Reja: Raqobatning mohiyati. Raqobatning iqtisodiy asoslari va maqsadi Raqobat strategiyasi



Download 0,76 Mb.
Sana27.10.2022
Hajmi0,76 Mb.
#857019
Bog'liq
Raqobatning iqtisodiy asoslari, mohiyati. — копия


Mavzu: Raqobatning iqtisodiy asoslari, mohiyati.

Reja: 1. Raqobatning mohiyati. 2. Raqobatning iqtisodiy asoslari va maqsadi 3. Raqobat strategiyasi

1. Raqobatning mohiyati.

Bozor iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy omillaridan biri —bu raqobatdir. Iqtisodiy adabiyotlarda raqobat kurashi bozor munosabatlari ishtirokchilarini harakatga keltiruvchi kuch deb yuritiladi. Bozorda raqobat qanchalik kuchli bo‘lsa, tovarlar va xizmatlar sifati yaxshi, narxlari esa shunchalik arzonlashib boradi.

Raqobat har bir tovar ishlab chiqaruvchilar, turli xizmat ko‘rsatuvchilar hamda iste’molchilar o‘rtasidagi yaxshi foyda olish, bozorda, umuman, iqtisodiyotda o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun kurashdan iboratdir. Bu raqobat kurashining pirovard natijasi iste’molchilar uchun kurash va unda ishtirok etuvchilar o‘z manfaatlariga erishishlaridir.

Bu raqobat kurashining pirovard natijasi iste’molchilar uchun kurash va unda ishtirok etuvchilar o‘z manfaatlariga erishishlaridir. Bozorda qatnashayotgan har bir subyekt, ya’ni resurslar sotuvchi — resurslarini, xizmat ko‘rsatuvchilar — xizmatini, Tovar ishlab chiqaruvchilar — tovarlarini imkon boricha yuqori baholarda sotish uchun kurashadilar. Firmalar, korxonalar, sotuvchilar, iste’molchilar — barchalari o‘zaro raqobat qiladilar. Bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlarda bu raqobat kurashi erkin va to‘liq namoyon bo‘ladi. Raqobat kurashi, hatto iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi, ular eng sifatli tovarlarni arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar. Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlardan iborat.

2. Raqobatning iqtisodiy asoslari va maqsadi

  • Raqobat to‘g‘risida mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan nashr etilgan adabiyotlarda turlicha ta’rif berilgan. 
  • A. O‘lmasovning «Iqtisodiyot asoslari» o‘quv qo‘llanmasida raqobatga shunday ta’rif berilgan: «Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘z manfaatlarini to‘laroq yuzaga chiqarish, ya’ni yaxshiroq daromad topish, o‘z mavqeyini mustahkamlash, o‘z qobiliyatini namoyon etish va imij (ovoza-obro‘)ga ega bo‘lish uchun boshqalar bilan kurashishdir»deb yozadi.
  • Sh. Shodmonov, R. Alimov, Т. Jo‘rayev esa «Raqobat — bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi» deb yozadi. So‘ngra o‘z fikrlarini davom ettirgan holda, «Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi. O‘z navbatida, xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m xarajati evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi. Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi» degan aniq va to‘liq fikrni bayon qiladilar.

2. Raqobatning iqtisodiy asoslari va maqsadi

  • A. O‘lmasovning «Iqtisodiyot asoslari» o‘quv qo‘llanmasida raqobatga shunday ta’rif berilgan: «Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘z manfaatlarini to‘laroq yuzaga chiqarish, ya’ni yaxshiroq daromad topish, o‘z mavqeyini mustahkamlash, o‘z qobiliyatini namoyon etish va imij (ovoza-obro‘)ga ega bo‘lish uchun boshqalar bilan kurashishdir»deb yozadi.
  • Sh. Shodmonov, R. Alimov, Т. Jo‘rayev esa «Raqobat — bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi» deb yozadi.

Raqobat to‘g‘risida mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan nashr etilgan adabiyotlarda turlicha ta’rif berilgan:

Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xususiy mulk egasining o‘z manfaati bo‘lib, u tovar ishlab chiqarishmi, xizmat ko‘rsatishmi yoki boshqa qaysi sohalarda faoliyat olib bormasin, o‘z manfaati uchun kurashadilar. Bu, avvalo, bozor iqtisodiyotining tabiatidan kelib chiqadi. Bozor har bir iqtisodiy faoliyat yurituvchi subyektlar uchun erkin raqobat muhitini yaratib beradi. Raqobat kurashi bo‘lishining asosiy sharti — tovar ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchilar uchun ham tanlov erkinligining mavjud bo‘lishidir.

3. Raqobat strategiyasi

Raqobat strategiyasi — bu ma’lum bir firmaning bozorda olib boradigan raqobat kurashining uzoq davrga mo‘ljallangan asosiy rejasi, yo‘l-yo‘riqlaridir. Strategiya firmaning bosh asosiy maqsadlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, unda qanday qilib foydani eng yuqori darajaga ko‘tarish, kam xarajat qilgan holda o‘z bozorini kengaytirish yoki boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarish, yangi bozorlarga sekin-asta kirib borishning yo‘llarini belgilab olishdan iborat bo‘ladi. Strategik rejaga qarab, firma o‘zining kurash taktikasi va usullarini qo‘llagan holda bozorda raqobat olib boradi. Bozordagi holat va shart-sharoitdan kelib chiqqan holda firma o‘z usullarini o‘zgartirib turishi ham mumkin.

Misol uchun, ayrim firmalar narxlar orqali raqobat qilsa, ayrimlari mahsulot sifati orqali raqobat qiladilar. Jumladan, AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari firmalari o‘zlari uchun narxi yuqori bo‘lgan sifatli tovarlarni taklif etishadi, chunki bu mamlakatlarda aholining daromadlari yuqori bo‘lganligi sababli, xarid qobiliyatlari ham ancha yuqori. Endigina rivojlanib kelayotgan mamlakatlarda esa aholining daromadlari past bo‘lganligi uchun ularga sifati pastroq bo‘lsada, narxlari arzonroq mahsulotlar taklif etadilar.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish