2. Milliy davlatchilikda: 1)dan milliy xususiyatlarni hetiborga olish lozim. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda birinchi tamoyilga ko’ra o’zbek xalqining o’ziga xosligi, uning boy tarixiy anhanalari, davlat boshqaruvi, o’ziga xos fikrlash tarzi qadimgi davrlardan rivojlanib kelganligi, yahni mentalitetini hisobga olish lozim. 2) Albatta islom dini qadriyatlarini nazarda tutish kerak, bu o’tmish islom madaniyati bilan bog’liqdir. 3)dan O’zbekistondagi demografik vaziyatni, yahni aholi va bolalarning boshqa mintaqalarga nisbatan boshqacha ekanligi, bolaparvar inson ekanligi xususiyatlarini inobatga olish. 4)dan O’zbekistonning qulay geosiyosiy makonda joylashganligi, SHarqu G’arbni bog’lovchi darvoza ekanligini hisobga olish. 5) dan O’zbekistonda 120 dan oshiq milliy etnik xalqlarning istiqomat qilishini hisobga olish. 6)dan O’zbekistonning o’ziga xos iqlimi, tabiiy sharoitlarini hisobga olish. 7) O’zbekiston yetarli salohiyatga ega bo’lgan jamiyat va davlat ekanligini hisobga olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |