3. Moliya bozorlari faoliyati mazmuni. Moliyaviy bozorlar, moliya institutlari va pulga doir munosabatlarda chigalliklarning yuzaga kelishi mamlakat iqtisodiyoti uchun katta xavf hisoblanib, uning iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishiga, siyosiy va saylovlar jarayonlariga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Pul, banklar va moliyaviy bozorlarni o‘rganish ko‘plab mavjud muammolarni tushunishga yordam beradi. Avvolo bu fanda bozor munosabatlarining muhim instrumenti sifatida pulning mohiyati, uning paydo bo‘lishi, pulning zarurligi, pul bajaradigan funktsiyalar, bozor munosabatlarini samarali qaror toptirishda pulning roli va ahamiyati kabi masalalarga e‘tibor qaratiladi. Shuningdek, ushbu fanda mavjud muammolarni ochib berish va ularni o‘rganish qanchalik darajada ahamiyatli ekanligi ham ko‘rsatib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |