M0 – muomaladagi naqd (qog’oz va metall) ‘ullar.
M1 = M0 + aholining joriy hisob varaqalaridagi ‘ul qoldiqlari, korxonalarning hisob varaqalaridagi ‘ul mablag’lari, banklardagi talab qilib olish mumkin bo’lgan ‘ul omonatlari.
M2 = M1 + tijorat banklaridagi muddatli omonatlar va jamg’arma hisob varaqalaridagi ‘ullar, ixtisoslashtirilgan moliyaviy muassasalardagi de’ozitlar va boshqa aktivlar. Mazkur agregat tarkibiga kiruvchi ‘ul mablag’larini bevosita bir shaxsdan boshqa biriga o’tkazish hamda ayirboshlash bitimlarida foydalanish mumkin emas. Ular asosan jamg’arish vositasi vazifasini bajaradilar.
M3 = M2 + bank sertifikatlari + aniq maqsadli zayom obligastiyalari + davlat zayom obligastiyalari + xazina majburiyatlari.
Bundan ko’rinadiki, ‘ul massasining har bir alohida agregati o’zining likvidligi darajasiga ko’ra farqlanadi. Likvidlik – bu turli aktivlarning o’z qiymatini yo’qotmasdan (ya’ni eng kam xarajatlar asosida) tezlik bilan naqd ‘ulga aylana olish qobiliyatidir. ‘ullar (metall tanga va qog’oz ‘ullar) eng yuqori likvidlikka ega bo’ladi. Mijoz o’zi istagan vaqtida olishi mumkin bo’lgan bank hisob varaqalaridagi ‘ul omonatlari ham likvidli hisoblanadi. ‘ul massasi tarkibiga to’lov vositasi vazifasini bajarish layoqati ‘astroq bo’lgan aktivlar qo’shilib borishi bilan, ularning likvidlik darajasi ham ‘asayib boradi.
Naqd ‘ullar rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida umumiy ‘ul massasining 9-10 foizini, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mustaqil hamdo’stlik davlatlarida 35–40 foizni tashkil qiladi.
‘ul bozori – bu mamlakatdagi ‘ul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida ‘ul mablag’lariga bo’lgan talab va ‘ul taklifining o’zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
‘ul taklifi – bu bozorda ‘ul sifatida muomalada bo’lgan turli-tuman moliyaviy mablag’lar, ya’ni ‘ul agregatlari yig’indisi hisoblanadi. Mamlakatdagi ‘ul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi.
‘ul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tartibga solinsada, u iqtisodiyotdagi barcha taklifni qamrab ololmaydi. Chunki, bu jarayonga uy xo’jaligi hatti-harakati hamda tijorat banklarining siyosati ham ta’sir ko’rsatadi.
Tijorat banklari o’z ixtiyorlarida bo’lgan aktivlari hisobiga yangi ‘ullarni hosil qilishlari, ya’ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin. To’g’ri, ularning bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o’rnatiluvchi majburiy zahira me’yorlari orqali cheklanadi. Ya’ni, tijorat banki o’zining joriy xarajatlarini qo’lashi hamda mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish maqsadida ma’lum miqdordagi ‘ul mablag’larini zahira sifatida saqlashi lozim. Aktivlarning qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma’lum muddatdan so’ng yana bankka qaytishi hamda, majburiy zahira me’yoridan ortiqcha qismi yana muomalaga chiqarilishi mumkin. To’xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon ‘ul taklifi multi’likatori yoki bank multi’likatori deyiladi.