Tarbiyada shaxs rivojlanishining biologik va psixologik asoslari
Reja:
1. Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha.
2. Shaxsni rivojlantiruvchi asosiy omillari:
a) biologik omil;
b) sotsial (ijtimoiy ) omil;
3. Rivojlanishda shaxs faoliyatining roli.
4. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va rivojlanishning o‘zaro boglikligi.
5. Rivojlanishda shaxsning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarining roli.
Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o‘zaro boglikligi muxim muammolardan bo‘lib, u ko‘p munozaralarga sabab bo‘ladi. Shaxsning rivojlanishi kiyin, murakkab jarayon, u ko‘plab ichki va tashki ta’sirlar va omillar orkali ro‘yobga chikadi.
Inson xayot ekan, butun umri davomida o‘sib, rivojlanib, o‘zgarib boradi. Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi yakkol ko‘zga tashlanadi.
Rivojlanish deganda biz shaxsning ham jismoniy, ham akliy va ma’naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Pedagogika va psixologiya fani rivojlanishni biologik va sotsial xususiyatlari o‘zaro chambarchas boglik bo‘lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi har tamonlama kamol topishining samarali bo‘lishiga erishish maksadida pedagogika fani rivojlanishining konuniyatlarini unga ta’sir etuvchi omillarni shuningdek, shaxs kamolotida ta’lim va tarbiya hamda faoliyatining ta’siri va ahamiyatini aniklaydi va taxlil kiladi. Ma’lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo xayot sharoitlariga boglikdir. Shaxs xayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma’lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim.
Prezident I.Karimovning 2000 yil “Soglom avlod yili” deb e’lon kilishda so‘zlagan nutkida: “Bizning ezgu niyatimiz - kelajagi buyuk davlat va erkin jamiyat kurish. Bizning tarakkiyot, strategiyamiz soglom avlod tarbiyasiga tayanadi va uni rivojlantirishga karatilgan”, deb ta’kidlaydi.
Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muxim muammolardan hisoblanadi. Shu sababli shaxsning shakllanishi masalalariga to‘gri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulk-atvorini va unga ta’sir sabab va vositalarini bilish zarur.
Shaxsning rivojlanishi jarayoni bir kancha omillar ta’sirida sodir bo‘ladi. Bular irsiyat, ya’ni biologik omil hamda muxit, ta’lim va tarbiya, shaxs faolligi (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi.
Ma’lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning xayoti biologiyaning umumiy konunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus konunlariga bo‘ysunadi.
Shaxsning, ayniksa bolaning jismoniy rivojlanishi, sogligi biologik omilga boglikdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo‘lgan irsiyatning, ya’ni bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz aloxida e’tibor bermokda. Har bir bola insonlarga xos tugma xususiyatlar bilan dunyoga keladi. Shunday ekan, odam bolasi tugilgandan so‘ng unda shaxs bo‘lib shakllanishi, yetuk inson bo‘lib voyaga yetishi imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola o‘zining avlod-ajdodlaridan ko‘pgina biologik belgilarni meros sifatida kabul kilib oladi, xatto ayrim kasalliklar ham nasldan naslga o‘tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, soglom ota-onadan soglom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim.
Prezidentimiz “Soglom avlod yili”ni e’lon kilar ekan: ”Soglom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo soglom naslni, nafakat jismonan bakuvvat shu bilan birga ruxi, fikri soglom, iymon-e’tikodi butun bilimi, ma’naviyati yuksak mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman”, deb ta’kidlaydi.
Soglom avlod tarbiyasi oson ish emas, u har bir inson, har bir oila, butun jamiyatdan jiddiy e’tibor va uzluksiz mexnat talab kiladi. Prezidentimiz fikrlarini davom ettirar ekanlar: ”...xech shubxa yo‘k, soglom avlod orzusi ajdodlarmizdan bizga o‘tib kelayotgan, kon-konimizga singib ketgan mukaddas intilishdir. Agar ota-bobolarimizning turmush tarziga, tafakkuriga nazar solsak, ular nasl-nasab, yetti pushtining tozaligiga, avlodning sogligiga juda katta e’tibor berganini ko‘ramiz. Soglom bolaning tugilishi, eng avvalo, onaning sogligiga boglik“, deb ta’kidlaydi yurtboshimiz. Xudo taolo yaratgan tabiatning buyuk mo‘’jizasi bo‘lmish ayol dilbandini to‘kkiz oy o‘z bagrida, yurak ostida avaylab dunyoga keltiradi. Uni voyaga yetkazish uchun o‘zini ayamasdan, butun xayotini baxshida etadi.
Ana shu jarayonda ayol neki yaxshilik yoki yomonlik ko‘rsa, ona vujudi orkali xomilaga o‘tadi. Sogligi nochor, xo‘rlangan, iztirob chekkan onadan soglom farzand tugilmaydi. Soglom bolaning dunyoga kelishida otaning ham koni toza, tani va ruxi soglom bo‘lishiga boglik. Bir so‘z bilan aytganda, soglom farzand fakat soglom oilada tugiladi. Oilaning soglomligini, undagi muxit, ota-onaning totuvligi, bir-birini tushunishi, ko‘llab-kuvvatlashi o‘zaro izzat-xurmati belgilaydi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, shaxs ijtimoiy xayotning mahsuli ekan, u albatta bolani o‘rab olgan muxit ta’sirida rivojlanadi. Shaxsning xayoti faoliyati davomida muxit unga yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko‘rsatishi, rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chikarishi yoki yo‘k kilishi mumkin.
Muxit – bu shaxsga ta’sir etuvchi tashki vokea va xodisalar kompleksidir. Bular: tabiiy muxit (geografik, ekologik) ijtimoiy muxit (shaxs yashayotgan jamiyat) oila muxiti va boshkalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muxitning, ya’ni shaxs yashayotgan jamiyatning inson kamoloti uchun yaratilgan imkoniyatlari muxim rol o‘ynaydi. Mustakil O‘zbekistonimizda ta’lim tizimini islox kilish, kadrlar tayyorlash milliy dasturini kabul kilinishi barkamol avlodni yaratishdagi dastlabki kadamlardir. Shaxs rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya tizimi orkali amalga oshiriladi. Fakat tarbiya orkali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chikarish mumkin. Tarbiya jarayonida anik maksad va reja asosida shaxsga ta’sir etiladi. Buning natijasida muxitdagi vokealarning to‘gri ijobiy ta’sirini amalga oshirish imkoni tugiladi. Muxit beraolmagan narsalar tarbiya orkali hosil kilinadi, xatto tarbiya tufayli shaxsda tugma kamchiliklarni ham o‘zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Bundan tashkari muxitning salbiy ta’siri tufayli tarbiyasi izdan chikkanlarni ham kayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashkarida bo‘lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Pedagogik jixatdan to‘gri uyushtirilgan har kanday faoliyat xox o‘yin, mexnat, o‘kish, sport va boshkalar shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shaxs ulgaya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan o‘zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari ham o‘zgarib boradi. Shu sababli bola xayotida o‘yin, o‘kuvchi xayotida o‘kish, kattalar xayotida mexnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir.
O‘kuvchi va talabalarning rivojlanishida o‘kuv jarayonlarining ahamiyati va ta’siri bekiyos kattadir. Bilimlarni o‘zlashtirish ularning tafakkurini o‘stiradi, ijodiy kobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bo‘lib koladi. Bu jarayonda ularda ijtimoiy xulk normalari shakllanadi. Shaxs kaysi yoshda bo‘lishidan kat’iy nazar, ularning rivojlanishida mexnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniksa, mexnat insonning ham jismoniy, ham ma’naviy kamol topishida muxim manba hisoblanadi. Mexnat jarayonida uning ishtirokchilari bir-birlari bilan alokada bo‘ladilar, o‘zlarining nimaga kodir ekanliklarini ko‘ratishga harakat kiladilar. Mexnat orkali shaxsning axlokiy sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik, mas’uliyat, intizomlilik, faollik ortadi. Ular o‘z-o‘zini tarbiyalashga astoydil kirishadilar. O‘z-o‘zini tarbiyalashga ota-ona, o‘kituvchining tarbiyaviy ta’siri yanada samarali bo‘ladi. Tarbiya bilan rivojlanishning o‘zaro bir-biriga ta’siri va munosabatlari mavjud, chunki kayerda tarbiya jarayoni muammolari to‘gri xal etilsa, u shaxs kamolotiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Kamol topgan shaxs tarbiyaning roli va imkoniyatlariga ishonch bilan karaydi.
Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta’minlashi uchun boladagi rivojlanishning moxiyatini tushunish, bilish faoliyatining o‘zgarish sabablarini aniklash zarur. Tarbiya haqikatan rivojlantiruvchi omil bo‘lmogi uchun tarbiyalanuvchi jamiyatning tarbiya oldiga ko‘ygan talablarini, shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning yetakchilik rolini e’tirof etish bilan birga ularning o‘zaro bir-biriga ta’sirini tan oladi.
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, xayotning hamma boskichlarida bir xil bo‘lmay, balki yosh xususiyatlari va xayot tajribalariga karab har xil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida o‘sayotgan avlodning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini bilish va hisobga olish juda zarur. Ma’lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o‘kuvchi-talabalarning har birini o‘ziga xos xususiyatlari, psixik jarayonlari mavjud.
Bu o‘ziga xoslik rivojlanish jarayonida yakkol namoyon bo‘ladi. Yosh xususiyatlarini hisobga olish, bola xususiyatiga moslashish emas, balki shu yosh davrda bola imkoniyatlarini hisobga olgan xolda ta’lim va tarbiya ishlarini tashkil etish demakdir. Shundagina shaxs rivojlanishiga tarbiyaning ta’siri samarali bo‘ladi. Bolalarni o‘kitish va tarbiyalashning muvaffakiyati o‘kituvchining har xil yoshdagi bolalar o‘rtasidagi tafovutlarni kay darajada hisobga olishiga boglikdir. Shunday ekan, tarbiyachi maktabgacha yoshdagi va maktab hamda o‘rta maxsus va oliy o‘kuv yurtlarida ta’lim olayotgan o‘kuvchi talabalarning yosh davrlari bilan xususiyatlarini hisobga olmoklari lozim. Shaxs, uning harakteri, xulk-atvori, umuman jismoniy va ma’naviy tarakkiyotini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu jarayon murakkab va ziddiyatlidir. Shu sababli rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, balki bunda sakrashlar, notekisliklar ham sodir bo‘ladi.
Shunday ekan, o‘kituvchi va tarbiyachilar bolaning yoshi oshgan sari uning ehtiyojlarida,intilish va kizikishlarida kanday sifat o‘zgarishlari sodir bo‘layotganini muntazam kuzatib borishlari lozim.
Rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta’kidlaganidek, pedagogika fanining eng muxim vazifasi shaxs rivojlanishini har jixatdan o‘rganishdir va o‘kituvchining ishda muvaffakiyat kozonish sharti o‘z o‘kuvchilarining hislat va xususiyatlarini bilishidir.
Kishi tugilgan kunidan boshlab sotsial mavjudot bo‘lib koladi. Uning harakteri, xulk-atvori, shaxsi barcha ijtimoiy omillar yigindisi ya’ni tevarak-atrofdagi odamlarning unga munosabati, namuna ko‘rsatishlari, mafkuralari, o‘z faoliyatida hosil kilgan tajribasi ta’sirida shakllanadi. Albatta, ijtimoiy omillar inson shaxsining har tomonlama shakllanishi samarali ta’sir ko‘rsatadi. Pedagog bolaning muayyan rivojlanish davridagi xususiyatlari, harakteri va fe’l-atvorini belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta’sir ko‘rsatishini bilishi lozim.
ADABIYOTLAR:
1. Karimov I.A. Barkamol avlod-O‘zbekiston tarakkiyotining poydevori. T.1998.
2. Karimov I.A. Soglom avlod - xalkimiz kelajagi. (Konstitutsiya kuni munosabati bilan so‘zlagan nutki). “Xalk so‘zi” gazetasi. 8 dekabr, 1999.
3. Tursunov I., Nishonaliyev U. Pedagogika. T. 1996.
3. Goziyev E. Psixologiya. (o‘kuv ko‘llanma) T. 1994.
4. Vospitaniye i razvitiye detey v protsesse obucheniya.M.1981.
www.pedagog.uz
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |