Reja: Siyosiy tizim tushunchasi Siyosiy tizim turlari Totalitarizm 4 Avtoritarizm Demokratiya Siyosiy tizim tushunchasi


Siyosiy tizim nazariyalari mualliflaridan biri Gabriel Almondga ko'ra siyosiy tizimlar quyidagi vazifalarni bajaradi



Download 29,38 Kb.
bet2/8
Sana16.12.2022
Hajmi29,38 Kb.
#888006
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1556879504 74218

Siyosiy tizim nazariyalari mualliflaridan biri Gabriel Almondga ko'ra siyosiy tizimlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Siyosiy ijtimoiylashuv — jamiyat a’zolarini siyosiy faoliyatga jalb-etish;
2. Manfaatlar artikulyatsiyasi — siyosiy qarorlarni qabul qilishga aloqador qatlamlarga talablarni etkazish.
Z.Manfaatlarni umumlashtirish va e’tirozlarni, talablarni kelishtirish orqali ularni bir siyosiy platforma, siyosiy bayonot ko'rinishiga keltirish. Bu vazifa, ko'pincha, partiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Siyosiy muloqot — siyosiy tizim ichida va tashqi muhit bilan turli vositalar, shu jumladan, axborot almashuvi orqali amalga oshiriladi.
5. Fuqarolar va siyosiy tizim institutlari, tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normalarni ishlab chiqish.
Siyosiy tizim turlari
Siyosiy tizim haqidagi nazariyalarda ularni turli xil mezonlarga ko'ra turkumlashga xarakat qilinadi.
Ushbu tipologiyalarning ko'pchiligi siyosiy sohaning murakkabligi va xilma-xilligi bilan asoslanadi. Shu nuqtai nazardan, har bir amalda mavjud siyosiy tizim turli bo'linishi aniq emas, bunday sharoitda kuch — hal qiluvchi rol o'ynaydi;
Totalitar siyosiy tizimlarda jamiyat to'laligicha davlat tomonidan nazorat qilinadi.
Z. Bzejinskiy va S. Xantingtonlar siyosiy tizimlarni instrumental va mafkuraviyga bo'ladi. Instrumental siyosiy tizimlar (masalan, III) ijtimoiy va siyosiy rivojlanishning tabiiy yakuni sifatida vujudga keladi. Mafkuraviy siyosiy tizimlar esa ma’qul, deb topilgan model asosida sun’iy ravishda tashkil topadi.
Hokimiyat, jamiyat va shaxs munosabatlari tabiati va usullariga ko'ra totalitar, avtoritar va demokratik siyosiy tizimlar ajratib ko'rsatiladi. Siyosiy tizimlarning ushbu ko'rinishiga zamonaviy siyosiy nazariyada alohida diqqat qaratiladi. Shuning uchun keyingi paragraflarda ularga batafsil to'xtab o'tamiz.
Totalitarizm
Totalitarizm - (lot. Totalita.) — to'liq, butunlik, g'oyalar, fikrlar, nuqtai-nazar sifatida juda qadimiy ildizlarga ega. Miloddan avvalgi V asrda Geraklit donolik va mukammal bilim asosida barcha narsalarni boshqarish mumkin, deb hisoblagan. Aflotun, T.Mor, T.Kampanella, G.Babef. Sen - Simon, J.J. Russo davlatning aynan totalitar modellarini ishlab chiqishgan. Keyingi mualliflardan Fixte, Gegel, Marks, Nitshe, Lenin, Sorel, Zombart asarlarida bu g'oyalar rivojlantirilganini ko'ramiz.
Totalitarizm tushunchasi XX asr boshlarida K.Shmitt asarlarida, huquqiy davlat paradigmasini tanqidiy qayta ko'rib chiqish munosabati bilan, nazariy asoslab berilgan. 20 — yillarning oxirida tushuncha Italiyadagi real siyosiy tartibotni baholash uchun Djovani Amendola va Perro Gobbeti tomonidan ko'llandi. Ularning maqsadi totalitarizmning despotizm, oligarxiya, tiraniya kabi tartiblardan farqini ko'rsatish bo'lgan. Mussolini va uning tarafdorlari totalitarizm tushunchasiga ijobiy ma’no berishgan, uni ko'klarga ko'tarishgan. 20 — yillardan "totalitarizm" politologiyaning terminlaridan biriga aylandi. XX 40—50 yillarida R.Aron, "Demokratiya va totalitarizm" „X.Arendt,"Totalitarizm manbalari"„ K.Fridrix va Z.Bzejinskiy,"Totalitar diktatura va avtokratiya" asarlarida totalitarizm kontseptsiyasi yaratdilar.
Bu kontseptsiyalarni bugungi kunda "statik" deb ataladi, negaki ularda totalitar boshqaruv belgilarini aniqlash- bosh maqsad bo'lgan. Demak, totalitarizmga xos belgilarni aniqlash, so'ngra esa shu belgilarga mos yoki mos emasligi asosida u yoki bu jamiyat siyosiy tizimining totalitar yoki totalitar emasligini asoslashga xarakat qilingan.
Masalan, K.Y. Fridrix va 3. Bjezinskiy totalitarizmning sindromi (belgisini) ishlab chiqqan. Bular, etakchi, mafkura, davlat partiyasi, qurol va aloqa vositalariga davlat yakka hokimligi, terroristik yashirin politsiya va iqtisod ustidan davlat nazorati.
Totalitarizmning zamonaviy kontseptsiyalarida totalitarizmi huddi demokratiya, avtoritarizm singari siyosiy tizim turi sifatida qaraladi, unda hokimiyat amal qilishi usuli tahlil qilinadi. Shunga ko'ra totalitarizm butun jamiyat ustidan o'z nazoratini o'rnatishga xarakat qiluvchi, o'z legitimligini baxtli kelajak va {totalitar) mafkura bilan asoslovchi, absolyut haqiqatga da’vo qiluvchi tizimdir. Totalitarizm jamiyatda har qanday, shu jumladan, siyosiy plyuralizmni yo'q qilishga intiladi, buning uchun ommaga suyanadi, jamiyatni esa eng zamonaviy, eng ilg'or, deb xalqni ishontirishga urinadi. Totalitar jamiyatda davlat—partiyaga suyanuvchi mafkuraviy davlatdir. Siyosiy tizimni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar o'zlarining asl vazifalarini bajarmay, hukmron partiya—davlat birlashmasining ko'rsatmalarini bajaradi.
Totalitarizm modellarining amalda qaror topishi muayyan ijtimoiy sharoitlardagina mumkin bo'ldi. Totalitarizmning bosh va umumiy negizini jamiyatning industrial rivojlanish bosqichi tashkil etadi. U ommaviy kommunikatsiya tizimini vujudga keltirdi, ijtimoiy aloqalarni murakkablashtirdi, muntazam mafkuraviy ta’sir ko'rsatish, shaxs ustidan to'liq nazorat o'rnatish imkonini berdi. Iqtisodiy sohada — monopoliyalar tashkil topib, kuchayib borayotgan davlat bilan aloqalarini mustahkamlaydi. Hokimiyat hayotida ratsionalizm, tartib, boshqaruv elementlarining ko'payishi, fan, texnika, ta’lim sohalaridagi yutuqlar bilan uyg'unlikda butun jamiyat miqyosida oqilona tashkil qilingan va yalpi boshqarilishi mumkin bo'lgan hayot shaklini qurish imkonini berayotgandek. Ana shu yalpi tashkilotning markazi bo'lib kuch-qudratli davlat hokimiyati maydonga chiqa oladi. Totalitarizm manbalaridan yana, biri — kollektivistik dunyoqarashdir, shaxsning an’anaviy kollektivistik qadriyatlar emirilishidan ruhiy noroziligi, qoniqmasligi hamdir.
Bu asos ayniqsa ijtimoiy—iqtisodiy inqirozlar davrida kuchayadi. Inqiroz davrida orginal guruhlar totalitarizm tarafdorlari bo'lib chiqadi. Masalan, Germaniyada natsional — sotsializmning ijtimoiy suyanchig'i bo'lib yangi oraliq sinf - idora xizmatchilari, mashinistkalar, o'qituvchilar, sotuvchilar, mayda xizmatchilar v.x.lar chiqdi. Ularning iqtisodiy ahvoli kasaba uyushmalari va davlat qonunlari bilan himoyalangan ishchilarnikidan ancha yomonlashgan edi.
Ammo sanab o'tilgan asoslardan faqat muayyan siyosiy sharoit mavjud bo'lgandagina foydalanish mumkin. Siyosiy manbalarga davlat ta’sirining keskin kuchayishi - "etatyzm", totalitar xarakatlar va yangi tipdagi partiyalar, mafkura, etakchi, ommaviy, yarimxarbiy tarkibli, to'liq itoatga asoslangan tashkilot mavjudligi kiradi.

Download 29,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish