Reja: Pedagogika fani, uning maqsadi


Interfaol taʼlim – sifat kafolati



Download 164,07 Kb.
bet9/31
Sana04.02.2023
Hajmi164,07 Kb.
#907808
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
Psixologiya (1)

Interfaol taʼlim – sifat kafolati

Interfaol usullar o‘quvchilarning kommunikativ bilimi, tushunchasini, kunikma va malakalarini oshiradi. Ularni hamkorlik, hamjixatlik, do‘stona munosabatlarda ishlashni taʼminlaydi. Ayniqsa, bir-birlarini eshitish, fikrini bayon etish, o‘zaro hurmatga undaydi.
Bu usulda ishlash sinfda ruhiy holatni, yuklamalarini yengillashtiradi. Mashg‘ulot shakllarini, faoliyatlarini o‘zgartirib turish asosida muhim muammolar yechishni topishga o‘rganib boradilar.
Yuqoridagilardan maʼlum bo‘ldiki o‘qituvchi dars beruvchi emas, balki o‘quvchilarni muammoga yo‘naltiruvchi, tadqiqot faoliyati maslahatchisi, tashkilotchisi va muvofiqlashtiruvchisidir. U o‘quvchining mustaqil fikrlashi uchun sharoit yaratadi va ularni tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘z navbatida o‘quvchilar o‘qituvchi bilan birgalikda o‘qitish jarayoni va uning natijalari uchun masʼuliyatni taqsimlash orqali o‘qish jarayonining to‘laqonli ishtirokchilariga aylanadi.

Interfaol taʼlim asosida dars jarayonini tashkil etilganda:



  1. O‘quvchining o‘zaro faolligi oshadi, hamkorlikda, ijodkorlikda ishlash ko‘nikmalari shakllanadi.

  2. O‘quv reja, dastur, darslik, standart meʼyor, qo‘llanmalar, mavzu mazmuni bilan ishlash malakalari shakllanadi.

  3. Taʼlim mazmunini, matnini mustaqil mutolaa qilish, ishlash,

o‘zlashtirish kundalik shaxsiy ishlarga aylanadi.

  1. O‘quvchi erkin fikr bildirish, o‘z fikrini himoya qilish,

isbotlay olish, tasdiqlay olishga odatlanadi.

  1. Eng muhimi, o‘quv jarayonida didaktik motivlar vujudga keladi.

Yaʼni, o‘quvchining ehtiyoj, hohish, istagi qondiriladi. O‘quv-biluv jarayonida o‘quvchining manfaatdorligi oshadi. Bu holat o‘quvchining o‘quv maqsadlarga erishishda yuqori bosqichga ko‘taradi. Darsni interfaol metodlarda tashkil etishining qanday afzalliklari mavjud:



  • o‘qitish mazmuni yahshi o‘zlashtirishga olib keladi;




  • o‘z vaqtida o‘quvchi-o‘qituvchi o‘quvchilar orasida taʼlimiy aloqalar o‘rnatiladi;




  • o‘qitish usullari taʼlim jarayonida turli xil ko‘rinishlarda kechadi: yakka, juft, kichik guruh, katta guruh;

  • o‘quv jarayoni o‘quv ehtiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo‘ladi;




  • o‘zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o‘quv materiali yaxshi estada qoladi, o‘quvchida o‘zaro muloqatga kirishish, fikr bildirish,

fikr almashinish ko‘nikmalari shakllanadi;



  • o‘quv jarayonida o‘quvchining o‘z-o‘ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi;




  • o‘quvchi uchun dars qiziqarli o‘qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi, o‘qish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo‘ladi;




  • har bir o‘quvchini o‘zi mustaqil fikr yurita olishga, izlanishga,

mushohada qilishga olib keladi;



  • interfaol usulda o‘qitilgan darslarda o‘quvchi faqat taʼlim mazmunini o‘zlashtiribgina qolmay, balki o‘zining tanqidiy va mantiqiy fikrlashishini ham rivojlantiradi.

Albatta interfaol davrslarni tashkil etishning ham o‘ziga yarasha kamchiliklari mavjud:





  1. o‘quv-biluv jarayoni ko‘plab vaqt sarflashini talab qiladi;




  1. interfaol mashg‘ulotlarda barcha o‘quvchilarni keraklicha nazorat etib borishning imkoniyati bo‘lavermaydi;




  1. juda murakkab materiallar o‘rganilayotganda o‘quvchilar muammoni to‘laqonli, aniq yecha olmaydilar, bunday sharoitlarda o‘qituvchining roli past bo‘lishi hollari kuzatiladi;




  1. guruhlarda o‘quv jarayoni kechayotganda kuchsiz o‘quvchilarning ishtiroki tufayli kuchli o‘quvchilar ham past ball yoki baho olish hollari kuzatiladi.

Bunday sharoitda o‘qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo‘yicha mushohada yuritishga, muammolarni o‘z vaqtida yecha oladigan qobiliyatga ega bo‘lishi kerak.


Interfaol usullarda darsni tashkil etishda o‘quvchi shaxsini rivojlantirishni o‘ziga-o‘zi zamin yaratishdan boshlash kerak.


Yaʼni o‘quvchi:



  • o‘zi mustaqil mutolaa qilish, o‘qish asosida bilim olishga;




  • o‘zini-o‘zi anglab yetishga, anglab tarbiya topishga;




  • o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga;







  • o‘z faoliyatini mustaqil tashkil eta olish, har bir minutni g‘animat bilishga;




  • o‘quv mehnatiga o‘zida hohish-istak uyg‘ota olishga;




  • har qanday vaziyatda faollik ko‘rsata olishga;




  • ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishni asosiy va bosh maqsad qilib olishga o‘rganmog‘i zarur.

Shuning uchun ham hozirgi kunda o‘quvchining o‘z-o‘zini rivojlantirish texnologiyasini yaratish pedagogika, didaktika fanlarining oldida o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biridir.


Keyingi vaqtlarda o‘qituvchilar orasida shaxsga qaratilgan taʼlim nima, interfaol usulda o‘qitish nima uchun zarur? Bu usul qachondan o‘quv jarayoniga kirib kelgan? Uning qanday turlari mavjud? Tarkibiy tuzilishi qanday? Uni o‘quv jarayoniga qanday olib kirish kerak, uni avvalgi usullardan farqi nimada kabi savollarga duch kelamiz.


Buning uchun shu kunlarda maktablarimizda olib borilayotgan anʼanaviy darslarni yana bir marotaba eslab o‘tish joizdir. Anʼanaviy o‘qitish XVII asrda chex pedagogi Yan Amos Komenskiy tomonidan taklif etilgan.





  • o‘qitishning yagona klassik tizimini ishlab chiqib, uni guruh-dars sistemasi deb yuritadi. Keyinchalik bu sistema pedagogikada keng tarqalgan.

Anʼanaviy maktab guruh-dars tizimi nomini olish quyidagi o‘ziga xos anʼanalarga ega:





  • tahminan bir xil yoki yaqin yoshli bolalar tayyorgarlik darajasi yaqin bolalar guruhini tashkil etadi;




  • guruh yagona reja, dastur, dars jadvali asosida ishlaydi;




  • asosan mashg‘ulot turi yagona dars hisoblanadi;




  • dars maʼlum o‘quv predmeti, mavzuga oid bir xil material ustida

ishlaydi;





  • o‘quvchilar faoliyatini o‘qituvchi boshqaradi, har bir o‘quvchining bilim darajasini baholaydi, yil oxirida o‘quvchini guruhdan-guruhga ko‘chirishni ham u hal qiladi;




  • darsliklar asosan uy ishini bajarishda, uyda qo‘llaniladi.

Anʼanaviy dars sxemasi quyidagicha ko‘rinishga ega:


Yangi mavzuni – mustahkamlash – nazorat – baholash – o‘rganish .
Anʼanaviy darsning konseptual holati:

  • Ilmiylik.




  • O‘quvchi tabiatiga mosligi.




  • Ketma-ketligi, tizimliligi.




  • Tushunarliligi.




  • Mustahkamliligi.




  • Anglash va faollik.




  • Ko‘rgazmalilik.




  • Nazoratni amaliyot bilan bog‘liqligi, amalda qo‘llay bilish.

Anʼanaviy darsning kamchiliklari:





  • Darsning bir qolipdagi, bir xilligi.




  • Boshlang‘ich maʼlumot berilib, uni o‘zlashtirish jarayoni uyga reja, vazifa orqali amalga oshadi.




  • O‘quvchilar passiv eshituvchi va ularning mustaqilligi yo‘q.




  • O‘quvchilar bir-biri bilan fikr almashadilar, nutqiy fikr almashuv amalga oshmaydi.




  • Qayta aloqalar yo‘lga qo‘yilmaydi.




  • Har bir faoliyat o‘rtacha o‘quvchiga yondashuv asosida kechadi.




  • Taʼlim mazmuni asosan o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.




Download 164,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish