11.1-rasm.Oldindan zo`riqtirilgan balkalarni tayyorlash uchun kuchli qoliplar: a – uzunligi 12 m bo‘lgan kranosti balkalari uchun; b – rigel uchun; 1 – mahsulot; 2 – qolipning kuchli qismi; 3 – yechiladigan bort; 4 – ko‘tarma bort.
10.2- rasmda yon tomonlari sharnirli ochiladigan va yig`iladigan qolipning bir turi keltirilgan. Qolipning yon devorlai mahsulotga bo`g` yordamida issiqlik ishlovi berish imkonini berish uchun qoplamadan iborat.
11.2- ikki nishabli balkaqolipi. 1 – qolip tagi; 2 – bug‘ beriladigan bo‘ylama bort; 3 – qolipning ko‘ndalang devori; 4 – osma vibrator; 5 – bug‘ berish uchun patrubok. Yupqa devorli qobirg`ali panellarni tayyorlash uchun temir-beton matristali qoliplardan ham foydalaniladi (10.3 - rasm). Bu kabi qoliplar metall bortlar va vintli, gidravlik yoki pnevmatik domkratlar bilan jihozlangan itarib chiqaruvchi uskunalardan iborat. Ular mahsulotning butun yuzasi bo`yicha bir tekisda joylashtirilgan. Bu esa yupqa devorli tayyor mahsulotni darzlar hosil qilmasdan qolipdan yechib olish imkonini beradi. Qoliplarning temir-beton matristalari V15 – V22,5 klassli betondan tayyorlanadi.
11.3- rasm. Yupqa devorli qobirg„ali panellarni tayyorlash uchun temir-betonmatrista: - matrista; 2 - metall bort; 3 - plita; 4 - traversa; 5 - vintli domkrat.
11.2.Beton va temir-beton mahsulotlarini qoliplash
Mahsulotni qoliplashdagi asosiy maqsad - zarur o`lcham va shakldagi mahsulotni olish bilan birga armatura va o`rnatiladigan detallarning to`g`ri joylashishi va betonning maksimal zichlash va bir xil strukturasini hosil qilishdir.
Beton qorishmasini qoliplash klassifikatsiyasi quyidagichadir:
-Quyish usuli orqali. Bu usulda tashqi kuchlar ta‘sirisiz qolipni yaxshi to`ldiruvchi yuqori oquvchan beton qorishmalaridan foydalaniladi;
-Qoliplashning tebratish usullarining bir necha turlari mavjud. Qolipga quyilgan beton qorishmasining butun hajmi vibromaydonchalarda zichlanadi;
-Chuqurlikda ishlaydigan vibratorlar yordamida mahsulotlarni qoliplash. Bundan tashqari qorishmani ichkaridan tebratish mahsulot ichida kovak hosil qilish uchun avvaldan o`rnatilgan vibrovkladishlar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin;
-Mahsulotlarni yuza vibratorlari yordamida qoliplash. Yuza vibratorlari yordamida mahsulotlarni qoliplash qolipga to`ldirilgan beton qorishmasining ustiga o`rnatilgan siljuvchi titratuvchi yuza orqali amalga oshiriladi;
-Mahsulotlarni tashqi titratish orqali qoliplash qolipning tagi yoki yon devorlariga mahkam o`rnatilgan vibratorlar yordamida amalga oshiriladi;
-Qoliplashning markazdan qochuvchi kuchdan foydalanish usuli. Bu usulda mahsulot stentrifugalarda qoliplanadi. Bu usulda qoliplanganda beton qorishmasi stentrifuga barabanini tez aylanti rilganda hosil bo`ladigan markazdan qochuvchi kuch natijasida qolipga bir xilda tarqalib zichlanali;
-Torkretlash usulida mahsulot tayyorlash. Bu usulda sement-qum qorishmasi yoki mayda donali beton qorishmasi armatura to`ri, qolip yoki maxsus matrista yuzasiga sement pushka yordamida siqilgan havo yordamida purkaladi;
-Beton qorishmasini presslash. Presslash usuli qolipga to`ldirilgan qum- sementli yoki mayda zarrali beton qorishmalarini butun yuzasi bo`yicha shtampli presslash orqali va mundshtukli presslashda beton qorishmasi chiqish teshigi (mundshtuk)ga tomon kichrayib boruvchi kameraga tomon presslash orqali amalga oshiriladi. Mundshtukdan presslangan mahsulot uzun butun tasma ko`rinishida chiqib boradi.
-Beton qorishmasini trambovkalab zichlash. Bu usul baton qorishmasiga ko`p martalab presslash kuchini berish bilan ajralib turadi.
Bulardan tashqari mahsulot tayyorlashning vibroprokatlash, vibrovakuumlash kabi boshqa usullari mavjud.