Reja: Pedagogika fani, uning maqsadi


Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari



Download 164,07 Kb.
bet13/31
Sana04.02.2023
Hajmi164,07 Kb.
#907808
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
Psixologiya (1)

Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari
Reja:
1. Xarakter – shaxs individual xususiyati sifatida
2. Temperamental xususiyatlar
3. Qobiliyat va uning rivojlanishi.
1. Xarakter – shaxs individual xususiyati sifatida.
Har bir odam har qanday boshqa odamdan o‘zining individual-psixolagik xususiyati bilan ajralib turali. Masalan, gap xarakter haqida borganda,  «Xarakter” so‘zi tarjima qilinganda grekchadan «tamg‘а» degan maʼnoni anglatadi. Lekin har qanday individual xususiyatlar ham xarakter bo‘la olmaydi. Masalan, ko‘rish va eshitishning o‘tkirligi, tez yodda saqlab qolish bu xarakter xislatlariga kirmaydi .
Xarakter deganda maʼlum bir shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida namoyon bo‘ladigan, tipik sharoitlarda ko‘rinadigan va bu sharoitlarda shaxsning munosabati bilan belgilanadigan individual-psixologik xususiyatlar yig‘indisi tushuniladi. Xarakter xislatlarining namoyon bo‘lishi har bir tipik vaziyat hissiy kechinmalarining individual o‘ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog‘liq. Ikkinchi tomondan, har bir tipik vaziyatdagi harakat sifatlari va individual o‘ziga xos xusullari shaxs munosabatlariga bog‘liq. Xarakterning intellektual, hissiy va irodaviy hislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda, shaxsda muhit va tarbiya taʼsiri ostida tarkib topgan va uning irodaviy faolligida, tevarak atrofdagi olamga (boshqa kishilarga, mehnatga, buyumlarga) o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarda namoyon bo‘ladigan individual xususiyatlarini tushunamiz.
Xarakterning juda ko‘p hislatlari odamning ish-harakatlarini belgilovchi chuqur va faol moyillar hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo‘ladi. Odam xarakter hislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko‘pincha obʼektiv sharoitga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo‘llaydi. Ayrim odamlar bilib, turib qiyin vazifani tanlaydilar, ayrimlar aksincha. Xarakter xislatlari maʼlum tarzda harakat qilishga baʼzan esa sharoitga qarama-qarshi harakat qilishga undar ekan, ular xayotiy qiyin daqiqalarda yaxshiroq namoyon bo‘ladilar. Xarakter qarshilik ko‘rsatuvchi sharoitlar bilan kurashda sinaladi. Xarakterni tarbiyalash barkamol avlodni tarbiyalashning markaziy va muhim vazifalaridan biridir. Qatʼiyatlilik tanqidiy qarash, fahm-farosat, qo‘zg‘atuvchanlik, xushfeʼllik singari hislatlari-intellektual(aqliy), quvnoqlik, mexribonlik-hissiy-irodaviy xususiyatlarga kiradi.

Xarakterning psixologik va fiziologik sabablari haqida faqat taxminiy fikrlar, xulosalar mavjud. Kishi temperamenti uning xaraktern tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi asab tizimining tipidan iborat. 


Xarakter xislatlari shaxsnint qiyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib qoladigan xususiyatlari bo‘lganlari tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham individual xayot jarayonida asab tizimining o‘zgargan xususiyatlaridan iborat. Hayvon asab faoliyatining tug‘ma konstitutsion turi genotip. Lekin hayvon tug‘ilganidan keyin tashqi sharoitlarning g‘oyat xilma-xil taassurotlariga duch keladi va bunga muayyan faoliyat orqali u muqarrar javob berishi lozim bo‘ladiki, ko‘pincha bu faoliyatlar mustahkamlanib, butun xayoti bo‘yicha saqlanib qoladi. »u sababli hayvonning batamom tarkib topgan asab faoliyati tipga oid belgilardan tashqari muhit taʼsiri ostida hosil bo‘lgan o‘zgarishlarning qotishmasi fenotip xarakterdir. Dinamik stereotip shaxsdagi mustaxkam odat bo‘lib olgan xususiyatlarining, jumladan, xarakter xislatlarining ham nerv-fiziologik asosidir. Xarakterning nerv-fiziologik asosini tushunish uchun I.P. Pavlovning ikkinchi signal tizimi haqidagi taʼlimoti katta ahamiyatga egadir. Ikkinchi signal tizimi nutq na tafakkurning fiziologik asosi bo‘lish bilan birga, kishi xulqini idora qiladi. Xarakterning fiziologik asosi xarakterning mazmunini tashkil qiladigan sifatlari, chunonchi, ijtimoiy maslak "mardlik, o‘z burchiga sadoqatli bo‘lishlarini o‘z ichiga olmaydi va ololmaydi ham, albatta xarakter psixologiyasining mazmuni o‘zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy hodisadir: psixologiya xarakterning mazmunini tashkil qilgan tomonlarini yoritishligi tufayli, u ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi.
Psixologiya tarixida xarakterning tipologiyasini yaratishga bir necha bor urinib ko‘rilgan. Nemis psixologi va psixiatri E.Krechmer tomonidan XX asr boshlarida tavsiya etilgan tipologiya eng mashhur va dastlabki urinishlardan biri edi. Keyinchalik uning hamkasblari U.SHyeldon, E.Fromm, K.Leongard va A.E.Lichkolar tomonidan ham shunday tipologiyalar tavsiya etildi. Inson xarakterining barcha tipologiyalari quyidagi asosiy g‘oyalarga muvofiq tarzda tashkil etilgan:
1. Inson xarakteri uning ontogenetik taraqqiyoti mobaynida juda erta namoyon bo‘la boshlaydi va butun hayoti davomida barqaror bo‘lib boradi.
2. Xarakter tarkibiga kirgan xususiyatlar tasodifiy uyushma emas. Ular xarakter tipologiyasini tuzish imkonini beruvchi bir-biridan farq qiluvchi tiplardan iborat.
3. Mazkur tipologiyaga ko‘ra, ko‘pchilik kishilarni maʼlum guruhlarga birlashtirish mumkin.



Download 164,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish