Ikkinchi tamoyil bo'yicha: darhaqiqat, davlat bilan bozor ma'lum ma'noda bir-biridan jiddiy farq qiluvchi hodisalardir. Ammo, Yurtboshimiz, davlat bosh islohotchi, deb e'lon qilganida quyidagilarni e'tiborga olgan edi.
Birinchidan, bizda erkin bozor emas, balki ijtimoiy yo'naltirilgan bozor modeli qabul qilindi. Jahon tajribasidan ma'lumki, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor yo'lini tanlagan mamlakatlarda davlatning tashkilotchilik faoliyati ancha kuchli.
Ikkinchidan, respublikamizda o'tish davrida aholini ijtimoiy himoyalash dolzarb bo'lib turardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |