Мавзу: 6 (16) Ахоли фаровонлиги ва ижтимоий таъминот (6 соат)



Download 58,5 Kb.
Sana05.05.2020
Hajmi58,5 Kb.
#49104
Bog'liq
Мавзу 16 (6) Ахоли фаровонлиги ва ижтимоий таъминот 3 топшириқ(1-u)
2 5442724836872814730, blank-trafaret-zebra, blank-trafaret-zebra, 160938-catastrophe-template-16x9, oferta-plastik-card, oferta-plastik-card, Harakatlar strategiyasi, 7-sinf Jahon tarixi -Muhammadiyeva Farangiz, MU, Тарих 2015, Buxgalteriya hisobining axborot ta, ТЕСТ 666, 5538 КАР, magnit materiallarini qollanishi, magnit materiallarini qollanishi

Мавзу: 6 (16) Ахоли фаровонлиги ва ижтимоий таъминот (6 соат)

Амалий машғулот топшириғи.

3. Топшириқ (2 соат): Қуйидаги саволларга жавоб беринг:

1. Уйда ижтимоий ёрдам кўрсатиш моҳиятини тушунтиринг.

2. Ижтимоий таъминотни молиялаштиришда давлат ва бозор механизми ўртасидаги нисбат қадай бўлиши керак.

3. Солиқ солиш ва ижтимоий таъминот ўртасидаги боғлиқликни шархлаб беринг.

4. Аҳолининг ижтимоий таъминоти тамойиллари ва фуқаролик ҳуқуқларини тушунтиринг.



Javoblar:

1. Uyda ijtimoiy yordam koʼrsatish – bu yaqin qarindoshlar, doʼst-birodarlarning, jumladan yuqorida keltirilganlardan farqli oʼlaroq, uyda pullik ijtimoiy xizmatlar koʼrsatish, yaʼni tibbiy xizmatlar koʼrsatish, shu bilan bir qatorda eʼtiborga muhtoj kishilarni uyda parvarishlash va ularga gʼamxoʼrlik qilishni anglatadi.

Uyda ijtimoiy yordam koʼrsatishda oila aʼzolari yoki boshqa shaxslarning xizmatlaridan foydalanish mumkin boʼladi. Uyda ijtimoiy yordam koʼrsatishning quyidagi turlari mavjud:

- shaxsiy yoki fiziologik parvarish

- amaliy yordam koʼrsatish

- ijtimoiy jihatdan qarovga muhtoj kishilarga uyda qarab turish.

2. Umumxalq farovonligi davlati amal qilishi sharoitida ijtimoiy taʼminot xizmatlaridan foydalanish barcha uchun bir meʼyorda boʼlishi zarur. Аholining barcha ijtimoiy qatlamlarining ushbu xizmatlardan foydalanishini tartibgo solish uchun jamiyatda minimal yashash turmush darajasi belgilanadi. Ushbu daraja ijtimoiy nochor aholi qatlamlarining ijtimoiy taʼminot xizmatlaridan foydalanishda davlat tomonidan koʼmaklashish mezonini belgilashda qoʼllaniladi.

Koʼpchilik iqtisodchi olimlarning fikricha jamiyat hayotida ijtimoiy ishni rivojlantirish orqali fuqarolarning ijtimoiy muammolarini mustaqil tarzda hal etishlarini taʼminlash zarur. Bu esa oʼz navbatida davlatning ijtimoiy taʼminot chora-tadbirlari dasturini moliyalashtirishga ajratilayotgan xarajatlari hajmini qisqarishiga olib keladi.

Ijtimoiy taʼminot xizmatlari, jumladan, taʼlim, sogʼliqni saqlash, uy-joyga ega boʼlish kabi xizmatlardan foydalanish jamiyat aʼzolarining barchasi uchun ham oson kechmaydi. Bunda aholining boy qatlamlarini ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyati yuqori boʼladi. Shuni eʼtiborga olgan holda ayrim ijtimoiy jihatdan nochor oilalar ushbu xizmatlardan hozirda foydalanib, keyinchalik uni qiymatini toʼlashi mumkin boʼladi. Bu ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda insonning yashashi uchun zarur boʼladigan birlamchi isteʼmol tovarlari va xizmatlari miqdoridagina mazkur turdagi imtiyozlarni berishi mumkin boʼladi.

Yuqorida keltirilgan maʼlumotlarga tayangan holda aytish mumkinki, mamlakatda bozor iqtisodiyoti qonunlari amal qilishi sharoitida ijtimoiy taʼminot xizmatlaridan aholining barcha qatlamlari foydalana olmaydi. Ushbu holatning salbiy oqibatlarini oldini olish maqsadida aholi uchun turli imtiyozli kreditlar joriy etilgan. Masalan, kambagʼal oiladan chiqqan iqtidorli talaba oʼz navbatida ushbu imtiyozli kreditlar hisobiga taʼlim xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Ushbu holatda uning taʼlim xizmatlaridan foydalaganlik uchun toʼlovni amalga oshirishida moliyaviy yetishmovchilikni vujudga kelishi kuzatiladi. Mazkur vaziyatda talaba bank muassasalaridan kredit olishi va ushbu kreditni maʼlum bir vaqt oʼtgandan soʼng qoplashi mumkin boʼladi. Bu esa davlatning ijtimoiy taʼminot xizmatlarini moliyalashtirishga yoʼnaltirilayotgan xarajatlarining qisqarishi va jamiyatda ijtimoiy ishning rivojlanishiga turtki boʼladi.



3. Soliq – jismoniy shaxslarning daromadlaridan davlat byudjeti uchun toʼlanadigan majburiy toʼlov hisoblanadi. Ushbu toʼlovlar hisobidan jamlangan pul mablagʼlari quyidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish vositasi sifatida qoʼllaniladi:

- iqtisodiy siyosat / boshqarish;

- davlat xarajatlarini moliyalashtirish;

- aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini ijtimoiy jihatdan qoʼllab-quvvatlash;

- daromadlarni qayta taqsimlash;

- muayyan ijtimoiy-iqtisodiy xatti-harakatni ragʼbatlantirish.

Ijtimoiy davlatning faoliyatida soliqlar ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning moddiy manbai sifatida namoyon boʼladi. soliq siyosatini amalga oshirish orqali vertikal (daromadi yuqori boʼlgan shaxslar toʼlaydigan soliq hajmi ham yuqori boʼladi yoki aksincha) yoki gorizontal (soliq imtiyozlarini joriy etish orqali ayrim turdagi shaxslarning qoʼshimcha xarajatlarini qoplashiga imkon yaratiladi) tarzda daromadlarni qayta taqsimlashga erishiladi.

4. Ijtimoiy taʼminot xizmatlarini amalga oshirishda fuqarolik huquqlarini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqarolik huquqlari shaxslarning ijtimoiy taʼminot xizmatlaridan foydalanishining davlat tomonidan kafolatlanganligini taʼminlashi zarur boʼladi. Ijtimoiy fuqarolik jamiyati toʼgʼrisidagi nazariy qarashlarning asosida har bir fuqaroning jamiyat hayotida faol qatnashish huquqiga ega boʼlishi gʼoyasi yotadi. Bunda davlat tomonidan koʼrsatilayotgan ijtimoiy taʼminot xizmatlaridan foydalanish har bir fuqaro uchun cheklanmaganligi namoyon boʼladi. Bu esa oʼz navbatida ijtimoiy adolatning shakllanishi va qaror topishiga asos boʼladi.

Аholini ijtimoiy teng huquqliligini taʼminlashda fuqarolarning siyosiy va yuridik huquqlaridan teng foydalanishiga zamin yaratish zarur. Bu esa oʼz navbatida fuqarolarning teng huquqliligi tamoyilini oʼzida aks ettiradi.

Shaxs maʼlum bir huquqni qoʼlga kiritishi uchun u yoki bu davlatning fuqarosi boʼlishi talab etiladi. Fuqarolik bevosita insonga jamiyatda farovonlikni taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy taʼminot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Fuqarolikni qoʼlga kiritishning shartli va shartsiz shakllari mavjud. Shartli fuqarolik huquqiga ega boʼlish holati odatda migratsiya jarayonlari sodir boʼlganda namoyon boʼladi. Masalan bir davlatdan boshqa bir davlatga borib, u yerda maʼlum bir muddat istiqomat qilgandan soʼng shaxsga oʼsha davlatning fuqaroligi berilishi. Shartsiz fuqarolik huquqiga ega boʼlish holati esa bevosita maʼlum bir mamlakatda tugʼilishi va oʼsha davlatda umrini davom ettirishi orqali amalga oshiriladi.

Umuman olganda, fuqarolik huquqi – bu bir shaxsga tegishli boʼlgan har qanday huquqni oʼz ichiga oluvchi universal huquq turi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, fuqarolik huquqi insonlarning ijtimoiy xizmatlardan, shu bilan bir qatorda iqtisodiy, yuridik va boshqa turdagi xizmat turlaridan foydalanishiga imkon beruvchi keng koʼlamli huquq turidir.



Glossary:



Фойда солиғи


Foyda soligʼi – mustaqil tarzda oʼzini-oʼzi ish bilan band qilish orqali shakllantirilgan foyda hisobidan toʼlanadigan soliq turi hisoblanadi. Аmaliyotda uning toʼlovchilari odatda ish beruvchi firma rahbarlari va mustaqil tarzda band boʼlgan aholi qatlami hisoblanadi.


Жамғариладиган солиқ


Jamgʼariladigan soliq – bu odatda soliq siyosati orqali band aholidan sugʼurta fondiga pul ajratmalarini yigʼib olishda koʼzga tashlanadi. Аmaliyotda bunday soliq turi pensiya jamgʼarmasi badallarini toʼlashda namoyon boʼladi.


Маҳаллий солиқ


Maxalliy soliq – maxalliy xizmatlar hisobidan shakllantiriladigan soliq turi hisoblanadi. Mazkur soliq turi iqtisodiy fanga 1980 yilda konservatorlar tomonidan kiritilgan boʼlib, mulkdan olinadigan soliqni oʼz ichiga oladi.


Фуқаролик ҳуқуқи


Fuqarolik huquqi – bu bir shaxsga tegishli boʼlgan har qanday huquqni oʼz ichiga oluvchi universal huquq turi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, fuqarolik huquqi insonlarning ijtimoiy xizmatlardan, shu bilan bir qatorda iqtisodiy, yuridik va boshqa turdagi xizmat turlaridan foydalanishiga imkon beruvchi keng koʼlamli huquq turidir.


Ижтимоий муносабатлар


Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)” ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq davlat boshqaruv organlari tizimida, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida, xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, hokimliklar va boshqa davlat idoralari, muassasalarining xalqaro boshqarma va bo‘limlarida, xalqaro tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalarida va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarida kasbiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.

“Этатизм” ижтимоий модели.


Etatizm (frans. — davlat) — davlatni jamiyat taraqqiyotining yuqori natijasi va maqsadi hamda oʻz navbatida, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy, hal qiluvchi omili deb hisoblovchi ijtimoiy tafakkur yoʻnalishi. "E." terminini shveysariyalik siyosatshunos N.Dro 19-asrda qoʻllagan. E. iqtisodiy va siyosiy hokimiyatning oʻta markazlashishi va byurokratlashishini, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalari (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va h.k.)da zoʻravonligini anglatadi. Etatistik mafkuraning erkinlashuv va demokratiyaga qarshi xarakteri davlatning avtoritar, totalitar va fashistik shakllarida yaqqol namoyon boʻladi. 20-asrning 30- yillarida Turkiyada E. milliy iktisodiyotning real modeli sifatida rasman tan olingan edi. Turkiya Respublikasining 1prezidenti M.K.Otaturk E. siyosatini eʼlon qilgan va bu siyosat mamlakatning 1937 yilgi konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyilgan.

Download 58,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
saqlash vazirligi
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
covid vaccination
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan tayyorlagan
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanining predmeti
ta’limi vazirligi