Reja: O'zbekistonning o'z istiqlol va demokratik taraqqiyot yo'lining besh tamoyili hamda ularning amaliy samaralari. O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy-tarixiy, ma'naviy- axloqiy asos-manbalari



Download 48,32 Kb.
bet1/10
Sana16.03.2022
Hajmi48,32 Kb.
#497250
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
o\'zbekisyonning istiqlol va taraqqiyot


O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li
Reja:


1. O'zbekistonning o'z istiqlol va demokratik taraqqiyot yo'lining besh tamoyili hamda ularning amaliy samaralari.
2. O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy-tarixiy, ma'naviy- axloqiy asos-manbalari.
3. O'zbekistonda jamiyat rivoji va demokratik tsivilizatsiya.




O'zbekistonning o'z istiqlol va demokratik taraqqiyot yo'lining besh tamoyili
hamda ularning amaliy samaralari.
O'zbekiston 1991 yil 31 avgustda siyosiy mustaqilligini to'la qo'lga kiritgandan so'ng respublikada iqtisodiy rivojlanish uchun keng yo'llar ochildi. “Biz uchun mustaqillik, - deb qayd etadi Yurtboshimiz Islom Karimov, - eng avvalo, o'z taqdirimizni qo'limizga olish, o'zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf- datlarimizni tiklash, hammamiz uchun muxtabar shu zaminda. Har bir xonadonda tinglash-osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir. Aziz Vatanimizda adolat, insof, dinu-diyonat, mehru-oqibatni qaror toptirishdir”.
1991 yil 31 avgustda O'zbekistonning davlat mustaqilligi e'lon qilindi. “O'zbekiston – suveren demokratik respublika”. Xuddi shu kuni xalqimiz ongida “O'zbekiston davlati”, “O'zbek davlatchiligi” kabi tushunchalar yangidan paydo bo'ldi.13 Zero, 130 yillik mustamlaka davrida o'zbek xalqi “Milliy davlat”, “Milliy davlatchilik” tushunchasini unutib qo'ygan edi. Zotan, o'sha muddat mobaynida milliy davlatchilikdan asar ham qolmagan edi. Shu jihatdan qaraganda O'zbekiston Oliy Kengashining “O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida” 1991 yil 31 avgustda qabul qilgan qarori hamda u tasdiqlagan “O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida”gi Qonunda ilk bor rasman qayd etilgan “davlat mustaqilligi” tushunchasi naqadar tarixiy-amaliy ahamiyatga ega bo'lgani oydinlashadi.
1924 yilda “O'zSSR”ning tashkil topishi munosabati bilan qabul qilingan murojaatnomada “O'zbek xalqi Ulug' Oktyabr inqilobi g'alabasi natijasida ilk bor o'zining milliy o'zbek davlatchiligini ko'rish imkoniyatiga ega”, deya qayd etilgan bu ko'rsatma o'zbek zaminida kechgan davlatchilik tarixini bir yoqlama o'rganib, ommalashtirishga asos bo'ldi. Bunda imperiyaparastlik, shovinizm, kommunistik mafkura talablari ustalik bilan uyg'unlashtirildi.
Davlatchilikning tiklanishi, shubhasiz, buyuk hodisa. Shu bilan birga, davlat yuzaga kelishi bilan jamiyat zimmasiga muayyan maqsad va vazifalarni yuklashi ham tabiiy. Biz mustaqillikka erishganimizdan keyin jamiyatimiz kelgusi taraqqiyotini belgilab beruvchi bosh yo'l xuddi mana shu maqsad va vazifalarning mohiyatiga bog'liq bo'lib qolgan edi.
SSSR parchalanib ketgandan so'ng, sobiq ittifoq hududida paydo bo'lgan ko'plab mustaqil davlatlarda, chunonchi, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belorussiya, Gruziya, Ozarbayjonda demokratiya, demokratik taraqqiyot yo'li qattiq qarshilikka uchradi. Bu mamlakatlarning ba'zilari fuqarolik urushi maydoniga aylandi.
Tojikistonda esa begunoh aholi boshiga sitamlar yog'ildi. O'zbekistonda esa osoyishtalik saqlanib qoldi. Chunonchi, 1991 yil dekabrda o'tkazilgan muqobillik asosidagi prezidentlik saylovlarida xalqimiz muxolifat liderini emas, balki Islom Karimovni sayladi. Zero, I.Karimov biz yashayotgan jamiyatni, uning past-balandini, dard-hasratini, haqiqiy holatini, ayniqsa, davlat va xo'jalik rahbarlari hayot tarzini ongi, tafakkurini, yaxshi bilardi. Uning o'zi eski tuzum, partiya, davlat, xo'jalik boshqaruv tizimi mexanizmining hamma pog'onalarida, jumladan, oliy pog'onasida ham ko'p yillar mehnat qilgan, toblangan, kurashlarda chiniqqan mamlakat ijtiomiy-iqtisodiy hayotining barcha qarorlarini chuqur bilgan arbob edi.
I.A.Karimov demokratik taraqqiyot yo'lini mamlakatga, xalqqa taklif etar ekan, M.Gorbachev yoki B.Eltsin variantlaridagi demokratik siyosat bizning mamlakatimizga umuman to'g'ri kelmasligini butun dunyoga oshkor aytgan edi.
Jazavaga tushgan «demokratlar», chunonchi, Rossiya matbuoti ham Prezidentni ortodoksal kommunistlikda yoki nokommunistlikda, ya'ni sovet jamiyatiga xos bo'lgan totalitar tuzumni O'zbekistonda saqlab qolishga urinishmoqda, deb ayb qo'ydilar. Lekin bunday ayblar uydirma, haqiqatdan nihoyatda yiroq ekanligini hayotning o'zi ko'rsatdi.

Download 48,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish