7212 modelli bo'ylama randalash stanogining texnik tavsifi quyi-dagicha:
Ishiov o'tayotgan zagotovkaning
eng katta o'lchamlari(B*H*L),mm 1250*1120*4000
Stolning yurish tezligi
Vertikal supportlarning surilishi gorizontal yo'nalishda vertikal yo'nalishda
Stol yuritmasi elektr dvigateli quwati
Bo'ylama-randalash stanoklari asosida kombinatsiyalashgan ko'p operatsiyali randalash-frezalash (teshik kengaytirish, jilvirlash) stanoklari ishlab chiqarilgan.
13.3. O'yish stanoklari
Yassi va shakIdor yuzalarni shakllantirish, detallarning silindrik va konussimon teshiklarida shponka pazlari, shlitslar, ariqchalar och-ish kabi ishlarni yakka buyurtmali va mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida bajarish uchun mo'ljallangan.
Bu stanoklar vertikal tipda bo'lib, polzun unga o'rnatilgan o'yish keskichi bilan birga vertikal yo'nalishda ilgarilama-qaytar harakatda bo'ladi. Bu bosh harakat (v) bo'lib, uni krivoship-kulisali, krivoship-shatunli mexanik yoki gidravlik yuritma yordamida hosil qilinadi.
Ishlanayotgan zagotovka stolga o'rnatilib, polzunning ikki yurishiga mos keladigan gorizontal yo'nalish bo'yicha davriy, uzlukli bo'ylama va ko'ndalang surish harakatlari oladi. Stanok stoliga doiraviybo'lish stoli o'rnatilib, zagotovkani unga mahkamlash va bu holda zagotovkaga qo'shimcha burilish (doiraviy surish) harakati ham uzatish mumkin bo'ladi. Surish harakatlari zagotovkaga stol orqali xrapovikli mexanizm yordamida uzatiladi.
o'yish stanoklarining asosiy parametri polzunning yurish maso-fasidir ( l ),bu masofa o'yish stanoklarida 100 dan 1000 mm va ayrim hollarda undan ortiq ham boiishi mumkin.
Zamonaviy o'yish stanoklarining modellari 13.2-jadvalda kelti-rilgan:
7430 modelli o'yish stanogining texnik tavsifi quyidagicha:
Ishlov o'tadigan zagotovkariing balandligi
Polzunning yurish masofasi
Stolning diametri D=650 mm.
O'yish keskichi ishchi yurishining tezligi
Polzunning ikki marta yurishlari soni n=40-163 i.m.y./min.
Bosh harakat elektr dvigateli quwati
13.4. Sidirish stanoklari
Sidirish stanoklari turli profildagi ichki va tashqi yuzalarga yirik seriyali va keng ko'lamli, ba'zi hollarda esa, mayda seriyali va yakka buyurtmali ishlab chiqarish sharoitida ishlov berish uchun xizmat qiladi. Bu stanoklar yuqori ish unumdorligiga ega boiib, katta aniqlik (5....8 kvalitetlar) va sirt tozaligi (R=2,5...0,32)ni ta'minlaydi.
Sidirish stanoklarida faqat bitta harakat bor: bu protyajkaning il-garilama harakatidir. Kesilayotgan qatlam ko'ndalang kesimi protyaj-kaning konstruksiyasi tufayli ta'minlanadi — protyajkaning har bir keyingi tishi oldingisiga qaraganda o'lchamlari (balandligi) bo'yicha kattaroq boiadi.
Sidirish stanoklari quyidagicha tasnif qilinadi:
Qoilanilishi bo'yicha: ichki va tashqi sidirish stanoklari;
Universallik darajasi bo'yicha: umumiy foydalaniladigan va uni-versal stanoklar;
Ish harakatining yo'nalishi va xarakteri bo'yicha: gorizontal, vertikal, uzluksiz harakatdagi (to'g'ri chiziqli, doiraviy yoki ularning kombinatsiyasidan iborat harakatlarga ega boigan) stanoklar;
Karetka yoki pozitsiyalar soni bo'yicha: bir, ikki yoki bir necha karetkali; bir (oddiy) va ko'p (aylanuvchi stolli) pozitsiyali stanoklar.
Bulardan eng ko'p tarqalganlari: ichki sidirish uchun gorizon-tal, tashqi va ichki sidirish uchun vertikal va uzluksiz sidirish uchun gorizontal sidirish stanokJaridir.
Zamonaviy sidirish stanoklari gidroyuritmali boiib, harakat tez-ligini 1,5.... 15 m/min oralig'ida pog'onasiz boshqarishni ta'minlaydi. Faqat maxsus (qattiq qotishmali protyajkalar bilan tezkor usulda sidiruvchi) stanoklarda bu tezlik 60 m/min ga yetadi va ba'zan undan ham ortiq boiadi.
Sidirish stanoklarining asosiy parametrlari—protyajkani tortish kuchi (P)va protyajkaning yurish uzunligi (/) dir. Bu ko'rsatkichlar P=25... 1000 kN va / <2500 mm gacha boiadi.
Zamonaviy sidirish stanoklari yarim avtomatik va avtomatik re-jimda ishlay olishi sababli, ularni avtomatik liniyalar tarkibiga kiritish mumkin.
7523 modelli gorizontal-sidirish yarim avtomati turli shaklga ega boigan ichki teshiklarga keng koiamli, yirik va o'rta seriyali hamda yakka buyurtmali ishlab chiqarish sharoitida ishlov berish uchun xiz-
2500>
Do'stlaringiz bilan baham: |