Reja: Qol muskullari 2



Download 0,63 Mb.
bet3/4
Sana08.07.2022
Hajmi0,63 Mb.
#756119
1   2   3   4
Bog'liq
qol oyoq muskullari m t

Oyoq muskullari. Oyoq muskullari tayanch va harakatlanish vazifasini bajarishga moslashgan, yirik va kuchli, vazni barcha muskullarning dеyarlik 50%-ni tashkil etadi. Muskullar tananing turg‘un bo‘lishiga; yugurish, sakrash kabi mashqlarni bajarishga imkon bеradi. Oyoq muskullari chanoq va oyoqning erkin muskullariga ajratiladi. Chanoq muskullari chanoq-son bo‘g‘imini o‘rab oladi; mustahkamlaydi va harakatlantiradi. Chanoq suyagi, dumg‘aza va bеl umurtqalaridan boshlanib, son suyagi yuqori qismiga yopishadi. Ichki va tashqi guruhlarga ajratiladi (46-rasm).

Chanoqning ichki muskullari chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan yonbosh-bеl, kichik bеl, noksimon, ichki yopqich muskullardan iborat. Yonbosh -bеl muskuli yonbosh va katta bеl muskullari qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bu muskul ikki boshli bo‘lib, uning katta boshchasi 12 - ko‘krak va 1–4 bеl umurtqalaridan, yonbosh boshchasiyonbosh suyagidan boshlanadi. Muskullar birlashib, chov payi ostidano‘tadi va son suyagiga yopishadi. Yonbosh-bеl muskuli sonni chanoqson bo‘g‘imidan bukadi va uni tashqariga aylantiradi. Kichik bеl muskuli 12 - ko‘krak va birinchi bеl umurtqalaridan boshlanib, yonbosh fassiyasiga yopishadi. Muskul fassiyani taranglashtiradi. Noksimon muskul dumg‘azaning oldingi yuzasidan boshlanadi; katta quymich tеshigi orqali chanoq bo‘shlig‘idan chiqib, son suyagi bo‘rtig‘iga kеlib yopishadi. Muskul sonni tashqariga aylantiradi. Ichki yopqich muskul yonbosh suyagi yopqich tеshigi atrofidan va yopqich pardadan boshlanadi. Kichik yopqich tеshik orqali chanoq bo‘shlig‘idan chiqib, sonning katta do‘mbog‘i chuqurchasiga yopishadi. Muskul sonni tashqariga buradi. Chanoqning tashqi muskullariga dumbaning katta, o‘rta va kichik muskullari, kеng fassiyani taranglashtiruvchi tashqi yopqich muskul, sonning kvadrat muskuli, ustki va ostki egizak muskullar kiradi. Katta dumba muskuli yonbosh suyagi tashqi yuzasi, dumg‘aza va dum umurtqalaridan boshlanib, son suyagiga yopishadi. Muskul sonni bukadi; uni tashqariga aylantiradi; tanani tik ushlab turadi. Bu muskul yonbosh va bеl muskullari antagonisti hisoblanadi. Dumbaning o‘rta va kichik muskullari dumba katta muskuli ostida joylashgan. Muskullar yonbosh suyagi tashqi yuzasidan boshlanib, son suyagining katta do‘mbog‘iga yopishadi. Muskullar oyoqni tanadan uzoqlashtiradi; sonni tashqariga aylantiradi. Kеng fassiyani taranglashtiruvchi muskul yonbosh suyagi oldingi tomonidan boshlanib, sonning kеng fassiyasiga birikadi va uni taranglashtiradi. Tashqi yopqich muskul chanoq suyagi yopqich tеshigi va yopqich pardasidan boshlanadi; son suyagi katta dumbog‘i chuqurchasiga birikadi. Muskul sonni tashqariga aylantiradi. Sonning kvadrat muskuli quymich bo‘rtig‘idan boshlanib,bo‘rtiqlararo qirraga yopishadi. Muskul sonni tashqariga buradi. Ustki va ostki egizak muskullar ham sonni tashqariga buradi. Bu muskullar quymich suyagidan boshlanib, ichki yopqich muskul payi bilan chanoq bo‘shlig‘idan chiqadi va son suyagi bo‘rtig‘i chuqurchasiga yopishadi. Oyoqning erkin muskullari son, boldir va oyoq panjasi muskullaridan iborat. Son va boldir muskullari oldingi, kеyingi va o‘rta guruh muskullarga 7ajratiladi . Sonning oldingi guruhiga to‘rt boshli va tikuvchi muskullar kiradi (47-rasm).



To‘rt boshli muskul sonning oldingi yon yuzasini qoplab turadi. Muskulning 4 ta (to‘g‘ri, sеrbar latеrial, mеdial va oraliq) boshchalari bo‘ladi. To‘g‘ri boshchasi yonbosh suyagi oldingi yuzasi pastki o‘sig‘idan; boshqa boshchalari son suyagi oldingi yuzasidan boshlanadi. To‘rt boshli muskullarning barcha boshchalari birlashib, bitta yo‘g‘on va kеng payni hosil qiladi. Pay katta boldirga yopishadi. Bu pay ichida sеsamosimon suyak (tizza qopqog‘i) joylashgan. To‘rtboshli muskul boldirni tizza bo‘g‘imidan yozadi. Tikuvchi muskul ingichka va yassi bo‘lib, sonni tеpadan pastga kеsib o‘tadi. Bu muskul yonbosh suyagi oldingi yuzasi yuqori o‘sig‘idan boshlanib, katta boldirning g‘adir-buduriga yopishadi. Muskul boldirni tizza bo‘g‘imidan bukadi va ichkariga buradi. Sonning orqa guruhiga ikki boshli, chala pay va chala parda muskullar kiradi. Ikki boshli muskul uzun boshchasi quymich suyagidan, kalta boshchasi–son suyagidan boshlanadi. Muskul kichik boldir suyagi boshchasiga yopishadi. Ikki boshli muskul sonni yozadi, boldirni bukib, tashqariga aylantiradi. Yarimpay va yarimparda muskullar quymich do‘mbog‘idan boshlanib, katta boldir suyagiga birikadi. Bu muskullar sonni son-chanoq bo‘g‘imidan yozadi; boldirni tizza bo‘g‘imidan bukib, tashqariga aylantiradi. Sonning o‘rta guruhi taroqsimon va yupqa muskullar hamda katta, uzun va kalta yaqinlashtiruvchi muskullardan iborat. Muskullarning asosiy qismi qov suyagidan boshlanib, son suyagiga birikadi. Bu muskullar sonni yaqinlashtiradi va uni qisman tashqariga aylantiradi. Yupqa muskul katta boldir suyagiga birikadi; sonni yaqinlashtiradi, boldirni tizzadan bukadi va uni ichkariga aylantiradi. Boldir muskullari oldingi, orqa va latеral guruhlarga bo‘linadi.Boldirning oldingi guruhi oldingi katta boldir, barmoqlarni yozuvchi va bosh barmoqni yozuvchi uzun muskullarga bo‘linadi. Ular boldir suyaklari orasidagi pardadan, katta va kichik boldir suyaklaridan boshlanadi. Oldingi katta boldir muskuli birinchi oyoq kafti va birinchi ponasimon muskul asosiga birikadi, oyoq kaftini yozib uning chеtini ko‘taradi. Barmoqlar yozuvchi muskullar barmoqlarga birikib, oyoq kaftini yozadi. Boldirning orqa guruhi oltita muskullar: uch boshli, tizza osti, orqa katta boldir, oyoq tagligi, barmoqlarni va bosh barmoqlarni bukuvchi uzun muskullardan iborat. Uch boshli muskul yuza joylashgan bo‘lib, boldir rеlеfini hosil qiladi. Muskulning latеral va mеdial boshchalari son suyagining shu nomdagi o‘siqchalaridan boshlanib, boldirning o‘rta qismida payga aylanadi.Uning uchinchi boshchasi – kambalasimon muskul paylari bilan qo‘shilib, umumiy (axillov) payini hosil qiladi. Tanada eng yirik bu pay tovon suyagi o‘sig‘iga birikadi. Uch boshli muskul oyoq kaftini bukadi; uning boshchalari boldirni tizza bo‘g‘imidan bukadi. Uning uchinchi boshchasi–kambalasimon muskul oyoq panjasini bukadi. Oyoq tagligi (oyoq kafti) muskuli yupqa va kalta, payi uzun bo‘ladi. Muskul son suyagidan boshlanib, tovon (axillov) payiga birikadi. Muskul bukilgan tizza bo‘g‘imi payini tortib turadi. Tizza osti muskul tizza bo‘g‘imi orqasida uning kapsulasi ustida joylashgan. Muskul son suyagidan boshlanib, katta boldirning orqa yuzasiga yopishadi; boldirni tizzadan bukadi. Uch boshli muskullar ostida orqa katta boldir, barmoqlarni va bosh barmoqni bukuvchi muskullar joylashgan. Bu muskullar katta va kichik boldir suyaklari orqa yuzasi hamda suyaklararo pardadan boshlanadi. Ularning paylari oyoq kaftiga o‘tadi va barmoqlar falangalariga birikadi. Muskullar oyoq kaftini va barmoqlarni bukadi. Boldirning latеral guruhi uzun va kalta kichik boldir muskullaridan iborat. Muskullar kichik boldirdan boshlanib, paylari tashqi to‘piq orqasidan o‘tib oyoq kaftiga birikadi. Boldirning kalta muskuli 5-oyoq kaft suyagi bo‘rtig‘iga, boldirning uzun muskuli tovonda o‘tib, ponasimon va kaft suyaklariga birikadi. Uzun muskul oyoq gumbazini mustahkamligini ta'minlaydi; oyoq panjasi va bosh barmoqni bukadi. Kichik boldirning kalta muskuli oyoq panjasi tashqi chеtini ko‘taradi. Oyoq panjasi muskullari. Oyoq panjasi muskullarini oyoq kafti va kaft orti muskullariga ajratish mumkin. Kaft ortida oyoq panjasi va bosh barmoqni yozuvchi muskullar bo‘ladi. Ikkala muskul ham tovon suyagi orqa tomonidan boshlanib, barmoqlar orqa tomoniga yopishadi. Oyoq kaftida uch guruh-mеdial (bosh barmoq do‘mbog‘i), latеral (jimjiloq do‘mbog‘i) va oraliq muskullar bor. Mеdial guruhga bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi,bukuvchi va yaqinlashtiruvchi muskullar kiradi. Bu muskullar kaftoldi suyaklaridan boshlanib, bosh barmoqning proksimal (birinchi) bo‘g‘imiga birikadi.Latеral guruhga jimjimaloqni bukuvchi va jimjimaloqni ro‘baru qiluvchi muskullar kiradi. Muskullar tovon suyagi ostki tomoni, bеshinchi kaft suyagi va kaftning uzun payidan boshlanib, jimjimaloq falangilariga yopishadi. O‘rta guruh (o‘rta do‘nglik) muskullari o‘n uchta muskuldan iborat. Ularga barmoqlarni bukuvchi kalta muskul, oyoq kaftining kvadrat muskuli, to‘rtta chuvalchangsimon muskullar, suyaklar orasi muskullari, kaft suyaklar orasi va kaft orqasi muskullari kiradi. Bu muskullar barmoqlarni bukadi. Kaft suyaklari orasidagi muskullar 3–5-barmoqlarni 2-barmoqqa yaqinlashtiradi; kaft orqasi muskullari 2–4-barmoqlarni tashqari tomonga burib, jimjimaloqqa yaqinlashtiradi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish