Mavzu: Qadimgi tarix sivilizasiyasining boshlanishi eng qadimgi odam rivojining bosqichlari



Download 94,37 Kb.
bet13/15
Sana15.01.2017
Hajmi94,37 Kb.
#425
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Savol va topshiriqlar:

  1. “Evrika” degan iborai kim qo`llagan?

  2. Arxidem qanday kashfiyotlar qilgan?

  3. Sokrat haqida nimalar bilasiz?


Mavzu: Italiya va uning aholisi. Rim respublikasi. Rim respublikasi hayoti.
Reja:

  1. Hududi va tabiiy sharoiti

  2. Rimga asos solinishi

  3. Rimda respublikaning vujudga kelishi


Apennin yarim orolining markaziy qismidan Tibr daryosi oqib o'tadi. Daryoning yuqori qismi tog'liq yaylovlar, quyi qismi esa tekislikdan iborat bo'lgan. Uning har qayerida katta-kichik tepaliklar qad ko'tarib turadi. Tibr daryosi tekisJigida qadimdan boshlab lotin qabilalari yashar edilar. Miloddan awalgi XI—X asrlarda bu tepaliklarda lotinlarning qator qishloqlari bor edi. Xo'jalikning rivojlanishi va aholining ko'paya borishi tufayli qishloqlar birlashib, lotinJar jamoasini -davlatini tuzganlar. Miloddan awalgi VIIJ asrda Rim shaharchasi bunyod etilgan. Tibrning baland qirg'og'idagi Kapitoliy tepaligida qurilgan qo'rg'on shaharning markazi bo'lgan. Rim shahrini barpo bo'lishi bilan Rim davlati ham tashkil topgan. Rim va uning atrofida lotin, etrusk va boshqa qabilalar yashaganlar. Ular birlashib Rim davlatiga asos solganlar. Bular Rimning qadimgi tubjoy aholisi bo'lib, ular patritsiylar deb atalganlar. Patritsiy lotincha ,,pater" so'zidan olingan bo'lib ,,ota" degan ma'noni bildirgan. Ular Rimning erkin aholisi bo'lib, ota-bobolari Rimga asos soJganliklari bilan faxrlanib yurganlar. Ular o'zlarining yer-rnulklariga ega bo'lganlar. Jamoa yerlarida chorvalarini boqqanlar. Patritsiylar o'zlari ishlash bilan birga qullar mehnatidan ham foydalanganlar. Patritsiylarning nufuzli keksalaridan ,,oqsoqollar kengashi" tuzilgan bo'lib, uni lotinchada senat deyilgan. Dastlab Rinmi podsho va senat boshqargan. Rim kuchaya borib asta-sekin Etruskiya, Kampaniya va Markaziy Italiyadagi bir qancha joylarni bosib olgan. Shundan so'ng Rim shaharlarining kuchli ittifoqi vujudga kelgan. Rim bu ittifoqning yetakchisiga aylangan. Rimliklar atrofdagi qishloq va viloyatlarni o'zlariga itoat ettirib, u yerlardagi begona aholini Rimga ko'chirganlar. Italiyaning boshqa joylaridan Rimga ko'chib kelgan odamlarni va ularning avlodlarini plebeylar deb ataganlar. Plebeylar asosan qo'shinda xizmat qilganlar. Ularga jamoa ekin maydonidan yer berilmagan. Ular orasida boy-badavlat kishilar va kambag'allar bo'lishgan. Rimda qarzdor kishilar va urushda asir tushganlar qul qilinganlar. Miloddan awalgi 510—509- yillarda Rim fuqarolari qo'zg'olon ko'tarib podshohni taxtdan ag'darib tashlaganlar. Rimda respublika davlat hokimiyati o'rnatilgan. Respublika — ma'lum muddatga saylab qo'yiladigan kishilar idora qiladigan davlatdir. Rimliklarning xalq yig'ini har yili patritsiylar orasidan ikkita hokimni — konsullarni va unga yordam beradigan boshqa mansabdor kishilarni davlatni boshqaruv ishlariga saylagan. Bu amaldorlar yil davomida Rim davlatini idora qilganlar, urush e'lon qilib, sulh tuzganlar. Ular sud ishlarini ham bajarganlar. konsullar yangi qonunlar qabul qilib eskisini bekor qilganlar. Urush vaqtida esa qo'shinga qo'mondonlik qilganlar. Rimda senat ham katta huquqqa ega bo'lgan. Senatga a'zo qilib patritsiylarning Ocisoqollan orasidan vakillar saylangan. Rimda tabaqalarga — patritsiylar va plebeylarga ajralish va ular o'rtasidagi kurash podsholik davrida boshlangan edi. Podsholik ag'darilib, respublika o'rnatilgach, patritsiylar bilan plebeylar o'rtasidagi kurash yanada keskinlashib ketadi. Plebeylar davlatni boshqarish ishlarida qatnashish, jamoa yerlaridan foydalanish va boshqa masalalarda patritsiylar bilan teng huquqli bo'lishga harakat qilganlar. Rim qo'shinining asosiy qismini plebeylar tashkil etar edilar. Plebeylar qo'shinda xizmat qilishdan bosh tortar, o'zlarining alohida shaharlarini barpo qilmoqchi bo'lib, patritsiylarni qo'rqitardilar. Nihoyat patritsiylar qo'shinning kuchsizlanishidan cho'chib, plebeylarga yon berishga majbur bo'lardilar. Miloddan awalgi V—VI asriarda plebeylar o'z himoyachilari -xalq tribunlarini saylash huquqini qo'lga kiritdilar. Tribunlar ,,veto" — (taqiqlash, man etish) huquqiga ega bo'lib, u konsullar va senatning plebeylarga zid farmoyishlarini taqiqlab qo'yish huquqini oladilar. Tribunlar plebeylar manfaatini himoya qiluvchi arboblar bo'lib, ularning eshigi plebeylar uchun hamisha ochiq edi. Tribunlar tez orada plebeylarning yo'lboshchilariga aylanib, ularning manfaatini ko'zlab tinimsiz kurashganlar. Ko'p yillik kurashdan so'ng plebeylar tribunlar rahbarligida amaldagi huquqlarning yozib qo'yilishiga muvaffaq bo'lganlar. Miloddan awalgi 449- yili plebeylar manfaatini himoya qiluvchi 12 ta mis lavhaga yozilgan qonunlar forumga — xalq yig'iniga maydonga qo'yilgan va qabul qilingan. Bu plebeylarning eng katta g'alabasi edi. Qonunga ko'ra yer va mol-mulk xususiy bo'lib, merosxo'rga vasiyat qilib qoldirish mumkin edi. Miloddan awalgi 326-yili plebeylar yangi qonun qabul qilib, unda nqarz uchun qarzdorning tan-joni emas, mol-mulki javobgar bo 'lishi kerak", deyilgan. Qonunga ko'ra qarz uchun Rim fuqarosini qul qilish man etilgan. Miloddan avvalgi 509 –yilga qadar ahvol shu tariqa davom etdi , “mag`rur” laqabli Tarkviniy degan kishi saylab qo`yilgan hukmdorni o`ldirib, o`zini podsho deb e`lon qildi. Xalq bundan g`azablanib davlat hokiniyatini ag`darib tashladi va Rim respublikasiga asos soldi. Yana plebeylar konsullik va boshqa mansab lavozimlarga saylanish, jamoa ekin maydonlaridan yer olish huquqini ham qo'lga kiritadilar. Shunday qilib, plebeylarning patritsiylarga qarshi 200 yillik kurashi natijasida plebeylar juda katta g'alabaga erishganlar. Miloddan awalgi IV asr oxiri va III asr boshlariga kelib Rimning qullardan boshqa barcha aholisi teng huquqli bo'lib olgan edilar. Ularning barchasi lavozim va mansablarga saylanish huquqiga ega edilar. Bu lavozimlarga badavlat plebeylar va patritsiylar saylanganlar. Ular lavozim uchun davlatdan haq olmas edilar. Chunki ularning ixtiyorida katta-katta yer mulklari, ustaxonalari bo'lib, ba'zilari savdo-sotiq bilan shug'ullanganlar. Ularning yerlari, ustaxonalari va savdo ishlarida ishboshilar, mardikorlar va qullar ishlaganlar. Rimning oddiy fuqarolari bu lavozim va mansablarga saylanish huquqiga ega bo'lsalar-da unda ishlay olmas edilar, chunki ular mehnat qilib oilalarini boqishlari kerak edi. Shu bois Rim davlatini badavlat kishilar orasidan saylangan kishilar boshqarganlar. Ular Rim aholisining yuqori tabaqasini, ya'ni aslzodalarini tashkil etganlar. Shu tufayli miloddan awalgi V—III asriarda Rim quldorlar va aslzodalar respublikasi deyilgan. Rim shahrini bunyod etilganligi haqida rivoyat mavjud. Qadimgi afsonalarga ko'ra Rim shahriga asos solinishi Kichik Osiyoning Troya shahridan Italiyaga ko'chib kelgan kishilar hayoti bilan bog'liq ekan. Rivoyatga ko'ra Troya yunonlar tomonidan vayron etilgach, troyaliklarning bir qismi Eney degan kishi boshchiligida Lasiyaga kelib o'rnashadilar. Lasiya shohi Lotin, Eney va troyaliklarni samimiy kutib oladi. Lotin o'z qizini Eneyga beradi. Lotin vafotidan so'ng, taxtga Eney o'tiradi. Troyaliklar mahalliy aholi bilan qo'-shilib lotin xalqini tashkil etadilar. Eneyning o'g'li Askaniy-Yul ulg'aygach, Alba-Longu degan shaharni barpo qilib, unga podsho bo'lib oladi. Ancha vaqt o'tgach, Eney shohining avlodlaridan biri Numitor ukasi Amuliy tomonidan taxtdan ag'darib tashlanadi. Numitorning qizi Silviya bilan xudo Mars nikohidan ikki o'g'il -Romul va Remlar tug'iladi. Podsho Amuliy bolalar katta bo'lsa meni taxtdan ag'darib, bobosining o'chini oladi deb egizaklarni savatga solib Tibr daryosiga tashlatadi. Savat daraxt shoxiga ilinib qoladi. Ularni ona bo'ri sut berib katta qiladi. Keyinchalik bir cho'pon bolalarni topib olib tarbiya qiladi. Aka-ukalar ulg'ayib, botir va mohir jangchilar bo'lib yctishadilar. Ular qo'zg'olon ko'tarib Amuliyni taxtdan ag'daradilar va o'ldiradilar. Aka-ukalar shahar barpo qilish va unga kim hokim bo'Hsh masalasida janjallashib qoladilar. Janjal vaqtida Romul ukasi Remni o'ldirib taxtni egallaydi. Rivoyatlarga qaraganda Romul o'zlarini cho'pon topib olgan joy yaqinidagi tepalikda shahar barpo etibdi. Shaharga Rim (lotincha Roma) deb nom qo'yibdi va unga podsholik qilibdi. Shu tariqa Rim shahriga asos solingan ekan. Rim davlati vujudga kelgan kunidan boshlab muntazam qo'shin tuzishga katta ahamiyat bergan. Harbiy xizmatga yer-suvli, mulkli erkin dehqon-lardan olingan. Rim qo'shini o'q-yoy va kalta nayzalar bilan qurollangan yengil askar, otliq va og'ir qurolli jangchiiar hamda jang aravalaridan iborat bolgan. Qo'shin har biri 4500 jangchidan iborat legionlarga bo'lingan. Legion esa kichik-kichik jangchi guruhlaridan iborat bo'lgan. Rim harbiy qismlari tekisJik, tog'lik, o'rmon va shaharlarda jang qilishga moljallab tuzilgan. Rim qo'shinida intizom juda qattiq bo'lib, quro-lini yo'qotgan, qorovullik paytida uxlab qolgan askar qatl etilgan. Harbiy boshliqlarning buyruqla-rini askarlar so'zsiz bajarganlar. Miloddan awalgi VI asr boshlarida etrusklar Rim yerlariga bostirib kirib, lining ba'zi joylarini bosib olganlar. Miloddan awalgi V asrdan boshlab esa Rim lotinlar bilan ittifoq bo'lib etrusklarga qarshi kurash boshlaganlar. Rimliklar etrusklarning Veyya shahriga uch marta hujum qilganlar.


Download 94,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish