N.RABG’UZIY HAYOTI VA “QISSASI RABG’UZIY” ASARI YUZASIDAN
SAVOL-JAVOB
1Rabg’uziyning otasi Burhoniddin O’g’uz Rabotining qanday mansabida ishlagan ?
qozi
2. Rabg’uziy “Qisasi Rabg’uziy”ni kimning topshirig’i bilan yozadi ?
Nosiruddin To’qbo’g’a
3. “… yigitlar arig’i, ulug’ otlig’, qutlug’ zotlig’, ezgu xulqlug’, islom yorig’lig’,
mo’g’ul sanilig’, musulmon dinlig’, odamiylar inonchi, mo’minlar quvonchi,
himmati adiz, aqli tengizbeg”,- deb Rabg’uziy kimni ta’riflaydi ?
musulmon dinini qabul qilgan e’tiborli mo’g’ul beklaridan birini , Nosiruddin
To’qbo’g’ani
4. Rabg’uziyning turkiy adabiyot sohasidagi kashfiyotlarini toping
payg’ambarlar hayotini, tarixini hikoya qiluvchi turkiy tildagi birinchi asarni
yaratdi ;nasrda birinchi marta dialog qo’lladi ; turkiy tildagi birinchi g’azalni
yaratdi ; turk badiiy nasrining ilk namunasini yaratdi
5. “Qisasi Rabg’uziy”da “arslon mengizlik surati”, “ko’rklug’ sifatlig’ surati”, “tuz
so’zlayur, so’zni uqa” singari sifatlar keltiriladi. Bu sifatlar kimga bag’ishlangan ?
Nosiruddin To’qbo’g’aga
6.”Qisasi Rabg’uziy” qachon yaratilgan ?
hijriy 709 , 1309- 1310
7. “Qisasi Rabg’uziy”da adib nima haqida fikr yuritadi ?
olamning yaratilishi ; tabiat va jamiyat hodisalari ; insoniy munosabatlar
8. “Qisasi Rabg’uziy” da qancha qissa bor ?
72
9. “Qisasi Rabg’uziy”dagi qissalar asosini qanday voqealar tashkil qiladi ?
tarixiy-ilohiy , real hayotiy voqea-hodisalar
10. “Qisasi Rabg’uziy”dagi voqealar o’z ildizlari bilan nimaga borib taqaladi ?
Qur’on va hadislarga ; insoniyatning yaratilish va rivojlanish tarixiga ; xalq
og’zaki ijodiga
11. “Qisasi Rabg’uziy”dagi “Qisasi Yusuf” ning hajmi qancha ?
salkam yuz sahifa
12. “Qisasi Rabg’uziy”dagi qissalarning ko’pi qanday boshlanadi ?
qahramon haqidagi muayyan xabar bilan
13. “Dovud haqida”gi qissa “Qisasi Rabg’uziy”dagi qaysi qissa ichida keltirilgan ?
“Qisasi Yusuf”
14. Dovud yalavoch (payg’ambar) qayerlik edi ?
a) Eronlik b) Isroillik s) Iroqlik d) Suriyalik
15. Dovud bilan bog’liq hikoyalarda adib qaysi muammolarga asosiy e’tiborni
qaratadi ?
hunar egalari
16. Mavlo taolo Dovudga qaysi hunarni berdi ?
taqachilik , temirchilik
17. “Dovud haqida”gi qissaning asosiy maqsadi nima ?
halollikka undash , o’z mehnati bilan halol kun ko’rishga undash , boshqalarga
zulm qilmaslikka undash
18. Rabg’uziy hikoyalarida nima yetakchilik qiladi ?
insonparvarlik, yurtparvarlik , insonni komillik darajasiga ko’tarish, axloqiy poklik
, ma’naviy barkamollik sari undash
19. “Qisasi Rabg’uziy”dagi qaysi hikoyatda til odobi va qalb pokligi alohida o’rin
tutadi ?
“Luqmon va uning xojasi”
20. “Uzum”hikoyatining asosiy qahramoni kim?
shayton
21. “Uzum” hikoyatida nima qoralangan ?
insonlarning mast holda yurishi , o’tkir . ichimliklar ichish
22. “Uzum” hikoyatida “…mal’un” deb ta’riflangan qahramon kim ?
shayton
23. “mal’un” so’zining ma’nosi ?
haydalgan, la’natlangan
24. Shayton uzumni qaysi hayvonlar qoni bilan sug’oradi ?
tulki, yo’lbars, to’ng’iz
25. “Uzum” hikoyatida uzumning urug’ini qaysi qahramon o’g’irlaydi ?
shayton
26. “Uzum” hikoyatida shinni va sirkaning paydo bo’lishi bevosita qaysi
payg’ambar bilan bo’g’liq ekani tasvirlangan ?
Nuh
27. “Qisasi Rabg’uziy” qanday nom bilan mashhur bo’lgan?
“Qisas ul- anbiyoi turkiy”
28. “Qisasi Rabg’uziy”dagi qissalar sujeti , bosh qahramonlar turlicha bo’lsa-da,
ularni bir zot , bir siymo o’zaro birlashtirib turadi . U kim ?
Muhammad alayhissalom
29. “Qisasi Rabg’uziy”dagi birinchi qissa nima haqida ?
dunyoning yaratilishi
30. “Qisasi Rabg’uziy”dagi oxirgi qissa nima haqida ?
Muhammad alayhissalom va uning oilasi, avlodlari haqida
31. “Rum viloyatining odati bor, tevalari beboshlik qilib burunduqlatmasalar, yangi
tushgan kelinlarni keltirib , un tuzub (musiqa chaldirib) yirlayturlar(kuylatishadi) .
Tevalar ularning ovozlariga xushlanib o’zlaridan kecharlar- ilikka ilinarlar “. Bu
parcha kimning asaridan olingan ?
Rabg’uziy
32. “Xalq orasida rasm bor, do’st do’stga safar qilib yonar(qaytar) bo’lsa, bir hadya
ola borurlar”. Bu parcha qaysi asardan olingan ?
“Qisasi Rabg’uziy” “Qisas ul- anbiyoi turkey”
33. “Qisasi Rabg’uziy”da qanday badiiy vositalar uchraydi ?
tashbeh, tanosib ; tazod, tajnis ; takrir, jonlantirish
34. Rabg’uziy asarning, asosan, ta’rif va tavsif o’rinlarida qanday badiiy vositadan
foydalangan ?
sa’j
35. “…ul umri ukush, diydori ko’shish, Azroilga qotishg’an, rizvon birla yanashg’an,
dunyodin qushtek uchg’an, tamug’g’a kirib chiqg’an, Sirotdin yashindek kechg’an,
uchmoh qabug’in ochg’an, o’zi aziz, o’rni adiz, arig’ zotlig’, Axnuh otlig’…..
yalavoch”. Bu qaysi payg’ambar ta’rifi ?
Idris
36. “Qisasi Rabg’uziy”dagi qaysi hikoyatda inson xayolotining imkonlari madh
etilish bilan birgalikda, shuhratparastlik, takabburlik kabi illatlar qattiq qoralanadi
?
“Namrud haqida”
37. Dovudning podsholigi o’n ikkinchi o’g’li Sulaymonga meros qoladi. Ammo u
otasiga o’xshab o’z hunarini hech qo’ymas edi. Sulaymon qaysi hunar egasi edi ?
Tol novdalarini yig’ib, savat to’qib sotardi
38. “Sulaymon qarinchqa bilan so’zlashgani “ hikoyatidagi dono, tadbirkor, xalq
g’amini yeydigan hukmdor, ma’rifatparvar, olim, orif sifatida ko’zga tashlanadigan
timsolni toping
chumolilar podshosi
39. “….larning ulug’i oqsoq erdi”. Bu parcha qaysi hikoyatdan olingan ?
“Sulaymon qarinchqa bilan so’zlashgani”
40. Qaysi adib g’azal maqta’sida ilk bor taxallus ishlatgan ?
Rabg’uziy
41. Qaysi hikoyat boshidan oxirigacha savol- javoblarga tayanadi ?
“Sulaymon qarinchqa bilan so’zlashgani”
42. Qaysi hikoyatda muallif bayoni asosiy o’rinni egallaydi ?
“Namrud hikoyati”
43. “Sen qarindoshingg’a rahm qilmading, man senga netak rahm qilayin”. Bu
parcha qaysi hikoyatdan olingan ?
“Qissasi Qobil va Hobil”
44. “Qissasi Qobil va Hobil” hikoyatida tasvirlanishicha, Qobil bilan qaysi qiz
tug’iladi ?
Iqlimo
45. “Qissasi Qobil va Hobil”da tasvirlanishicha, Hobil bilan bir qiz tug’iladi .Uning
ismi nima edi ?
Abudo
46. “Yalavoch” so’zining ma’nosi to’g’ri berilgan so’zni toping
payg’ambar
47. Payg’ambarlar tarixi haqida dastlab kimlar arab tilida “Qisas ul- anbiyo”
asarlarini yaratdilar ?
Abu Is’hoq Nishopuriy , Vahhob binni Munabbih al- Yamaniy
48. Rabg’uziy kimlarning asarlaridan “Qisasi Rabg’uziy”ni yaratishda foydalandi ?
Imom Ya’qub Sufyon, Majididdin Anbugoniy, Qaffol Shoshiy va boshqalarning
Qur’onga yozgan tafsirlaridan ; Abulhasan Kisoiy qissalaridan ; “Usmat ul- avliyo”,
“Daloyil an- nubuvva” ; Qur’on va hadis
49.”Qisasi Rabg’uziy”ning eng qadimgi qo’lyozmasi XIV asrning 40- yillarida –
muallif hayotligida ko’chirilgan bo’lib, qaysi muzeyda saqlanadi ?
Britaniya
50. Qaysi o’zbek olimlari “Qisasi Rabg’uziy”ni o’zbek tilida nashrga tayyorlab , ikki
jildda chop etdilar ?
E. Fozilov , A. Yunusov , H. Dadaboyev
51. “Qisasi Rabg’uziy”da nechta payg’ambar, xalifa, tarixiy shaxs haqida so’z
boradi ?
33 payg’ambar, 4 xalifa, 7 tarixiy shaxs
52. “Qisasi Rabg’uziy”da qancha misra she’r bor ?
600 misra
53. “Bahoriyoti Mavlono Nosiruddin Rabg’uziy” nomli g’azal qaysi qissa ichida
keltirilgan ?
“Qissai Yusuf”
54.”Odamning yaratilishi “ hikoyatida Alloh Odamni yaratish uchun qaror
qilganida ,yer yuzidan tuproq olib kelish uchun qaysi farishtalarni yuboradi ? Lekin
ular yerni hurmat qilib, tuproq olmaydilar ?
Jabroil, Isrofil, Mikoil
55. Xudo bilan payg’ambarlar orasida elchilik qiladigan farishtani toping
Jabroil
56. Qiyomat kuni kelganini bildirib, surnay chaladigan farishtani toping
Isrofil
57. Qaysi farishta koinotni boshqaradi ?
Mikoil
58. Qaysi farishta jon oladi ?
Azroil
59. “Shaytonning la’natlanishi” hikoyatidagi Iblis “noumid” nomini olgan farishtani
toping
Azozil
60. Azozil Xudodan yuz ming yil toat qilgani uchun mukofoti evaziga nima so’raydi
?
uzun yosh tiladi- qiyomat kuniga qadar
61. “Odam at ova Momo Havoning jannatdan haydalishi” hikoyatida iblisning
jannatga kirishida qaysi hayvon yordam beradi ?
ilon
62. Odam Ato va Momo Havolar qaysi daraxt mevasini yeb qo’yib, jannatdan
haydaladilar ?
bug’doy
63. Qaysi daraxt Odam Atoga yaproq bergani uchun Alloh uni ulug’ladi ?
anjir
64. Odam Ato va Momo Havolar jannatdan quvilgandan keyin, qayerga tushadilar
?
Odam Hindistonga, Anjalus degan yerga- Sarandip tog’iga, Havo Jadda yaqinidagi
tog’ga ; Odam Sarandip tog’iga, Havo Saudiya Arabistoni yaqinidagi tog’ga
65. Odam Ato va Momo Havo ikki yuz yildan keyin qayerda uchrashadilar ?
Arafotda
66. “Nuh alayhissalom qissasi” da Nuhning qaysi o’g’illari musulmon edi ?
Som, Hom, Yofas
67. Nuhning qaysi o’g’li kofir edi ?
Kan’on
68. “Qaldirg’ochning insoniyatga do’stligi” hikoyatida tasvirlanishicha, kemada
uch narsa yo’q edi. Ular nimalar edi ?
mushuk, sichqon, to’ng’iz
69. Qaysi hayvon insonni ilonga yem bo’lishidan saqlab qoladi ?
qarlug’och
70. Qaldirg’och qaysi payg’ambarni o’tga yoqishganida tumshug’ida suv keltirib,
uni qutqarishga harakat qiladi ?
Ibrohim
71. Qorunni nima uchun yer yutib ketadi ?
ochko’zligi uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |