Reja: Poshshoxoja ibni Abdulvahhobxoja shaxsiyati va adabiy merosi manbalari. "Miftoh ul-adl" va "Gulzor" asarlari kompozitsiyasi, nasr va nazm munosabati



Download 36,78 Kb.
bet4/10
Sana30.12.2021
Hajmi36,78 Kb.
#191836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xoja

Kechada shabrav sanu duzdu dag’o.

Ko’runub el ko’ziga zohid mudom,

Uyga borib to’yg’uncha ersan harom.

Shoir ularni nasihat qilishga o’tib, tariqat tabiatiga tamoman teskari bo’lgan bunday illatlardan xalos bo’lishga da’vat etadi. Shoirning bunday mulohazalari yuzaki qaraganda adressiz, shunchaki va’zxonlikday tuyulsada, tarixiy haqiqatga asoslangan. Chunki bunday shayxu so’filar Navoiy davrida ham bo’lganidek, Jonibekxonlar va boshqa shayboniy xonu Sultonlari zamonida ham bo’lgan. Hatto, Xoja ularni shoh va Sultonlarni yo’ldan uruvchi, yomonlik, xiyonat, xalq boshiga tushadigan kulfatlar sababchisi deydi; ularni to’g’ri yo’l tutishga chaqiradi.

Ish qilako’r, shoh ila bo’l oshno,

O’zni qilib tez xalosi riyo

Ayla riyo ahliga begonalik,

Bo’lsa sanga shoh ila hamxonalik…

Til bila ko’nglung so’zini bir qil,

Birliging atvorini tadbir qil…

Qilmasa til ko’ngul ila ittifoq,

Bilki budur shevai zarqu nifoq.

Boshqa bob va maqolotlarda «adolat haqida», «saxovat bila muhtojlarga inoyat» qilish, «ulamo salohiyatin g‘animat bilib, ilmu shariat birla amal» qilish, «hilmni ilmi maosh qilib, sabru tahammulda o‘zni fosh» qilmoq, «ishq maqomida sobitqadam va muhabbat talabida odam bo‘lub, asrori haq bila atvori daqoyiqni mushohada» aylamoq, «Solus libosi birla nomusni elga bergan so‘filar tavrida », «Dunyo molidin va farzand jamolidin muhabbat olib, mehrni ma’budi azaliyga solish» singari g’oyat muhim siyosiy-axloqiy pand-nasihatlar berilgan. Xoja dostonning nazm sababidan keyin «Farzandi azizu dilband Mir Abdussalom Xojaning nasihati bobida» degan sarlavha- unvon bilan o’g’li Abdusalom Xojaga nasihat berishga o’tadi. Aftidan, o’g’li otasi so’ziga ko’p quloq solmaydigan, o’jar va maishatni yaxshi ko’radigan bo’lgan. Shuning uchun uni insof va diyonatga, hoyu havasdan voz kechish, ilmli, fozil kishilar davrasida bo’lish, yolg’on gapirmaslikka chaqiradi:

Ey ki, azizim, dag’i farzandsan,

Ham manga farzandi jigarbandsan…

Xalq arosida ayo neknom,

Oting erur bil ani Abdussalom

Ilm o’qub xayru saloh istagil,

Sidq ila har shomu saboh istagil

Ko’nglung aro qo’yma havoyu havas,

Kim bu havaslar baridur xoru xas.

Ondaki betajribayu tifl eding,

Harna kelur ko’nglungga qilur eding.

Endiki, bolig’sanu ham hushmand,

Bo’lsa kerak bori so’zung va’zu pand.

Xojaning bu baytlari Nizomiy Ganjaviyning o’z o’g’li Muhammadga, Alisher Navoiyning o’z ukasi Darvishaliga qilgan nasihatlariga o‘xshab ketadi.

Xoja dostonning so’ngida «Hikmati hakim» unvoni bilan bergan bobida o’tmish salaflari ijodida va xalq qissalarida uchraydigan dunyoning bevafoligi haqidagi pandlarda mavjud usulni qo’llagan. Odatda unda o’tmishda o’tgan buyuk shohlar, qahramonlar, payg’ambar va avliyolar hayoti ibrat qilib ko’rsatiladi va shunday zotlarni ham ajal omon qo’ymadi, shuning uchun dunyoga mehr qo’yish behuda degan xulosaga kelinadi. Xoja esa bu usulni qo’llaydiyu shunday xulosalarga kelgan buyuk shoirlarning o’zini ibrat qilib ko’rsatadi. Bunda Mavlaviy Jaloliddin Rumiydan boshlab, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Hofiz Sheroziy, Shayx Sa’diy, Abdulmajid Sanoiy, Xoja Kamol Xujandiy, Abulqosim Firdivsiy, Salmon Sovajiy, Mavlono Lutfiy, Mavlono Mir Shohi Sabzavoriy, Mavlono Kotibiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi zotlarning har biri xaqida alohida-alohida to’xtalib, ularning ijodiga ta’rif beradi. Masalan, Rumiyni «arshi haqiqati nujumiy», Nizomiyni «Xamsa ibtido» chisi, Xusravni «Sohibi idrok», Hofizni «Lison ul-g’ayb», Sa’diyni «Shohi suxandon», Jomiyni «Rahbari ayyom», Lutfiyni «Donishvar», Navoiyni «ko’p she’r ila xamsa yozgan suxandon» kabi sifatlashlar bilan ulug’lab:

Qilmadi bu dahr alarg’a vafo,




Download 36,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish