Atlantika okeani geografiyasi. Atlantika okeani meridian boʻylab katta masofada choʻzilganligidan okean yuzasida iqlim sharoiti juda xilma-xil. Atlantika okeani shimolda ekvatorial iqlim mintaqasidan subarktika iqlim mintaqasigacha va janubida Antarktika iqlim mintaqasigacha boʻlgan iqlim mintaqalarini oʻz ichiga olgan. Atlantika okeanining katta qismi, yaʼni 40°shahri k. bilan 40° j. k. orasi ekvatorial, tropik va subtropik iqlim mintaqalaridadir. Atlantika okeani ustida Islandiya va Antarktida atmosfera minimumlari, Shimoliy Atlantika va Janubiy Atlantika atmosfera maksimumlari vujudga keladi. Ana shu atmosfera markazlari taʼsirida oʻrtacha kengliklarda kuchli gʻarbiy shamollar, Shimoliy va Janubiy yarim shardagi subtropik va tropik kengliklarda esa shimoli-sharqiy vajanubi-sharqiy (passat) shamollar hosil boʻladi. Eng kuchli shamollar Atlantika okeanining Janubiy yarim shardagi oʻrtacha kengliklarida esadi. Shimoliy tropik kengliklarda iyundan oktabrgacha davom etadigan kuchli boʻronlar boʻlib turadi. Havo temperaturasi qishda, fevralda (Atlantika okeanining janubiy qismida esa avg.da) ekvatorda 25° boʻlsa, 60° shahri k.da 0°, 60° j. k.da – 8 dan –10° gacha boʻladi. Atlantika okeanining chekka shimoliy gʻarbi va janubida temperatura – 25° va undan pastga tushadi. Yozda, yaʼni avg. oyida esa (Atlantika okeanining janubiy qismida fevral oyida) temperatura ekvatorda 26 – 28° boʻlsa, 60° shahri k.da 8 – 12° va 60° j. k.da 0 – 2° boʻladi.
Atlantika okeanining gidrologik rejimi. Atlantika okeanining gidrologik rejimi iqlim sharoitlari taʼsirida, qoʻshni okeanlar hamda Oʻrta dengiz suvlari bilan almashinib turishi, shuningdek tevarak-atrofdagi quruqliklar taʼsirida vujudga keladi. Atmosfera sirkulyatsiyasi taʼsirida okean yuzasidaga oqimlar subtropik va tropik kengliklarda antitsiklonal aylanma, shimoliy oʻrtacha va janubiy yuqori kengliklarda esa siklonal aylanma xarakat kiladi. Atlantika okeanining xarakterli xususiyati shundaki, bu yerda Golfstrim va uning davomi boʻlgan Shimoliy Atlantika oqimi gʻarbiy va shimoliy tarmoqlarga boʻlinib ketadi. Oqimlar okean yuzasi yutadigan quyosh issiqligini taqsimlab turadigan asosiy vositalardir. Atlantika okeanining 30° shahri k. bilan 30° j. k. orasidagi yuzasi quyosh energayasini koʻproq yutadi. Okeanning boshqa qismida esa issiklik atmosferaga oʻgib turadi. Iliq va sovuq oqimlar taʼsirida suvning temperaturasi kenglik zonalarida katta farq kiladi. 30° shahri k.dan shimda, gʻarbda temperatura sharqdagiga nisbatan 10° past boʻladi. 30° shahri k. bilan 40° j. k. orasida esa aksincha: bu yerda gʻarbda temperatura sharqdagiga nisbatan 5° yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: |