Kecha ham zulfing kabi holim parishon kechadur.
Anbarin zulfing xayolidin kozumga, ey pari,
Yilu oyu soatu kun bori yakson kechadur.
Ulki jondin kechadur sham’i visolingni ko’rub,
Vah-na xush vaqtu na xush soat na oson kechadur.
Ravshan o’lg’ay davlati vaslida hijron oqshami,
Gar gunohimdan bilib ul mohi tobon kechadur.
Xoja yanglig’ nola qil zulfi g’amidin kechalar,
Kim mahalli nolavu faryodu afg’on kechadur.
G’azal garchand an’anaviy mavzuda-ishq mavzusida yozilgan bo’lsa ham, Xoja unda o’zining Boburga bo’lgan munosabatini turli ishora, majoz va istioralar orqali ifodalashga muvaffaq bo’lgan. Aniq ma’lumot bo’lmas ham, Xojaning Bobur bilan avvaldan tanish bo’lganini taxmin qilish mumkin. Ularning deyarlik tengdosh bo’lganligi, bir davrda yashaganligi hamda uchrashish imkoniyatlari bo’lganligini hisobga olib shunday xulosaga kelish mumkin. G’azalning Bobur saltanati cho’qqiga ko’tarilib, Hindiston va Afg’onistonda yirik imperiya tuzgani paytida yozilgani, bu paytlarda Boburning ha demay Movarounnahr va Xurosonni ham egallashi mumkinligi haqida gaplar yurganini e’tiborga oladigan bo’lsak, g’azalning ayniqsa keyingi ikki baytidagi mazmun sirlari ochilgandek bo’ladi. Xoja ularda juda ehtiyotkorlik, Xojagon tariqati namoyandalariga xos andisha bilan va Xonlar undan xavfsiramaydigan usulda Boburga muhabbatini bildirgan. G’azalning mazmuni quyidagicha:
Xojaning bizga ma’lum she’rlarida badiiy san’atkorlikdan ko’ra mazmun etakchi ahamiyatga ega. Bu uning lirik she’rlari va masnaviylariga ham xos xususiyat. Ammo, bu g’azalda u Boburning didini hisobga olib bo’lsa kerak, «hamvorlikka» alohida e’tibor bergan. G’azaldagi hamma baytlar turli bezaklar bilan ziynatlangan, hatto, har bir so’zni ham xilma-xil ma’no beradigan tarzda tashbeh va istioralar bilan bezagan. G’azalda bitta «Kecha» so’zi «nola bilan o’tmoqda, sutkaning yarmi, g’am bilan bir xil, zerikarli, jondan voz kechmoq, hayotdan to’ymoq, xursandchilik bilan o’tmoqda, kechsa (o’tsa), qop-qora zulmat, tugamoqda» kabi ma’nolarda qo’llanib, tajnis, o’xshatish, iyhom, istiora san’atlari hosil bo’lgan. Baytlardagi «vasl- hijron, kecha-kunduz, ravshan-oqshom» so‘zlari tazod, «ey pari»- iltifot, «nola, nolon, nolavu» ishtiqoq, «nolavu, faryodu afg‘on, vaqtu soat» ta’dil, «sham’i visoling»- iyhom, «yilu oyu soatu kun» - ta’dil, «ul mohi tobon»-istiora, «hijron oqshomi»- istiora, «zulfing kabi, xoja yanglig‘» - o‘xshatish, «davlati vasli- hijron oqshomi»- tazod, «ul mohi tobon»- o’xshatish va istiora, «zulfi g‘ami» - iyhom, «kim mahalli nolavu faryodu afg‘on kechadur» - istiora san’atlari bo‘lib, Xojaning poetik mahoratidan darak beradi. Xojaning tojikcha g’azallari ham go’zal ma’no va shaklga ega. Masalan:
Xatti tu chun zulumotu labi tu obi hayot,
Chu Xizr yoftam obi hayot dar zulumot.
Tarjimasi:
Lablaring obi hayotu mo’ylovingdur zulumot,
Zulumotda Xizr misol topdim axir obi hayot.
Baytdan Iskandarning Xizr bilan obi hayot qidirib zulumotga borgani, Iskandarning yo’ldan qaytib, Xizrning obi hayotni topganligi haqidagi rivoyatga ishora qilib, madh etilayotgan shaxs labidagi tuklar rang jihatidan zulumotga, ya’ni qorong’ulik olamiga, labi esa mazmun jihatidan obi hayotga o’xshatilgan. Baytda talmeh (Xizr va obi hayot), tazod (zulumot-obi hayot), istiora (obi hayot-lab, zulumot- mo’ylov) o’xshatish, ya’ni tashbeh (lab obi hayotga, mo’ylov zulumotga) singari poetik san’atlar mohirona ishlatilgan. Baytda «obi hayot» o’xshatish va istioradan tashqari iyhom san’ati namunasi hamdir. Chunki u orqali shoir faqat labni emas, balki labdan chiqadigan jonbaxsh so’zlarni ham nazarda tutgan.
Nisoriyning yozishiga ko’ra, Xojaning kuyidagi ruboiysi nihoyatda mashhur bo’lgan.
Hargiz zi dimog’i banda bo’i tu naraft,
V-az diydai man xayoli ro’i tu naraft.
Do'stlaringiz bilan baham: |