Mavzu: Qadimgi tarix sivilizasiyasining boshlanishi eng qadimgi odam rivojining bosqichlari



Download 94,37 Kb.
bet15/15
Sana15.01.2017
Hajmi94,37 Kb.
#425
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Savol va topshiriqlar:

  1. O`rtayer dengizi qanday strategik ahamiyatga ega?

  2. Triumf nima?

  3. Rimda qullarning soni hisobiga ko`paydi?


Mavzu: Rimda respublikaning qulashi. Rim va Parfiya
Reja:


  1. Rimda respublika qulashining sabablari.

  2. Yukiy Sezar hukmronlik davri.

  3. Parfiya davlati va uning madaniyati.



Qullar qo`zg`oloni quldorlarni qattiq qo`rquvga soldi. Quldorlar qarshisida kuchli hokimiyat bo`lmish harbiy diktatura o`rnatilishi zarur edi. Mil. avv. I asrda muntazam yollanma qo`shinga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandi. Spartak qo`zg`oloni bostirilgandan so`ng, Krass va Pompey hokimiyat uchun ancha vaqt kurash olib bordilar. Urushlarning birida Krass halok bo`ldi. Galliya urushidagi g`alabasidan keyin Sezarning nufuzi ancha oshdi. Galliyadi muzaffar urushdan keyin, Rimga boruvchi yo`ldagi Rubikon daryosidan kechib o`tar ekan, mil. avv. 49 –yili Yuliy Sezar yakka hokimlik uchun oshkora kurashni boshladi. Pompey qo`shinlari Ispaniyada turar edi, Sezar g`alaba qozondi. U Rim imperatoriga aylandi. Sezarning cheklanmagan hokimiyatidan norozi bo`lgan senatorlar fitna uyushtirishdi. Fitnaga Sezarning yaqin do`stlaridan bo`lmish Brut boshchlik qildi. Mil.avv. 44 –yilda Yuliy Sezar hukmronligi tugadi. Sezar o`ldirilganda keyin Brut respublikani tiklashga urinib ko`rdi. Ammo uning o`ldirilishi respublikaning qayta tiklanishiga olib kelmadi. Sarkardalar o`rtasida fuqarolar urushi boshlanib kedi. Bu kurashlarda Oktavian Avgust Sezarning vorisi g`olib chiqdi. U Rim imperiyasi asoschisiga aylandi. Ayni mahalda Rimda Sezarning nevarasi bo`lmish imperator uni asrab olganidan Gay Yuliy Sezar Oktavian deb nom bergan Oktaviy paydo bo`ldi.Oktavian mamlakatga hukmdor bo`ldi Sezarning yaqin yordamchisi Mark Antoniy bunga qarshi chiqdi. U republikaning dushmani deb e’lon qilindi. Oktavian Mark Antoniy bilan ittifoq tuzadi. Misrga kelgan Antoniy Misr malikasi Kleopatraga uylanadi. Nikoh sovg`asi tariqasida Antoniy Kleopatraga Rimning sharqiy provinsiyalarini beradi. Bu Oktavianing noroziligiga sabab bo`ladi. Mil. avv. 31 –yilda Yunoniston qirg`oqlarida Aktavian va Antony flotlari o`rtasida jang bo`ladi. Flot va armiya Oktavianga taslim bo`ladi. Antoniy va Kleopatra Aleksandriyaga qochadilar. Oktavian butun Rim imperoyasiga yakka hukmdor bo0`lib qoladi. Miloddan avvalgi 29 –yili Oktavian Senatda imperator unvni va Avgust laqabini oladi. Oktavian Rim imeriyasining asoschisi edi. Oktavian senatorlar sonini qisqartirib, 75 legiondan 28 tasini qoldirdi. Jangchilarning xizmat muddati 20 yil deb belgilandi. Uning davrida Rim imperiyasining umumiy soni 300 mingtani tashkil etgan. Oktavian Avgust milodiy 14 –yilda vafot etdi. Uning vorislari bo`lmish Kaligula va Neron hukmronligi davrida imperiya inqirozni boshladi. Faqat II asrning o`rtalarida Rimning kuch –qudrati qayta tiklandi. Bu davr Rim imperiyasining “oltin davri” deb yuritilgan. Milodiy 98–yilda Troyan imperiya taxtini egalladi. Dunay daryosi bo`ylarida yashovchi daklar bilan urushlar olib bordi. 40 metrlik Troyan kolonnasi –ustunini bezab turgan daklar bilan urush manzaralari tasvirlangan bo`rtma rasmlar bu haqda guvohlik beradi. Hozirgi Turkmanistonning janubi, Eronning shimoli sharqida qadimda joylashgan davlat Parfiya deb atalgan. Mil. avv. VI asrda Parfiyani midiyaliklar bosib oladilar. Mil. avv. IV asrda Parfiya Salavkiylar davlatining bir qismiga aylandi. Mil. avv. III asrning o`rtalarida Arshak boshchiligida parnlar ko`chmanchi qabilalari Parfiyanmi bosib oladilar. Salvkiylar noibi Andragorning armiyasi tor –mor etiladi. Mil avv. 55- yilda Rim sarkardasi Krass Parfiyaliklar bosib olgan yerlarni Rim imperiyasiga qo`shib olish uchun sharqqa yurish qiladi. Krassninig 7 legioni 4 ming qo`shini bo`lgan. Karra shahridan uncha uzoq bo`lmagan joyda parfiyaliklar Rimliklarni yengadi.Rim armiyasining 40 ming jangchilaridan atigi 10 mingi tirik qoladi. Krass parfiyaliklar sardori Surena tomonidan hoinlarcha o`ldiriladi. Pompey Trog shunday yozadi: “Go`yo butun dunyoni Rimliklar va o`zlari orasida taqsimlab olgandek, hozirgi kunda Parfiyaliklar ustidan hukmronlik qilmoqdalar”. Mil. avv. 36 –yilda Rim imperatori Antoniy Parfiya ustiga muvaffaqiyatsiz yurishlar qiladi.imperator Avgust zamonida Parfiya bilan tinchlik sulhi tuziladi. Faqat imperator Troyan zamonida milodiy II asrda Rimning Parfiya bilan urushi ancha muvaffaqiyatli bo`ladi. Milodiy 226 –yilda Eron shohi Ardasher Parfiyani bosib oladi. Marv, Niso, Ktesifon shaharlari xarobalari qazib o`rganilganida ibodatxonalar va saroyla, turli –tuman hunarmandchilik buyumlari –sopol idishlar, qurol –yarog`lar, zeb –ziynatlar topilgan. Parfiyaliklar qo`shni xalqlar –xorazmiylar, so`g`diylar, baqtriyaliklar va hindlar bilan uzviy madaniy va iqtisodiy munosabatlarni yo`lga qo`yishan edi.

Mavzu:3 Urug’chilk jamiyati

Reja:


  1. So’nggi paleollit davri

  2. Mezolit davri

  3. Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi

So’nggi paleoit davrida ya’ni miloddan avvalgi 40-12 ming yil avval turli xildagi voqealar sodir bo’ldi. . Taxminan 25-30 ming yil muqaddam odamlar ancha takomillashgan kesuvchi,arralovchi, parmalovchimehnat qurollarini yasashgan .Inson endilikda taqinchoqlar-munchoqlar, tumorlar va uzuklar ham yasay boshladi. So’nggi palelitda insoniyat o’z rivojida yana bir pog’ona yuksaldi. Odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga-urug’ jamoalariga ajralib chiqishdi. Urug’ga oqsoqol sardorlik qilgan, urug’ a’zolari bitta manzilgohda yashagan .Bir joyda yashab turgan bir qancha urug’lar qabilani tashkil etgan.

TUrar joylarning qurulishi esa so’nggi paleolit odamlarining muhim ixtirosi bo’ldi.Kiyim-kechaklar tayyorlashda hayvonlar terisi ishlatilardi. Inson bu davrda suniiy tarzda olov hosil qilishni ham o’rganib oldi. Qadimgi tosh davrini deyarli o’z ichiga olgan ulug’ muzliklar (Gyuns, Mindel,Ris, Vyurm) paleo;otning tamom bo’lishi bilan deyarli eriy boshladi.Iqlim issiqlana bordi, o’simliklar va hayvonot dunyosi asta- sekin hozirgi zamon hayvonlari va o’zimliklari qiyofasiga kira boshladi. Tabiatdagi, hayvonot dunyosidagi bu buyuk o’zgarishlar bilan birga yangi davr-mezolit boshlandi. Mezolit so’zi yunoncha bo’lib,”mezos”-“o’rta” “litos” “tosh” ya’ni o’rta tosh davri degan ma’noni anglatadi. Muzlikning tugashi bilan shimolda Boltiq dengizi hozirgi chegarasiga yaqin bo’lgan chegarani tashkil etdi. Muzlik qoplangan juda ko’p xududlarda katta- kichik ko’llar va botqoqliklar paydo bo’ldi. Janubiy o’rmonlarda asta-sekin keng yaproqli daraxt o’rmonlari vujudga keldi.Volga, Don,dnepr daryolarining quyi oqimidan janubroqda , Qozog’iston ,O’rta Osiyo va Janubiy Sibir hududlarida hayvonlar uchun yaxshi o’t- xashak beruvchi yaylov-cho’l zonasi vujudga keldi. Bu zonalarning o’sha vaqtdagi tabiiy iqlim sharoiti hozirgidan juda kam farq qilardi. Ulug’ muzliklar tufayli bir zamonlar shimoldan janubga kelib qolgan shimol hayvonlari – shohdor bug’ular endi janubdan shimolga ko’chib o’ta boshladi. Mezolitning boshlarida Shimoliy Sibir mintaqasining uzun junli mamontlari o’zlarining eng so’nggi umrlarini kechirmoqda edi. Qadimgi yirik hayvonlar o’rnini yangi tabiiy sharoitga moslashgan hayvonot dunyosi egalladi. Aynan shu davrda toshga ishlov berish usuli hamda mehnat qurollari yasahs texnikasi o’zgarganini ko’ramiz. Shu bilan birga odamning o’zi ham ,uning tashqi ko’rinishi ham o’zgarib bordi. Biz ko'rayotgan davrda hozirgi qiyofadagi odam –kramanyon odami yashar edi



Mezolit davri taxmminanmiloddan avvalgi12- 7ming yilliklarda davom etgan. Mezolit davri boshlanishi bilan muzlik davri o’z poyoniga yetdi, bu narsa iqlim ancha ilishiga va odamlar turmushida o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Mezolit davrida inson o’q-yoy yasashni o’rganib oldi. O’q-yoy kashf etilishi bilan odam ihtiyorida chopqir hayvonlar va qushlarni ovlash imkoniyati vujudga keldi. Mezolit davri odamlarining hayotida ovchilik hali o’zining kuhli mavqeiga ega edi. Xo’jalikda faqat yirik hayvonlarni emas balki mayday tez harakat qiluvchi hayvonlarni ham ov qilish imkoniyati tug’ildi. Bu imkoniyat mezolit davri odamlarining hayotida o’q- yoyning kashf etilishi bilan bog’liq edi. Ibtidoiy odam tomonidan o’q-yoydan foydalanishga o’tish – bu kishilik jamiyatidagi buyuk burulish edi. O’q- yoy insonning kundalik hayotida bir necha yuz ming yillar davomida hukmronlik qilib kelayotgan yirik

Aim.uz

Download 94,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish