Ikkinchidan, klassik o’tish yo’lida aholining dunyoqarashi o’zgarib borishini taqozo qilgan bo’lsa, totalitarizm – ommaning ongini to’laligicha o’z manfaatlariga bo’ysundirgan jamiyat bo’lganligi uchun ham uni bir «zarb» bilan demokratiyaga «moslashtirish» nihoyatda murakkab edi. CHunki ongni o’zgartirish qisqa vaqtda amalga oshadigan jarayon emas, u jamiyat hayotida bo’ladigan o’zgarishlarga mos ravishda sodir bo’ladi.
Ayniqsa, bu jarayon sanoat ishlab chiqarishi kam taraqqiy qilgan agrar sektor yetakchilik qiladigan mamlakatlarda asta-sekinlik bilan amalga oshishi ham umumqonuniyatdir. CHunki bunday mamlakatlarda aholining siyosiy madaniyati keskin o’zgartirishlar ehtiyojlaridan orqada qolgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |