Iqtisodiy sohada:
- milliy boylikning ko'payishini ta'minlaydigan barqaror, rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etish;
- ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish;
- mulk egalari huquqlarining davlat yo'li bilan himoya qilinishini ta'minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirish;
- korxona, tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirish, davlatning xo'jalik faoliyatiga bevosita aralashmasligi.
Ijtimoiy va ma'naviy sohada:
- insonparvarlik g'oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqini saqlab qolish;
- ma'naviy poklanish, ma'naviy barkamollik;
- o'zbek tilining maqomini ko'tarish;
- hurfikrlillik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish;
- ijtimoiy adolat, aholining nochor qatlamlarini iqtisodiy muhofaza qilish;
- inson ichki imkoniyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish.
Islom Karimov o'zining “O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li” nomli kitobida “O'zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o'z yo'li to'rtta asosiy negizga asoslanadi”, deb ta'kidlaydi. Bu negizlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |