Reja: Qoraqalpog`iston Respublikasi aholisining demografik rivojlanish jarayonlari


Jadval Qoraqalpog`iston Respublikasi aholisi soni va tabiiy ko`payishi (2007 y.)



Download 27,45 Kb.
bet3/3
Sana06.02.2023
Hajmi27,45 Kb.
#908201
1   2   3
Bog'liq
charos

Jadval
Qoraqalpog`iston Respublikasi aholisi soni va tabiiy ko`payishi (2007 y.)

Т.р.

Туманлар ва шаҳарлар

Майдони, минг кв.км

Аҳоли
си, минг киши

Зичлик, 1 кв.км/ киши

Ҳар минг кишига (2006 й.)

Туғи
лиш

Ўлим

Табиий кўпайиш

1

Амударё

1,0

155,7

153,3

23,9

5,2

18,7

2

Беруний

4,0

153,3

37,9

22,5

5,0

17,5

3

Кегайли

2,3

77,5

33,4

22,0

5,8

16,2

4

Мўйноқ

37,9

28,4

0,8

19,4

5,7

13,7

5

Нукус

1,0

44,9

44,5

22,7

5,6

17,1

6

Тахтакўпир

21,1

40,6

1,9

21,5

5,9

15,6

7

Тўрткўл

7,5

167,1

22,0

21,3

5,4

15,9

8

Хўжайли

0,9

143,3

159,7

22,7

5,8

16,9

9

Чимбой

2,0

98,9

49,1

22,4

6,0

16,4

10

Шуманай

0,6

40,3

67,3

21,7

5,8

15,9

11

Элликқала

5,4

123,4

22,5

22,6

4,7

17,9

12

Қонликўл

0,7

42,0

59,4

22,3

6,0

16,3

13

Қораўзак

5,9

44,4

7,5

20,3

6,9

13,4

14

Қўнғирот

76,0

112,9

1,5

22,3

6,2

16,0

15

Нукус ш.

-

261,9

-

19,1

5,2

13,9

16

Тахиятош ш.

-

48,1

-

20,8

5,8

15,0




Жами:

166,6

1582,7

9,4

21,7

5,5

16,2

Jadval Qoraqalpog`iston Respublikasi Statistika boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzildi.
Jami aholidan 767,5 ming kishi 15 shahar va 16 shaharchalarda, 815,2 ming kishi qishloq joylarida yashaydi. Eng katta shahar- Qoraqalpog`iston Respublikasining poytaxti - Nukusda 261,9 ming kishi istiqomat qiladi. Xo`jayli (67,0 ming) va Taxiyatosh (48,1 ming) o`rtacha miqyosdagi shaharlar hisoblanadi. Chimboy, To`rtko`l, Beruniy, Mang`it va Qo`ng`irot shaharlarining har biriga 30-50 ming kishidan aholi to`g`ri keladi. Qolgan shaharlarda aholi soni bundan kam. Nisbatan katta qishloqlar asosan qadimdan sug`oriladigan hududlarda joylashgan.
Qoraqalpog`iston tumanlari geografik joylashgan o`rni va demografik nuqtai nazardan 5 ta iqtisodiy rayonga ajratiladi. Ular: Markaziy, Janubiy, G`arbiy, Shimoliy va Shimoli-sharqiy rayonlardir. Belgilangan hududiy tarkiblar orasida Markaziy, Janubiy va G`arbiy iqtisodiy rayonlarning iqtisodiy va demografik salohiyati birmuncha rivojlangan.
Markaziy rayonga Kegayli, Nukus, Qonliko`l, Xo`jayli va Shumanay tumanlari, shuningdek, Nukus hamda Taxiyatosh shaharlari birlashtiriladi. Iqtisodiy rayonning maydoni 5,8 ming kv.km (3,5 foiz) va aholisi 658,0 ming kishi (41,6 foiz)ga teng. Aholining o`rtacha zichligi 1 kv.km maydonga 113,4 kishi. 1991-2007 yillarda shahar aholisi 372,3 mingdan 445,7 ming kishiga yoki 119,7 kishiga ko`payib, uning ulushi 67,7 foizga teng bo`ldi. Eng yirik shaharlari Nukusda-261,9, Xo`jayli-67,0 va Taxiatosh-48,1 ming kishi istiqomat qiladi.
Janubiy rayon tarkibiga Amudaryo, Beruniy, To`rtko`l va Ellikqal`a tumanlari kiradi. Bu iqtisodiy rayon hududi 17,9 ming kv.km (10,7 foiz). Iqtisodiy rayon aholisi 1991-2007 yillarda 438,9 mingdan 599,5 ming kishiga yoki 136,6 foizga ko`paydi va shahar aholisining ulushi 37,9 foizni tashkil qildi. Mazkur yillar davomida shahar aholisi 139,8 foizga, qishloq aholisi esa 135,5 foizga o`sdi. Mintaqada shahar aholisi 26,5 foiz teng bo`lib, eng yirik shaharlari Beruniyda-55,5, Turtkul-52,1 va Mang`itda-33,7 ming kishi yashaydi.
Shimoli-sharqiy rayon Qorao`zak, Taxtako`pir, Chimboy tumanlaridan iborat. Uning Qoraqalpog`istonda tutgan o`rni: maydoni 29,0 ming kv.km., aholisi 183,9 ming kishini yoki, yuqoridagiga mos ravishda, 17,4 va 11,0 foizni tashkil qiladi. Mintaqada aholining o`rtacha zichligi 1 kv.km maydonga 6,3 kishi. 1991-2007 yillar mobaynida mintaqa aholisi 120,2 foizga, shundan shahar aholisi 140,1 foizga, qishloq aholisi esa 108,8 foizga o`sgan. Eng yirik shahri Chimboy, uning aholisi 47,8 ming kishiga teng.
G`arbiy rayon tarkibiga ma`muriy jihatdan faqat bitta, Qo`ng`irot tumani kiradi; rayon hududi 76,0 ming kv.km (45,6 foiz), aholisi 112,9 ming kishi (7,1 foiz) ga teng. Aholisining o`rtacha zichligi 1 kv.km maydonga 1,5 kishi. 1991-2007 yillarda mintaqa aholisi 120,6 foizga, shundan shahar aholisi 120,2 va qishloq aholisi esa 121,4 foizga ko`paygan. Ushbu rayonning shahar aholisi 72,0 ming kishini, ya`ni 63,7 foizni tashkil etadi. Eng yirik shahri Qo`ng`irot (35,5 ming kishi). Bundan tashqari mintaqada 6 ta shaharcha mavjud bo`lib, ularda jami 36,5 ming kishi yashaydi. Shaharchalarning eng yirigi Oltinko`l aholisi (25,5 ming kishi).
Shimoliy rayon tarkibiga ham ma`muriy jihatdan faqat bitta, Mo`ynoq tumani kiritilib, unga Qoraqalpog`iston hududining 23,4 foizi va aholisining atigi 3,2 foizi to`g`ri keladi. 1991-2007 yillar oralig`ida ushbu rayon aholisi 26,1 mingdan 28,4 ming kishiga (108,8 foizga) ko`paygan, xolos. Aholisining zichligi iqtisodiy rayonlar orasida eng past bo`lib, 1 kv.km maydonga 1 kishidan kam. Mo`ynoq shahrida 13,0 ming kishi, ya`ni mintaqada 45,8 foiz aholi shaharlarda yashaydi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi ichki iqtisodiy rayonlarining muammolari va istiqbol yo`nalishlari ham har xil. Masalan, Markaziy rayon o`zining mavqeini saqlagan holda, yaqin kelajakda Janubiy rayon rivojlanishi yanada jadallashadi. Bunga Uchquduq-Sultonuvays-Miskin temir yo`lining qurilganligi ham ta`sir qiladi. G`arbiy rayonning istiqboldagi rivojlanishi esa, eng avvalo, Ustyurt qazilma boyliklaridan foydalanish bilan bog`liq.
Shimoli-sharqiy rayonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uzoqroq kelajakda Taxtako`pirdan sharqiy yo`nalishda Qozog`istonning tutash hududiga temir yo`l qurilishi, Chimboy tuz konlarining ishga tushirilishi bilan faollashsa ajab emas. Shimol esa ancha vaqt muammoli rayon bo`lib qoladi va uning rivojlanishi ko`p jihatdan Orol taqdiridan kelib chiqadi. Hududlarning bunday taraqqiyot xususiyatlarini Qoraqalpog`iston Respublikasining mintaqaviy siyosatida e`tiborga olinishi ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlar Qoraqalpog`iston Respublikasida aholining ham miqdor ham sifat jixatidan rivojlanish jarayonida qator ijobiy o`zgarishlar sodir bo`lganligini ko`rsatadi. Lekin, o`lkaning demografik imkoniyati uning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish sur`atidan bir muncha yuqori bo`lmoqda. Hozirgi davrda xudud aholisining 32,5 foizini 0 – 14 yoshdagi bolalar tashkil etib, bu ko`rsatkich Qoraqalpog`istonning demografik jixatdan yosh o`lka ekanligini ko`rsatadi. Shuningdek, Respublikada aholining takror barpo bo`lishi ham nisbatan yuqori darajada sodir bo`lmoqdakim, bu holat yaqin kelajakda ko`plab yoshlarning ishlab chiqarishga kirib kelishidan dalolat beradi.
Bundan hulosa qilib aytish mumkinki, Qoraqalpog`iston Respublikasining demografik rivojolanishining bugungi holati uning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholi bandligi bo`yicha qator muammolarni ayniqsa, ta`lim tizimini yanada mukammalroq o`rganishni, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga katta e`tibor qaratish lozimligini taqozo etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Bo‘rieva M.R., Tojieva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari. – T.: Tafakkur, 2011. – 159 b. 3. Qodirov R.B. Farg’ona mintaqasi aholisi va mexnat resurslari.-T.: Navro’z, 2016
2. Bo‘rieva M.R., Tojieva Z.N. Aholi geografiyasi. Ma’ruzalar matni. – T., 2000.
3. Bo‘rieva M.R., Egamova D.N. Dunyo aholisi: Rivojlanish jarayonlari (o‘quv qo‘llanma). – T.: Fan, 2008. – 156 b.
4. Bo‘rieva M. R. O‘zbekistonda oila demografiyasi. – T.,Universitet, 1997.-157 b.
5. Narodonaselenie. Ensiklopedicheskiy slovar. – M., 1994.
6. Ubaydullaeva R.A., Ata-Mirzaev O.B., Umarova N.O. O‘zbekiston demografik jarayonlari va aholi bandligi (ilmiy-o‘quv qo‘llanma). – T., 2006.

Internet saytlari:
https://e-library.namdu.uz/Demografiya.Z.N.Tojiyeva.pdf
http://ziyonet.uz
https://qrstat.uz/uz/
http://arxiv.uz
Download 27,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish