Reja: O'zbekistonning o'z istiqlol va demokratik taraqqiyot yo'lining besh tamoyili hamda ularning amaliy samaralari. O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy-tarixiy, ma'naviy- axloqiy asos-manbalari



Download 48,32 Kb.
bet4/10
Sana16.03.2022
Hajmi48,32 Kb.
#497250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
o\'zbekisyonning istiqlol va taraqqiyot

Ikkinchi tamoyil bo'yicha: darhaqiqat, davlat bilan bozor ma'lum ma'noda bir-biridan jiddiy farq qiluvchi hodisalardir. Ammo, Yurtboshimiz, davlat bosh islohotchi, deb e'lon qilganida quyidagilarni e'tiborga olgan edi.
Birinchidan, bizda erkin bozor emas, balki ijtimoiy yo'naltirilgan bozor modeli qabul qilindi. Jahon tajribasidan ma'lumki, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor yo'lini tanlagan mamlakatlarda davlatning tashkilotchilik faoliyati ancha kuchli.
Ikkinchidan, respublikamizda o'tish davrida aholini ijtimoiy himoyalash dolzarb bo'lib turardi.
Uchinchidan, aholi o'rtasidagi ayrim illatlarga, chunonchi, mansabparastlik, ta'magirlik, oshna-og'aynichilikni o'z paytida bartaraf etish uchun davlat organlari faol ish olib borishlari zarur edi. Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlat bosh islohotchi sifatida ish olib borib, iqtisodiyotni va ijtimoiy turmushning hamma sohalarini o'zgartirish rejalarini tuzib, uni izchillik bilan amalga oshirishi lozim. Sobiq ittifoqning parchalanishi natijasida yuzaga kelgan mustaqil davlatlarning ko'pchiligi demokratiyaning nihoyatda keng talqin qilinishiga yo'l qo'yib, davlatning tashkilotchilik roliga etarli e'tibor bermadilar va shu sababli ularda bozor iqtisodiyotiga o'tish ko'p
tartibsizliklarga olib keldi. Mustaqil O'zbekistonda esa bu yo'ldan borilmadi, qtisodiyotni davlat orqali tartibga solib borishning afzalligi Prezident tomonidan asoslab berildi.
Hozirgi o'tish davrida xalq xo'jaligining, ayniqsa, uning asosini belgilaydigan tarmoqlarning faoliyatini qo'llab-quvvatlashi, narx-navolarni tartibga solib turishi, soliq solish va qarz berishda ma'lum tabaqalarga imtiyozlar yaratish lozim. Ayni paytda davlatning vazifasi himoya etish bilan chegaralanib qolmaydi. Bozor munosabatlarining qaror topishi davrida davlat islohotlar jarayonida faol ishtirok etishi, uning tashabbuskori bo'lishi kerak. Davlat iqtisodiy erkinliklarni kafolati sifatida iqtisodiyotni tartibga solib ham turadi. Bunda davlatning strategiya va taktikasi puxta ishlangan bo'lishi shart. Mana shu tariqa davlat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichi yuzaga keladi. “Bozorga o'tilgan sari iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli jiddiy o'zgaradi”.15
Qonunning ustuvorligi haqidagi uchinchi tamoyilning ahamiyati o'z-o'zidan ko'rinib turibdi. Avvalo, bosh qonunimiz O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mansabi, kasbi, yoshi, jinsidan qat'i nazar, barcha fuqaro so'zsiz itoat etishi kerak. Konstitutsiya va boshqa muhim qonunlar asosida jamiyatni boshqaradigan, mehnatkashlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qiladigan davlatni biz huquqiy davlat, deb ataymiz. Keyingi yillarda jamiyatning barcha jabhasida qonunchilikni mustahkamlash, qonunbuzarliklarga qarshi keskin kurash olib borish borasida Prezident va hukumat tomonidan keskin choralar ko'rildi.
Demak, belgilangan qonunlar asosida jamiyatni boshqarish ayni paytda qonunbuzurliklarga qarshi keskin kurashni ham taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyotining shiddatli to'lqinlari noishlab chiqarish sohasidagi fuqarolarni tang ahvolga solib qo'yishini oldindan faxmlagan Islom Karimov aholini ijtimoiy himoyalashni to'rtinchi tamoyil sifatida e'lon qilar ekan, bunda birinchi navbatda demokratik, huquqiy davlatning xalqparvarlik tabiati va mohyatiga tayandi.
Hokimiyat byurokratlashgan jamiyatda aholini ijtimoiy himoyalashga katta e'tibor berilmaydi. O'tgan 19 yil ichida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar Prezident ichki siyosatining xalqparvarlik yo'nalishini isbotlab turibdi.
Bozorga qaysi yo'l bilan o'tish masalani bu inson irodasi va xohishiga bog'liq bo'lmagan ob'ektiv hodisadir. Bozorga o'tishning yo'llari ko'p - har bir mamlakat o'ziga mos yo'llarini tanlaydi. Bunda ayni paytdagi ijtimoiy-iqtisodiy potentsial tadbirkorlik sohasidagi odamlar tajribasi, malakasi, xalqning milliy turmush tarzi va tarixiy an'analari muhim rol o'ynaydi. Islom Karimovning donoligi va uzoqni ko'ra bilishi shunda namoyon bo'ldiki, u biz uchun eng maqbul yo'l – bozorga bosqichma- bosqich o'tish yo'lini tanladi. Endilikda bu yo'lning nechog'lik to'g'riligini hayotning o'zi tasdiqlab turibdi. “Bu yo'lni izchillik bilan o'tkazishga o'tish, – deb yozadi Prezident, - davrning har bir bosqichida uning etilgan vazifalaridan kelib chiqqan holda, ayni shu pallada qaysi manfaatlar ustun kelishini belgilab olishni talab qiladi”.16
Demokratik islohotlarning dastlabki bosqichida Prezident xalqni, uning barcha qatlamlarini o'tkazilayotgan keng qamrovli islohotlarga professional va ruhan tayyorlashga katta e'tibor berdi. Bu maqsadda u o'zining «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li», «O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat», «Yangi uy qurmay turib-eskisini buzmang», «O'zbekiston – bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li», «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» va boshqa asarlarini yaratdi. Ularda O'zbekistonning kelajagi, amalga oshirilishi lozim bo'lgan siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy islohotlarning strategiyalari va taktikasini ishlab chiqdi.
Prezident Islom Karimovning yuqoridagi besh tamoyili O'zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini qaror toptirish borasida asosiy metodologik ko'rsatma bo'lib xizmat qildi. Ammo bu tamoyillarning ayrimlari fuqarolik jamiyatini shakllantirishda ham xizmat qilishi, shubhasiz. Masalan, qonunning ustuvorligi, kuchli ijtiomiy siyosat va boshqalar.

Download 48,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish