Mavzu: Qaffol ash-Shoshiy O’rta Osiyolik buyuk alloma
Reja:
Qaffol ash-Shoshiyning “Odob al-Qozi”, “Odob al-Bahs” asarlari.
Qaffol ash-Shoshiyning qonunshunoslikga oid asarlarining islom mamalakatlariga keng tarqalishi.
Qaffol ash-Shoshiyning diplomatik nomalari.
Qaffol ash-Shoshiyning “Hazrati Imom” deya ulug’lanishi.
I. Qaffol ash-Shoshiyning “Odob al-Qozi”, “Odob al-Bahs” asarllari.
O’rta asrlarda Toshkentdan yetishib chiqqan yirik allomalardan biri mashhur qonunshunos, faylasuf, tilshunos va zabardast adib Qaffol Shoshiy edi. U hijriy 291, milodiy hisobi bilan 903-yili Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Qaffol Shoshiyning manbalarda uchraydigan to’liq nomi Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol ash-Shoshiydir. Hatoo u kishining hurmatini bajo keltirish maqsadida ismi yoniga “al-kabir” so’zini ham qo’shib aytishgan. Qaffol Shoshiy hunarmandlar oilasida dunyoga kelgan bo’lsa kerak, chunki uning ismi bunga dalolat qiladi. “Qaffol” – qulfsoz degani (arabcha “qufl” – bizning tilimizga o’tib buzilgan va “qulf” shaklida talaffuz qilinadi). Manbalarda saqlanib qolgan ba’zi rivoyatlarga ko’ra, Shoshiy qulf yasashga juda usta bo’lib, hatto, pashshaning oyog’iga kishan-qulf yasay olgan, vazni chorak kumush tanga og’irligidek jajji qulf yasagan ekan. Bu gaplardan Shoshiy ishiga puhta bo’lgan degan ma’no uqish mumkin. Ilk ta’limni o’z yurtida olgan alloma keyinchalik Samarqandda yashab ta’lim olgan. Dastlab u fiqhshunoslikni o’rgandi. Qaffol Shoshiy fiqh ilmini egallash bilan birga fikr doirasi o’ta keng falsafa, mantiq, adabiyot sohalarini ham puhta egallagan, bu sohalarda eng bilimdonlar bilan munozara qila oladigan qudratga ega bo’lgan bir zotdir. Keyin u ilm chashmasidan ko’proq bahramand bo’lish istagida Yaqin va O’rta Sharq hududlariga sayohat qilgan. Umuman Qaffol Shoshiy ko’p o’lkalarga sayohat qilib, qaysi mamlakatda zo’r olim bo’lsa, ulardan bilganlarini o’rganishga harakat qilgan. Arab olimi ibn Xallikon o’zining “Vafayod al-a’yon” (Ulug’ kishlar vafoti) asarida Qaffol Shoshiy haqida shularni yozadi: “Qaffol Shoshiy hadis ilmini bilgan, tilshunos shoir edi. O’sha vaqtda Movarounnahrda u kishiga teng keladigan olim yo’q edi. Bu kishi Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom va boshqa o’lkalarga sayohat qilib, hamma yerda ham nom taratdi…u kishining ko’p asarlari bo’lgan”. Qaffol Shoshiy qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarga oid asar yozgan. Uning “Odob al-qozi” (“Qozining fe’l atvori”), “Odob al-bahs” (“Bahs odobi”) degan ta’lifi bo’lib, arab tilidagi she’rlari ma’lum. Bu xususda yuqorida zikr qilingan aran olimi ibn Xallikon yozadi: “Qonunshunoslikdan dastlab otilib chiqib, “Husni jadal” (“Dialetika go’zalligi”) degan asar yozgan kishi ham ana shu Qaffol Shoshiydir”.
II. Qaffol ash-Shoshiyning qonunshunoslikga oid asarlarining islom mamalakatlariga keng tarqalishi
Buyuk alloma Qaffol Shoshiyning o’z jamiyati, zamonasi uchun zarur fan – fiqhshunoslikni o’rganib, bu borada asarlar yozishi uni tarixga muhrladi. Bu fan Sharqda juda keng tarqalgan bo’lib, ijtimoiy jhayotda ham muhim ahamiyatga ega edi. Chunki har bir mamlakatda bu fan sohibiga zarurat katta edi. Qaffol Shoshiy mana shunday ilm sohibi edi. Meros taqsim qilish, savdo-sotiq, oldi-berdi, yo bo’lmasa qo’ydi-chiqdi kabi son-sanoqsiz janjalli masalalarning to’g’ri, adolatli hal qilinishi fiqhshunoslikka bog’liq edi. Shoshiy bu sohani ipidan ignasigacha o’rganib, bu borada yuqorida keltirib o’tganimiz – o’zining asarlarini yozgan. Bu asarlar Sharq mamlakatlarida dasturilamal sifatida qo’llanilib kelingan.
Qaffol ash-Shoshiyning qonunshunoslikka oid asarlari davr taqozosiga ko’ra islom tarqalgan mamlakatlarda keng yoyildi. Qaffol Shoshiyning adiblik, shoirlik, tilshunoslikfaoliyati bilan deyarli hech kim shug’ullanmadi. Uning dialektikaga oid “Husni jadal” asari ham o’rganilmagan. Uning fiqhshunoslikka oid Shofi’iya mazhabiga tegishli asari va bu sohadagi fikr-mulohazalarigina davr taqozosiga ko’ra islom tarqalgan Sharq mamlakatlarida keng ko’lamda yoyildi. Mana shu sohadagi fikr-mulohazalari tufayli alloma Qaffol Shoshiy ming yil mobaynida odamlar hurmatiga sazovor bo’lib keldi.
III. Qaffol ash-Shoshiyning diplomatik nomalari
Fiqh ilmida Shoshiy zamonasida – Bag’dodda yagona alloma bo’lgan. U ko’p muddatlar “Baytul hikma” ga rahbarlik qilgan. Qaffol ash-Shoshiyning dovrug’i xalifa Muntasir qulog’iga yetib, uni saroyga taklif etib, vaziri a’zamlik lavozimiga tayinlagan. Qaffol Shoshiy bir necha yillar vazirlik mansabida adolatni mezon qilib, siyosat yuritdi. Uning davrimizgacha salanib qolgan she’riy ijodlaridan biri Tojiddin as-Sabkiy asariga kirib qolgan manzumasidir. Bir kuni Vizantiya imperatori Bag’dod xalifasiga she’r bilan xat yozadi. Xat Vizantiya hukmdoridan hoshimiylar xonadonidan bo’lgan va hukmronlik o’rnida o’tirgan xalifaga deb yozilgan. “Biz sherdek otilib o’z yerlarimizni fath etdik, Damashq bo’lsa ota-bobomiz maskani edi, biz bu diyor mol-mi=ulkiga ega bo’lamiz. Misrni ham qilichimiz bilan egallaymiz. Hijoz, Bag’dod, Sheroz, Ray, Xuroson, Quddus, Sharq-u G’arb hammasini fath etamiz”< deb xalifa va uning sarkardalariga tahdid soladi, ularni qo’rqitmoqchi bo’ladi. Mana shu paytda Qaffol Shoshiy Bag’dodda bo’adi. Xalifalikda saroy a’yonlari o’rtasida yaxshi qonunshunos, zabardast olim, iqtidorli arabiynavis shoir sifatida tanilgan bo’ladi. Vizantiya hukmdorining lashkarboshisi Tag’fur xatiga javob yozishni xalifalik nomidan Qaffol Shoshiyga topshiradi. Shoshiy maktubni ko’rib, o’sha maktub vaznida o’sha tarzdagi qofiyada davom ettirib Tag’furga arab tilida javob yozadi. Bu javobning yetmish to’rt bayti as-Sabkiyning yuqorida zikr qilingan asari ichida saqlanib qolgan. As-Sabkiyning yozishicha, Shoshiyning bu javob she’rini o’qigan Vizantiya a’yonlari taajjubda qolishibdi, keyin ular bir-birlaridan so’rshibdi: “Buni yozgan kishi kim o’zi, qaysi yurtdan ekan, xalifalikda biz bunday zot borligini bilmas edik-ku?”. Voqeaning nima bilan tugaganligining ahamiyati yo’q, lekin bu misoldan Qaffol Shoshiy zabardast arbob, hozirjavob shoir ekanligiga qanoat hosil qilamiz.
Qaffol ash-Shoshiyning “Hazrati Imom” deya ulug’lanishi.
Qaffol Shoshiy dovyurak, va ulug’vor shoir, ajoyib bir shaxs bo’lgan. Manbalarning ko’rsatishicha, bag’dodlik Xo’ja Muhammad Nomiy degan olim Qaffol Shoshiy qo’lida o’qigan, natijada u bilan qalin do’st bo’lib qolgan ekan. Shu kishi o’z oilasi bilan birga ah-Shoshiyga ergashib Toshkentga kelgan. Umrining oxirigacha shu yerda qolib ketgan. Qaffol ash-Shoshiy 976-yili Toshkentda vafot etgan va shu yerda dafn etilgan. Hamshaharlari uni ilm-u donnish, adolatli va fuqaroparvarligitufayli e’zozlab, unga maqbar bunyod etganlar.1541-1542-yillarda nurab qolgan dastlabki maqbara o’rniga hozirgi maqbara Toshkent hokimi Baroqxon taxallusli Navro’z Ahmadxon topshirig’i bilan saroy me’mori G’ulom Husayn loyihasi asosida qayta qurilgan. Hozir Toshkentning xalq orasida “Hastimom” deb ataladigan joy shu mo’tabar zotga nisbatan aytiladigan nom “Hazrati imomning qisqargan shakli bo’ladi. Aslida bu joining nomi Hazrati Imom Qaffol ash-Shoshiydir. U kishining qabrlari tegrasida Toshkentda mashhur bo’lgan mo’tabar zotlar dafn etilgan. Qaffol ash-Shoshiy maqbarasi Toshkentning eng eski, ko’zga ko’ringan tabarruk qadamjosi sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Абдукаххор Иброхимов. Муфтийлар сулоласи: (бадиалар) / Тошкент,:Мериюс, 2010 –б. 165.
Маънавият юлдузлари. Т.:А.Кодирий номидаги халк мероси нашри., 1999 –б. 73-75
N.Muhamedov. Islomshunoslik qomusiy lug’at., O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshkent Islom Universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi.T.: “Movarounnahr”, 2014. b.314-315.
Web-saytlar:
www.wikipedia.uz.
www.arboblar.uz
www.google.uz.
Abu Bakr Qaffol Shoshiy hayoti va faoliyati haqida so‘zlashdan oldin, ungacha ham Shosh vohasida yuksak ilmiy muhit yaratgan olimlar haqida muxtasar gapirmasak, adolatdan bo‘lmaydi. Zero, ana shu ilm muhiti Qaffol Shoshiy qatorida nafaqat yurtimizda, balki Islom olamida mashhur va buyuk iste’dod sohiblari yetishib chiqishidaunutilmas xizmat qilgani shubhasiz.
IX—XII asrlarda Shosh adabiyot, tilshunoslik, mantiq fanlari qatorida hadis va fikh ilmlari ham rivojlangan markazlardan biri bo‘lgan. Imom Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy, Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy, Abu Said Iso ibn Solim Shoshiy, Abu Muhammad Ja’far ibn Shuayb Shoshiy, Abu Is'hoq Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy, Abu Ali Hasan ibn Sohib ibn Hamid Hofiz Shoshiy, Abulays Nasr ibn Hasan ibn Qosim Shoshiy-Tunkatiy, Abu Is'hoq Ibrohim ibn Xuzaym ibn Qumayr ibn Hoqon Shoshiy kabi ko‘plab toshkentlik muhaddislar Islom olamining turli shaharlaridagi madrasalarda hadis ilmidan saboq berishgani, kutubxonalarda diniy-islomiy ilmlarning ayrim masalalari bo‘yicha munozaralarda yetakchilik qilishgani arab manbalarida yozib qoldirilgan.
Shulardan biri - Imom Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiydan buyuk muhaddis Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Ja’far ibn Muhammad Faryobiy va boshqalar hadis ilmini o‘rganishadi. O‘z navbatida, Abu Avonaning jiyani Abu Ali Fazl ibn Abbos Shoshiy ilm talabida Marv va Iroqda bo‘lib, Ali ibn Hajar, Ahmad ibn Hanbaldan hadis sabog‘ini oladi. Yurtga qaytib, ilmini Shosh ahliga yetkazadi va Abu Bakr Qaffol Shoshiy dunyoga kelishlaridan besh yil avval (899 yil) vafot etadi.
Shoshlik fikhlar
Fiqh ilmi rivojlanish bosqichlarida arab bo‘lmagan, ayniqsa, Movarounnahrdan yetishib chiqqan olimlar xizmati ila yuksak darajalarga ko‘tarildi. Abu Bakr Qaffol Shoshiy qatorida Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy, Abulhasan Qosim ibn Imom Abu Bakr, Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy, Tohir ibn Abdulloh Iloqiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud Rizvon Iloqiy, Abu Rajo Mu’mil ibn Masrur ibn Abu Saxl Shoshiy-Xumrakiy kabilar ham ulug‘ allomalar jumlasidandir.
Saljuqiylarning buyuk vaziri Nizomulmulk (XI asr) Bag‘dodda Nizomiya madrasasini qurdirgan edi. Bu ilm dargohi zamonasining akademiyasi hisoblanar, o‘qish istagida arab mamlakatlaridangina emas, Samarqand, Buxoro, Shosh kabi Turkiston o‘lkalaridan ham talabalar kelishar edi. Jumladan, Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy (keyinchalik unga “Mustazhiriy” unvoni ham berilgan) (1038-1114) ham Bag‘dodga kelib, Nizomiya madrasasida o‘qigan, mashhur faqih Abu Is'hoq Sheroziy, Abu Nasr ibn Sabbog‘lardan fiqh ilmini o‘rgangan edi. Bir necha yildan keyin uning o‘zi ham mazkur madrasada mudarris etib tayinlanadi va “hujjatul islom” Abu Homid G‘azzoliy, ustozi Abu Is'hoq Sheroziylar qatorida talabalarga dars beradi. O‘z davrida pguhrat qozongan alloma Shoshiy-Mustazhiriy Bag‘dod faqihlari raisi bo‘lgan.
Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Shoshiy (1007-1092) ham fiqh ilmida shuhrat qozongach, «Imom» deya tilga tushdi. Uni G‘azna sultoni o‘z shahriga taklif qilib, izzat-ikrom bilan qarshilaydi. G‘aznada fiqh bo‘yicha asarlar bitadi. So‘ngra uni vazirula’zam Nizomulmulk Hirotdagi Nizomiya madrasasiga mudarrislik qilishga yuboradi. Olim Hirotda vafot etgan.
Imom Abu Bakr Kaffol Shoshiyning hayoti va ijodi
Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy hazratlari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi Islom olamining movarounnahrlik buyuk allomalari orasida alohida o‘rin egallaydi. Zamondoshlari Hazrati Imom deb ulug‘lagan bu zotningto‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy bo‘lib, arab manbalarida u kishiga alohida xurmat ko‘rsatilib, nomiga “katta”, “ulug‘” ma’nosini ifodalovchi “kabir” so‘zini qo‘shib yozadilar.
Qaffol Shoshiy hijriy 291 (milodiy 903) yili Shoshda tug‘ilib, bolaligi va yoshligi shu yerda o‘tgan. Muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (rahmatullohi alayh) ta’kidlashicha, dastlabki ilmni zamonasining mashhur muhaddisi va faqihi Haysam ibn Kulaybdan olgan. Keyinroq u ilm talabida Movarounnahrdagi ma’rifat o‘choqlari - Samarqand, Buxoro, Termiz kabi shaharlarda bo‘ladi. O‘zidan oldinroq yashab, bebaho diniy-ilmiy meros qoldirgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi ulamoi kiromlar asarlarini qunt bilan o‘rganadi.
Alloma mohir hunarmand ham bo‘lib, qulfsozlikda shuhrat qozongan. Shu bois “qaffol”, ya’ni qulfchi, qulfsoz degan nom bilan tanilganlar. Bu haqda mashhur tarixchi Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy (1113-1167) “Al-Ansob” (“Nasabnoma”) asarida bunday yozadi: “Qaffol” - qulfsozlik kasbiga nisbat berilgan. Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy Shosh ahlidan bo‘lib, qulfsozlikda shuhrat qozongan. U zamonasining imomi (peshvosi) bo‘lib, fiqh, hadis, usul, tilshunoslik ilmlari bo‘yicha tengi yo‘q olim edi. Qaffol Shoshiyning nomi mag‘ribu mashriqqa yoyilgan”.
Shayx Muhyiddin Navaviy (1233-1277) ta’kidlashicha, agar Qaffol Shoshiy esga olincha, demak, gap buyuk imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy haqida ketayotgan bo‘ladi, agar Qaffol Marvaziy yodga olinsa, keyinroq yashab o‘tgan Kichik Qaffol haqida so‘z borayotgan bo‘ladi. Shoshiy (Katta Qaffol) nomi tafsir, hadis, usul, kalom ilmlarida takror-takror zikr etiladi. Ammo Marvaziy (Kichik Qaffol) ismi esa fiqhga taalluqli asarlardagina uchraydi “Tahzibul asmo”, 2-jild 556-bet).
Milodiy X asrda yashagan Qaffol Shoshiy hazratlari ulug‘ qomusiy allomalardan bo‘lgan. Islom olamidagi obro‘-e’tibori, ilmiy salohiyati xaqida mashhur arab tarixchilari asarlarida ko‘p yaxshi gaplarni bitib qoldirishgan. Jumladan, Ibn Xallikon (1211-1282) “Vafoyotul a’yon” (“Ulug‘ kishilar vafoti sanalari”) kitobida: “Abu Bakr Qaffol Shoshiy zamonasining imomi (peshvosi) bo‘lgan. U fiqh, hadis, usul, tilshunoslik fanlari va she’r san’ati bo‘yicha Movarounnahrda olimlar orasida tengsiz edi. U Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom va Sugur (Shimoliy Suriya)ga safar qilgan, uning dong‘i bu o‘lkalarda keng tarqalgan”, deb qayd etadi.
Misrlik tarixchi Tojuddin Subkiy (1370 yil vafot etgan) “Tabaqotush shofi’iya al-kubro” (“Shofi’iyaning ulug‘ darajalari”) asarida: “Abu Bakr Qaffol Shoshiy tafsir, hadis, kalom, usul, furu’, lugat va she’riyat ilmlarida hamda zuhd va taqvoda, ochiqqo‘llikda zamonasining peshqadamlaridan bo‘lgan. U ko‘p ilmlar muhofazasida jonkuyar, o‘zi keltirgan narsalarni tahqiq etib, ularni go‘zal tasarruf qiluvchi zamon shaxslaridan biri edi”, deb ta’riflaydi.
Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy “Al-Ansob” (“Nasabnoma”) kitobida: “Sayxun daryosi ortidagi, turklar bilan chegaradosh shahar “Shosh” deb ataladi. Bu yerdan ko‘plab imomlar yetishib chiqqan”, deya shoshlik olimlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib, jumladan, Qaffol Shoshiy haqida bunday yozadi: “Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy bo‘lib, tafsir, hadis, fiqh, tilshunoslik ilmlari bo‘yicha zamonasida unga teng keladigan olim yo‘q edi... Naql:
Bu Abu Bakr qulfsoz faqih,
Fiqh bilan qiyin qulflarni (masalalarni) ochuvchidir.
Usulul fiqh ilmi diyorimizda milodiy X asrda shakllana boshlagani ma’lum. Axdi sunna val jamoaning peshvolaridan bo‘lmish Qaffol Shoshiy ilk bor bu ilmga doir asar yozgan. Bu mazhabning fiqhiy masalalarini dastlab Imom Shofi’iy ishlab chiqib, asar yozgan bo‘lsa-da, uni Qaffol Shoshiy taraqqiy ettirdi. Uning huquqshunoslikka doir “Kitob fi usulil fiqh” asari o‘z davrida Islom dunyosida keng ko‘llanilgan.
Movarounnahrda shofi’iy va hanafiy olimlari o‘rtasida do‘stona munosabatlar qaror topganining asosiy omillaridan biri shundaki, shofi’iy mazhabi asoschisi Imom Muhammad ibn Idris Shofi’iy bir necha yil Bag‘dodda yashab, Imom Abu Hanifaning eng yaqin shogirdi Muhammad ibn Hasan Shayboniydan hanafiylik ta’limotini o‘rgangan va o‘zlashtirgan. Imom Shofi’iyning Muhammad Shayboniyga katta ehtirom bildirib: “Undan bir tuyaga yuk bo‘ladigan narsalarni yozib olganman”, degani qayd etiladi.
Diplomatik faoliyati
Sharqshunos olim, marhum Bahriddin Mannonov yozishicha, hijriy IV (X) asrga kelib, Rum imperiyasi ikkiga bo‘linib ketadi. Bu hududning sharqiy qismida qaror topgan mustaqil Vizantiya imperiyasi ta’sir doirasi nafaqat Bolqon yarimoroli va Sharqiy Ovrupada, balki Qora dengiz qirg‘oqlari, Kavkazning g‘arbiy qismi, Kichik Osiyoning sharqigacha bo‘lgan joylarda ham mustahkamlanadi. Konstantinopol xalifalik tasarrufiga o‘tgan hududlarni qaytadan egallashga kirishadi. Shu maqsadda olib borilgan janglarda Vizantiya qo‘shinlari bir necha bor g‘alabaga erishadilar... Vizantiya imperiyasining Bag‘dod xalifaligiga, umuman, Islom olamiga qarshi xurujlari har taraflama avj olib ketadi.
Qaffol Shoshiy Islom dunyosining turli o‘lkalariga ilm-ma’rifat izlab, safar qilar, haj ibodatini ado etishga tez-tez Makkaga borar, qaytayotganida Bag‘dodda birmuncha vaqt turib, bilimlarini oshirishga harakat qilar edi. Bir gal u Bag‘dodda to‘xtaganida noxush voqea ustidan chiqib qoladi.
Vizantiya imperatorining qo‘mondoni Tag‘fur abbosiylar xalifaligiga tegishli Shomning shimoliy qismi va Antokiyani bosib olib, xalifalik poytaxtiga ham xavf soladi. U Bag‘dod xalifasiga she’riy maktub-tahdid jo‘natadi. Maktubda bunday satrlar bor edi:
“Damashqdur ota-bobomiz yurti,
Uning zaminiga men sohib o‘zim.
Misrni fath etgum shamshirim bilan,
Cheksiz sahrolarda kular yulduzim.
Undan so‘ng Makkaga qarab yo‘l olsam,
Tundek bosib borar botir qo‘shinim.
Kuddusga yo‘l olib tolmasman yo‘lda,
U yerda tiklagum muqaddas ustun...”
O‘sha vaqtda Bag‘dodda ko‘zga ko‘ringan olim va shoirlar ko‘p bo‘lsa ham, hech kim Tag‘furning bu tahdid xatiga javob yozishga botina olmaydi. Xalifa xatga javob yozishni Imom Qaffol Shoshiyga topshiradi. Hazrati Imom dushman xatiga javoban bunday otashin misralarni bitadi:
“Qudrat-la quvdik biz sizni Rum sari,
Tuyaqush misoli qochdingiz nari.
Qochdingiz qontalash kirpi singari,
Bizlarni Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) boishar ilgari! Payg‘ambar hurmati, qirmadik sizni,
“Bizlarda bor edi shiddat va qudrat.
Shom yerin fath etdik bo‘lib zarurat,
Misr, Qayravonni, Andalusni ham.
Boshingiz majaqlab, zo‘r keldik har vaqt,
Baytlahm, xaroba shaharlar qator.
Iskandariyada bo‘ldi zafar yor,
Quddus, Iyerusalimda g‘alabamiz bor!
Sizlarni yengoldik biz mardonavor.
Ilmu irfonimiz qadimdan mashhur...
Bemaza she’ringiz bo‘lmagay manzur.
Bizning ash’orimiz durdona, maqbul,
Bilguvchi odamga bag‘ishlar huzur...”
“Tabaqotush shofi’iya”da berilgan she’riy misralardan ushbu parchani marhum ustoz Nodirxon ibn Alouddin o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Shubhasiz, Tag‘fur tahdid xati orqali musulmonlarningo‘sha vaqtdagi ma’naviy saviyasini bilmoqchi bo‘lgan. Imom Qaffol Shoshiyning she’riy maktubi esa unga munosib javob, sezilarli zarba bo‘lib tushgan. Hatto Vizantiya adiblari, kohinlari ham: “Musulmonlarning shunday shoirlari borligini bilmas ekanmiz”, deb tan olganlari juda e’tiborlidir.
Bu haqda Xoja Ahror Valiyning shogirdi Shayx Abu Ahmad Muhammad Qoziy Shoshiy qalamiga mansub “Silsilatul orifin” (“Oriflar silsilasi”) kitobida batafsil yozilgan: “364 hijriy yilda vafot qilgan Abu Bakr Muhammad ibn Ali Qaffol Shoshiy Kabir zamonasining mashhur ulamolaridan bo‘lib, o‘zlari tug‘ilgan Shosh (Toshkent) shahrida istiqomat qilar edilar. U zot ko‘p marotaba hajga safar qilib, borishda va qaytishda aksar ilmlarini olgan Bag‘dodga kirib o‘tar edilar. Bir galgi safarlarida Bag‘dodga kelsalar, ulamolarning nihoyatda sarosimada qolishganini ko‘rdilar. Chunki Rum podshohi - qaysari ibriy tilida xalifaga bir qasida yuborib, yo pgu qasidaga munosib javob yozasizlar, yo har yili o‘lpon to‘laysizlar yoki urushga tayyorlanaveringlar, deb talab qilgan edi. O‘sha paytda ularning Rum bilan urushishga imkonlari yo‘qligi va talab qilingan o‘lponni to‘lash uchun yetarli mablag‘lari bo‘lmaganidan, qasidaga javob yozishga majbur edilar. Bag‘dodning jami ulamo va fozillari yig‘ilishdi. Lekin qasidaga mos keladigan javob yozishga barchalari ojiz qolishdi. Rum elchisi esa ularni shoshiltirar edi. Shayx Bag‘dodga kirib kelganlarida, turklar yurtidan Bag‘dodga bir zabardast olim kelibdi, degan xabar tarqaldi. Xalifa odam yuborib, u kishi javob qasidasi yozsa, evaziga xohlagan narsasini berishini aytadi”.
Qaffol Shoshiy hayoti va faoliyatiga doir ibrat olsa arzigulik bunday xabarlar tarixiy manbalarda ko‘plab uchraydi. Maxdumi A’zam avlodlaridan bo‘lmish Sayyid Ma’sumxon o‘g‘li Xoja Muhammad Hakimxon qalamiga mansub «Intihobut tavorih» asari qo‘lyozmasida ham bu fikrning isbotini ko‘rish mumkin:
“Shayh Abu Bakr Qaffol Shoshiyning “Maqomot”larida zikr qilinishicha, Hazrati Shayh o‘z hayotlarini uch qismga bo‘lgan ekanlar. Bir yil Rum tarafga g‘azotga borar ekanlar. U paytda Rum hanuz Islom sharafiga muyassar bo‘lmagan ekan. Bir yil hajga borar ekanlar. Bir yil o‘z viloyatida o‘tirib, xalqni Haqqa da’vat qilar ekanlar”.
“...Naql qilinishicha, Hazrati Shayh g‘azotga borib, rumliklar bilan jang qilgan yili ahli Islomga shikast yetib, ko‘pgina musulmonlar bilan birga Hazrati Shayh ham asirga tushadilar. Hazrati Shayhni Rum podshosining oldiga olib kelganlarida, podshoh Hazrati Shayhga boqib: “Sen bu viloyatning odamiga o‘xshamaysan, rostini ayt, qayerdansan?”, deb so‘raydi. Hazrati Shayh: “Shosh viloyatidanman”, deydilar. Podshoh: “Sen mening ibriy tilidagi maktubimga javob yozgan odam emasmisan?” deb so‘raydi. “Ha”, deb javob beradilar. Podshoh deydi: “Sen biz uchun Tavrotni arab tiliga o‘gir, sening va asir musulmonlarning gunohidan o‘taman va ko‘p ne’matlarni in’om qilaman!” Shayx unga: “Mayli, roziman, ammo shartim shuki, Tavrot qanday nozil bo‘lgan bo‘lsa, arab tiliga xuddi o‘shanday tarjima qilaman. Ammo hozir sizlarning qo‘llaringizdagi Tavrot o‘zgartirilgandir!” - deb javob qiladilar. Podshoh darg‘azab bo‘lib: “Agar bu ishni qilmasang, seni asir musulmonlar bilan birga qatl ettiraman!” deb dag‘dag‘a qiladi. Shayh deydilar: “Nimani xohlasang, shuni qil! Men Haqdan nozil bo‘lgan Tavrotdan o‘zga Tavrotni arabcha qilmayman!” Podshoh viloyatning ulamolari va ulug‘lari bilan maslahat qilib, oxiri rozi bo‘lib: “Mayli, sen uni arabcha qil, ammo biz Muhammadning sharhlariga kelganda ko‘zimizni yumamiz va uni o‘qimaymiz!” deydi.
Alqissa, Hazrati Shayh Maliki Allomga yolborish va zorlanish bilan ko‘maktilab, Tavrotni arabchalashtirishga kirishdilar. Ozgina fursatda shunday katta ishning uddasidan chiqib, Tavrotni boshdan-oyoq arabcha qildilar. ...Rum podshohi Hazrati Shayxga ko‘p in’omlar berib, ahli Islomning barchasini ozod qildi”.
Qaffol Shoshiy esa bu fidoyilikdan ham o‘zi ko‘z ochib dunyoni tanigan Shosh ahliga manfaatlar yetishini istagan.
Asarning davomida o‘qiymiz:
“O‘n ming asir xalos bo‘lg‘oni bilan Hazrati Imom Bag‘dod xalifasining huzuriga kelib, ko‘p hurmatli bo‘lib, “Mendan tilang”, deganida bir noma tiladilarkim, Toshkent shahrining voliyi, ya’ni hokimining nomig‘akim, qadimgi podshohlardan qolg‘an arig‘lar botil bo‘lib (ko‘milib ketib), Toshkent shahrig‘a suv kelmog‘i mashaqqat bo‘libdir. Imkoni bo‘lsa, viloyat hokimi buyrug‘ingiz bo‘yicha bosh bo‘lib, suvni joriy qilib bersa, dedilar.
Xalifa noma yozib, bir yuzu oltmish mingtanga abbosiy xazinasidan berdilarkim, suv uchun chiqib ishlaganlarga ovqat bo‘lsin deb. Hazrati Imom mazkur tanga bilan nomani kelturib, viloyat hokimiga berdilar.
Hokim ko‘p xaloyiqni to‘plab chiqub, ko‘p kunlar ariq qazib, band bog‘lab, suvlarni joriy qildi. Holo Toshkent suvi o‘shal Hazrati Imomning tavajjuhlari bilan bo‘lg‘on suvdir”.
“Mulhakatus saroh” muallifi bunday yozadi:
“Ul zot asrining himoyaga muhtojlik sezmagan (ulug‘) imomi edilar. Uning maxfiy bo‘lmagan tafsir, fatvo va ikkovidan boshqa yuksak tasniflari bor. “Shavohidun nubuvvat” (“Payg‘ambarlik guvohlari”), “Daloyilul qibla” (“Qiblaning dalillari”) va boshqalar kabi. Imom G‘azzoliy, Imom Navaviy va Imom Roziy kitoblari undan (ul zotning kitoblaridan) naql qilish bilan to‘ladir. Ul zot o‘z asrining yagonasi edi. Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiyning yigirma jildlik tafsiri bor. Unda Qur’onning tartibi va lug‘ati bayon qilingan”.
Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy hijriy 366 (milodiy 976) yili Toshkentda 75 yoshida vafot etadi. Hozirgi “Hazrati Imom” majmuasi hududidagi Kaykovus arig‘i yoqasidagi qabristonga dafn qilinadi. Uning o‘sha davrlarda qurilgan qabristoni shamollar va vaqt o‘tishi bilan vayron bo‘lib, XVI asrda (1542 yil) Temuriylar avlodi, me’mor G‘ulom Husayn tomonidan qurilgan.
Maqbara XVI asr me’morchiligining nodir asari bo‘lib, to‘rt tarafi moviy gumbazli to‘rtburchak shaklda. Bino pishgan g‘ishtdan qurilgan, me’mor-ustalarning ismi va inshootining qurilgan sana keltirilgan tarixiy yozuv tushirilgan koshinlar bilan bezatilgan. Oynalari Toshkentga xos an’anaviy ganch panjaralara bilan bezalgan.
Qaffol Shoshiy maqbarasi xonaqohi assimetrik rejalashtirilgan, ko‘p hujrali noyob maqbara turiga kiradi. Xonaqohi majmuiy inshoot ko‘rinishida bo‘lib, o‘z ichiga kelyalar, masjid, dahma, oshxona va boshqa xonalarni oladi. Ular ziyoratchilarga yashash hujralarida qulaylik yaratish uchun qilingan.
Qaffol Shoshiy qabrtoshining ikki tomoniga chillaxona qo‘shilgan bo‘lib, maqbaraning bo‘rtgan eshigida joylashgan. Bu yerdan sal pastroqda o‘g‘illari “Buyuk Imom” — Muhammad at-Shoshiy va Nizomiddin Shoshiy maqbaralari joylashgan. Maqbarada, shuningdek, Bog‘doddan Toshkentga kelib, shu yerlarda qolib ketgan Muhammad Nomi va uning otasi Xoja Kalonlar ham dafn etilgan. Bosh binoning janubida kichik hovlida qadimiyroq ko‘mish joyi o‘rin olgan bo‘lib, “sag‘ana” nomini olgan. Maqbaraga kirishda Hofiz Ko‘haqiy va Ulug‘bekning nabirasi, buyuk olimning o‘quvchisi va izdoshi Ali Qushchi dafn etilgan. Kirish qismining chap tarafida taniqli hirotlik shoir, Baraqxonning ustozi Zayniddin Vasifiy dafn etilgan.
Buyuk Imomning maqbarasi juda ommabop va butun musulmonlar olamida yuqori ulug‘lanadi. U imonlilarning ko‘zga ko‘ringan tabarruk qadamjosiga aylanib, shaharning eski shahar qismining butun Sebzor aholisi orasida Hazrati Imom nomi bilan tanilgan.
“O‘rta asrlarda Toshkentdan yetishib chiqqan yirik allomalardan biri mashhur qonunshunos, faylasuf, tilshunos va zabardast adib Qaffol Shoshiy edi. U hijriy 291, milodiy hisobi bilan 903 yili Toshkent shahrida dunyoga keldi”.
Bundan bir necha yil burun, Xalqaro “Oltin Meros” xayriya jamg‘armasining Toshkent shahar va viloyat bo‘limlari rayosatining qo‘shimcha majlislaridan birida, Toshkent va uning atrofida yashab o‘tgan allomalar, tarixiy shaxslar, muqaddas qadamjolar, toponimik ma’lumotlar, arxitektura va arxeologik yodgorliklarimiz haqidagi turkumiy kitoblarni chop ettirib borish masalasida kelishib olindi.
Sharqshunos olim Qomiddin Munirovning roziligi va qisman tuzatishlari bilan “Toshkent tarixida ba’zi siymolar” nomli kitobchasi turkumiy kitoblarimizning dastlabki “Toshkent allomalari” qismiga asos qilib olinadigan bo‘ldi. Rayosatimiz a’zosi Marxum Turg‘un Fayziyev ham qator maqolalari bilan qatnashib turishga rozilik berdi. Ma’lumotlarni to‘plab kitobni chop ettirib borishni jamg‘armaning Toshkent shahar bo‘limi o‘z zimmasiga oldi. Bu borada qator ishlar amalga oshirildi: Abulqosim madrasasi, Bebaho ma’naviy meros, Toshkent bo‘ylab toponimik sayohat, Yunusobod dahasi, Go‘zallik maskani (O‘zbek, rus va ingliz tillarida), Toshkentnoma (o‘zbek tilida), Toshkentnoma (Ingliz tilida) shular jumlasidandir.
Mana nihoyat kengashimizning “Tabarruk zamin allomalari va tarixiy shaxslari”ga bag‘ishlangan qismini yoritish vaqti keldi. Garchi roziliklarini ololmagan bo‘lsak ham, olimlarimizdan Ergash Xojiyevning mustaqil Toshkent davlati tuzishga harakat qilgan, qator masjid va madrasalar qurdirgan Toshkentning so‘nggi hokimlaridan biri Yunus Xo‘jaxon, jurnalist Ma’ruf Otaxonovning “Abu Bakr Shayx Shibliy” haqidagi muhim ma’lumotlarini kitobning ikkinchi qismiga kiritishga jazm qildik.
QAFFOL SHOSHIY
O‘rta asrlarda Toshkentdan yetishib chiqqan yirik allomalardan biri mashhur qonunshunos, faylasuf, tilshunos va zabardast adib Qaffol Shoshiy edi. U hijriy 291, milodiy hisobi bilan 903 yili Toshkent shahrida dunyoga keldi.
Qaffol Shoshiyning manbalarda uchragan to‘la nomi Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol ash-Shoshiydir. Hatto bu kishining hurmatini bajo keltirish maqsadida ismi yoniga «al-kabir» (katta, ulug‘ va muhtaram ma’nosini bildiradigan) so‘zini ham qo‘shib aytishgan.
Qaffol Shoshiy hunarmandlar oilasida dunyoga kelgan bo‘lsa kerak, chunki uning ismi bunga dalolat qiladi. «Qaffol» – qulfsoz degani (arabcha «qufl» – bizning tilimizga o‘tib buzilgan va «qulf» shaklida talaffuz qilinadi). Manbalarda saqlanib qolgan ba’zi rivoyatlarga qaraganda, Shoshiy qulf yasashga juda usta bo‘lib, hatto pashshaning oyog‘iga kishan-qulf yasay olgan, vazni chorak kumush tanga og‘irligidek jajji qulf yasagan ekan. Bu gaplardan Shoshiy o‘z ishiga puxta bo‘lgan degan ma’no o‘qish mumkin.
Shoshiy dastlabki ta’limni o‘z yurtida oldi, keyin O‘rta Osiyo shaharlariga sayohat qildi. Samarqandda yashadi va ta’lim oldi. Dastlab u fiqhshunoslikni o‘rgandi. Bu fan Sharqda juda keng tarqalgan va ijtimoiy hayotda muhim ahamiyatga ega edi, chunki har bir mamlakatda bu fan sohibiga zaruriyat katta. Bular va uni puxta egallagan kishi o‘ta qadrlanardi.
Qaffol Shoshiy mana shunday ilm sohibi edi. Meros taqsim qilish, savdo-sotiq, oldi-berdi, yo bo‘lmasa qo‘ydi-chiqdi kabi son-sanoqsiz janjalli masalalarning adolatli, to‘g‘ri hal qilinishi fiqhshunoslikka bog‘liq edi. Buni hal qilish uchun g‘oyat farosatli, yuksak did va nafosatli, ilm-ma’rifatdan atroflicha xabardor, zamonasining barcha masalarini o‘z fikr doirasida singdira oladigan shaxslar bo‘lishi kerak edi. Qaffol Shoshiy mana shunday fazilatlarga ega bo‘lish bilan birga, u falsafa, mantiq kabi fanlarini ham puxta egalladi, ularda munozara qiladigan darajaga erishdi.
Keyin u ilm chashmasidan ko‘prok bahramand bo‘lish maqsadida YAqin O‘rta Sharq mamlakatlariga sayohat qildi. Hijoz, Bag‘dod, Damashq kabi shaharlarda bo‘ldi va u yerda zamonasining ko‘zga ko‘ringan olimlardan tahsil oldi. Shoshiyning ustozlariga qarab, ham uning qanday fanlar o‘rganganligi haqida ma’lum xulosaga kelish mumkin. Tarixiy manbalarining shohidlik berishicha, Shoshiyning fiqhshunoslik va tarix sohasidagi ustozi mashhur olim va tarixchi at-Tabariy (839-923) edi. Ma’lumki, Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy Sharq, mamlakatlarining eng yirik tarixchisi bo‘lib, ko‘p jildli asarlar yozgan. Asli u kishi Tabaristondan bo‘lib, ilm-hikmat talabida Ray, Bag‘dod, Basra, Kufa, Hijoz, Damashq, Kohira kabi shaharlarni kezib, ularda ta’lim olgan. U Sharq tarixchilari orasida mashhur bo‘lgan «Elchilar va podshohlar tarixi» kitobining muallifi edi. Bu asar bizga to‘la holida yetib kelmagan, qisqargan nusxasigina mavjud. Lekin undan keyin yashagan Ibn Miskaveyx, (1030 yilda vafot etgan), Ibn al-Asr (1234 yilda vafot etgan) kabi tarixchilar o‘zining umumiy tarixiga oid ko‘p jildli asarlarini yozishda undan to‘la foydalanganlar. Uning «Tarix ar-rijol» (“Yirik kishilar tarixi»). “Jom’ al-bayon» tarjimasi kabi asarlari ham bo‘lgan.
Qaffol Shoshiyning ikkinchi ustozi Abu-l-Hasan ibn Abu Musa al-Ash’ariy (873-941) edi. Bu kishi Sharqda kalomchilar oqimining asoschisi bo‘lib, bu to‘g‘rida anchagina asarlar yozgan va Sharqda ash’ariya (har ikkisi ham islom falsafasi – Red.) oqimining asoschisi sifatida mashhur. Arab olimi Tojiddin as-Sabkiyning yozishicha, ilm talabida bo‘lgan «Qaffol Shoshiy al-Ash’ariydan kalom ilmini o‘rganar ekan, o‘z navbatida, al-Ash’ariy undan fiqhshunoslikni o‘rgandi».
Qaffol Shoshiyning uchinchi ustozi Abu-l-Abbos Ahmad ibn Umar ibn So‘rayj (861-928) edi. Bu kishi ham zamonasining yirik olimi bo‘lib, to‘rt yuzdan ortiq asarlar ta’lif qilgan mashhur alloma edi.
Umuman Qaffol Shoshiy ko‘p o‘lkalarga sayohat qilib, qaysi mamlakatlarda zo‘r olim bo‘lsa, ulardan bilganlarini o‘rganishga intilar edi. Arab olimi Ibn Xallikon (1211-1182) o‘zining «Vafayod-al-a’yon» («Ulug‘ kishilar vafoti») asarida Qaffol Shoshiy haqida shularni yozadi: “Qaffol Shoshiy hadis ilmini bilgan, tilshunos, shoir edi. O‘sha vaqtda Movarounnahrda u kishiga teng keladigan olim yo‘q edi. Bu kishi Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom va boshqa o‘lkalarga sayohat qilib, hamma yerda ham nom taratdi… u kishining ko‘p asarlari bo‘lgan.”
