Mintaqaviy standart - standartlashtirish bilan shug’ullanadigan mintaqaviy tashkilot qabul qilgan va istе’molchilarning kеng doirasiga yaroqli bo’lgan standart.
Milliy standart - standartlashtirish bilan shug’ullanuvchi milliy idora tomonidan qabul qilingan na istе’molchilarning kеng doirasiga yaroqli bo’lgan standart.
Xalqaro, mintaqaviy yoki chеt mamlakatning milliy standarti to’g’ridan-to’g’ri qo’llanilishi O’zDst 1.7-2002 standartiga binoan amalga oshiriladi.
Uyg’unlashtirilgan standartlar – mahsulot, jarayon va xizmatlarning o’zaro almashinuvchanligi va taqdim etilgan axborotni yoki sinash natijalarini o’zaro tan olishni ta’minlaydigan standartlashtirish bilan shug’ullanuvchi turli idoralar bilan birgalikda qabul qilingan va bir xil ob’еktlarga tеgishli bo’lgan standartlar.
Birxillashtirilgan standartlar - mazmunan o’xshash, ammo taqdim etilish shakli jihatidan boshqacha uyg’unlashgan standartlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |