4. “SHok terapiyasi” (mulkni davlat tasarrufidan birdaniga chiqarish).
5. Islohot yo’llari mavjud.
O’zbekistonda demokratik jamiyatga o’tishning o’ziga xos xususiyatlari. O’tish davrining umumiy qonuniyatlari O’zbekiston uchun ham umumiylikka egadir. O’tish davrining boshlanishi uchun xos bo’lgan, amaldagi siyosiy hokimiyatning tugatilishi, uning zaminida iqtisodiy sohadagi islohotlarning amalga oshirilishi uchun zamin tayyorlash va oldingi tizimning mavjud ma’naviy-mafkuraviy zo’ravonligidan qutilish bilan xarakterlanadi. Ular qaysi darajada bo’lishidan qathiy nazar, demokratik tamoyillar asosida rivojlanish yo’lini tanlagan barcha mamlakatlar uchun umumiy zaruriyat hisoblanadi. Ammo, Hamma masala o’tish davrining ichida amalga oshiriladigan vazifalar strategiyasini belgilash, ularni hal qilishning mexnizmlarini ishlab chiqish va ularni reallikka aylantirish kabilarda har bir mamlakatning o’ziga xos hususiyatlari mavjud bo’ladi. Bir mamlakatning yohud bir necha mamlakatlarning o’tish davrida qo’llagan tajribalarini aynan ikkinchi mamlakat qo’llay olmaydi. CHunki demokratik jamiyatga o’tishda nafaqat mamlakatlarning taraqqiyot darajalari belgilovchi ahamiyatga ega bo’ladi, xuddi shuningdek, har bir mamlakatda yashayotgan xalqning mentalitetini hisobga olish ham muhim ahamiyatga molikdir. Uni hisobga olmaslik esa pirovard maqsadga erishish imkonini bermaydi. SHu sababdan ham O’zbekistonda uning o’ziga xos va o’ziga mos bo’lgan evolyutsion tadrijiy yo’li ishlab chiqildi. Bu yo’lning O’zbekiston uchun eng maqbul yo’l ekanligi Prezident Islom Karimov tomonidan ilmiy asoslandi va uning kontseptual g’oyalarini fundamental tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishildi.
Bu yo’l Prezident tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilda o’z ifodasini topdi. Xuddi ana shu tamoyillarni tavsiflab, Prezident shunday ta’kidlagan edi: «SHuni alohida takidlash zarurki, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojeali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyutsion yo’l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o’tish – tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mohiyatidir».1
Bu bosh g’oyani Prezident Islom Karimov jahon mamlakatlarining tajribalarini chuqur tahlil qilish asosida ilgari surdi va O’zbekistonga xos o’tish davri «model»ini ishlab chiqishda uning dunyodagi bironta ham davlatlardagi «model»lariga aynan o’xshamasligiga asosiy ehtiborni qaratdi.
U mamlakatimiz o’z mustaqilligini endigina qo’lga kiritgan va mustaqillikning xavfi xali batamom tugamagan sharoitda - 1992 yilda bu kontseptual g’oyani ilgari surdi. U shunday yozadi: «O’zbekistonning chinakam mustaqilligiga erishishdan iborat o’z yo’li respublikani rivojlantirishning quyidagi asosiy o’ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olishga asoslanadi.
Avvalo, u aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq anhanalari va urf-odatlaridan kelib chiqadi. CHuqur ildizi o’tmishdagi anhanaviy jamoa turmush tarziga borib taqaladigan kollektivchilik asoslari O’zbekistan xalqiga tarixan xosdir. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ochiq ko’ngillilik, millatidan qathi nazar, odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo’lish, o’zgalar kulfatiga hamdard bo’lish va o’zaro yordam tuyg’usi kishilar o’rtasidagi munosabatlarning mehyori hisoblanadi. O’zbeklar diyoriga, o’z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, mahrifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom - O’zbekiston aholisiga xos fazilatlardir. Ichki va tashqi siyosatni ishlab chiqib, amalga oshirish chog’ida islom dinini ehtiborga olish muhim ahamiyatga ega. Odamlarning turmush tarzida, ruhiyatida, milliy-ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda, umuminsoniy tamoyillar bilan uyg’unlashtirishni taqozo etadi.
O’zbekiston mustaqillik yillarida demokratik jamiyatga o’tishning uchta bosqichini bosib o’tdi. Ularning birinchisi, Prezident Islom Karimov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi - birinchi chaqiriq VI sessiyasida (1996 yil 29 avgust) «Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari»; ikkinchisi, Birinchi chaqiriq o’n to’rtiinchi sessiyasida «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999 yil, 14 aprel) va nihoyat, uchinchisi, ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to’qqizinchi sessiyasida «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari» (2002 yil 29 avgust) qilgan mahruzalarida ko’rsatib berildi.
Albatta, ana shu bosqichlar biri ikkinchisidan keskin farq qilmasada, ulardagi asosiy g’oya demokratik jarayonlarning olg’a tomon rivojlanishini va ma’lum bir vaqtga kelganda bu jarayonga yangi kuch, qudrat hamda faollik baxsh etishdir. CHunki jarayonlar izchillik bilan tahlil etilmasa, undagi asosiy muammo aniqlanmasa va istiqboldagi vazifalar belgilanmasa, rivojlanish ham bo’lmaydi. SHu mahnoda ham Prezident demokratik jamiyat qurish borasidagi vazifalarni «chuqurlashtirish» (1996 yil) «erkinlashtirish» (1999 yil) va «demokratik o’zgarishlar orqali fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish» (2002 yil) kabi kontseptual g’oyalarida belgilab bergan.
Ammo bu - o’tish davrining mustaqil ravishda bir necha bosqichlardan iborat ekan, - degan xulosa kelib chiqishiga asos bo’lmasligi kerak. CHunki o’tish davrining o’zi mamlakatning turli tuzumlardan demokratiyaga o’tishdagi mustaqil «oralig’i», «ko’prigi» hisoblanadi. Yuqorida ko’rsatilgan bosqichlar o’tish davrining uzluksizligini ifodalaydigan ko’rsatgichdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |