Reja: Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi Guruhni boshqarishning psixologik asoslari Pedagogning individual faoliyat uslubi



Download 114 Kb.
bet1/8
Sana17.07.2022
Hajmi114 Kb.
#818255
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pedagogik faolyatning individual uslubi


Pedagogik faolyatning individual uslubi


Reja:


  1. Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi

  2. Guruhni boshqarishning psixologik asoslari


Pedagogning individual faoliyat uslubi
Pedagoglik – inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq deb hisoblanib, e’zozlab kelingan kasbdir.
Nasiriddin Tusiy o‘zining "Pedagoglarni tarbiyalash to‘g‘risida" degan asarida shunday deydi: "…Pedagog munozaralarni olib borishni, rad etib bo‘lmaydigan darajadagi isbot kilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi lozim… Pedagog nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo‘pol yoki qattiq bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida pedagogning o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin…"
Qobiliyatli, ijodkor inson –u har doim o‘ziga xos shaxsdir. Pedagogda individuallikning shakllanishi bolani ijodiy shaxs sifatida tarbiyalashga yordam beradi. Har qanday katta odam ongli ravishda pedagoglik kasbini tanlar ekan, u tanlagan yo‘lini amalga oshirish chog‘ida allaqachon shaxs bo‘lib shakllanadi va shak-shubhasiz individualdir. Pedagog va tarbiyachilar ichida turli-tuman shaxslar qancha ko‘p bo‘lsa, ular bolalarni o‘qitib tarbiyalaganlarida bu bolalar ko‘pdan-ko‘p, shu bilan birga foydali individual xususiyatga ega bo‘lishlarining ehtimoli shuncha yuqoridir.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan, har bir pedagog va tarbiyachi ega bo‘lishi lozim bo‘lgan pedagogik faoliyatning umumiy talablari, pedagogik qobiliyatning ko‘pdan-ko‘p jihatlari bilan ularning individuallikka intilishlarini qanday bog‘lash mumkin? Pedagogik faoliyatning individual uslublarini ko‘rib o‘tamiz. Ular quyidagicha namoyon bo‘ladi:
Pedagogik faoliyatning individual yo‘nalishi haqida gapirganda, odatda shu nazarda tutiladiki, u yoki bu pedagogik ta’sir vositalari va o‘zini tutish shakllarini tanlashda pedagog o‘zining individual imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Har xil individuallikga ega bo‘lgan pedagoglar ko‘pdan-ko‘p o‘quv va tarbiyaviy misollar ichidan aynan bir xilini tanlashi mumkin, lekin ulardan har xil foydalaniladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bu yuqori pedagogik tajribani qabul qilinishi va uni keng tarqatilishiga taalluqlidir. Uni tahlil qila turib pedagog doimo shuni yodda tutishi lozimki, bunday tajriba, malaka amaliy jihatdan olib qaralganda uning muallifi shaxsidan ajralmas bo‘ladi va pedagogning individualligi hamda umumahamiyatga ega bo‘lgan pedagogik topilmalar birlashmasidan tashkil topadi.
Shu sababli pedagogik tajribalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa pedagoglar yoki tarbiyachilar tomonidan ko‘chirib olishning kelajagi yo‘q hamda bu hol yomon natijalar beradi. Buning yuzaga kelish sababi shundaki, pedagogning psixologik individualligini aynan qaytarish qiyin, ularsiz natijalar o‘z-o‘zidan boshqacha bo‘lib chiqadi. Bu holatdan chiqib ketish uchun pedagogik tajribaning muhim qismini ajratib olib, ongli ravishda muammo qo‘yish va uni ijodiy individual qayta ishlab, hal etish lozim. Boshqacha qilib aytganda, har qanday pedagogik tajribani shundayligicha ko‘chirib olmaslik kerak: undagi asosiy g‘oyani aniqlab, doimo o‘zligicha qolmog‘i, ya’ni yorqin individual xislatlarga ega bo‘lmog‘i lozim. Bu holat bolalarni o‘qitish va tarbiyalash samarasini kamaytirmaydi, balki sezilarli darajada oshiradi, unga yuqori pedagogik tajribani o‘rganish orqali erishiladi.
Pedagog tomonidan tashkil etilgan o‘quv jarayonida subyektning ta’lim olishi uning o‘ziga xosligi va xarakterida namoyon bo‘ladi, bu uning o‘quv usuliga ta’sir ko‘rsatadi. Shakllangan individual o‘quv usullari sxematik ravishda ikki qutb bilan ko‘rsatilishi mumkin: “ijobiy” – “salbiy”. Quyida keltirilgan jadval o‘quv jarayonida bunday usullarni ko‘rsatib beradi. Pedagog dars jarayonida buni inobatga olgan holda yondoshishi maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim jarayonida bolalarning individual farqi (G.Klaus bo‘yicha)


Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish