Reja qulay va noqulay iqlim sharoitlari; iqlim sharoitlarini inson hayoti va faoliyatiga, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ta’siri


Global iqlim oʻzgarishi va migratsiya



Download 0,52 Mb.
bet2/8
Sana03.02.2023
Hajmi0,52 Mb.
#907466
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu Iqlim oʻzgarishi oqibatida biosferada biologik va ekologik oʻzgarishlar

Global iqlim oʻzgarishi va migratsiya. Insoniyat tarixida migratsiya har doim katta rol oʻynagan. Migratsiya tufayli odamlar butun dunyoda yashash joylarini tark etgan. Bu zamonaviy rivojlangan dunyoning madaniy, irqiy, etnik va boshqa turli xil xalqlarning shakllanishini belgiladi. Aynan odamlarning yer yuzidagi migratsiyasi texnologiyalar, iqtisodiy va madaniy yangiliklar tarqalishiga hissa qoʻshdi. Bundan tashqari, har doim katta migratsiyalar harbiy-siyosiy fenomen (hodisa) boʻlib, hududlarda ijtimoiy-siyosiy tartibni silkinishiniga olib keladi.
Bugungi kunda migratsiya insonlarning zamonaviy iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy rivojlanishiga katta ta’sir koʻrsatmoqda. Agar oldingi migratsiyalar 100-yillikda yorqin namoyon boʻlsa, bunday oʻzgarishlarni har kuni kuzatish mumkin. Bugunga kelib koʻpchilik uchun kutilmaganda migratsiya yana dunyoning eng dolzarb siyosiy muammosiga aylandi. Dunyo aholisining demografik portlashi natijasida yuzaga kelgan global vaziyat toʻgʻrisida jamiyat ongli ravishda yaxshi anglamagan.

Statistik ma’lumotlarga koʻra, 1950-yildan 2015-yilgacha dunyo aholisi 4,5 mlrd. kishiga (2,9 barobar) oshdi va oshishni davom etmoqda. Buni “Shimol” va “Janub” ning demografik muvozanatining buzilishida koʻrish mumkin. Bu migratsiyaning tez oʻsishiga, sayyoramizning shimolidagi rivojlangan mamlakatlarga bosim va xalqaro migrantlarning koʻpayishiga olib keldi. Jahon bankining 2013-yilda hisob-kitoblariga koʻra, 2010-yilda migrantlarning butun dunyoda soni 247 mln. boʻlsa, 2015-yilda 250 mln.dan oshdi. Kelajakda migratsiya bosimi faqat oshadi.
1950-yillarda xalqaro migratsiyaning yoʻnalishiga eʻtibor berilmas edi. 1960-yildan boshlab janubdan shimolga migratsiya sonini oshib borishini kuzatish mumkin. Aynan 1950-yildan 2015-yilgacha janubdan shimolga 100 mln. odam koʻchib oʻtdi. Migratsiya bosimi nafaqat global, balki lokal oʻlchovlari boʻlib, globalizatsiya natijasida nisbiy geografik yaqinlik omilining ahamiyati sifatida saqlanib qoladi. Shimoliy Amerikada hozirgi kunda migratsiya bosimi kuzatilmoqda. Bunday bosimning biri Lotin Amerikasi boʻlsa, ikkinchisi Yevroosiyo – asosiy migratsiya manba - Osiyo va Afrika mamlakatlari hisoblanadi. Rossiya davlatining geografik joylashuvi Osiyo davlatlarining xaqiqiy va mutlaq migratsiya bosimiga uchramoqda. 1950-yildan beri 40 mln.dan ortiq odam Osiyo mamlakatlaridan chiqib ketdi. BMTning bashoratiga koʻra asr oxirigacha 100 mln. dan oshishi mumkin.
Hozir migratsiyaning asosiy turi – iqtisodiy migratsiya, boshqa davlatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan farqlanadi. 1950-2015-yillarda yuqori daromadli mamlakatlar (Jahon banki klassifikatsiyasiga koʻra) 134 mln. muhojirlarni qabul qildi, qolgan davlatlar esa migratsiya donorlari boʻlib qoldi. Hozirgi zamon migratsiyaning iqtisodiy xarakteri - bu migrantlar tomonidan mamlakatlarga oʻtkaziladigan mablagʻlarning chiqishi (transfer) hisoblanadi. Jahon bankining hisob-kitobiga koʻra, 1970-yilda qabul qilingan pul oʻtkazmalari atigi 1,9 milliard dollar, 1980-yilda 36 milliadr dollar, 1990-yil – 127 milliard va 2014-yilda 580 milliard dollarni tashkil etdi.
Iqtisodiy migratsiya bilan birga, odatda ixtiyoriy, har xil ijtimoiy sabablarga koʻra majburiy migratsiya mavjud yoki tabiiy ofatlar, urushlar, texnogen falokatlar va shunga oʻxshash holatlar migratsiya oqimining koʻpayishiga, muhojirlarning qochib ketishiga olib keladi.
Yevrostat ma’lumotiga koʻra, 2015-yilda 1,25 million odamlar yashash uchun Yevropa davlatlardan ruxsat soʻradilar. Migrantlar soni koʻpayishni davom etmoqda. Chunki nafaqat yuqorida koʻrsatilgan omillar, balki yangi omil boʻlgan iqlim oʻzgarishi, dunyo okeanida suvning koʻtarilishi, qurgʻoqchilik va boshqalar ham sabab boʻlmoqda.
Iqlim migratsiyasining mexanizmi:
1.Global iqlim oʻzgarishi;

  1. Xavfli tabiiy ofatlar, atrof-muhit degradatsiyasi masshbatining oʻsishi;

  2. Jismoniy halokat va ijtimoiy-iqtisodiy krizis;

  3. Majburiy yoki ixtiyoriy migratsiya.

Tabiiy falokatlar iqlim oʻzgarishi orqali yuzaga kelib millionlab odamlar uyjoysiz qoladi. Barcha tirik organizmlar kabi odamlarni xam ekologik nishasi – yashash muhiti mavjud. Lekin inson flora va faunadan koʻra kuchliroq boʻlgani sababli oʻz ekologik nishasini kengaytirdi. Ammo iqlim oʻzgarishi va biosferaning ifloslanishi odamlarni tabiat qonunlariga itoat qilishga majbur etmoqda.
2050-yilga kelib Sharqiy yevropa va Markaziy Osiyoda 5,1 mln nafargacha iqlim muhojirlari paydo boʻlishi mumkin. Bu umumiy prognoz qilinayotgan aholining 2,3%ini tashkil qiladi. Ulardan 2,4 mln nafargachasi Markaziy Osiyoda yashaydi. Mutaxassislarning taxmin qilishicha, Fargʻona vodiysi (Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston hududida), Toshkent atrofida va Tojikiston janubidagi pasttekisliklar (shu jumladan Dushanbeda), shuningdek, Qozogʻiston shimolidagi aholi zich joylashgan shaharlar (Qaragʻanda, Nur-Sulton va Kostanay) iqlim muhojirlari zonasiga aylanadi. Bu Markaziy Osiyoning ushbu hududlarida suv ta’minoti va ekinlar hosildorligi ortishi kutilayotgani bilan bogʻliq.
Jahon bankining hisobotida, global chiqindilarni kamaytirish hamda yashil, inklyuziv va barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash uchun zudlik bilan birgalikda choralar koʻrish iqlim migratsiyasini 80%ga kamaytirishi mumkin. Mutaxassislar iqlim migratsiyasi ta’sirini kamaytiradigan va kutilayotgan migratsiya oqimiga tayyorgarlik koʻradigan bir qator siyosiy tavsiyalarini berdilar:

  • Global miqyosda chiqindilarni kamaytirish va haroratga nisbatan Parij shartnomasi (atmosferada karbonat angidrid gazini kamaytirish boʻyicha choratadbirlarni tartibga soluvchi BMTning iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi konvensiya boʻyicha kelishuv) maqsadlariga erishish uchun barcha choralarni koʻrish;

  • Ekologik toza, barqaror, inklyuziv rivojlanishni uzoq muddatli rejalashtirishda ichki iqlim migratsiyasi omili hisobga olinishi toʻliq ta’minlash;

  • Ichki iqlim migratsiyasi moslashish strategiyalaridan biriga aylanishi va rivojlanishning ijobiy natijalarini berishi uchun migratsiyaning har bir bosqichiga tayyorgarlik koʻrish;

  • Maqsadli siyosatni oqilona ishlab chiqish uchun ichki iqlim migratsiyasi sabablarini chuqur oʻrganishga sarmoya kiritish.

2050-yilga kelib, Sharqiy yevropa va Markaziy Osiyo pessimistik boshlangʻich ssenariyning yuqori qismiga koʻra 5,1 milliongacha “iqlim” migrantlari yoki prognoz qilinadigan aholi sonining 2,3 foizi paydo boʻlishi mumkin. Ulardan 2,4 milliongacha “iqlim” migrantlari Markaziy Osiyoda yashadi.
Respublikamizning Fargʻona vodiysi (Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston hududida), Toshkent shahri atroflari va Tojikiston janubining pasttekisliklari (shu jumladan Dushanbe), shuningdek, Qozogʻiston shimolidagi aholi zich joylashgan shaharlar (Qaragʻanda, Nur-Sulton va Kostanay) “iqlim” migrantlari oqimi keladigan hududga aylanadi. Bu Oʻrta Osiyoning shu qismlarida suv ta’minoti va ekinlar hosildorligining kutilayotgan oʻsishi bilan bogʻliq.
“Iqlim” migrantlari chiqib ketadigan joylar - Qozogʻistonning janubiy chegarasidagi hududlar, Oʻzbekiston va Tojikistonning Fargʻona vodiysiga tutash hududlari, shuningdek, Bishkek shahri atrofidagi yerlar boʻlishi kutilmoqda. Bu Oʻrta Osiyoning shu qismlarida suv ta’minoti va ekinlar hosildorligining pasayishi prognozi bilan bogʻliq. Xuddi shu sabablarga koʻra, Sharqiy Turkmaniston va Oʻzbekiston janubining Amudaryo boʻyida joylashgan kichikroq hududlari ham
“iqlim” migrantlari uchun potensial chiqib ketish zonalari hisoblanadi.
Xalqaro bir guruh olimlarning fikriga koʻra, 2070-yilda 1 mlrd. dan 3 mlrd.gacha odamlar noqulay iqlim sharoitiga yashash ehtimoli bor. Ushbu muammolar iqlimi issiq hududlarga toʻgʻri keladi. Olimlarning taxminiga koʻra, 3,5 mlrd odamlar Afrika, Janubiy Amerika, Shimoliy Avstraliya va JanubiySharqiy Osiyo mamlakatlari 2070-yilga kelib Sahroi Kabir sharoitida yashashga majbur boʻladi (1-rasm). Issiq hududlar sharoitida yashash koʻpchilik insonlarda ogʻir kechadi. Yuqori darajali harorat odamning fizikaviy, psixologik salomatligiga, ishchanlik, kayfiyat va xulq-atvoriga salbiy ta’sir koʻrsatadi.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish