1
2-mavzu: O’zbek tilining sohalarda qo’llanishi va uning jamiyat hayotida
tutgan o’rni
Reja:
1. Soha tushunchasi va turlari.
2.O’zbek tilining sohalarda o’rganilishi.
3.Fanning jamiyatimiz hayotidagi o’rni va nufuzi.
Tayanch so’z va iboralar: soha, o’zbek tili, ma’naviyat, tovush, so’z
Mamlakatimizda ma'naviyat jabhasida olib borilayotgan bеnihoya kеng
qamrovli islohotlarda til muammolari, xususan, ona tiliga, davlat tiliga e'tibor
masalalariga alohida diqqat qilinayotganligi bеjiz emas.
Insonning ma'naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma'rifiy
rivojida ona tilining o’rni muhimdir. Til milliy ma'naviyat, ma'rifat
va madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko’zgusidir.
Jamiyatimizning har bir a'zosi, har qanday mutaxassis, zamon bilan
hamqadam har qanday kadr, eng avvalo, o’z ona tilining sadoqatli sohibi
bo’lmog’i lozim. Ona tiliga chinakam sohib bo’lmoqning bosh sharti esa uning
tugamas imkoniyatlarini tugal egallamoq, ya'ni fikrni mustaqil, ravon, go’zal
va lo’nda ifoda eta olmoqdan iborat nutqiy madaniyat malakalarini
shakllantirmoqdir. Zotan, nutq madaniyati tildan bеmalol va maqsadga o’ta
muvofiq tarzda foydalana olishni ta'minlaydigan ko’nikma, malaka va
bilimlarning jami dеmakdir.
Nutq deganda, aloqa jarayonida tilning namoyon bo`lishi, ro`yobga chiqishi,
voqelanishi tushuniladi. Nutq - tilning uzviy, hal etuvchi bo`lagi bo`lib, tilning
barcha tomonlarini namoyish etadi. Nutq kundalik hayotda kishilar orasidagi
o`zaro aloqa ehtiyojini qondiruvchi vositadir. Nutq so`zlovchining til vositalaridan
foydalanish jarayoni va shu jarayon natijasida yuzaga keladigan hodisadir. Nutq til
birliklarining ma'lum qismidan fikr ifodalash maqsadida foydalanishdir yoki
ikshilarning so`zlashuvi – til elementlaridan ma'lum qismining nktqda
reallashuvidan iborat. Demak, nutq til materiallarining namoyon bo`lishi jarayoni
hamdir. Til umumiy bo`lib, nutq orqaligina yuzaga chiqadi. Nutq tilga nisbatan
xususiyroq, aniqroqn bo`ladi. Nutqning xususiyligi shundaki, u til boyligidagi
materialning ma'lum qismidan ma'lum bir maqsad uchun foydalaniladi. Til sohibi
o`z nuqtai nazarini tinglovchiga yetkazish uchun til manbaidagi so`zlarning
ma'lum bir guruhini tanlab ishlatiladi.
Nutq birliklari quyidagilar:
Tovush (nutq tovushi) – havo oqimining nutq a'zolari orqali shakllanib,
ma'no ifodalash uchun xizmat qiladigan nutq birligidir.
Harf – tovushning yozuvdagi shartli belgisi.
So`z – leksemaning nutqda reallashgan shakli ( shuni ham ta'kidlash
kerakki, so`z o`ta serqmrra tushuncha bo`lib, uning har bir xususiylik qirrasi
alohida bir ta'rif uchun asos bo`lishi mumkin).
Gap – nutqning bir va undan ortiq so`z vositasida ma'lum fikr ifodalash
maqsadida hosil qilangan birligi.
Demak, nutq birliklari fonema-morfema-leksema – til birligi; tovush
(harf)-so`z-gap – nutq birligi tizimidan iborat. Ko`rinadiki, til va nutq alohida
2
hodisalar bo`lsa ham, ular o`zaro chambarchas bog`liqdir. Bu xususiyatni yaxshi
anglamaslik bir hodisaga turli darsliklarda har xil ta'rif va tasniflarning vujudga
kelishi sabab bo`lgan.
Tafakkur nutq yordamida ro`y berib, shu tufayli kishilar bir-birlari bilan aloqa
bog`laydilar. Tilning lug`at sostavi va grammatik qurilishi haqida yetarli bilimga
ega bo`lmay yozma nutqni o`stirish mumkin emas. Tilning grammatik qurilishi va
lug'at tarkibini o`zlashtirish uzoq protsessni talab qiladi.
Bugungi kunda ko‘pgina idora rahbarlari nutqidagi kamchiliklar, muallimlar
nutqidagi chaynalishlar, teleko‘rsatuvlardagi, hatto jurnalistlar nutqidagi
g‘alizliklar bizning ma’naviyatimizga yarashmaydi. Chunki biz mustaqillikning
barcha chashmalaridan bahramand bo‘lib turgan ekanmiz, notiqlik san’ati
chashmasidan ham bebahra bo‘lmasligimiz kerak. Nima qilishimiz zarur? Avvalo,
maktabda nutqni, uning grammatikasini chuqur o‘rganishimiz, fikrimiz va
tafakkurimizning asosi bo'lmish notiqlik san’ati sirlarini o‘rgatishimiz va
o‘rganishimiz juda muhim. Til va tafakkur birbiriga chambarchas bog‘liq bo'lgani
holda, notiqlik san’atini bilmasdan haqiqiy ijodiy tafakkur, go‘zal va chiroyli nutq
so‘zlashimiz amri mahol. So‘zlayotgan nutqimizni maromiga yetkazib o‘z ona
tilimizda ifodalashimiz uchun notiqlik san’ati qoidalaridan xabardor bo'lishimiz
kerak.
Hozirgi ayrim o‘quvchi va talaba yoshlarimiz nutqida uchraydigan nuqson,
fikrlashdagi oqsoqlik, fikrini bayon etishda qolipdan chiqolmaslik, tafakkuridagi
to‘mtoqlik, ortiqcha kirish so'zlarni (anaqa, haligi, nima edi?, nima desam ekan?
kabi) ishlatish kabi qusurlaming kelib chiqishi teran notiqlik malakalarining
zaifligi bilan bog'liqligi ma’lum.
Ma’lumki, jamiyat madaniy-ma’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviy
kamolotining muhim jihatlari notiqlik san’atiga ham borib taqaladi. Shu bois ham
mamlakatimizda madaniy-ma’rifiy islohotlarning davlat siyosati darajasiga o‘sib
chiqishi, farzandlarimizning notiqlik malakalarini oshirish, nutqiy madaniyati
masalalariga e’tibomi qaratish har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda.
Hozirgi tezkor zamonda mustaqil ‘zbekiston yoshlaridayangicha
dunyoqarashning shakllanishida notiqlik san’ati sabog‘I muhim ahamiyat kasb
etadi.
O‘zbek yozuvlari tarixi.
Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida
boshqalarga ma’lum qilinuvchi voqelikdir. Tilni xalq yaratadi, shuning uchun, u
umumxalq bahosi va xususiyatiga ega bo‘ladi, nutq esa ayrim shaxsga oid bo‘ladi.
Har kim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga qarab gap
tuzadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |