Reja qulay va noqulay iqlim sharoitlari; iqlim sharoitlarini inson hayoti va faoliyatiga, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ta’siri


Iqlim isishi oqibatlarining aholi sogʻligiga ta’siri



Download 0,52 Mb.
bet4/8
Sana03.02.2023
Hajmi0,52 Mb.
#907466
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu Iqlim oʻzgarishi oqibatida biosferada biologik va ekologik oʻzgarishlar

Iqlim isishi oqibatlarining aholi sogʻligiga ta’siri. XX asrning 1970yillariga kelib navbatdagi iqlimning global isishi sodir boʻldi, bu holat koʻpgina olimlarning yana bir karra biosferaga iqlimning ta’siri muammolariga, shu jumladan, fenologik tadqiqotlarga eʻtiborini qaratdi. Texas universitetidan Kamilla Parmesan bir qator ekologik va evolyusiyaga oid adabiyotlar tahlilida (2006) 866 ta maqolalarni (1899-yildan 2006-yilgacha) koʻrib chiqib iqlimning hayvonot va oʻsimliklarga ta’siri 349 (40%) ni oxirgi 3 yil ichida chop etilganini ta’kidladi. Bu maqolalarning aksariyati Shimoliy Amerika, Shimoliy yevropa va Rossiya mamlakatlarida chop etilgan. Prognozlarga qaraganda, iqlim oʻzgarigi yaqin 50 yillarda chorakka yaqin oʻsimliklar va hayvonlarning yer yuzidan yoʻqolishiga olib keladi. Olimlarning hisob-kitobiga koʻra, 2050-yilda yer yuzidan 1 mln flora va faunaning turlari yoʻqolishi mumkin ekan. Koʻpgina mamlakatlarda (Rossiya, Oʻzbekiston va boshqalar) koʻp yillik monitoring olib borish qimmatli ilmiy axborot yigʻish uchun muhimdir.
Oʻsimliklarni boshlangʻich rivojlanishida tashqi yoki ekzogen omillar ta’sir etadi. Bunga kun uzunligi (fotoperiodizm), harorat va namlik misol boʻla oladi. Ushbu omillar atrof-muhitning holati toʻgʻrisida signal beruvchi ma’lumot hisoblanadi. O.M.Xeyde (1997) ning ma’lumotlariga koʻra, hamma oʻt oʻsimliklar sovuq va muʻtadil iqlim zonada 2 guruhga boʻlinib, gullashning ekzogen tavsifi bilan farqlanadi: uzun kun oʻsimliklarining gullash fazasiga oʻtishi (masalan, bir yillik boshoqli oʻsimliklar) va ushbu oʻsimliklarga past harorat talab etilmaydi. Birlamchi va ikkilamchi gullaydigan oʻsimliklar (koʻpyillik oʻtlar).
Fenologiya fazalarining boshlanishi va davomiyligi, masalan, kurtaklarning ochilishi va gullashining harorat bilan bogʻliqligini koʻpgina olimlar ta’kidlab oʻtgan. Turli xil oʻsimliklarning erta bahorda boshlanishiga munosabati ularning tinim davrining vaqtiga va qisqa ob-havoga qarab farq qilishi mumkin.
Koʻpgina mualliflarning taxminicha, oʻsimliklarning vegetatsiyasining boshlanishi nafaqat kunduzgi haroratga, balki kechki haroratga, isish tezligi va tuproqning namligiga ham bogʻliq. Yaponiya va Janubiy Koreyada olxoʻrilarni gullashini boshlanishi yanvar oyi va mart-aprel oylarining haroratiga bogʻliq. Masalan, mart oyida harorat 10Cga koʻtarilganda gullash 3-4 kun oldin boshlanadi. Angliyada erta bahorda haroratning 10Cga yuqori boʻlishi eman (dub) daraxtida barglarning paydo boʻlishi 6 kun oldin boshlanadi. Kuz faslida haroratning 10C ga yuqori boʻlishi chinor va ginkgo daraxtlarida barglarning sargʻayishi 2-7 kun kech boshlanadi. Norvegiyada koʻpgina daraxtlarning kurtaklarning ochilishi aprel oyining harorati bilan bogʻliq. Germaniyada nok va olma daraxtlarning kurtaklari martning birinchi 10 kunligiga toʻgʻri keladi. Oʻzbekistonda harorat fevral-mart oyida yuqori boʻlishi bilan oʻrik va shaftolilarning gullashi boshlanishini kuzatish mumkin. Bunday holatda janub hududlaridagi yuqori harorat va shimoliy hududlarning past harorati bilan tushuntirish mumkin.
Tadqiqotlar koʻrsatishicha, Gʻarbiy va Markaziy yevropada koʻp turlarning bahorgi fenofazalari ancha erta (oʻrtacha 4 hafta) boshlansa, Sharqiy yevropada aksincha, muddati (ikki hafta) kechroq boshlanadi.
Soʻnggi oʻn yillarda Gʻarbiy va Markaziy yevropada oʻsimliklarning fenofazalarining erta boshlanishini olimlar Atlantikadan qishki-bahorgi havoning iliq oqimi bilan bogʻliq deb hisoblaydilar. Sharqiy yevropadagi oʻsimliklarga esa shimoliy-sharqiy sovuq havo oqimi Sibir antitsiklonidan ta’sir koʻrsatadi.
XX asrning 70-yillarda Ispaniyada oʻndan ziyod mevali oʻsimliklarning bargi, gullashi va yoz faslida pishishi erta boshlanganini kuzatish mumkin.
AQShda amerikalik tadqiqotchilari M.Abu-Asab va boshqalar (2001) Vashingtonda 30 yil ichida 100 dan ziyod oʻsimliklarning gullash muddatini (1970-yildan 1999-yilgacha) tahlil qildilar. Aniqlanishicha, 89 tur oʻsimliklarda gullash fazalarining 4,5 kunga erta boshlanar ekan. Oʻsimliklarda gullash fazalarining erta boshlanishi havo haroratining minimal darajada yuqori boʻlishi bilan belgilanadi. Faqat 6 tur oʻsimliklarda gullashning 7 kunga kechikkanini kuzatish mumkin. AQShning janubiy-gʻarbiy qismida (Arizona, Nyu-Meksiko, Kolorado, Yuta) havoning isishi 1953-1956 va 2000-2003-yillarda kuzatildi. Natijada kuchli qurgʻoqchilik tufayli shu davrlarda 90% daraxtlar, shu jumladan, hudud uchun dominant hisoblangan qaragʻay oʻsimliklar nobud boʻldi.
Avstraliya tadqiqotchilarining tahliliga koʻra, oʻsimliklarning koʻp turlariga iqlimning oʻzgarishi ta’sir etadi. Aniqlanishicha, soʻnggi 22 yil ichida Viktoriya shtatida 56 tur oʻsimliklarning gullash muddati ancha erta boshlangan. Ushbu oʻsimliklardan 24 turi gullash fazasi ikki hafta oldin boʻlsa, qolgan turlarda gullash biroz kechroq boshlangan. 1983-2004 tadqiqot yillarida Avstraliyada 13 yil davomida havoning isishini kuzatish mumkin. Mutaxassislarning fikricha, Avstraliyada koʻpgina turlar haroratning keskin oʻzgarishiga yaxshi moslashgan.
Shunday qilib, oʻsimliklar kurtagining ochilishi va gullashi nafaqat geografik va sistematik holatiga, balki bahor faslidagi harorat rejimiga ham bogʻliqdir.
Keskin muammolardan biri sayyoraviy ekologik muammolardir. Inson tomonidan chiqarilgan chiqindilarning bir qismi atmosferada, bir qismi okeanlarda tushlanmoqda, ya’ni chiqindilar izsiz yoʻqolmaydi. Endi ular umumbashariyat hayotiga havf tugʻdirmoqda. Shu tufayli ham sayyoraviy ekologik muammolarning mohiyatini bilish, ularni bartaraf qilish yoʻllarini izlash va zudlik bilan amalga oshirish barcha mamlakatlar oldidagi yechimini kutayotgan bosh masala boʻlmogi darkor.
Bugungi kunda eng katta iqlim oʻzgarishiga olib kelayotgan muammolardan biri dunyo “issiqxonasi samarasi” hisoblanadi. Yer atmosferasi tarkibidagi barcha gazlar uziga yarasha vazifalarini bajaradi. Xususan is gazi (CO2) Yerdagi haroratni bir xilda ushlab turishi tufayli sayyoramizning “koʻrpasi” hisoblanadi. Is gazining atmosfera havosi tarkibidagi ulushi foiz boʻyicha 0,03 % ni tashkil etsa-da, mavsumlar davomida tabiiy holda oʻzgarib turadi. Ma’lumotlarga qaraganda, hozir inson tomonidan yiliga oʻrtacha 22 mlrd. t.dan ortiq is gazi atmosferaga chiqarilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, atmosfera tarkibidagi ushbu gaz miqdori keyingi asr mobaynida 10-15 % ga oshgan.
XXI asr oʻrtalariga borib, 40% ga ortishi bashorat qilinmoqda. Yerdagi haroratning oʻrtacha koʻrsatkichi (15°C atrofida) koʻtarilishi aynan ushbu gaz miqdorining ortishi bilan bogʻliq. Is gazi quyoshdan kelayotgan qisqa toʻlqinli nurlarni koʻp qaytarib, ayni vaqtda Yerdan kaytgan uzun tulkinli nurlarni tutib qolishi - “issiklik samarasi” jarayonini roʻyobga chiqaruvchi asosiy manbadir.
Keyingi 100-yil mobaynida Yer shari oʻrtacha harorati 1°C ga ortganligi qayd etilmoqda. Agar shu tarzda davom etaversa, yangi asr oʻrtalarida Yerning oʻrtacha harorati 3-5° C ga qadar oshishi kutilmoqda. Haroratning muntazam ortib borishi qanday ekologik muammolarni keltirib chiqarishi, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari nimalar bilan tugallanishini mutaxassislar tomonidan ilmiy-nazariy jixatdan asoslanmoqda (2-rasm).


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish