Sinfdan tashqari mashg’ulotlar
Reja:
1. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning didaktik maqsadi, vazifalari va mazmuni.
2. Ayrim o’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.
3. O’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.
4. Ommaviy ravishda olib boriladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning turlari. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligida darsda ularning bilimga qiziqishi hamda ijodiy havaskorligini uyg’otish va namoyish qilish uchun biologiya bo’yicha maktab dasturini kengaytirish va to’ldirishga qaratilgan darsdan tashqari ixtiyoriy ishlarning har xil tashkil qilish shaklidir. Mashg’ulotlarning sinfdan tashqari shakli o’qituvchining pedagogik ijodiy tashabbusini namoyon qilishi uchun ham, o’quvchilarning xilma-xil idrokiy havaskorlik ko’rsatishlari uchun ham va eng muhimi ularni tarbiyalash uchun ham keng imkoniyatlar ochib beradi.
O’qituvchi o’quvchilarning bilim doiralarini kursni to’ldirish bilan (masalan, botanikadan mahalliy o’lka florasini, o’simliklar geografiyasini, gulchilik va bog’dorchilikni o’rganish bilan) kengaytirishi yoki elementar tadqiqotlar (mikroskopiya, bakteriologiya, genetika, reflekslarni o’rganish hamda shu kabilar bo’yicha) o’quvchilarning bilimini chuqurlashtirishi mumkin.
Mashg’ulotlarning sinfdan tashqari shakli o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, mehnat madaniyati va tabiatga muhabbatini tarbiyalashga va bilishga qiziqishni mustaqil kuzatish ko’nnkmalarini,tashabbuskorlikni rivojlantirishga imkon beradi.
Sinfdan tashqari ishlarning barcha turlarida muayyan sistema va rivojlanishda amalga oshiriladigan yagona tarbiyalovchi ta’lim jarayonlariga rioya qilinadi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning barcha turlari o’zaro bog’liq va bir-birini to’ldirib turadi.. Tirik o’simlik va hayvonlar bilan ishlashga qiziqish, odatda, darsda tug’iladi va ayniqsa, qiziqqan o’quvchilar o’qituvchining hamma uchun majburiy topshiriqlaridan tashqari, ixtiyoriy ravishda o’z zimmalariga olgan ancha murakkabroq vazifalarini ham bajaradilar.
Kurs bilan juda qiziquvchi o’quvchilarni o’qituvchi yosh tabiatshunoslar to’garagiga birlashtiradi. O’qituvchi yosh tabiatshunoslar to’garagi yoki o’quv qo’llanmasi yaratish ustida ishlayotgan o’quvchilar gruppasi ishining natijalarini faqat darsdagina emas, balki ommaviy tadbirlarda: kechalar, konfereitsiyalar, ko’rgazmalar va boshqalarda ham ko’rsatishga harakat qiladi.
Shunday qilib, sinfdan tashqari mashg’ulotlarda ham dars bilan to’g’ri va teskari bog’lanishlar amalga oshiriladi.
O’quvchilarni qiziqishlari ko’pincha juda tor, ayrim hayvonlarga havaskorlik munosabatida bo’lish bilan chegaralangan bo’ladi. O’qituvchining vazifasi — o’quvchilardagi qiziqishni kengaytirish, fanni sevgan, tabiatni tadqiq qila oladigan ma’lumotli kishilarni tarbiyalashdir.
Sinfdan tashqari ish turlari o’quvchilarni individual ishlaridan kollektiv ishlariga tomon olib borishga imkon beradi, bundan keyingisi ijtimoiy yo’nalish kasb etadi, bu esa tarbiya uchun katta ahamiyatga egadir.
Gruppali mashg’ulotlar. Yesh tabiatshunoslar to’garaklari. Biologiya bo’yicha sinfdan tashqari mashg’ulotlar orasida yosh tabiatshunoslar to’garagi boshqa tadbirlarni tashkil qilishda asosiy yadro sifatida bosh o’rinni egallaydi.
Maktab amaliyotida ko’pincha biologiya bo’yicha o’quvchilar gruppasi tomonidan darsdan keyin bajariladigan har xil ishlarni garchi ular ko’p jihatdan darsdan tashqari ishlar bo’lsa ham tabiatshunoslik mashg’ulotlari deb hisoblaydilar.
Yosh tabiatshunoslar to’garagining maqsadi — o’quvchilarni biologiyaga qiziqtirish, ularning bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, ularda kuzatish va tajriba o’tkazish ko’nikmalarini hosil qilish va tabiatni tushunishni tarbiyalashga yordamlashishdir. Tabiatshunoslar to’garagida ish sistemali, ma’lum reja asosida, ixtiyoriy, lekin doimiy o’quvchilar sostavi bilan olib boriladi.
Maktabda o’qitiladigan biologiya kursiga muvofiq tabiatshunoslik to’garaklarining tabaqalanishi, bir tomoidan, ulardan birortasini bir muncha chuqurroq bilishga, ikkinchidan, ba’zi bir tajribalarning natijalaridan darslarda foydalanishga imkon beradi.
O’quvchilarning to’garakdagi ishlariga tarbiya vositasi sifatida ham qarash lozim. Ko’pincha o’qituvchilar to’garakka o’quvchilarni qabul qilishda biologiyadan yaxshi o’zlashtirishi va yaxshi intizomiga qaraydilar. Lekin eng yaxshi o’qituvchilar tajribasi ko’rsatadiki, to’garak mashg’ulotlari natijasida ulgurmovchi o’quvchilar biologiyaga qiziqa boshlaydilar, yomon xulqli o’quvchilar o’zlarini ancha yaxshi tutadigan bo’ladilar.
To’garakda har bir o’quvchining individual mustaqil, ijodiy mas’uliyatli ishini, kollektiv, ijtimoiy ish bilan uyg’unlashtirish muhimdir.
V, VI, VII sinf o’quvchilarining psixologiyasini hisobga olib, ular oldiga vaqt bo’yicha alohida maqsad qo’yish yoki ularni bir xil ish bilan band qilish yaramaydi. To’garakda o’quvchilar soni odatda 15—20 tadan oshmaydi. Agar xohlovchilar ko’p bo’lsa, unda har xil vaqtda shug’ullanuvchi ikki gruppa tashkil etiladi. Ko’pgina maktablar tajribasining ko’rsatishicha, to’garak mashg’ulotlarini haftada bir marta yoki oyiga ikki marta o’tkazgan ma’qul.
To’garak ishini xilma-xil; ham individual, ham kollektiv ishlash metodlarini qo’llanib, turli tajriba ishlari va adabiyotlar bilan tanishishni o’z ichiga oladigan umumiy mavzu bo’yicha qurish kerak.
Sinfdan tashqari biologik ekskursiyalar barcha biologiya predmetlari bo’yicha turli mavzuda o’tkazilishi mumkin. Yozda ayniqsa, ko’p kunli biologik ekskursiyalar qiziqarlidir, uni o’quvchilar ekspeditsiya deb ataydilar.
Ko’p kunli ekspeditsiyalar kompleks va maxsus tarzda bo’lishi mumkin. Kompleks ekspeditsiyalar biologiya (botanika, zoologiya), geologiya va geografiyaning turli bo’limlari bo’yicha, ko’proq bir-qator o’lkashunoslik masalalarini, o’lka va folьklor tarixi ma-salalarini «tadqiq» qilish yuzasidan o’tkaziladi. Ekspeditsiyaga rahbarlik qilishda bir necha mutaxassis-o’qituvchilar (ko’proq biolog va geograflar) qatnashadilar. Bunday sharoitda o’quvchi-larni otryadlarga bo’lib qo’yish qulay ' bo’ladi. Ekspeditsiya piyoda yoki iloji bo’lgandadaryo oqimi bo’ylab qayiqda o’tkaziladi.
Barcha biologik ekskursiyalarda o’lkashunoslik va tabiatni. muhofaza qilish maqsadi nazarda tutiladi.
Ilmiy kechalarning maqsadi — e’tiborni ilmiy masalalarga jalb etish, u bilan qiziqtirish, mustaqil ilmiy-badiiy kitob lar o’qishga yo’naltirishdir. Ilmiy kechada tablitsalar, rasm.' tajrnbalar, tirik hayvon va o’simliklar, kitoblar ko’rgazmasp tashkil etiladi, qaysi muzeyda nimalarni ko’rish mumkinligni ko’rsatuvchi plakatlar osib qo’yiladi va hokazo. Eng muhimi esa — kechaning idrokiy biologik mazmunidir.
Kechani bezatish ham muhimdir. Sahna o’simliklar bilan bezatiladi, devorga kecha mavzusiga oid kartalar, portretlar, suratlar osib qo’yiladi. Dokladlar davomida tezda tablitsalar almashtirilib turiladi.
Individual sinfdan tashqari mashg’ulotlar. Doimo sinfda, o’qituvchidan ixtiyoriy ravishda uyda yoki maktab tirik burchagida ishlash uchun topshiriq oladigan havaskor o’quvchilar bo’ladi. Ay-rim o’quvchilar uyda o’zlarining tirik tabiat burchagini tashkil etadilar. Bunday o’quvchilarga o’qituvchi uyda yoki tirik burchakda, yoki maktab uchastkasida tajribalar qo’yish uchun va sinfda beri-ladigan prograьsha bilan bog’liq bo’lgan majburiy topshiriqlar-dan tashqari, yozda kuzatishlar o’tkazish uchun ko’rsatmalar beradi. Individual sinfdan tashqari mashg’ulotlar aslida uy va darsdan tashqari ishlarnnng ixtiyoriy turidir.
Sinfdan tashqari o’qish o’quvchilar tafakkurini rivojlantiradi, predmetga qiziqishni oshiradi. Maktabdagi barcha tadbirlar bilan bir qatorda u kitob bilan doimiy muloqotda bo’lishga intilishni tarbiyalaydi. Bu, yoshlarimizni tarbiyalashda juda ham muhim faktorlardan hisoblanadi.
Sinfdan tashqari o’qish ishlarini olib borishda o’qituvchi maktab kutubxonasi bilan yaqin aloqada bo’lishi: kerakli kitob-larning borligini va o’quvchilarning ularga bo’lgan talabini hisobga olishi; kutubxonachi bilan birgalikda tavsiya etiladigap adabiyotlar ko’rgazmasini va muayyan temada kitob muhokamasi kechalarini tashkil etishi zarur.
Bundan maqsad -— o’quvchilarga biologiya fanining turli bo’limlaridan maktab pro-grammasiga nisbatan ko’proq hajmda bilim va amaliy ko’nikmalar berishdir. Bu mashg’ulotlar o’quvchilarni kasb tanlashga yo’nalti-rishda katta ahamiyatga ega, chunkya, fakulьtativ kurslarga maxsus (biologiya, qishloq xo’jaligi, meditsiia) o’quv yurtlarida o’qish yoki ishlashni davom ettirishii istaydigan o’quvchilar yoziladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |