Rеjа: Qiyosiy pеdagogika fanining mazmuni va mohiyati



Download 384 Kb.
bet22/24
Sana21.05.2023
Hajmi384 Kb.
#942086
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
MAJMUA qiyosiy

Savollar:
1. Turkiya ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari?
2. Turkiya davlati ta'lim tizimining bugungi kundagi rivoji?
3. Turkiya ta’lim tizimi: maktabgacha tarbiya; boshlang‘ich maktab; o‘rta maktab; dastur; gimnaziya, litsey; oliy ta’lim; univеrsitеtlari haqidagi fikringiz?


6- Mavzu
AQSh ta’lim tizimining o’ziga xosliкlari
Reja:
1. AQSh davlati ta'lim tizimining rivojlanish tarixi.
2. AQSh ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari.
3. AQSh davlati ta'lim tizimining bugungi kundagi rivoji.
Tayanch so‘zlar: Real maktab, maktabgacha tarbiya; boshlang‘ich maktab; o‘rta maktab; dastur; gimnaziya, litsey; oliy ta’lim.
1. AQSh davlati ta'lim tizimining rivojlanish tarixi.
Mamlakat ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha: — bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari; — 1-8-sinflargacha bo‘lgan boshlang‘ich maktablar (bunday maktablarda bolalar 6 yoshdan 13 yoshgacha o‘qiydilar); — 9-12-sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat. Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo‘lib, u 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlarda amalga oshiriladi. So‘nggi bosqich, dorilfununlar va boshqa oliy o‘quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir. AQSHda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o‘quv yurtlarida davlat jamoa, xususiy tasarruflarda va diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lishi mumkin. Shunisi diqqatga sazovorki, AQSH maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilaridan tashqari barcha o‘quvchilar ta’tillar paytida asosan ish bilan band bo‘ladilar. AQSH maktablarida o‘quv yili 180 kun. Bir soat dars 45-50 minut. Amerika konstitustiyasiga muvofiq ta’lim tizimi tasarrufidagi shtatlar boshqaruv muassasalari ixtiyoridadir. 1979 yilgacha ta’limni mablag‘ bilan ta’minlash, ta’limda davlat siyosatini amalga oshirish, o‘quv yurtlarida faoliyatni muvofiqlashtirib borishni Sog‘liqni saqlash, Ijtimoiy ta’minot va ta’lim ishlari vazirligi olib borar edi. 1979 yilda Ta’lim vazirligi mustaqil bo‘lib ajralib chiqdi. Ta’lim tizimlariga mablag‘ ajratish bo‘yicha AQSH dunyo mamlakatlari o‘rtasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. AQSH ta’lim tizimining rivojlanish sur’ati ancha yuqori bo‘lib, uning boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘qishi lozim bo‘lgan bolalarning 99,9 foizi o‘rta bo‘g‘ini 94,5 foizi ta’lim oladi. O‘quvchilar umumiy sonining 46 foizi o‘rta maktabni tamomlagach, kollej va universitetlarga kiradilar. Barcha toifadagi ta’lim maskanlarida 58 million yosh, shu jumladan, 59 ta’tilning oliy bosqichida 12 million yigit-qiz tahsil oladi. AQSHda har 10 ming aholiga 307 talaba to‘g‘ri keladi. Bu jahonda yuksak ko‘rsatkichlardan biridir. Bulardan tashqari AQSHda har yili 33 million kishi uzluksiz ta’lim va malaka oshirish tizimlarida bilim oladilar. Mamlakatda 3 million o‘qituvchi mehnat qiladi. Hap yili o‘rta maktabni 3 million o‘quvchi, bakalavr darajasidagi oliy ta’lim bosqichini 932 ming kishi, magistr darajasida esa 300 ming kishi tugallaydi, yiliga 30 ming kishi doktorlik ilmiy darajasini oladi. Maktabgacha tarbiya Amerika boy mamlakat. Lekin bu mamlakatda bolalar uch yoshga to‘lgunlaricha onalarga turli moddiy imtiyozlar berish ko‘zda tutilmagan. Farzandlarga qarab uyda o‘tiradimi yoki enaga yollab ishga tushadilarmi, bu onalarning ishi. O‘zbekistondagi kabi keng va shinam, ikki qavatli, o‘ynaydigan, uxlaydigan, ovqatlanadigan alohida xonalari bo‘lgan bog‘cha va yaslilar Amerikada odob tusiga kirgan emas. Enaga yollash oila uchun haftasiga 200 dollardan kamga tushmaydi. Bu mamlakatda 30-40 bolaga mo‘ljallangan xususiy va davlat tasarrufidagi bog‘chalar mavjud. Ular enaga yollashdan bir oz arzonroqqa tushadi. Lekin har ikki holda ham, uydan olib borgan ovqatlarni edirishadi, krovatchalar, ko‘rpa, to‘shak, yostiqni ota-onalar olib borishadi. Amerikada bizdagidek taomnomalar, o‘quv dasturlari yo‘q. Bolalar yozda atrofdagi ko‘kalamzorlarda o‘ynab dam oladilar. Bu bog‘chalarda ham bolalar yoshlariga qarab turli guruhlarda tarbiyalanadilar, ularga tarbiyachi-mutaxassis qaraydi, ular ovqatni tayyorlab beradi, turli qo‘shiqlar, she’rlar o‘rgatadi, quvnoq o‘yinlar uyushtiradi. Ammo har kim o‘z uslubiga muvofiq ishlaydi, umumiy qoidalar, o‘quv dasturlari joriy qilinmagan. Lekin bolalar uchun haqiqiy ta’lim-tarbiya jarayoni ular 5 yoshga to‘lganlaridan keyin boshlanadi. Ana shu yoshda ular «Kinder garden» deb ataluvchi tayyorlov bog‘chalariga jalb etiladilar. Ular hukumat tasarrufida bo‘lib, bog‘chalar yoki maktablar tarkibida tashkil etiladi. Bolalarni maxsus «maktab avtobusida» uyga olib keladilar va maktabga olib boradilar. Bunday avtobuslar yo‘l-transport hodisalaridan to‘la muhofaza etilgan: sariq rangga bo‘yalgan, uning signallariga barcha transport vositalari itoat etishga majburdirlar. Maktab avtobuslarini boshqa transport vositalari quvib o‘tishi mumkin emas, tartibni buzganlar qattiq jazolanadilar. Ko‘chalarda, maktabga ketayotganda yoki qaytayotganda alangla6 yurgan, o‘ynab futbol tepib yurgan bekorchi bolani uchratish amrimahol. Bolalarni maktabda ham, uyda ham shaxsiga tegilmaydi, do‘pposlanmaydi, u erkin o‘smog‘i kerak. Agar biror bola «meni urdi» deb ota-onasidan shikoyat qilsa, ma’lum muddatga ana shu ota-onalar ayrim hollarda ota- onalik huquqidan mahrum qilinadilar. Maktabga bolalar o‘zlari xohlagan kiyimlarda boradilar. 5 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash ota-onalarning, bog‘cha va maktabning, ommaviy axborot vositalarining ishi. AQSH televideniyasining alohida kanalida “Sezam ko‘chasi” deb nomlanuvchi ko‘rsatuvlar dasturi mavjud, u o‘quvchilarga ingliz tili, alifbo, 60 arifmetik amallarni bajarish, sanash, o‘qish, koinot, tabiat, jug‘rofiya, tarix bo‘yicha bilimlarni o‘ta qiziqarli tarzda singdirishga harakat qiladi.

Download 384 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish