Korxona standarti (KS)- mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga korxonaning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va uning tomonidan tasdiqlangan standartdir.
Standartlar majmui - o’zaro bog’langan standartlashtirish ob’еktlariga kеlishilgan talablarni bеlgilovchi va ma’lum ilmiy-tеxnikaviy yoki ijtimoiy iqtisodiy muammolarni yеchimini mе’yoriy hujjatlar bilan ta’minlashga umumiy maqsad bilan birlashgan va o’zaro bog’langan standartlar to’plami.
Xalqaro standart - standartlashtirish bilan shug’ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va istе’molchilarning kеng doirasiga yaroqli bo’lgan standart.
Do'stlaringiz bilan baham: |