Qaffol Shoshiy «Adab al-qozi» («Qozi fe’l-atvori») degan asar yozgan. Shu bilan birga u «Odob al-bahs» degan asar muallifi hamdir. Bu haqida arab olimi Ibn Xallikon shularni yozadi:
“Qonunshunoslardan dastlab chiqib «Husni Jadal» («Dialektika husni») degan asar yozgan kishi ham shu Qaffol Shoshiy edi.”
Bag‘dodga kelgach, Muhammad al-Xorazmiy asos solgan «Hikmat donish» (Baytul hikma)da ilmga mashg‘ul bo‘ladi. Oradan bir oz vaqt o‘tgach, o‘zidagi favqulodda iste’dod va chuqur bilimi bilan allomalar orasida shuhrat qozonadi. Ayniqsa, fiqhshunoslik ilmiga qattiq kirishadi. Zero, fiqh ilmi musulmon olamida keng tarqalgan va ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etgan fanlardan biri edi. U fiqh ilmini egallash bilan birga falsafa, mantiq, adabiyot kabi fanlarni ham puxta o‘zlashtirgan edi. U arab, lotin va hind tillarini o‘z ona tilidek bilardi. Binobarin, mazkur tillarga oid mukammal lug‘atlar yozgan.
Fiqh ilmida (shariat krnunshunosligi) Qaffol ash-Shoshiy o‘z zamonasida – Bag‘dodda yagona alloma bo‘lgan. U ko‘p muddatlar «Baytul hikma»ga rahbarlik qilgan. Qaffol ash-Shoshiyning dovrug‘i xalifa muntasir qulog‘iga yetib, uni saroyga taklif etib, vaziri a’zamlik lavozimiga tayinlaydi. Qaffol ash-Shoshiy bir necha yillar vazirlik mansabida adolatni mezon qilib siyosat yuritdi.
Qaffol Shoshiyning davrimizgacha saqlanib qolgan she’riy ijodlaridan biri Tojiddin as-Sabkiy asariga kirib qolgan manzumasidir.
Vizantiya imperatori Bag‘dod xalifasiga she’r bilan xat yozadi. Xat Vizantiya hukmdoridan hoshimiylar xonadonidan bo‘lgan va hukmronlik o‘rnida o‘tirgan xalifaga deb yozilgan.
«Biz sherdek otilib o‘z yerlarimizni fath etdik, Damashq bo‘lsa ota-bobomiz maskani edi, biz bu diyor mol-mulkiga ega bo‘lamiz. Misrni ham qilichimiz bilan egallaymiz. Hijoz, Bag‘dod, Sheroz, Ray, Xuroson, Kuddus, Sharqu G‘arb hammasini fath etamiz”, deb xalifa va uning sarkardalariga dag‘dag‘a soladi, ularni qo‘rqitmoqchi bo‘ladi. Mana shu paytda Qaffol Shoshiy Bag‘dodda bo‘ladi. Xalifalikda, saroy a’yonlari o‘rtasida yaxshi qonunshunos, zabardast olim, iqtidorli arabiynavis shoir sifatida tanilgan bo‘ladi. Vizantiya hukmdorining lashkarboshisi Tag‘fur (arab manbalarida – Taqfur) xatiga javob yozishni xalifalik nomidan Qaffol Shoshiyga topshiradi.
Shoshiy maktubni ko‘rib, o‘sha maktub vaznida va o‘sha tarzdagi qofiyada davom etdirib Tag‘furga arab tilida javob yozadi. Bu javobning yetmish to‘rt bayti (148 yo‘l) as-Sabkiyning yuqorida zikr qilingan asari ichida saqlanib qolgan. As-Sabkiyning yozishicha, Shoshiyning bu javob she’rini o‘qigan Vizantiya a’yonlari taajjubda qolishibdi, keyin ular bir-birlaridan so‘rashibdi:
«Buni yozgan kishi kim o‘zi, qaysi yurtdan ekan, xalifalikda biz bunday zot borligini bilmas edik-ku?». Voqyeaning nima bilan tugaganligining ahamiyati yo‘q, lekin bu misoldan Qaffol Shoshiy zabardast arbob, hozirjavob shoir ekanligiga qanoat hosil qilamiz.
Qaffol Shoshiy shunday ulug‘vor va dovyurak, ajoyib shaxs edi. Uning adiblik, shoirlik, tilshunoslik faoliyati bilan deyarli hech kim shug‘ullanmadi, uning dialektikaga oid asari ham o‘rganilgan emas. Uning fiqhshunoslikka doir Shofi’iya mazhabiga tegishli asari va bu sohadagi fikr-mulohazalarigina davr taqozosiga ko‘ra islom tarqalgan Sharq mamlakatlarida keng ko‘lamda yoyildi. Mana shu sohadagi fikr-mulohazalari tufayli alloma Qaffol Shoshiy ming yil mobaynida odamlar hurmatiga sazovor bo‘lib keldi. Uning shoirlik, tilshunoslik va mantiqshunoslik sohalari ham yirik olim ekanini tasdiqlaydi.
Manbalarning ko‘rsatishicha, Bag‘dodlik Xo‘ja Muhammad Nomiy degan olim Qaffol Shoshiyning qo‘lida o‘qigan va hatto u bilan juda qalin bo‘lib ketgan edi. Bu kishi o‘z oilasi bilan birga Shoshiyga ergashib, Toshkentga keladi va umrining oxirigacha bu shaharda qolib ketadi. Qaffol Shoshiy 976 yili Toshkentda vafot etgan.
Hamshaharlari uni ilmu donish, adolatli va fuqaroparvarligi tufayli e’zozlab, unga maqbara bunyod etadilar. Ul zotning qabrlari atrofida Toshkent tarixiga dahldor bo‘lgan mashhur va mo‘’tabar zotlar abadiy uyqudalar.
Hozir Toshkentliklar iborasida “Xastimom” deb ataladigan joy shu mo‘’tabar zotga nisbat berib aytiladigan «Hazrati Imom» so‘zining qisqargan shaklidur.
1541-42 yillarda nurab qolgan dastlabki maqbara o‘rniga hozirgi maqbara Toshkent hokimi Baroqxon taxallusli Navro‘z Ahmadxon topshirig‘i bilan saroy me’mori G‘ulom Xusayn loyihasi asosida qayta qurilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |