Reja: So‘zning morfemik strukturasidagi o‘zgarish



Download 55,75 Kb.
bet1/12
Sana11.04.2022
Hajmi55,75 Kb.
#543218
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
I4NzgOzimvo1KfBN9mXFtSjf5 somx1O (1)


1-mavzu

Morfemika (2 soat)



Reja:
1. So‘zning morfemik strukturasidagi o‘zgarish.
2. Morfemalarning funksional-semantik tasnifi.
3. Morfemaning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turi.
Tayanch tushunchalar
Morfemika, morfema, morfemik struktura, funksional-semantik tasnif, struktur tasnif, shakl va ma’no munosabati, polisemiya, omonimiya, sinonimiya, derivatsiya, grammatika, variant, poetik variant, tarixiy variant, dialektal variant, fonetik variant tarixiy va sinxron derivatsiya, so‘z yasash (derivatsion) qolipi, yasama so‘z, yasalgan so‘z, relyatsiya
Morfemika so‘zning nomustaqil tarkibiy qismi haqidagi ta’limot. Ma’lumki, o‘zbek tilida, flektiv tillardagidan farqli o‘laroq, o‘zak mustaqil ma’no anglatish xususiyatiga ega. So‘zning o‘zakdan boshqa qismlari esa undan ayricha qo‘llanmaydi va ma’no anglatmaydi. Shuning uchun ular morfema deyiladi. Masalan, paxtakorlarga so‘zi (paxta), (-kor), (-lar), (-ga) qismlaridan iborat. Ajratilgan har bir tarkibiy qism bu so‘z doirasida o‘ziga xos elementar va semantik mavqega ega. Ular lisonda o‘z «xonacha»larida ana shunday ajralgan holda guruh-guruh bo‘lib joylashgan.
Paxta- va -kor, -lar, -ga qismlari o‘zaro semantik va qo‘llanish xususiyati jihatidan farqlanadi. Paxta birligi mustaqil lug‘aviy ma’noga egaligi va bu ma’noni qolgan qismlarsiz ham anglata olish xususiyati bilan boshqa tarkibiy qismlardan ajralib turadi. Shuning uchun u leksema deyiladi. Boshqa qismlar esa ajralgan holda mavhum bo‘lishi, leksemasiz mustaqil ma’no anglata olmasligi bilan xarakterlanadi. Leksema shakllanuvchanlik, morfema shakllantiruvchanlik belgisiga ega. Nomustaqillik tabiati va leksemaga shakl berish vazifasiga xoslanganligi ularni morfema deb atashga olib kelgan. Morfemaning nutqiy ko‘rinishi qo‘shimcha deyiladi.
Tilimizda yordamchi so‘z deb ataluvchi katta guruh ham bor bo‘lib, leksema va morfema sirasida «oraliq uchinchi» maqomida bo‘ladi. Shuning uchun ularni leksema-morfema deyish mumkin. Yordamchi so‘zning leksemaligi shundaki, u mustaqil so‘z kabi ajralganlik xususiyatiga ega. Biroq shakllanuvchanlikka ega emas. Lug‘aviy ma’noga ega emasligi ularni morfemik maydon sari tortib turadi.
Lisoniy sathda leksema qo‘shimchali yoki qo‘shimchasiz bo‘lishi mumkin. Masalan, ishchi, paxtakor, ishla leksemalari – nutqiy yasama so‘zning lisoniylashuvi. Ular leksema sifatida lisonda ish, paxta leksemalaridan farqli o‘laroq, so‘z yasovchi qo‘shimcha bilan birga mavjud. Qo‘shimchadan xoli leksema o‘zak atamasi bilan ham nomlanadi.
Turkiy tillarda nol morfema grammatik shakl sirasida ustuvor mavqega ega ekan, nutqda voqelangan aksariyat mustaqil leksema qo‘shimchasiz bo‘lishi mumkin emas. Moddiy qiyofali morfemasiz bunday so‘z nol qo‘shimchalidir. Masalan, nutqdagi Кitobni o‘qi, Uyga bor, U a’lochi gaplaridagi o‘qi, bor, a’lochi so‘zlari – nol qo‘shimchali nutqiy birlik.
Leksema tarixiy taraqqiyot natijasida morfemaga aylanib borishi, morfema esa so‘zning o‘zagiga singib ketishi mumkin. Masalan, xona leksemasi taraqqiyot natijasida ikkiga ajralgan. Bir ma’nosida «joy» semali yasama so‘zni hosil qiluvchi derivatsion vositaga aylanib ketgan, leksemalikdan mahrum bo‘lgan. Noma, goh, xo‘r leksemasi ham shunday tarixiy siljishni boshidan kechirgan. Albatta, tildagi bunday hodisalar ilmiy muammo bo‘lib, maxsus tekshirish natijasida tayinli xulosaga kelish mumkin. Chunki bu birlikning turkiy unsurlar emasligi shuni taqozo qiladi.

Download 55,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish