KO’PPARTIYAVIYLIK TIZIMI - Xozirgi zamon jamiyatlarining siyosiy xayoti murakkab, ziddiyatli va serqirrali bo’lib, unda ko’p sonli ishtirokchilar, yahni siyosat subhektlari ishtirok etadi. Bu ishtirokchilar orasida eng ko’zga ko’rinarli o’rinlardan birini siyosiy partiyalar egallaydi. Bugungi rivojlangan dunyoda siyosiy partiya mavjud bo’lmagan davlat borligini tasavvur qilish mushkul, deyarli barcha davlatlarda ikki yoki ko’ppartiyaviy tizim mavjud. TSivilizatsiyaning eng muxim yutuqlaridan bo’lmish siyosiy partiyalar ijtimoiy xayotdagi demokratiya va barqarorlikni tahminlashda asosiy omillardan biri bo’lib, u ijtimoiy tashkilotlar orasida eng siyosiylashgan tashkilotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |