Jumladan, siyosiy sohada bu:
- xalqning ham bevosita, ham o'z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oishirishda to'liq ishtirok etishi lozimligi;
- hokimiyatni boshqarishning jahon tan olgan qonun chiqurvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish tamoyilini joriy etish asosida demokratiyani chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni barpo etish;
- jamiyatning siyosiy turmushini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yangilash;
- barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning ustuvorligini ta'minlash;
- bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakkahokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olish;
- demokratiyaning qonuniy tarkibiy qismi sifatida ko'ppartiyaviylikni shakllantirish;
- O'zbekistonda tug'ilib, uning zaminida yashayotgan, mehnat qilayotgan har bir kishi milliy mansubligi va e'tiqodidan qat'i nazar respublikaning teng huquqli fuqarosi bo'lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |