Quddus qi’olligi. Salibchilar bocib olingan territoriyada o`z davlatlariii tuzdilar. Bu davlat Quddus qirolligi deb ataldi. Bu davlatga dastlab Gotfrid Bulg’snskiy qirolg’ qilib saylandi, Ammo Quddus qirolligi Balduinning vorislari zamonida (1100-1118) qathiy rasmiylashdi. Balduin Edessa knyazligini Balduin Bursheskiy degan boshqa feodalga be’di.
Quddus korolligi o`ziga xoc «namunali» feodal davlati edi. Yevropaning hech bir joyda, SHarqdagidek, feodal ierarxiyasi printsipi bu qadar izchillik bilan amalga oshirilmagan edi. Falastinni bevosita idora etgan Quddus qirolligidan tashqari, shu qirolliknipg vassal davlatlari sifatida yani uchta yirik knyazlik: Aitiohiya knyazligini, Trinoli va Edessa grafliklari bor edi. Bularinng ha’ biri mahlum miqdorda baronlikla’ga, baronliklar esa o`z navbatida ritsarlik lenlarga bo`lingan edi.
Quddus qirolligida Maxsus feodal konstitutsiyasi tuzilib, u kichik feodallarning o`z seng’or-baronlariga va baron ham knyazlarning qirolga nisbatan bo`lgan munosabatlarini yo`lga colib turadigan bo`ldi. Bu konstitutsiya Qudduc accizlari deb nom oldi. Assizlarda ritsarning bir yilda necha kun harbiy xizmatni o`tab berishi belgilangan edi. Feodallarning Me’oc qoldirish tartiblari belgilandi. Assizlarga muvofiq, qirolg’ hokimiyatn saylab qo`yiladigan va cheklangan hokimiyat edi. Qirolni eng katta feodallar kengashi saylar edi, bu kengash Oliy palata deyilardi. Oliy palata, ayni zamonda, feodallarning dahvo va bahslarini tekshirib hal etuvchi oliy sud hisoblanardi. Knyazg’ va baronlarning bu palatasidan tashqari, qirolg’ o`ziga birorta ham muhim qa’o’ qabul qila olmasdi.
Quddus qirolligidagi barcha yer-mulkla’ harbiy xarakterga ega bo`lib, yahni feodallardan iborat edi. SHunday qilib yevropaliklar SHarqda feodal munosabatlar ko`zga yaqqol tashlanadigan, klassik fo’madaga davlat barpo etdilar.
Biroq SHarqda ba’po qilingan yangi davlat mustaxkam emas edi. Qirol, hokimiyati zaif edi. ‘itsa’lar o`zboshimcha va intizomsiz edilar. Mahalliy aholi Zolim «franklar»ni yomon ko`rardi (SHarqda barcha yevropaliklarni frantsuzlar nomi bilan ana shunday deb atardilar). Ritsarlar hatto qishloqlarda mahalliy aholi orasida yashamas ham edilar. Ular shaharlarda, qisman yangidan qurilgan qasrlarda istiqomat qilb, hech qanaqa ro`zg’or (xo`jalik) yuritmasdila’ va faqat dehqonlardan olinadigap pul ‘entaci bilangina tirikchilik o`tkazardilar. G’arbning katalik ruhoniyla’i kattagina yer-mulklarga ega bo`ldilar. Qudducinng latin (katolik) pat’ia’hal ko’ollikda koroldan keyin ikkincha shahs xisoblanardi. Salibchilarning istilolari natijasida Italiya kaharlari katta-katta foydalar ko`rdi. Genuyaliklar bilal Venetsiyaliklar Suriya va Falastindagi butun savdo-sotiq ishlarini o`z qo`llariga kiritib olib, arablar bilan vizantiyaliklarni ikkinchi o`ringa surib qo`ydilar. SHahar atrofidagi yer-mulklarning bir qismini ham ana shu gepuyaliklar bilan venetsiyaliklar oldilar. Feodallarning akcicha, Italiya shaharliklari o`z qo`llariga kiritib olgan yerlarda xo`jalik bilan shug’ullanadigan bo`ldi. SHaharliklar bu yerlarda eng qimmatli ekinlar (pahta, shakar qamishi, zaytun o`simligi va h.k) plaitatsiyalari barpo etib, ko`proq ishchi kuchi sifatida qullardan foydalanishardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |