir, ammo hamma sistemalar ham kompleks bo`lavermaydi. “Geosistema” termini ob`yektning sistemali mohiyatini, uning tabiatdagi uyushuvning universal shakli sifatidagi sistemalarga mahsubligini ifodalaydi.
Har qanday katta-kichiklikdagi tabiiy-geografik kompleks geografik sistema (geosistema) deb atalishi uchun zarur bo`lgan juz’iyatlarga ega. Chunki har bir tabiiy-geografik kompleks o`zidan kichik bo`lgan komplekslardan tashkil topgan va o`z navbatida uning o`zi ham o`zidan yirikroq bo`lgan kompleks tarkibiga kiradi. Har bir tabiiy-geografik kompleksning tarkibiy qismlari orasida o`zaro ta`sir va aloqalar mavjud va shu tufayli bir butunlik juz’iyatiga ega. Demak, Yer yuzasidagi barcha katta-kichiklikdagi tabiiy – geografik komplekslar geosistemalardir. Geosistemalar dinamik sistemalar bo`lib, tashqi omillar va o`ziga xos bo`lgan bir butunlikni vujudga keltiruvchi ichki jarayonlar ta`sirida tarkib topadi, mavjud bo`ladi va o`z-o`zini uzluksiz rivojlantirib turadi.
Y.G. Sauyshkin va A.M. Smirnov (1967) geosistemani tabiat, aholi va ho`jalikdan tabiat va jamiyatning hozirgi o`zaro ta`siri tufayli vujudga kelgan xilma – xil (heterogen) xosila sifatida talqin etishgan edilar. Ular, shuningdek, tashkil etuvchi elementlarning birligi va o`zaro taqozasi bilan ifodalanadigan xosila – “geostruktura” tusunchasini ham kiritgan edilar. Geostruktura tushunchasi boshqa mualliflarning geosistema tushunchasiga yaqin turadi.
ATROF MUHIT MUAMMOLARINING GEOGRAFIK JIHATLARI
Geografiya fanlarining o`rganish ob`yekti bo`lgan geografik qobiq juz’iyatlariga ko`ra inson yashaydigan va uning faoliyati kechadigan muhitni xosil qiladi. Murakkab tuzilishga ega bo`lgan va uzluksiz rivojlanadigan, bir butun va sifat jihatdan o`ziga xos moddiy sistema bo`lgan geografik qobiq jamiyat va tabiiy muhit manfaatlari to`qnashadigan geotoriya bo`lib xizmat qiladi. Geografik qobiqni tashkil etuvchi turli kattalikdagi geosistemalar tabiatdan foydalanishning ob`yektlarini tashkil etadi. Shu sababli geosistemalarning tuzilishi, rivojlanishi va mavjudligi to`g`risidagi bilimlar tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etishning asosi bo`lib xizmat qilishi lozim
Ekologik vaziyat murakkablashib bopayotgan bir paytda geografiyaning vazifalari ham ortib bormoqda.Tabiat va jamiyat rivijlanishining qonuniyatlari bilan bir qatorda ular orasidagi o`zaro ta`sirning qonuniyatlari ham mavjud. Jahondagi ekologik vaziyat bu qonuniyatlarni o`rganishning ahamiyatini oshiradi, chunki ekologik muammolar fanlarning yanada yirikroq tabiiy, ijtimoiy va texnikaviy bloklarni chambarchas bog`liq holda bo`lishini taqoza etadi. Ekologik muammolar oldindi qatorda turgan hozirgi paytda tabiat va jamiyatning o`zaro ta`siri muammolaridan chetda qolgan birorta ham fan yo`q. Ayni paytda fanlardagi differensisitsiya jarayonlari bilan bir qatorda ilmiy ma`lumotlarning sintezi va integratsiyasiga bo`lgan ehtiyojni ham kuchaytirdi Integratsiya jarayoni geografiya faniga yangicha qarashni taqoza etadi, yangi paradigmalarni qidirish zaruruyatini keltirib chiqaradi. Geografiyaning o`zida kechgan integratsiya jarayonlari natijasida tabiiy va sotsial-iqtisodiy geografiyani bog`lab turadigan integrative yo`nalishlarni (mekiorativ geografiya, rekreatsion geografiya, tabiatdan foydalanisg geografiyasi va b.). Ayni paytda geografiyanng ekologiyalashuvi va ijtimoiylashuvi sodir bo`lmoqda.
XX asrning ikkinchi yarmida ishlab chiqarish va urbanizatsiyaning zararli tasirlaridan inson salomatligini muhofaza qilish muammolariga bog`liq holda fanda “atrof muhit” termini (tushunchasi) keng qo`llanila boshlandi. “Atrof muhit” iborasining negizida inglizcha “envyronment” so`zi turadi. Bu so`z o`zbek tilida “muhit, atrof, atrof holati” ma`nolarini anglatadi. Mahsus so`z sifatida ishlatilishida “envytonment” so`zi har qanday mavjudot yashaydigan va rivojlanadigan sharoit yoki hayotning rivojlanishini va uning juz’iyatlarini o`zgartiradigan hamda belgilaydigan barcha ta`sirlar majmuasini bildiradi. Inglizcha “environment” so`zi rus tiliga “okrujayushaya sreda” deb tarjima qilinganligi boisidan o`zbek tilida ham “atrof muhit” iborasi sifatida ilmiy iste`molga kirgan. Hozirgi paytda “atrof muhit” termini (tushunchasi) siyosiy, mahsus ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarda eng ko`p qo`llaniladigan termindir. Keyingi 30-40 yil davomida chop etilgan turli maxsus ilmiy manbalarni o`rganish “atrof muhit” terminini yildan yilga ko`proq qo`llanilayotganligidan dalolat beradi.
XX asrning ikkinchi yarmida jahon taraqqiyotining o`ziga xos juz’iyatlaridan biri barcha halqlarning manfaatlariga dahldor va insoniyat uchun hatarli bo`lgan, barcha mamlakatlar, butun jahon hamjamiyati tomonidan birgalikda hal etishni taqoza etadigan global muammolar ahamiyatining o`sishi bo`ldi.
Umumbashariy, global miqyoslardagi ko`p jabhali jarayonlar va hodisalar orasida jamiyat va tabiat orasidagi o`zaro munosabatlar bilan bog`liq bo`lgan atrof muhit muammolari muhim o`rin tutadi. Bu muammolar insonning hayotiy faoliyatini tabiiy resurslar va ularning qayta ishlab xosil qilinadigan mahsulotlari bilan taminlashdagi murakkabliklarga bevosita bog`liq bo`lgan hom ashyo, energiya, oziq-ovqat, Dunyo okeani muammolaridir.
Atmosferada karbonat angidrid gazining to`planishi, radiatsiya fonining ortishi, ozon qatlamidagi o`zgarishlar, mineral hom ashyo manbalarining taqchillanayotganligi, yasxil o`simliklar bilan qoplangan maydonlarning keskin kamayib borayotganligi, muhitning ifloslanishi kabi global o`zgarishlarning sodir bo`lishi bilan bog`liq bo`lgan holda ekologik muammolarni tadqiq qilishning ahamiyati ham tobora ortib bormoqda. Zero, I.A. Karimov ta`kitlaganlaridek, hozirgi paytda ekologik muammolar “... milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insonning umumiy muammosiga aylangan”.
Atrof muhit – insoniyatning yashaydigan va ishlab chiqarish faoliyati muhiti, inson atrofining tabiiy yoki u tomonan yaratilgan moddiy olam
Atrof muhit – insonning ishtirokisiz va u paydo bo`lishiga qadar mavjud bo`lgan t a b I I y m u h I t d a n va inson tomonidan o`zgartirilgan hamda yangitdan yaratilgan t e h n o g e n (sun`iy) m u h I t d a n, ya`ni muhit elementlarining majmuasidan iborat.
Tabiiy nuhit – geografik qobiq doirasidagi jamiyat o`zining hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog`liq bo`lgan atrof muhitning bir qismidir. Jamiyatning ho`jalik faoliyati jarayonida o`zgaradigan “yashash muhiti“ nazarda tutilganda “tabiiy muhit” tushunchasi geografik qobiqning ijtimoy rivojlanishining bebosita sharoitlari bo`lib qolgan qismini anglatadi.
Inson faoliyatining tabiiy muhitga ta`siri tarixiy davrlar davomida kuchayib bordi. Ammo insoniyat tarixida tabiiy muhitga inson ta`sirining misli ko`rilmagan darajada keskin kuchayishi fan – tehnika taraqqiyoti bilan bog`liq. Fan-tehnika taraqqiyoti, industrializatsiya va urbanizatsiyaning jadal suratlari sharoitlarida insonning tabiiy muhitga tasiri ulkan miqyoslarga va intensivlikka ega bo`ldi. Ayrim hududlarda tabiiy resurslarning taqchilligi, muhitda esa regional va hatto global miqyoslardagi buzilishlar va tabiiy ofatlarga sabab bo`ladigan jarayonlar yuzaga keldi. Ular orasida insonning hayotiy sharoitlarining yomonlashuviga olib keladigan hatarli o`zgarishlar ham sodir bo`lmoqda. Global miqyosdagi salbiy o`zgarishlar umumzaminiy jarayonlarning bir maromda kechishiga putur yetkazishi bilan bir paytda Yerda hayotning mavjudligi uchun havf – hatarni ham vujudga keltirmoqda.
Hozirgi paytda jamiyat va tabiat orasidagi o`zaro modda va energiya almashinuvi nihoyat ulkan hajmga ega bo`lishi tufayli insonning atrof muhutga ta`siri geologik kuchlar ta`siri bilan qiyoslanishi mumkin bo`lgan qudratli omilga aylangan. Masalan, XX asrning oxirgi o`n yilligida dalalarni haydash, qurilishlar va foydali qazilma konlari yuzalarini ochishda har yili o`rtacha 4000 km3 miqdorda tuproq-grunt aralashtirilgan. Yer bag`irlarida har yili 120 mlrd. t. dan ortiqroq har xil madanlar, yoqilg`I hom ashyolari va qurilish materiallari qazib olingan, dalalarda 500 mln. t. dan ortiqroq mineral o`g`itlar va 3 mln. t. ga yaqin zaharli kimyoviy moddalar sepilgan, daryo oqimining 15 % I qishloq ho`jalik va sanoat ishlab chiqarishida hamda maishiy maqsadlarda foydalanilgan. 800 mln. t har xil metallar eritilgan. BMTning rasmiy ma`lumotlariga ko`ra. 1 mln. ga yaqin har xil turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo`lib, shundan 100 mingga yaqin turi sun`iy birikmalardir.
Atrof muhitga insonning ho`jalik faoliyati tufayli sodir bo`lgan tub o`zgarishlar uning tadrijiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan dinamik muvozanatning buzilishiga sabab bo`lgan holda unda o`zaro bog`liqlikning va tirik mavjudotlarning, birinchi navbatda
insonning yashash sharoitlarini o`zgarishiga olib kelmoqda. Bunday o`zgarishlar atrof muhitning ifloslanishiga va uning resurslarining qashshoqlashuviga sabab bo`lmoqda. Shu sababli global muammolar tizimida jamiyat va tabiyat orasidagi o`zaro munosabatlar bilan bog`liq bo`lgan atrof muhit muammolari muhim o`ringa ega.
Hozirgi ilmiy tasavvurlarga ko`ra tabiatning jamiyat hayoti va faoliyati kechadigan qismi atrof muhitni xosil qiladi. Atrof muhit – butun kisxilik jamiyati mavjudligining zaruriy asosi, insonning hayotiy faoliyati jarayonida foydalaniladigan hamda jamiyat tadrijiy taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning rivojlanishi uchun zarur bo`lgan energiya va moddalarning manbaidir. Boshqacharoq qilib aytganda, atrof – muhit inson faoliyatida ishlab chiqarishning integral resurslar manbai va ayni paytda yashash muhiti hamdir.
Atrof muhit insonga ta`sir ko`rsatadigan tabiiy va ijtimoiy omillar majmuasidan iborat bo`lganligi sababli insonning hayotiy faoliyatida ko`p jihatdan atrof muhit sifatiga bog`liq.
Atrof muhit – dastavval antroposentrik, demoekologik tushuncha bo`lib, u hayot sharoitlari, insonning (aholining) muhiti to`g`risidag tushinchani anglatadi. Tabiat insonning muhiti sifatida o`rganilayotganida butun e`tibor insonning sog`lom _it a_ti va ijtimoiy hayoti imkoniyatini belgilaydigan tabiat hodisalariga qaratiladi. Atrof muhit insonga ta`sir ko`rsatadigan tabiiy va ijtimoiy – iqtisodiy omillarning integral majmuasini xosil qiladi. Shu tufayli barcha hollarda atrof muhitning sub`ektini inson (aholi) tashkil etadi.
Atrof muhit – butun kisxilik jamiyati mavjudligining zaruriy asosi, insonning hayotiy faoliyati jarayonida foydalaniladigan hamda jamiyat tadrijiy taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning rivojlanishi uchun zarur bo`lgan energiya va moddalarning manbaidir. Atrof muhit inson faoliyatida moddiy ishlab chiqarishning manbasi va ayni paytda yashash muhitini tashkil etadi. Shu sababli insonning hayotiy faoliyati ko`p jihatdan atrof muhit sifatiga bevosita bog`liq.
Atrof muhit – tabiatning jamiyat bilan modda va energiya almashuvi orqali o`zaro ta`sirda bo`ladigan va bu ta`sir tufayli o`zgargan va o`zgarayotgan qismidir. Boshqacharoq qilib aytganda, atrof muhit o`zaro bog`liq bo`lgan tabiiy va antropogen ob`ektlar va hodisalarning inson mehnati, turmushi va hordig`I kechadigan bir butun tizimdan iborat. Demak, atrof muhit tushunchasi ijtimoiy, tabiiy va sun`iy ravishda yaratiladigan fizikaviy, kimyoviy va biologik omillarni, ya`ni insonning hayoti va faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ta`sir ko`rsatadigan barcha omillarni o`z ichiga oladi. Atrof muhit kisxilar orasidagi va ularning tabiat bilan bo`lgan munosabatlarining murakkab majmuasini belgilaydi.
Hozirgi paytda atrof muhitni sof tabiiy hodisa sifatida qarab bo`lmaydi, chunki yer yuzasi quruqlik qismining 60 % dan ortiqroq hududida inson faoliyati tufayli vujudga kelgan antropogen landshaftlar tarqalgan.
Atrof muhit global hamda regional miqyoslarda sodir bo`layotgan o`zgarishlar tufayli bu o`zgarishlar va o`zgarayotgan muhit muammolarini o`rganishga doir tadqiqotlar ham kengayib bormoqda. Tabiiy resurslarning holati hamda kisxilarning hozirgi hamda bo`lg`usi avlodlari yashaydigan muhit sifatiga oid turli bashoratlar va konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda. Ammo bu tadqiqotlarning metodlari etarlicha takomillashmaganligi tufayli jamiyat va tabiat orasidagi o`zaro ta`sir mehanizmining o`ziga xos juz’iyatlari har tomonlama o`rganilganicha yo`q. Ayni paytda atrof muhit muammolarining yechimiga doir eng muhim vazifani hal etishga qaratilgan turli amaliy ishlar ilmiy – nazariy ishlanmalarga asoslanmog`I lozim.
Yuqorida ta`kidlanganidek, fan – tehnika taraqqiyotining atrof muhitga ko`rsatayotgan xilma – xil ta`sirini tadqiq qilish – hozirgi davrning eng muhim muammolaridan biridir. Atrof muhitni o`rganishga doir tadqiqotlarning maqsadi kisxilarning hozirgi va bo`lg`usi avlodlarining faravon hayoti uchun atrof muhitni muhofaza qilish, yahsxilash va uning resurslaridan oqilona foydalanishning ekologik muammolarini o`rganishdan iborat. Shu sababli bu tadqiqotlar hozirgi fanlarning deyarli barcha sohalarida o`tkazilishi va o`zaro bog`liq sajiyada bo`lishi lozim. Chunki o`rganilayotgan ob`yektning atrof muhit bilan bo`lgan o`zaro ta`siri ularning umumiy predmetini tashkil etadi. Atrof muhit muammolarining ko`p qirraligi turli yo`nalishdagi fanlarning bir butun kompleksini jalb etishni taqoza etadi.
Atrof muhit haqidagi ta`limot tabiatshunoslar, muhandislik – tehnika tarmoqlarining mutahassislari, sotsiologlar, shifikorlar, iqtisodchilar va boshqa mutahassislarning hamkorligiga tayanadi. Bunday hamkorlik atrof muhitning ifloslanishi bilan bo`g`liq bo`lgan bir qator murakkab masalalarni hal etishda o`zini oqlamoqda.
Barcha ilmiy tadqiqotlar atrof muhitni o`rganish va muhofaza qilishning turli ob`yektlari, muayyan tehnologik jarayonlar, ijtimoiy va iqtisodiy baholar, huquqiy me`yorlarni tanlashda va turli ilmiy metodlardan foydalanishda o`z oldiga atrof muhit, inson va jamiyat o`rtasida mavjud bo`lgan o`zaro aloqalarni ochish va o`rganishni umumiy vazifa qilib qo`yadi.
Jamiyat faoliyati tufayli o`zgartirilgan tabiiy abiotik, biotik hamda texnogen komponentlar majmuasidan iborat bo`lgan atrof muhit ko`p komponentli dinamik tizim bo`lganligi tifayli uning ayrim komponentlari mahsus fanlar (geologiya, biologiya, meteorologiya va b.) tomonidan o`rganiladi. Ijtimoiy fanlar esa tabiat va jamiyat o`zaro ta`sirining umumiy muammolarini, tarixiy tadrijiy rivojlanishini, o`zaro ta`sir jarayonini boshqarishning iqtisodiy va huquqiy masalalarini tadqiq qiladi.
Atrof muhit muammolarining yechimida qatnashadigan tehnika fanlari birinchi galda yangi tehnika tizimlarini hamda kam chiqindili va chiqindisiz tehnologiyani ishlab chiqish va ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etish masalalari bilan shug`ullanadi.
Qishloq ho`jaligi ishlab chiqarishida tabiatdan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish qishloq ho`jalik fanlarining asosiy vazifasini tashkil etadi. Tibbiyot fanlari esa inson organizmining me`yoriy holatining parametrlarini, uning muhitning turli sharoitlariga moslashishini, muhit yuzaga kelgan nohush o`zgarishlar tufayli patologik og`ishini, ularni bartaraf qilish yo`llarini va uslublarini tadqiq qiladi.
Tadqiqot predmetining juz’iyatlariga ko`ra tabiiy va ijtimoiy fanlar oralig`ida turadigan, tabiatni tadqiq qilishga kompleks yondoshadigan geografiya fanlari jamiyat va tabiat o`zaro ta`siri muammolariga an`anaviy ravishda juda katta e`tibor bilan qaraydi. Geografiya oldida atrof muhitni kompleks o`rganish va uning holatini bashoratlashtirishdek muhim vazifa turadi. Bu bazifa tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etish va landshaftni boshqarishda ishtirok etishni taqoza etadi. Bu muammolar yechimining zarurligi tabiiy boyliklardan _it a_tic va har tomonlama foydalanish va ayni paytda landshaft sifatining yomonlashuviga bog`liq bo`lgan sotsial – iqtisodiy va tehnogen jarayonlarning juda tez o`sishi bilan belgilanadi. Geografiya fanlari atrof muhitni tashkil etuvchi turli kattalikdagi geosistemalarni, ularning o`zaro aloqalarini, tabiiy jarayonlarning yo`nalishi va o`zaro ta`sirining dinamikasini o`rganishning fundamental muammolarini yechimiga doir tadqiqotlar o`tkazadi. Shuningdek, insoning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyati ta`siri ostida o`zgarish qonuniyatlarini ochib berishga, ishlab chiqarishni rivojlanishi, urbanizasiya, yirik ho`jalik dasturlari ta`srida atrof muhitning barqarorlik hamda o`zgaruvchanligini bashoratlashtirishning ilmiy asoslarini yaratish, tabiiy ofatlarni bashoratlashtirishning metodlarini ishlab chiqish ham atrof muhit muammolarini o`rganishga doir geografiya fanlari oldida turadigan vazifalarni tashkil etadi. Shu sababli atrof muhitni muhofaza qilish va optimallashtirish bilan bog`liq bo`lgan tadqiqotlar – tabiiy muhitni muhofaza qilish va yahsxilash, geosistemalarni va ularni boshqarishni optimallashtirish, atrof muhit monitoringining ilmiy asoslarini, atrof muhitga inson faoliyati ta`siri tufayli yekaziladigan zararni baholashning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqish, atrof muhit sifatini baholash mezonlarini tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi mezonlari bilan muvofiqlashtirilgan holda aniqlash ayniqsa dolzarb masalalardir.
Murakkab tuzilishga ega bo`lgan va uzluksiz rivojlanadigan, bir butun va sifat jihatdan o`ziga xos moddiy tizim bo`lgan geografik qobiq jamiyat va tabiiy muhit manfaatlari to`qnashadigan geotoriya bo`lib hizmat qiladi. Geografik qobiqni tashkil etuvchi turli kattalikdagi geosistemalar tabiatdan foydalanishning ob`ektlarini tashkil etadi. Shu sababli geotizimlarning tuzilishi, rivojlanishi va mavjudligi to`g`risidagi bilimlar tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etishning asosi bo`lib hizmat qilishi lozim.
Jamiyatning tabiiy muhit bilan o`zaro ta`siri barcha davrlarda geografik tadqiqotlarning predmeti bo`lib hizmat qilgan. Ammo o`tmishda olimlar asosan muhitning insonga ta`siri muammosi qiziqtirgan bo`lsa, hozirgi paytda inson ta`sirining tobora kuchayib borishiga bog`liq holda tabiiy muhitning taqdiri muammosi ko`proq e`tirbordadir. Shu sababli geografiya fanlarining asosiy e`tibori tabiiy muhit va uni tashkil etuvchi komponentlar va geotizmlarni va tehnogen omillar ta`siri ostida o`zgarishi muammolarini o`rganishga qaratilishi lozim. Shuningdek, atrof muhit monitoringining hamda atrof muhit barqarorligi va ishlab chiqarishning rivojlanishi, urbanizatsiya, yirik ho`jalik dasturlari ta`sirida o`zgarishi bashoratlarining ilmiy asoslarini yaratish katta ahamiyatga ega. Shu sababli atrof muhit muammolarining geografik jihatlarini tadqiq qilish dolzarb masalaga aylandi. Atrof muhitni muhofaza qilish va yahsxilashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, geotizmlarni va ularni boshqarishni optimallashtirish, atrof muhit monitoringi va shuningdek, tehnogen ta`sirning atrof muhitga yetkazgan zararini baholashning ilmiy asoslangan metodlarini, atrof muhit sifatini baholashning mezonlarini belgilash eng muhim vazifalardir.
Muayyan geosistemalar doirasida tabiiy resurslar salohiyatidan bevosita foydalanish, tabiiy resurslardan foydalanishning samaradorligini oshirish maqsadida ularni qayta tiklash va muhofaza qilish, insonnig faoliyati uchun noqulay bo`lgan ayrim tabiiy jarayonlarni oldini olish va bartaraf qilish, madaniy landshaftlarni hududiy tashkil etish va boshqa bir qator masalalar atrof muhit muammolarini tadqiq etishning geografik jihatlarini tashkil etadi. Atrof muhit muammolarining bu jihatlari geotizmlarning miqyoslariga bog`liq holda global, zonal, regional va hududiy miqyoslarda o`rganiladi.
Atrof muhitni optimallashtirish inson va tabiat hamkorligini oqilona tashkil etish printsipini amaliyotga tadbiq etishga doir asosiy yo`nalishlardan biridir.
Atrof muhitni optimallashtirish vazifalarini tabiatni maqsadli yo`nalishda o`zgartirish hamda insoning tabiatga ta`sirini cheklash va tartibga solish tashkil etadi. Optimallashtirishning har ikkala vazifasi tabiatdan oqilona foydalanish jarayonida muvofiqlashtirilgan bo`lishi lozim.
Geografik monitoring. Fan-tehnika taraqqiyoti sharoitlarida insonning tabiiy muhitga ta`siri tobora kuchayib borayotganligi tufayli uning hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati uchun havfli ekologik vaziyatlar vujudga kelmoqda. Shu sababali jamiyat oldida nafaqat tabiiy resurlardan katta miqdorda foydalanish, balki fan va tehnika yutuqlaridan foydalangan holda atrof tabiiy muhitni himoya qilish bo`yicha ilmiy asoslangan tadbirlarni muntazam va uzluksiz bo`lishini ta`minlash vazifalari ham turibdi. Endilikda atrof-muhit sifatini ta`minlashga qaratilgan tadbirlar tizimini belgilashga o`tilmoqda. Atrof-muhit sifatini esa jamiyatning iqtisodiy manfaatlarini hamda tabiat va insonning ekologik himoyasi talablarini mutanosib holda tartibga solish yo`li bilan ta`minlanadi.
Jamiyat va tabiat o`rtasidagi o`zaro ta`sir jarayonlarini bunday tartibga solib turish usuli atrof muhit sifatini boshqarish deb nom olgan. Atrof muhit sifatini boshqarish jamiyatning iqtisodiy va ekologik manfaatlari orasida optimal nisbat bo`lishini ta`minlashga qaratilgan. Bunday optimal nisbat mavjud bo`lganda insonning moddiy va ma`naviy ehtiyojlari iqtisodiyotni yanada rivojlantirish asosida qondirilgan holda u yashaydigan sog`lom, mahsuldor va xilma-xil tabiiy muhitni saqlash imkoniyati bo`ladi.
Atrof-muhit sifatini boshqarish uchun mahsus kuzatishlar tizimini tashkil etish zaruriyati monitoring g`oyasini shakllantirishga olib keldi. Tabiiy muhit holatini nazorat qilish atrof muhit holatining monitoringi va uning sifat ko`rsatgichlarini (tavsiflarini) geografik, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini hisobga olgan holda tartibga solishni o`z ichiga oladi. Monitoring tizimini tashkil etishda bu jihatlarning barchasi albatta e`tiborga olinishi shart emas, ammo atrof-muhit holatini nazorat qilishda atrof muhit ifloslanishi va muhofazasi muammolarining iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini e`tiborga olish zarur bo`ladi.
Monotoring antropogen ta`sirning kimyoviy, fizikaviy va biologik manbalarni hamda omillarni, shuningdek, bu omillar tufayli tabiiy muhitda sodir bo`ladigan o`zgarishlar samarasini kuzatishlarni o`z ichiga oladi. Birinchi navbatda biologik tizimlarning ta`sirlanishini kuzatish lozim. Bunday hollarda odatda kimyoviy, fizikaviy va biologik ko`rsatkichlar kuzatib boriladi (Izrael, 1979).
«Monitoring» termining ilmiy iste`molga kirishi BMTning inson atrof-muhitining muammolari bo`yicha konferentsiyasi (Stokgolm shahri, 1972 yil 5-16 iyun) bilan bog`liq. Bu konferentsiyada SKOPYening mahsus komissiyasi ekspertlari tomonidan monitoring tizimini tashkil etishga doir dastlabki takliflar bildirilgan. «Monitoring» so`zi inglizcha so`z bo`lib, o`zbek tilida `kuzatish, nazorat qilib boorish” ma`nolarini anglatadi.
Atrof-muhit monitoringi qo`yidagi asosiy yunalishlarni uz ichiga oladi:
- atrof-muhitga ta`sir ko`rsatuvchi omillarni va muhit holatini kuzatish;
- atrof tabiiy muhitning haqiqiy holatini baholash;
- atrof tabiiy muhit holatining bashorati va bu holatning baxosi.
Shunday qilib, monitoring - atrof-muhit holatini kuzatish, baholash va bashorat tizimidir.
Monitoring tizimi quyidagi belgilarga qarab tavsiflanadi:
- monitoring olib borilayotgan hudud yoki akvatoriyaning maydoniga ko`ra;
- kuzatish ob`ektiga ( atmosfera, okean, tuproq va boshqalar) ko`ra;
- metodlariga ko`ra (bevosita asboblar bilan o`lchash, masofaviy tasvir, bevosita indikatsiya va boshqalar);
- kuzatish olib borilayotgan samara va jarayon nisbatining darajasiga ko`ra;
- ta`sir turlariga (geofizikaviy, biologik, tabiiy-geografik, sotsial- iqtisodiy, ijtimoiy) ko`ra;
- maqsadlariga (muhitning hozirgi holatini aniqlash, atrof-muhit tendentsiyalarini ochib berish, hodisalarni tadqiq qilish, modellarni baholash va kalibrlash (bir o`lchamga keltirish), qisqa muddatli bashorat, uzoq muddatli hulosalar, tadqiqotlar va bashoratlarning iqtisodiy samaradorligini optimallash va oshirish, muhitga bo`ladigan ta`sirlarni nazorat qilib borish).
Hozirgi vaqtda monitoring xillari (tiplari) va turlarini ajratish bo`yicha xilma - xil yondashuvlar mavjud bo`lsada, monitoring tizimning qat`iy ierarhiyasi yo`k. Tasniflash tamoyillari turlima-turlidir.
Hududiy qamrovi miqiyosiga ko`ra monitoring tizimlari global, halqaro va milliy monitoringga ajratiladi. Ifloslanish ta`sirlari darajasiga ko`ra tayanch (fond), hududiy (regional) va impakt (lokal), mahalliy monitoringga ajratish qabul qilingan. Biosfera komponentlariga ko`ra monitoringning turli muhitlari atmosfera, hidrosfera, litosfera va boshqa turlari ajratiladi.
Ta`sir ko`rsatuvchi omillarga ko`ra ifloslovchi moddalar va agentlarning (lotincha agens) biror bir sabab yoki hodisani keltirib chqaruvchi, jumladan elektromagnit nurlanishi, issiqlik ifloslanishi, shovqin, zaharli moddalar va boshqalarni nazorat qilib borayotgan ingredient (lotincha ingrediens kiruvchi) monitoring ajratiladi.
Ifloslanish manbalari monitoringi ifloslanish manbalarining turli xillarini kuzatib boradi (nuqtasimon statsionarlar- sanoat korhonalarini, chorvachilik fermalari va boshqalar; nuqtasimon harakatlanuvchi – transport; chiziqsimon yoki maydonli – hokazolar; dalalardan chiqaradigan oqim, o`g`itlarning sepilishi va ularning yuvilishi va b).
Kuzatish uslublariga ko`ra monitoring turlicha tavsiflanadi. Sputnik monitoringida masofaviy metodlardan foydalaniladi va bu monitoring kosmik apparatlar yordamida Yer yuzasida va atmosferada sodir bo`ladigan o`zgarishlarni kuzatish imkonini beradi. Geofizikaviy monitoringga atmosferani ifloslanishi to`grisidagi ma`lumotlarni, muhitning meteorologik va hidrologik tavsiflari to`grisidagi ma`lumotlarni interpretatsiya (lot. interpretation vositachi) qilish va kuzatish kiradi. Bunday monitoringda beosferaning jonsiz komponentlari, konstruktsiyalar (lot. kongtruotio inshoat) va binolar kiradi.
Iqlim monitoringi iqlim tizimlarinig (atmosfera okean - quruqlik yuzasi – kriosfera - biota) holatining monitoringi kiradi. Bu monitoringning asosiy maqsadi - iqlimning ehtimoliy o`zgarishlarini baholashdir. Bunday holda biotaning holatini yuza albedosining o`zgarishlarini aniqlash uchun zarur bo`ladi.
Biologik monitoring - biotaning holatini, uning antropogen omillarga ta`sirlanishini (reaktsiyasini), biota holatinig funktsiyasini va bu funktsiyalarning turli darajalarda me`yoriy tabiiy holatlarda og`ishini aniqlaydi (bu yerda moleqo`lyar, hujayraviy organizmlar, populyatsiyalar, turkumlar darajalari nazarda tutiladi).
Bu xildagi monitoringning kichik tizimini sanitariya- gigiyena monitoringi (atrof-muhit ta`siri ostida inson salomatligining holatini aniqlash) va genetik monitoring (turli populyatsiyalarda irsiy belgilarning ehtimoliy o`zgarishlarini kuzatish) tashkil etadi.
Ekologik monitoring deb biosferani tashkil etuvchi abiotik komponentlar holatini va ekosistemalarda ifloslanish, yerlardan qishloq ho`jaligida foydalanish, urbanizatsiya va boshqalarning ta`siri bilan bog`liq bo`lgan antropogen o`zgarishlarni aniqlash tushuniladi (Izrael, 1974). Monitoringning bu tipi majmuali sajiyaga ega bo`lib, sistemali yondashuv bilan bog`liq va shu sababli biosfera qo`riqhonalarida kuzatishlarni rejalashtirishda asosiy tip hisoblanadi. Monitoringning bu tipini ham bioekologik biosistemali va biosferaviy turlarga ajratiladi.
Monitoring turlari orasida o`ziga xos muammolarni hal etishda dolzarb ahamiyatga ega bo`lgan ekstren monitoring (lot .ekstra tashqari, favqulodda,zudlik bilan) muhim ahamiyatga ega. Bunday monitoringlar atmosferada SO2 miqdorning oshishi, azon qatlamidagi o`zgarishlar, neft tashuvchi kemalar halokatining oqibatlarini kuzatishda muhim ahamiyatga ega.
Ekologik monitoringining tabiiy va antropogen omillar ta`sirida biosferaning holatini kuzatish, baholash va bashoratlashning kompleks tizimi sifatidagi aniq ta`rifi V.A.Kovda va A.S.Kerjentsevning «Ekologik monitoring: konseptsiyasi, tashkil etish tamoyillari» deb nomlangan maqolasida berilgan. Maqola mualliflari monitoring tizimini daraja va bo`limlarga ajratishgan. Ekologik monitoring ahborotlarni umumlashtirish meqiyoslariga ko`a global, hududiy (regional) val lokal (mahalliy) monitoringga ajratishadi. Ekologik monitoringning bioekologik, geokimyoviy va geofizikaviy bo`limlari parametrlarining o`ziga xos juz’iyatlari, kuzatish va baholash metodlariga ko`ra ajratiladi.
Y.A.Izraelning fikricha (1979) ekologik monitoring biosferaviy monitoringning kompleks kichik tizimini tashkil etadi va biosferani tashkil etuvchi abiotik kompanentlarning antropogen o`zgarishlarini, ekosistemalarning bu o`zgarishlarga ta`sirlanishini va ekosistemalardan antropogen sistemalarni kuzatish, baholash va bashoratlashni o`z ichiga oladi. Ekologik monitoringda uning biologik va fizikaviy jihatlari ajratiladi. Umuman ekologik monitoring biosfera holatini juda keng global miqiyoslarida baholash uchun muhim ahamiyatga ega.
Geografik nuqtai nazardan atrof-muhit monitoringi – tabiatdan foydalanishni optimallashtirish va atrof muhitni muhofaza qilish uchun tabiiy muhitning antropagen ta`siri ostida o`zgarishlarini uning tabiiy dinamikasini hisobga olgan holda kuzatish, baholash, bashoratlash tizmidir. Atrof muhit monitoringini tashkil etish turli tabiiy sharoitlarda (geosistemalarda) modda va energiya o`zgarishi jarayonlari to`g`risidagi bilimlarga tayanmogi lozim. Atrof muhit monitoringining masofaviy uslublarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish muhim ilmiy ahamiyatga ega.
Monitoring ko`p axbarotli tizim bo`lib, uning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson ta`sirida o`zgarishini kuzatish, bashoratlashtirish va olingan ma`lumotlar asosida baholashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish A.Rafiqov (2000) fikricha quyidagi vazifalarni o`z ichiga oladi:
1.Tabiiy muhitning inson ta`sirida o`zgarishini keng miqiyosda kuzatishni tashkil qilish.
2.Ta`sir manbalarini aniqlash hamda o`zgarishning sabablarini belgilash.
3.Kuzatilayotgan o`zgarishlarni baholash, ta`sirning samarodorligini aniqlash.
4.Atrof muhit o`zgarishini bashoratini ishlab chiqish hamda o`zgarish yo`nalishini belgilash.
5.Tabiatda vujudga kelgan hatarli o`zgarishlarning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Atrof muhit monitoringi asosida inson va boshqa tirik mavjudodlar uchun muhim bo`lgan havo, suv va tuproqning turli chiqindilar, zararli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifloslanish holati, sifatining buzilishi va asosiy ko`rsatgichlarning o`zgarishi kuzatiladi. Kuzatish natijasida olingan ma`lumotlar REM (PDK) ko`rsatgichlari bilan qiyoslanadi va o`zgarishlar baholanadi. O`zgarishlarning yo`nalishlari bashoratlashtiriladi. Atrof muhitning holati va unda sodir bo`layotgan o`zgarishlar, ularning manbalari va omillari to`grisida boshqaruv organlariga ma`lumotlar beriladi. Bu ma`lumotlar boshqaruv organlari tomonidan atrof muhitda sodir bo`layotgan salbiy o`zgarishlarning salbiy oqibatlarini bartaraf qilishiga muljallangan chora-tadbirlarga asos bo`lib hizmat qiladi. Atrof muhit monitoringida masofaliy, ma`lumotlarni kompyuterda qayta ishlash, tahliliy ekspress va boshqa tadqiqot usullari qo`llaniladi.
Monitoringni tashkil etishda turli xil vazifalarni hal etish lozim bo`ladi. I.P.Gerasimov umumiy vazifalariga ko`ra atrof muhit monitoringi 3 turga ajratadi:
1. Boiekologik (sanitariya – gigiyenik) monitoring atrof muhit holatini inson (aholi) salomatligiga ta`sirini kuzatishdan iborat bo`lgan vazifani o`z oldiga qo`yadi.
Bioekologik monitoringda insonning bioekologik mavjudot sifatida atrof muhitda sodir bo`ladigan o`zgarishlarga nisbatan hastalanish, o`lim - tug`ilish, umrning qisqarishi, mehnat qobiliyatini saqlanishi va boshqa xil ta`sirlanishlarida namoyon bo`ladigan ko`rsatgichlar nazorat qilinadi. Bioekologik monitoring sanitariya nazoratlariga asoslanadi va uning uchun tibbiiy geografiya bo`yicha o`tkaziladigan tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega. Bioekologik monitoringda, shuningdek, inson salomatligi va hayotiy faoliyatiga zararli ta`sir ko`rsatayotgan chiqindalar va kimyoviy moddalar - mineral o`g`itlar, pestitsidlar, turli gazlar (O,SO,IIO,II02), og`ir metallar, nitratlar, turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradigan organizmlar, radiatsion ifloslanishning REM ko`rsatkichlaridan oshmasligi nazorat qilinadi.
2. Geoekologik (geosistemali) monitoringning kuzatish ob`ektini turli kattaliklardagi tabiiy va o`zgartirilgan geosistemalar tashkil etadi. Geoekologik monitoringda geosistemalarda modda va energiya almashinuvi, ularning mahsuldorligi, inson ta`siriga chidamliligi, ifloslanishning REM va o`z-o`zini tozalash imkoniyatlarining ko`rsatkichlari nazorat qilinadi. Bu xildagi monitoringni tashkil etishda geosistemalarning o`ziga xos juz’iyatlarini hisobga olish asosiy vazifa qilib qo`yiladi.
Geoekologik monitoring geografik statsionallarda (nazorat stantsiyalarida) va test poligonlarida (uchastkalarida) o`tkaziladi. Nazoratgohlarda olib borilayotgan kuzatishlar muayyan geosistemalar lanshaft komponentlariga va inson salomatligiga bevosita yoki ishlab chikarish faoliyati jarayoniga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan omillar hamda ifloslantiruvchi manbalar nazorat qilinadi.Geologik monitoring hududiy (regional) sajiyaga ega bo`lib, quruqlik yoki akvatoriyada tanlangan nazoratgoharda o`tkaziladi.
3.Beosferaviy monitoring atrof muhitni inson ta`sirida o`zgarishini umumzaminiy (global) miqyoslarda kuzatishlarga asoslanadi. Biosferaviy monitoringining asosiy vazifasi insonning mavjudligi va hayotiy faoliyati uchun biosferada sodir bo`layotgan o`zgarishlarni ekologik jihatdan baholash va bu o`zgarishlarning sabablarini aniqlash maqsadida kuzatishlar olib borishdan iborat. Bunday kuzatishlar barcha biosfera jarayonlarining energetik asosi bo`lgan Quyosh radiatsiyasininig geofizikaviy tavsiflarini o`rganishdan boshlanadi. Geofizikaviy tavsif azon qatlamining holati, radiatsiya oqimlarininig atmosfera oqimlari orqali o`tishi, atmosfera gaz tarkibining o`zgarishi va uninig oqibatlari, inson faoliyati tufayli vujudga keladigan issiqlik va uninig biosfera energetikasiga tak`siri to`grisidagi ma`lumotlarni ham o`z ichiga oladi. Bundan tashqari, tuproqlar va Dunyo okeani suvlarining mahsuldorligi, biosferaning umumiy fotosintez faoliyati, geografik qobikda modda va energiyaning aylanishi, inson faoliyatining tabiiy muhit va uning komponentlariga ta`siri, atrof muhitning ifloslanishi va boshqa umumzaminiy jarayonlarning sodir bo`lishi va keciishni kuzatish va nazorat qilish ham biosfera monitoringining vazifalarini tashkil etadi.
Biosferaviy monitoring kuzatishlari sayyoramizning deyarli barcha geografik mintaqalarida, inson ta`siri eng kam bo`lgan geosistemalarda olib boriladi. Shuningdek, biosferaviy monitoringi Yerning sun`iy yo`ldoshlari yordamida bajariladigan masofali kuzatishlariga ahborotlarni avtomatlashtirilgan ishloviga asoslanadi.
Shunday qilib, atrof muhit monitoringining har bir turi muayyan jarayonlar va sistemalarning holatini kuzatish, nazorat qilish, baholash va bashoratlash imkonini beradi. ( - jadval).
Geografik bashorat. Yer to`g`risidagi ko`pgina fanlarning, shu jumladan geografiya fanlarining eng dolzarb muammolaridan biri tabiiy muhitning kelgusidagi tabiiy dinamikasi va antropogen o`zgarishining bashoratidir.
Hududni sotsial – iqtisodiy rivojlantirishning optimal yo`nalishlarini belgilash barcha paytlarda geografiyaning muhim vazifasi bo`lgan. Shu sababli hududni rivojlantirishning optimal yo`llarini qidirish geografik bashorat va uning metodlarining bashoratlarini ishlab chiqishga olib keldi.
Tabiat, ho`jalik, aholining hududiy hususiystlari va uning joylanishining tizimini o`z ichiga oladigan geografik bashorat bu tizim rivojlanishining tahmin qilinadigan yo`nalishlarini, uning harakatlantiruvchi kuchlarini, qonuniyqtlarini, ehtimoliy maylining tuzilmasi va boshqa omillarini tahlil qilish asosida taswvirlaydi. Bashoratlashtirishlarning ob`yektlari bo`lib keyingi paytlarda regional tabiatdan foydalanishda negative iqtisodiy, sotsial va ekologik hodisalar bilan bog`liq bo`lgan myammolarning kuchayishi davom etayotgan yirik hududiy sistemalardir.Tabiatdan foydalanish kompleks sohalararo muammolarini haletishning shakllaridan biri - tabiatdan foydalanishni opimallashtirishning maqsadli kompleks dasturlarini (MKD) ishlab chiqishdir. Amalga oshirishning cheklangan imkoniyatlariga qaramasdan bu dasturlar garchi tabiatdan foydalanishning tarkib topgan mehanizmida biror narsani juda tez o`zgartirish murakkab bo`lsada, regional tabiatdan foydalanishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi, uning muammolarining hal etilishiga ta`sir etadi. Shu sababli MKDning shakllanishi uchun istiqbolga mo`ljallangan ishlar, birinchi navbatda bashorat sajiyasidagi geografik tadqiqotlar juda muhim. Bunday tadqiqotlar geosistemalarni hududning optimal ho`jalik sig`imini mehnatning maksimal unumdorligiga erishish uchun tabiiy sharoitlar va resurslardan foydalanish nuqtai nazaridan tahlil qilishni taqoza etadi. Hududni ho`jalik rivojlanishining optimal yo`nalishlari gipotezlarini yaratishga imkon beradigan nazariy ishlanmalar kerak.
Tabiatdan foydalanishni rivojlantirish uchun murakkab bo`lgan hozirgi sharoitlarda ekologik – iqtisodiy pozitsiyadan bajarilgan geografik bashoratga hududdiy boshqarish amaliyotining ehtiyoji kuchayib bormoqda. Bu bashoratning maqsadi atrof muhitning kelgusidagi holati, muhit elementlari va boshqalarning va kichik sistemalari orasidagi dinamik muvozanatni ta`minlash uchun tadbirlar tizimini belgilashga doir ilmiy asoslangan tasavvurlarni yaratishdan iborat. Bunday geografik bashorat integral sajiyaga ega: tabiiy hodisalarni va ularga ta`sir ko`rsatuvchi sotsial – iqtisodiy jarayonlarni qamrab oladi, tabiatdan foydalanishni hududiy tashkil etishni (tabiiy resurslarning hududiy majmuasini baholash, tabiiy muhitga ho`jalik ta`siri darajasini baholash, tabiatdan foydalanish bo`yicha rayonlashtirish va b.) o`rganish bo`yicha kompleks geografik tadqiqotlarni o`tkazishni taqoza etadi.
Insoniyat ijtimoiy va fan – tehnika taraqqiyoti yo`lidan qanchalik jadal rivojlansa, sayyoramiz va koinotning sayyoramiz atrofidagi qismlarining muntazamroq o`rganilgan sari atrof tabiiy muhim rivojlanishini, aholi sonini o`sishi va joylashuvini, hududlarni o`zlashtirishni, ishlab chiqarishni rivojlantirish va joylashtirishni, aholi iste`moli tuzilmasining kengayishi va o`zgarishini va boshqa tabiiy hamda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni uzoq muddatli bashorat qilish ham amaliy jihatdan zarurroq bo`lib qolmoqda. Geologik, okeanologik, ekologik, antropologik, tibbiy – biologik (jumladan genetik ham), demografik, urbanistik, iqtisodiy, sotsiologik, siyosiy va boshqa bir qator (aholi iste`molini, transport tarmoqlarini rivojlantirishni rekreatsiya jabhalarini rivojlanishini bashorati) ishlab chiqilgan va chiqilmoqda. Bashoratlarning turli xillari va mo`ljaldagilari orasida geografik bashorat ham o`zining munosib o`rniga ega.
Bashorat deb muayyan voqealar, hodisalar, jarayonlarning rivojlanishi va tugallanishidagi o`zgarishlarni olingan ma`lumotlar asosida oldindan aytib berish tushuniladi. Boshqacharoq qilib aytganda bashorat muayyan ma`lumotlar asosida biror narsani rivojlanishini oldindan aytib berishidir. Bashorat bashoratlashtirishning yakunlovchi mahsuli, natijasidir.
Bashoratlashtirish biror ob`ektga xos bo`lgan tashqi va ichki aloqalarni retrospektiv (yunoncha retro – orqaga, spektar – qaramoq) tahlil asosida fikr yuritish usullarining majmuasi va shuningdek, bu aloqalarning qarayotgan hodisa yoki jarayon doirasida ehtimoliy o`zgarishlarni tahlil qilgan holda ana shu hodisa yoki jarayonning kelgusida rivojlanishini to`g`risida muayyan ishonchli mulohaza chiqarishdi.
Ma`lumki, geografiya turli geosistemalarni – tabiiy, ishlab chiqarish ijtimoiy, tabiiy – ijtimoiy tizimlarni o`rganadi. Shu sababli geografik bashorat – geosistemalarni ing kelgusidagi holatini oldindan ko`ra bilish yoki aytib berishdir. Bashorat nafaqat geosistemalarni kelajakdagi o`zgarishini avvaldan asoslashgina bo`lib qolmay, balki ularning asosiy o`zgarish yo`nalishlarini, tadrijiy o`zgarishlarini, murakkablashishini ham o`z ichiga oladi. Bashoratlashtirish jarayoni bashoratlashtirish ob`ektining (hodisa, voqea, jarayonning) o`tmishda va hozirgi rivojlanish qonuniyatlari va yo`nalishlari to`g`risida tushunchaga ega bo`lishni, kelajakdagi rivojlanishi va holatini ilmiy jihatdan asoslashni, ob`ektning o`zgarishini belgilovchi sabab va omillar hamda uning taraqqiyotini tezlashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi sharoitlar to`g`risida tasavvurga ega bo`lishni va boshqaruv bo`yicha bashortali hulosa va qarorlarni ishlab chiqishni o`z ichiga oladi.
Geografik bashorat o`z oldiga integral geotizimlar kelajakda qanday bo`lishini ilmiy asoslashni, ya`ni turli mamlakatlar guruhlari, aniq mamlakatlar, viloyatlar, shaharlar, landshaftlarning guruhlari va ayrim landshaftlarning tizimlarida tabiat, aholi, tehnika, ho`jalikning o`zaro ta`siri qanday bo`lishini ilmiy asoslashni vazifa qilib qo`yadi.
Geografik bashorat: a) tabiiy – geografik, b) demografik va iqtisodiy – ijtimoiy geografik bashoratlarga bo`linadi.
Bashoratlar bir yilgacha, 5 yilga, 10-15 yilga, bir necha o`n yilga va undan ko`proq muddatlarga tuzilishi mumkin. Muddatlariga ko`ra bashoratlar operativ (1 oyga), juda qisqa muddatli (1 oydan 1 yilgacha), qisqa muddatli (1 yildan 3-5 yilgacha), o`rtacha muddatli (5 yildan 10-15 yilgacha), uzoq muddatli (kelgusidagi bir necha o`n yilliklargacha) va juda uzoq muddatli (ming yil va undan ham ko`proqqa) bo`ladi.
Geografik bashoratlashtirishda juda ko`p usullar mavjud:
1) retrospektiv usul. Bu usul geotizimlar rivojlanishining asosiy tendentsiyalarini (yo`nalishlarini) chuqur o`rganish bilan bog`liq bo`lib, o`tmishni o`rgangan holda kelajakda yo`l tutiladi. Retrospektiv usuldan foydalanib geografik bashoratlashtirishda o`tmishdagi o`zgarishlar yo`nalishi qancha ko`p vaqtni o`z ichiga olsa, bashorat ham shuncha aniqroq bo`ladi. Masalan, 20 yilga mo`ljallangan bashorat haqiqatga yaqin bo`lishi uchun o`tmish 60-70 yildagi ma`lumotlarga asoslanish lozim.
2) o`hshashlik usulida bashoratlashtirilayotganda bashoratlashtirilayotgan ob`ekt huddi shunday juz’iyatlarga ega bo`lgan boshqa ob`ekt bilan solishtiriladi va bashoratlashtirilib bo`lingan ob`ektda qanday o`zgarishlar qutilgan bo`lsa, yangi ob`ektda huddi shunday o`zgarishlar bo`lishi mumkinligi tushuniladi. Masalan, ko`riladigan atrof muhitga ta`sirini bashoratlashtirishda o`hshash sharoitlarda joylashgan boshqa suv omboriga doir ma`lumotlardan foydalanish mumkin.
3) ekstrapolyatsiya usuli geografik bashoratlarda, masalan, gidrologiya, meteorologiya, iqlimshunoslikda qo`llaniladi. Ekstrpolyatsiya uchun nisbatan uzoq davrdagi bir qator ko`rsatkichlar zarur. Chunki bu ko`rsatkichlarni tahlil qilish asosida bashorat tuziladi.
Geografik bashoratlashtirishda landshaftli indikatsiya usuli dala sharoitida tadqiqot ishlari olib borilayotganda keng qo`llaniladi. Bu usulning mohiyati shundaki, landshaftning indikatorlik juz’iyatiga ega bo`lgan komponentlari orqali kuzatib bo`lmaydigan komponentlarni o`rganish mumkin bo`ladi. Masalan, yantoq yoki qamish sizot suvlarining sathini ko`rsatadi.
Geografik bashoratlashtirishda, shuningdek, aerokosmik, kartografik, matematik (modellashtirish, kirim – chiqim) kabi usullarda hamda statistika va boshqa miqdoriy ma`lumotlardan ham keng foydalaniladi.
Tabiat komponentlari va komplekslarining o`zgarishini bashoratlashtirish. Tabiiy geografik bashoratlashtirishning juz’iyatlaridan biri ba`zi zaruriy ma`lumotlarni tabiatning o`zidan ishlashda ko`rinadi. Mavjud tabiat komplekslarining barcha juz’iyatlari, tadrijiy o`zgarishlarni chuqur o`rganish natijasida tabiiy muhitda kelgusida kutilayotgan o`zgarishlar asoslanadi.
Tabiatda relyefning turli shakllari mavjud bo`lib, ularning har biri o`zida ma`lum bashoratli juz’iyatlarni mujassamlashtiradi. O`rta Osoyoning daryo vodiylaridagi allyuvial terrasalarning aksariyat qismi sug`oriladigan dehqonchilikda foydalaniladi. Sug`orishda suvdan noto`g`ri foydalanish jar eroziyasining rivojlanishiga olib kelgan. Relef shakllarining o`zgarishini bashorat qilishda bu omillarni albatta hisobga olish zarur.
Sug`oriladigan yerlar, shuningdek, daryolarning qadimiy va hozirgi deltalarida ham katta maydonlarni egallaydi. Odatda daryo deltasining balandroq qismi mehanik tarkibi yengil bo`lgan yotqiziqlar – qumoq, qum va alevritdan, pastqam qismi esa qumloq, gil va ba`zi mayda donali qumdan tashkil topganligi grunt suvlarining yoki harakati relefga qarab turgan bo`lishligiga olib keladi. Tuproqning tuz tarkibi ham shunga ko`ra har xil. Deltalarning etak qismlari tabiiy melioratiq sharoitlarini bashoratlashtirishda bu juz’iyatlarni albatta e`tiborga olish zarur.
Tuproqning bashoratli juz’iyatlari juda ko`p. Tuproqning turi mehanik tarkibi, 1 m qalinlikda mavjud bo`lgan chirindi miqdori, tuproq strukturasi, tuproqning fizik va kimyoviy xossalari, tuproq ostidagi ona jinsni o`rganish bilan sug`oriladigan yoki lalmi dehqonchilik sohasida, yohud yaylov o`simliklarining tabiiy o`sishida bo`ladigan o`zgarishlarni aniqlash mumkin.
Tog` oldi va tog` yonbag`irlarida mavjud bo`lgan och, tipik va to`q bo`z tuproqlar, shuningdek tekislikdagi taqir, taqirli sur – bo`z, sho`rhoklarning o`ziga xos juz’iyatlari ko`p. Bashoratlashtirish jarayonida ularni albatta o`rganish va tegishli hulosalar chiqarish kerak. Tuproqning mehanik tarkibi, tuz rejimi, qalinligi ona jinslarning yuzaga yaqinligi, nam va qurg`oqchil sharoitlarga chidamliligini va boshqalarni chuqur o`rganish bilan ularning bashoratli juz’iyatlarini bilib olish mumkin.
O`simlik dunyosi nihoyat rang – barang. Lekin ularning har biri o`z juz’iyatlariga ega. Masalan, namsevar (gidrofillar), sho`rga chidamli (galofitlar), qurg`oqchilikka chidamli (kserofitlar), faqat sho`r suvli tuproqda o`sadigan (gidrogalofitlar), qumda o`suvchi (psammofilar) va boshqalar. O`simliklar degradatsiyasi natijasida nafaqat o`simlik qoplamida, balki tuproqlarda hamda tabiiy jarayonlarning kechishida ham o`zgarishlar sodir bo`lishi ehtimoldan holi emas. Shu sababli bu o`zgarishlarning juz’iyatlarini bashoratlash shu yerlardan dehqonchilik hamda chorvachilikda foydalanish imkoniyatlarini bashoratlashga asos bo`ladi.
Tabiat komplekslarining strukturali – tadrijiy holatini chuqur o`rganish va tahlil qilish, ularning o`zgarishining yo`nalishlarini aniqlash, tabiiy jarayonlarni tadqiq qilish va holatlarni o`rganish asosida, shuningdek yuqorida ko`rsatilgan tadqiqot usullarini qo`llash turli tabiat komplekslarining (tekislik, tog` oldi va tog`) istiqboldagi o`zgarishini bashoratlashtirish va bashorat natijalarini ishlab chiqish mumkin.
O`zbekistonning tekislik mintaqasi ho`jalik nuqtai – nazaridan turlicha foydalaniladi. O`lqada katta hudud yaylov va sug`oriladigan yerlar – vohalar bilan band. Yaylovlar ham foydalanish darajasiga ko`ra bir – biridan keskin farq qiladi. Qizilqum, Forish, Karnob, Surhondaryo yaylovlari yuqori darajada, Ustyurt platosi yaylovlari, Qizilqumning shimoli – g`arbi, Orol dengizining qurigan qismidagi yaylovlar deyarli foydalanilmaydi. Shuning uchun mazkur yaylovlar va vohalar tabiat komplekslarini bashoratlashtirishda ushbu juz’iyatlarga e`tibor berish zarur.
Tog` oldi va tog` balandlik mintaqasidagi tabiat komplekslari ham tekislik mintaqasidagi kabi turlicha foydalaniladi. Tog` oldi yerlaridan ko`proq foydalaniladi, binobarin, uning tabiati kuchliroq o`zgargan. Adirlar va past tog`lar kamroq, o`rtacha balandlikdagi va baland tog`li hududlardan ho`jalikda juda kam foydalaniladi. Tabiiy muhitning o`zgarish darajalari ham turlicha. Bu xildagi tabiat komplekslarini bashoratlashtirish usullari ham bir – biridan farq qiladi.
Tekislikdagi sug`oriladigan dehqonchilikda foydalanilayotgan tabiat komplekslarining o`zgarishini bashoratlash ayniqsa muhim amaliy ahamiyatga ega. Bunday bashoratlar yerlarning meliorativ holatini yahsxilash uchun qo`llaniladigan turli tadbirlar tizimini ishlab chiqish imkonini beradi. Tegishli chora – tadbirlarni o`z vaqtida amalga oshirish natijasida yerlarning meliorativ holati yahsxilanadi, ekinlardan yuqori xosil olishga erisxiladi.
Shunday qilib, tabiiy geografik bashoratlashtirish murakkab jarayon bo`lib, uni amalga oshirish uchun e`tiborni ko`pgina omillarga qaratish talab qilinadi. Tabiat komplekslarining strukturali – tadrijiy holati, o`zgarish yo`nalishlarini to`g`ri hisobga olish va tabiiy komponentlarni o`ziga xos bashoratli juz’iyatlarini aniq ko`ra bilish bilan hududdagi o`zgarishlarni ilmiy jihatdan to`g`ri asoslashga erisxiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |