Reja: Poshshoxoja ibni Abdulvahhobxoja shaxsiyati va adabiy merosi manbalari. "Miftoh ul-adl" va "Gulzor" asarlari kompozitsiyasi, nasr va nazm munosabati



Download 36,78 Kb.
bet1/10
Sana30.12.2021
Hajmi36,78 Kb.
#191836
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xoja


Xoja va Majlisiy adabiy merosi.

Reja:

1. Poshshoxoja ibni Abdulvahhobxoja shaxsiyati va adabiy merosi manbalari.



2. “Miftoh ul-adl” va “Gulzor” asarlari kompozitsiyasi, nasr va nazm munosabati.

3. Xoja hikoyatlarining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari.

4. Shoir Majlisiy va uning “Qissai Sayfulmuluk” asari.

X O J A

XVI asr o’zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo’shib, badiiy nasrning go’zal namunalarini yaratgan yozuvchi va shoir Poshshoxoja ibni Abdulvahhobxoja bo’lib, adabiy taxallusi Xojadir. Uning «Miftoh ul-adl» (adolat kaliti) va «Gulzor» deb nomlangan hikoyalar to’plamlari ko’p yillardan beri adabiyotshunoslarimiz tomonidan o’rganilib kelinmoqda. «Miftoh ul adl» to’plami dastlab muallifi noma’lum asar sifatida XIV asr adabiyotining namunasi tarzida o’rganildi. Faqat o’tgan asrning 60-yillaridan boshlab, uning Xoja asari ekanligi aniqlandi.

Xojaning hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar asosan uning o’z o’g’li Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ul-ahbob» asarida mavjud. Xoja asarlaridan namunalar o’zbek adabiyoti tarixidan tuzilgan hamma xrestomatiyalarga kiritilgan. 1962-yili uning «Miftoh ul-adl» va «Gulzor» to’plamlaridan namunalar V. Zohidov va S.G‘anieva tomonidan Toshkentda nashr ettirildi. Xoja ijodini o’rganishda B. Valixo’jaev, N.M. Mallaev, A. Ibrohimov, M. Mirzaahmedova, I. Bekjon kabi olimlarning xizmatlari bor. Sankt-Peterburglik marhum adabiyotshunos A.Tohirjonov Xojaning «Maqsad ul-atvor» asarini topib undan parchalar nashr ettirdi, keyinchalik Sankt-Peterburgdagi ikki qo‘lyozmasi asosida tanqidiy matnini tuzdi. Bu asar parchalari 1982-yilda nashr bo’lgan «Asrlar nidosi» to’plami tarkibida e’lon qilindi. Xoja asarlarining qo’lyozma nusxalari O’zbFA Beruniy nomidagi ShI qo’lyozmalar bo’limida hamda Sankt-Peterburgdagi fondlarda saqlanadi.

Nisoriyning o’z otasi Poshshoxoja haqida keltirgan ma’lumotlariga qaraganda, u 1480-yilda Nisoda yirik ruhoniy Abdulvahhobxoja oilasida dunyoga kelgan. Niso va Marv shaharlarida ta’lim olgan. 1496-yili temuriylardan Kepak Mirzo huzurida Marvda sadr etib tayinlangan. Shayboniylar hokimiyatga kelgach Xoja ular xizmatiga o’tadi. Shayboniyxon uni 1508 yili Durun (Turkmanistonda) ga hokim qilib yuboradi. Sal muddatdan keyin bu erga Muhammad Soleh hokim bo’lib keladi. Shayboniyxon vafoti (1510) dan so’ng Xoja Samarqandda bo’lgan, keyin Buxoroga o’tgan. U Temur Sulton va Ko’chkinchi xon saroylarida xizmat qiladi. 1515-1516 yillarda Karmina hokimi Jonibek Sulton uni o’z yoniga chaqirib, Jumlat ul-mulk mansabini bergan. Keyin sadr bo’lgan. 1529-1530 yillarda Buxoro, so’ng Hirotda hokim bo’lgan. U Ubaydulloxon huzurida Shayxulislomlik mansabda bo’ladi. 1534 yili Ubaydulloxon Nishopurga kelganda Balx hokimi bo’lgan Kistan Qaro Sulton Xojani o’ziga yuborishni iltimos qilgan va u 1543-yilgacha Balxda Sadri A’zam va Shayxulislom bo’ladi. Kistanqaro Sulton ruhiy xastalanib noo’rin ishlar qila boshlagach, Buxoroga qaytib kelgan. U 1547-yili Buxoroda vafot etgan va Xoja Bahouddin Naqshband maqbarasi yoniga dafn etilgan. Demak, Poshshoxojaning deyarlik butun umri qozilik, sadrlik, shayxulislomlik singari mansablarni bajarish bilan o’tgan. Bu mansablarning hammasi diniy nazorat xarakteriga ega bo’lib, o’z davri hayotidan to’la xabardor bo’lishini ta’minlagan.

Xoja o’z davrining eng o’qimishli kishilaridan biri sifatida katta obro’ qozongan. Shayboniy hukmdorlar unga juda hurmat – e’tibor bilan qaraganlar. Xoja taxminan 1528-yilda «Kechadur» radifli g’azalini Zahiriddin Boburga yuboradi va uning tahsiniga sazovor bo’ladi. Yuqorida aytilganidek, Xojadan bizga bir necha she’r, «Miftoh ul-adl» va «Gulzor» to’plamlari hamda «Maqsad ul-atvor» dostoni etib kelgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, u «Layli va Majnun» dostonini ham yozgan.

Xojaning «Miftoh ul-adl» asari 1508-1510 yillar orasida yozilgan va Temur Sultonga bag’ishlangan. «Maqsad ul-atvor» dostoni esa 1514-1520 yillarda yozilib, Jonibek Sultonga atalgan. «Gulzor» to’plami 1538-yilda yozilgan. Bu asarni Kistan Qara Sultonga bag’ishlaydi.

Ko’rinadiki, Xojadan bizgacha ancha salmoqli meros etib kelgan. Xoja lirik merosidan namunalar uning zamonasining zabardast shoirlaridan biri bo’lganligidan dalolat beradi. Quyida Xojaning Boburga yuborgan g’azalini keltiramiz:

Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur,




Download 36,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish